ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Ijromuddatlari |
Xarajatlar |
Moliyalashtirish manbalari |
Ijrochilar |
Amalga oshirish mexanizmi | |
|
I. AHOLI VA ZARARLANISH XAVFI YUQORI BOʻLGAN GURUHLAR OʻRTASIDA OIV INFEKSIYASI PROFILAKTIKASI, TASHXIS QOʻYISH VA DAVOLASH CHORA-TADBIRLARINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH | ||||||
|
1. |
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi chora-tadbirlarning hududiy rejalarini qabul qilish, bunda quyidagilar: OIV infeksiyasi boʻyicha epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida uning keng tarqalishi, yuqish yoʻllarini toʻxtatish boʻyicha chora-tadbirlarni kuchaytirishga urgʻu bergan holda hududlarning oʻziga xos xususiyatlari, shuningdek, aholining xabardorlik darajasini oshirishni hisobga olish; mahalliy moliyaviy, kadrlar va moddiy resurslarni safarbar etish; OIV infeksiyasi bilan bogʻliq muammolarning ijtimoiy, moliyaviy, yuridik, tibbiy va maʼnaviy-ahloqiy jihatlarini hal etishga kompleks yondashish. |
2018-yil 30-yanvargacha |
— |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
Ishchi guruhni tuzish. Hududlardagi epidemiologik vaziyat, kasallanishning ijtimoiy demografik jihatlarini, epidemiologik jarayonning harakatlantiruvchi omillarini oʻrganish va tahlil qilish. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbir-larining hududiy rejalarini ishlab chiqish va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishish. Hududiy rejalarni tasdiqlash. |
|
2. |
Yashash joyiga qaytib kelganidan soʻng migrantlarni konsultatsiyalar va OIVga test oʻtkazish bilan qamrab olish. |
2018-yil 30-yanvar |
— |
— |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qilish qoʻmitasi (N. Usmonbekov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi (Sh. Javlonov), Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norboyeva), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Yusupov), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (Q. Kuranboyev). |
Idoralararo ishchi guruhini tuzish. |
|
2018-yil 10-aprelgacha |
Migrantlarni OIV infeksiyasiga test oʻtkazish uchun tibbiy muassasalarga majburiy yuborishni taʼminlashni nazarda tutgan holda Xatarli guruhlar oʻrtasida OIV infeksiyasi profilaktikasi boʻyicha birgalikda ish olib borish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. | |||||
|
2018-yil 10-maygacha |
Tasdiqlangan Tartibga asosan tegishli idoraviy buyruqlarni chiqarish. | |||||
|
Doimiy asosda |
Mahalla qoʻmitalari, profilaktika inspektorlari va tibbiyot xodimlarining qaytib kelgan migrantlar oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish hamda ularning OIV infeksiyasiga majburiy testdan oʻtishlarini taʼminlash borasida birgalikdagi ishlarini amalga oshirish. | |||||
|
3. |
Tibbiyot muassasalaridan tashqarida OIVni ixtiyoriy konsultatsiya va test bilan qamrab olishni kengaytirishning innovatsion usullari. |
2018-yil 15-martgacha |
— |
— |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev) |
Quyidagi hududlarda OIVga test oʻtkazish uchun mahalliy avtomobillar negizida OIV konsultatsiyalari va testlari uchun texnik ixtisoslashuv va koʻchma laboratoriyalarga boʻl-gan talab-ehtiyojning asosini ishlab chiqish: |
|
davlat chegarasining migrantlar oʻtadigan punktlarida; | ||||||
|
ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan (konsertlar) sport musobaqalari, bozorlar va boshqa) joylarda; | ||||||
|
xatarli guruhlar vakillari toʻplanadigan joylarda; | ||||||
|
2018-yil 25-sentabrgacha |
olis va borish qiyin boʻlgan tumanlarda OITSga qarshi kurashish boʻyicha mintaqaviy markazlarni koʻchma laboratoriyalar bilan jihozlash uchun mablagʻlarni 2019-yilgi Davlat budjeti loyihasiga kiritish. | |||||
|
4. |
Diskordant juftliklarda OIV manfiy shaxslar uchun retrovirusga qarshi preparatlar bilan oʻziga xos profilaktika qilish. |
