O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DIN IShLARI BO‘YIChA QO‘MITA FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-apreldagi 196-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tuzish to‘g‘risida” 1992-yil 7-martdagi Farmoniga muvofiq, shuningdek, davlat organlari va respublika hududida faoliyat ko‘rsatuvchi barcha mazhablardagi diniy tashkilotlar o‘rtasidagi qalin hamkorlikni va o‘zaro tushunishni mustahkamlashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita davlat boshqaruv organi hisoblanadi, uning o‘z huquq doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlari vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, shuningdek, viloyat, shahar, rayon hokimliklari uchun majburiy hisoblanadi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita markaziy apparati xodimlarining eng ko‘p soni 38 kishidan iborat qilib (binoni qo‘riqlovchi va unga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari), mehnatga haq to‘lash fondi 1992-yil oxirigacha 418 ming so‘m va bir yilga 570 ming so‘m hisobidan belgilansin.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga raisning bir nafar birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari bo‘lishiga ruxsat berilsin.
Qo‘mita raisiga, uning o‘rinbosarlariga O‘zbekiston Respublikasi vazirlari, ularning o‘rinbosarlari uchun tegishlicha nazarda tutilgan maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari joriy qilinsin.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning markaziy apparati respublika budjeti hisobidan mablag‘ bilan ta’minlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish masalalariga rahbarlik qilish va mahalliy boshqaruv organlarining hududlarda joylashgan diniy tashkilotlar, shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan qo‘mita bilan qalin o‘zaro aloqalarni ta’minlash viloyat, shahar va rayon hokimining o‘rinbosarlaridan birining zimmasiga yuklatilsin.
Zarurat bo‘lganda joylarda barcha mazhabdagi diniy tashkilotlar, jamoat birlashmalari vakillaridan, olimlar va amaliyotchi mutaxassislardan iborat maslahat kengashlari tuzilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Savdo vazirligi, “O‘zshartnomasavdo” uyushmasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning hisob-kitoblariga muvofiq zarur mablag‘lar, biriktirilgan nomenklatura bo‘yicha jihozlar, asbob-uskunalar va boshqa moddiy-texnika resurslari ajratsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga ikkita GAZ-24 yengil avtomobilini ajratsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yuqorida ko‘rsatilgan avtomashinalarni saqlashga mablag‘ ajratishni va limitni nazarda tutsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitani zarur shahar va hukumat telefon aloqasi bilan ta’minlasin.
7. Toshkent shahar hokimi bir oy muddat ichida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitani joylashtirish uchun joy ajratsin.
8. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1976-yil 11-maydagi 287-son qarori (O‘zSSR QT, 1976-y., 5-son, 22-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-aprel,
159-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 27-yanvardagi 23-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 27-yanvardagi 23-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)