27.01.1995 yildagi 23-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2004
 LexUZ sharhi
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Nizomi hamda uning tizimi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil qilish to‘g‘risida” 1992-yil 7-martdagi Farmoniga asosan tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat’i nazar, ularning vijdon erkinligi huquqlarini, barcha dinlar, diniy mazhab va e’tiqodlarning tengligini ta’minlovchi konstitutsiyaviy kafolatlarini va “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining talablarini bajarishga, shuningdek, davlat organlari bilan diniy markazlar va tashkilotlarning aloqalarini mustahkamlash, ularning xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan davlat organi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasidagi diniy tashkilotlar, diniy jamoalar va markazlar, diniy o‘quv yurtlari, diniy adabiyotlarni chop etuvchi nashriyotlar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashni tashkil etish hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish. Shu maqsadlar uchun diniy tashkilotlarning rahbarlaridan kerak bo‘lgan axborotlarni talab qilib olish, shuningdek, ularning faoliyatlari bilan bog‘liq o‘tkaziladigan tadbirlarda qatnashishga haqlidir.
Diniy jamoalar, tashkilotlar, markazlar, diniy o‘quv yurtlari, diniy adabiyotlarni chop etuvchi nashriyotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni bilan kafolatlangan fuqarolarning dinga bo‘lgan o‘z munosabatlarini belgilash, ifodalash va hech qanday to‘siqlarsiz dinga e’tiqod qilish va diniy marosimlarni o‘tkazishda, shuningdek, dinga munosabatlaridan qat’i nazar, ularning manfaatlarini himoya qilish huquqlariga kafolat beruvchi talablarining bajarilishini ta’minlash;