2018-yil 5-aprelgacha |
— |
— |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev) |
OIV infeksiyasini yuqtirgan shaxslarga davolanishni taqdim etish boʻyicha Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining jamiyatga moslashtirish va protokolini tasdiqlash. |
|
2018-yil 25-sentabrgacha |
2019-yil va kelgusi yillar uchun davlat budjeti smetasiga kiritish uchun zarur mablagʻlarda hisob-kitob olib borish. | |||||
|
5. |
OIV aniqlangan barcha OIV yuqtirganlarning tashxisi tasdigʻini topgan paytdan boshlab oʻziga xos davolashga (ART) bosqichma-bosqich oʻtish va dispanserlik kuzatuviga olish. |
2018-yil 5-aprelgacha |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev) |
OIV infeksiyasini yuqtirgan shaxslarni Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining jamiyatga moslashtirish va davolanishni taqdim etish boʻyicha protokolini tasdiqlash. | ||
|
2018-yil 15-dekabrgacha |
Birinchi bosqich: OIV infeksiyasini yuqtirgan barcha 18 yoshgacha boʻlgan shaxslarni davolash. | |||||
|
Keyingi yillarda |
Ikkinchi bosqich: OIV infeksiyasini yuqtirgan barcha 30 yoshgacha boʻlgan shaxslarni davolash. OIV infeksiyasini yuqtirgan barcha shaxslarni davolash. | |||||
|
6. |
Fuqarolik jamiyatini OIV infeksiyasiga qarshi kurash chora-tadbirlariga keng jalb etish. |
2018-yil fevral-iyun |
0,089 mln AQSH dollari |
OITS, sil va bezgakka qarshi kurash Global jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Global jamgʻarma) mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), NNTlarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (O. Xusanov), Din ishlari qoʻmitasi (A. Yusupov) |
Nodavlat notijorat tashkilotlarni OIV infeksiyasiga qarshi kurash sohasidagi profilaktik faoliyatga jalb etish boʻyicha ular oʻrtasida ishlar olib borish. |
|
Nodavlat notijorat tashkilotlarni OIV infeksiyasi profilaktikasi ishlarining metodlariga oʻrgatish. | ||||||
|
Mamlakatning diniy konfessiyalar rahbarlarini axloqni shakllantirish, xavfli yurish-turish qoidalarini bartaraf etish, OIV muammosi boʻlgan insonlarga nisbatan tolerant munosabatda boʻlishni shakllantirish boʻyicha axborot ishlariga jalb etish. | ||||||
|
2018-yil 1-dekabrgacha |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Nodavlat notijorat tashkilotlar uchun OIV infeksiyasiga qarshi kurash sohasidagi loyihalarga davlat grantlari ajratish. | ||||
|
7. |
OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalari boʻyicha axborot-tushuntirish ishlarini keng oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplash uchun maxsus jamgʻarma tashkil etish. |
2018-yil 1-avgustgacha |
— |
— |
Moliya vazirligi (A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev) Adliya vazirligi (R. Davletov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A .Shodmonov). |
Tashabbus guruhini tashkil etish. |
|
2018-yil 1-oktabrgacha |
Jamgʻarma ustav va boshqaruvni tasdiqlash. | |||||
|
Doimiy asosda |
Mulk shaklidan qatʼi nazar xoʻjalik subyektlarining ixtiyoriy ajratmalari hisobidan jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va jamgʻarmaning mablagʻlaridan axborot kampaniyalarida foydalanish. | |||||
|
8. |
Aholi oʻrtasida profilaktika ishlarini olib borishda yangi yondashuvlar. |
2018-yil 1-sentabrgacha |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari va jalb qilingan donorlik mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), MTRK (A. Xodjayev), “Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), MAA (A. Koʻchimov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Quranbayev), “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MA (U. Roʻziqulov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (A. Ramatov) |
OIV infeksiyasi masalasida individual va konfidensial konsultatsiya olish va OIVga test oʻtkazish zarurligini tushuntirish uchun OITSga qarshi kurash markazlari huzurida kunu tun ishlaydigan “Ishonch telefonlari”ni tashkil etish va ularning ishlashini taʼminlash. | |
