O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining
Qarori
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan OIV infeksiyasini yuqtirganlar va OITSga chalingan bemorlarga antiretrovirus davolash taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 21-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1752-1]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi PQ-3493-son “O‘zbekiston Respublikasida odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2007-yil 27-noyabrdagi 19, 16-son “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan OIV infeksiyasini yuqtirganlar va OITSga chalingan bemorlarga antiretrovirus davolash taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1752, 2007-yil 26-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 52-son, 543-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-dekabr,
81-son
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-dekabr,
58-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2019-y., 10/19/1752-1/2514-son)