|
Muntazam |
Umumiy aholi uchunOIV infeksiyasi, anʼanalar va mentalitetni inobatga olgan holda oʻzini tutish qoidalari, OIV infeksiyasi bilan yashovchi insonlarga tolerant munosabatda boʻlish muammolarini qoʻshgan holda ssenariylar ishlab chiqish va teleseriallarni chiqarish. | |||||
|
Muntazam |
Milliy mentalitet va anʼanalarni inobatga olgan holda OIV infeksiyasini profilaktika qilish, yoshlar va oʻsmirlar uchun “Tengga-teng” tamoyili asosida axloqiy tarbiya masalalarida yoshlar ishtirokida tele va radio koʻrsatuvlar tayyorlash. | |||||
|
9. |
Oʻquvchi yoshlar oʻrtasida OIV infeksiyasining profilaktikasi masalalari boʻyicha axborot-taʼlim ishlari. |
2018-yil 1-sentabrgacha |
Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Quranbayev) |
Oʻrta maktablarda hayotiy koʻnikmalarga oʻrgatish dasturlariga sogʻlom turmush tarziga koʻmaklashuvchi mustahkam hayotiy pozitsiyalarni shakllantirish masalalarini kiritish. | ||
|
2018-yil 1-sentabrgacha |
Oliy taʼlim muassasalari oʻquv dasturiga jinsiy yoʻl bilan yuqadigan OIV infeksiyasi va infeksiyalarini profilaktika qilishga urgʻu bergan holda xavfsiz hayotiy xulq-atvor koʻnikmalarini oʻqitishni kiritish | |||||
|
Doimiy |
Kollej oʻquvchilarini faol hayotiy pozitsiya bilan tengdoshlar oʻrtasida “Tengga-teng” tamoyili asosida OIV infeksiyasini oldini olish boʻyicha ishlarga jalb qilish. | |||||
|
10. |
Aholini OIV infeksiyasini profilaktika qilish choralari toʻgʻrisida xabardor etish boʻyicha tarmoqlararo va sektorlar rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil 1-martgacha |
100,0 mln soʻm |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), MTRK (A. Xodjayev), NA “Oʻzbekkino” (F. Zokirov), MAA (A. Koʻchimov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Quranbayev) Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, (Sh. Javlonov), Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norboyeva) |
OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslarga nisbatan tolerant munosabatda boʻlish masalalari bilan birga aholi oʻrtasida shu jumladan, migrantlar, endigina turmush qurganlar, homiladorlar, yoshlar oʻrtasida OIV infeksiyasini oldini olish boʻyicha axborot-maʼrifiy dasturlarni amalga oshirish. |
|
11. |
OIV infeksiyasi profilaktikasi sohasida tushuntiri� ishlarini olib borish usullarini tubdan qayta koʻrib chiqish boʻyicha dasturni tasdiqlash. |
2018-yil 15-fevralgacha |
Ijrochilarning mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK (U. Roʻziqulov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (A. Ramatov) |
Manfaatdor vazirliklar va idoralar, fuqarolik jamiyatining turli xil institutlari va OIV mutaxassislari orasidan ishchi guruh tuzish. | |
|
2018-yil 1-martgacha |
Tushuntirish ishlari oʻtkazish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | |||||
|
12. |
OIV infeksiyaga testdan oʻtkazishni qamrab olishni kengaytirish, OIV infeksiyasi yuqish xavfi yuqori boʻlgan guruhlar orasida profilaktika chora-tadbirlarini olib borish. |
2018-yil 30-yanvargacha |
1,16 mln AQSH dollari |
Global jamgʻarmamablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
“Ishonch kabinetlarini” ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash maqsadida tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan buyumlar va OIV infeksiyasiga ekspress testlar bilan taʼminlash. |
|
13. |
OIV infeksiyasini spetsifik profilaktika qilish va davolash uchun retrovirusga qarshi preparatlar bilan taʼminlash. |
2018-yil 30-yanvargacha |
2,38 mln AQSH dollari |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), TIV (A. Kamilov) |
VICH infeksiya bilan yashovchi shaxslarga ARV-terapiyani uzluksiz taqdim etish uchun retrovirusga qarshi preparatlarga mablagʻlar ajratish: |
|
2018-yil 30-yanvargacha |
2,37 mln AQSH dollari |
Global jamgʻarmamablagʻlari |
Respublikaga retrovirusga qarshi preparatlar olib kirish. | |||
|
14. |
OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslarda qoʻshimcha virusli, bakterial, zamburugʻlar tufayli yuzaga keladigan kasalliklarni profilaktika qilish va davolash. |
2018-yil 30-yanvargacha |
811,0 mln soʻm |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev) |
Milliy protokollarga muvofiq qoʻshimcha kasalliklarni profilaktika qilish va davolash uchun preparatlar bilan taʼminlashga mablagʻlar ajratish. |
|
15. |
OIV infeksiyasi yuqish xavfi yuqori boʻlgan guruhlar uchun jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalarni sindrom davolashni taqdim etish. |
2018-yil 5-martgacha |
— |
— |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev) |
Ishchi guruhi tuzish. |
|
2018-yil 5-aprelgacha |
Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻini ishlab chiqish va tasdiqlash. | |||||
|
2018-yil 25-iyungacha |
OITSga qarshi kurash markazlari tizimida “Doʻstona kabinetlar” tashkil etish. | |||||
|
2018-yil 25-sentabrgacha |
2019-yil Davlat budjetiga qoʻshish uchun zarur mablagʻlarni hisob-kitoblar qilish. | |||||
|
16. |
OIV infeksiyasini yuqtirgan onalardan tugʻilgan 6 oygacha boʻlgan bolalarni quruq sutli qorishmalar bilan taʼminlash. |
2018-yil 20-fevralgacha |
3 000,0 mln soʻm |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
OIV infeksiyasini yuqtirgan onalardan tugʻilgan 6 oygacha boʻlgan bolalarni quruq sutli qorishmalar bilan uzluksiz taʼminlash toʻgʻrisida tartibni ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha ishchi guruhni tashkil etish. |
|
2018-yil 1-martgacha |
Sogʻliqni saqlashning hududiy boshqarmalari tomonidan quruq sutli qorishmalarga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish. | |||||
|
2018-yil 10-martgacha |
Quruq sutli qorishmalarni yetkazib berish va tarqatish. | |||||
|
17. |
18 yoshgacha boʻlgan OIV infeksiyali bolalarni kasallikning qaysi klinik bosqichda boʻlishidan qatʼiy nazar tashxis qoʻyilgan paytdan boshlab ijtimoiy nafaqa bilan taʼminlash. |
2018-yil 20-martgacha |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev) |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-sentabrdagi 256-son qarori asosida tayinlanadigan OIV infeksiyasi bilan kasallangan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga ijtimoiy nafaqalar berishni takomillashtirish boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻini ishlab chiqish va tasdiqlash. | ||
|
Doimiy |
Ehtiyojga muvofiq |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
OIV infeksiyasi bilan kasallangan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga ijtimoiy nafaqalarni toʻlashni taʼminlash. | |||
|
Tasdiqlangan rejaga muvofiq |
OITSga qarshi kurash respublika va hududiy markazlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-sentabrdagi 256-son qarorining 18 yoshgacha boʻlgan OIV infeksiyali bolalarga ijtimoiy nafaqalar toʻlash talablariga rioya qilish ustidan tizimli monitoring olib borish. | ||||
|
II. OIV INFEKSIYASI PROFILAKTIKASI VA DIAGNOSTIKA QILISH HAMDA DAVOLASH MASALALARI BOʻYICHA NORMATIV-HUQUQIY BAZANI QAYTA KOʻRIB CHIQISH | ||||||
|
18. |
Jazoni ijro etish muassasalaridagi OIV infeksiyasini yuqtirgan shaxslar va OITS bilan kasallanganlarga tibbiy xizmat koʻrsatishning uzluksizligini taʼminlash boʻyicha idoralararo hamkorlikning samaradorligini oshirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan OIV infeksiyasini yuqtirgan va OITS bilan kasallanganlarga retrovirusga qarshi terapiyani taqdim etish tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnomani (26.12.2007-yilda 1752-son bilan roʻyxatdan oʻtgan) takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. |
2018-yil 1-aprelgacha |
— |
— |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllagan holda Jazoni ijro etish maskanlarida OIV infeksiyasini yuqtirgan shaxslarga tibbiy xizmatlarni koʻrsatishda ketma-ketlikni taʼminlash, tahlil qilish va oʻzaro harakatlar mexanizmlarini baholash uchun idoralararo ishchi guruhni tuzish. |
|
2018-yil 30-iyungacha |
Qoʻshma qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | |||||
|
19. |
Butunjahon Sogʻliqni Saqlash Tashkilotining zamonaviy tavsiyalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining OIV infeksiyasini profilaktika, diagnostika qilish va davolash masalalari boʻyicha qabul qilingan buyruqlarini yangilash. |
2018-yil 10-fevralgacha |
— |
— |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
Ishchi guruhi tuzish. |
|
2018-yil 10-maygacha |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining yangilangan buyruqlarini ishlab chiqish va ularni tasdiqlash | |||||
|
III. OITSGA QARSHI KURASH MARKAZLARI VA OIV INFEKSIYASINI DIAGNOSTIKA QILISH BOʻYICHA TUMANLARARO LABORATORIYALARINING MODDIY-TEXNIK BAZASINI MUSTAHKAMLASH | ||||||
|
20. |
OITSga qarshi kurash tumanlararo diagnostika laboratoriyalari va hududiy markazlar laboratoriyalari moddiy-texnik uskunalarini mustahkamlash. |
2018-yil 30-yanvargacha |
2,0 mln AQSH dollari |
Global jamgʻarma mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vairlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Zarur diagnostika asbob-uskunalarini xatlovdan oʻtkazish, roʻyxatini shakllantirish va tasniflash boʻyicha komissiya tuzish. |
|
2018-yil 30-noyabrgacha |
Tegishli diagnostik laboratoriyalarga diagnostika qilish uskunalarini oʻrnatilgan tartibda sotib olish, taqsimlash va oʻrnatish. | |||||
|
21. |
Laboratoriyalarni OIV infeksiyasini diagnostika qilish uchun zarur miqdordagi test-sistemalari va limfotsitlarni (SD-4) aniqlash uchun, shuningdek, OIV infeksiyasini davolashni monitoring qilish uchun (polimeraz-zanjir reaksiya) reagentlar bilan taʼminlash. |
2018-yil 30-yanvargacha |
0,979 mln AQSH dollari |
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev) |
Ehtiyojni aniqlash, moliyalashtirishga talabnomani tayyorlash. |
|
2018-yil 25-aprelgacha |
2018-yil uchun test-sistemalari va reagentlarni sotib olish va taqsimlash. | |||||
|
22. |
Avtotransport olishga talabnoma loyihasini koʻrib chiqish uchun taqdim etish. |
2018-yil 1-aprel |
— |
— |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), “Oʻzavtosanoat” AJ (U. Salimov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Respublika va hududiy OITSga qarshi kurash markazlarining amaldagi avtomobil parkini keyinchalik uni modernizatsiya qilish takliflari bilan xatlovdan oʻtkazish. |
|
IV. OIV INFEKSIYASI SOHASIDA KADRLAR VA ILMIY SALOHIYATNI MUSTAHKAMLASH, XALQARO HAMKORLIKNI KENGAYTIRISH | ||||||
|
23. |
Respublika va hududiy OITSga qarshi kurash markazlarining shtat tizimlarini turdosh mutaxassisliklarni (ftiziatr, psixolog, farmatsevt) kiritishni hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish. |
2018-yil 25-iyungacha |
— |
— |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov) |
Ishchi guruh tuzish va OITSga qarshi kurash markazlarining yangi shtat normativlarini ishlab chiqish. |
|
2018-yil 25-avgustgacha |
Yangi shtat normativlarini koʻrib chiqishga taqdim etish. | |||||
|
2018-yil 25-sentabrgacha |
OITSga qarshi kurash markazlarining yangi shtat normativlarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatni tayyorlash. | |||||
|
2018-yil 25-noyabrgacha |
Yangi shtat normativlarini tasdiqlash. | |||||
|
24. |
OIV infeksiyasini diagnostika qilish, davolash va profilaktika qilish sohasida dunyo tajribasini oʻrganish va tatbiq etish uchun xalqaro ekspertlar ishtirokida respublika konferensiyasini tashkil etish va oʻtkazish. |
2018-yil 13-14-aprel |
— |
Ijrochilar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar ijrochilari mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), TIV (A. Kamilov), Davlat investitsiyalar boʻyicha qoʻmitasi (A. Axmedxodjayev), xalqaro va xorijiy tashkilotlar |
Tashkiliy qoʻmitani tuzish, ishtirokchilar roʻyxatini aniqlash va dasturni tasdiqlash. Konferensiyani tajriba almashish, aloqalar oʻrnatish, OIV infeksiyasi sohasida qoʻshma ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida oʻtkazish. |
|
25. |
Respublika OITSga qarshi kurash markazi huzurida OIV infeksiyasini profilaktika, diagnostika qilish va davolash sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyati va innovatsion ishlanmalarni muvofiqlashtirish boʻyicha ilmiy kengashni tashkil etish. |
2018-yil 10-iyulgacha |
Davlat grant loyihalari mablagʻlari va ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov) |
Ilmiy kengash tarkibi va Nizomini tasdiqlash. | |
|
koʻrib chiqish uchun talabnomalar tushishi bilan |
OIV infeksiyasini profilaktika, diagnostika qilish va davolash sohasida amaliy innovatsion va fundamental ilmiy loyihalarni muntazam koʻrib chiqish. | |||||
|
2018-yil 20-noyabrgacha |
Yil yakuni boʻyicha ilmiy va innovatsion ishlanmalarni joriy etish natijalarining samaradorligining muhokamasini kengaytirilgan ilmiy Kengashda muntazam koʻrib borish. | |||||
|
26. |
Epidemiologik, laborator va davolash jihatlarini hisobga olgan holda, OIV infeksiyasi aniqlangan holatlarni monitoringini taʼminlash bilan, shuningdek, real vaqt rejimida preparatlar va diagnostikumlarning harakatlanishi va mavjudligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining korporativ tarmoq qismi sifatida monitoring qilish axborot tizimini yaratish. |
2018-yil 1-avgustgacha |
0,05 mln AQSH dollari |
Global jamgʻarma mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
OIV infeksiyasini monitoring qilish axborot tizimini yaratish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish. |
|
2018-yil 10-dekabrgacha |
Axborot dasturini ishlab chiquvchi kompaniyani tanlab olishni belgilangan tartibda oʻtkazish. | |||||
|
27. |
Epidemiologik, laborator va davolash jihatlarini, shuningdek, real vaqt rejimida preparatlar va diagnostikumlarning harakatlanishi va mavjudligini hisobga olgan holda OIV infeksiyasi aniqlangan holatlarni monitoring qilish axborot tizimini joriy etish va doimiy ishlashini taʼminlash. |
2018-yil 1-iyungacha |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
OIV infeksiyasiga qarshi kurashish sohasida xizmat koʻrsatuvchi muassasalarning kompyuter-ofis texnikasi bilan taʼminlanganligini xatlovdan oʻtkazish. | ||
|
2018-yil 1-iyulgacha |
300,0 mln soʻm |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Kompyuter-ofis texnikasini olishga talabnoma berish. | |||
|
2018-yil Davlat dasturi chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun jami xarajatlar: | ||||
|
4,211 mlrd soʻm va 9,028 mln AQSH dollari |
||||
|
shundan: |
— |
mlrd soʻm |
AQSH dollarida | |
|
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
— |
3,811 |
— |
3,359 |
|
xalqaro moliyaviy institutlar mablagʻlari |
— |
0 |
— |
5,669 |
|
budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari |
— |
0 |
— |
0 |
|
ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari |
— |
0,4 |
— |
0 |
|
mahalliy budjet mablagʻlari, |
— |
17,307 |
— |
0,015 |
|
shu jumladan: |
||||
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
1,420 |
— | ||
|
Andijon viloyati |
3,781 |
0,015 | ||
|
Buxoro viloyati |
0,475 |
— | ||
|
Jizzax viloyati |
1,127 |
— | ||
|
Qashqadaryo viloyati |
1,317 |
— | ||
|
Navoiy viloyati |
0,480 |
— | ||
|
Namangan viloyati |
3,174 |
— | ||
|
Samarqand viloyati |
1,044 |
— | ||
|
Surxondaryo viloyati |
1,355 |
— | ||
|
Sirdaryo viloyati |
0,400 |
— | ||
|
Toshkent viloyati |
0,400 |
— | ||
|
Fargʻona viloyati |
0,749 |
— | ||
|
Xorazm viloyati |
0,604 |
— | ||
|
Toshkent shahri |
0,980 |
— | ||