Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.08.2023 29.12.2018 yildagi 1060-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.08.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-sonli ““Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasi reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852-son qarorining ijrosi yuzasidan, shuningdek, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi — ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yagona qoidalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — yuridik va jismoniy shaxslarga Davlat reyestri ma’lumotlaridan erkin foydalanish imkoniyatini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi — yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida vakolatli organlar o‘rtasida axborot-kommunikatsiya ma’lumotlar almashinuvini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi — qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi — ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning Davlat reyestridan elektron ko‘chirma berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi — nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri (keyingi o‘rinlarda Davlat reyestri deb ataladi) yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqlari haqidagi axborotning rasmiy manbasi bo‘lib, bu axborotning ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat reyestridan elektron shaklda berilgan, shuningdek, qog‘ozda berilgan ko‘chirmalar teng yuridik kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, 2018-yil 1-iyuldan keyin tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, “E-auksion” elektron savdo platformasida o‘tkazilgan elektron auksion natijalari haqidagi bayonnoma asosida amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari qoshida komissiyalar (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) tashkil etish yo‘li bilan ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal qilishning mustaqil mexanizmi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolar komissiya tomonidan murojaat kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kun mobaynida ko‘rib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida qaror qabul qilgan yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etgan shaxslar komissiya a’zolari bo‘la olmaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiyaning xulosasi ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida qaror qabul qilgan yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etgan shaxslar uchun majburiy tusga ega bo‘lib, ular qabul qilgan qarorni o‘zgartirish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga bino va inshootlarni sotishdan olingan daromadlar bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘langanligi haqida, axborot-kommunikatsiya tizimi orqali axborot taqdim etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat kadastrlarini yuritishni amalga oshiruvchi organlar O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga muhofaza qilinadigan zonalar haqidagi axborotni doimiy ravishda taqdim etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda idoralararo hamkorlik va ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishi, shuningdek ular bilan bog‘liq bitimlar haqidagi axborot almashinuvining axborot-dasturiy kompleksini ishlab chiqsin va 2019-yil 1-fevraldan boshlab joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat reyestri ma’lumotlarini Internet tarmog‘iga joylashtirish yo‘li bilan ulardan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalanishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun huquqni belgilovchi hujjatlar reyestrini har bir ro‘yxatdan o‘tkazish turi va tipi kesimida ishlab chiqsin va Internet tarmog‘iga joylashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ko‘chmas mulk obyektlarini boshqa shaxsga o‘tkazish turiga bog‘liq holda, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida namunaviy arizalar shakllarini ishlab chiqsin va Internet tarmog‘iga joylashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmog‘idagi o‘z rasmiy veb-saytiga ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqlar statistikasining joylashtirilishi va doimiy yangilanib borilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha taqiqlarning mavjudligi yoki mavjud emasligi ko‘rsatilgan holda Davlat reyestridan ko‘chirmalar berilishini nazarda tutuvchi dasturiy mahsulot ishlab chiqsin va joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining axborot tizimlarida fuqarolarning mavjud shaxsiy ma’lumotlari haqidagi axborotni dolzarblashtirish uchun jismoniy shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasidan foydalanishini va “Elektron hukumat” tizimi bilan yanada integratsiyalanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 29-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1060-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom talablari foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lgan yer qa’riga joriy etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqi ushbu huquqlar mazkur Nizomga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan amalga oshirilgan ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtinchalik imorat — qurilish davrida vaqtinchalik foydalanish uchun bunyod etilgan va loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan imorat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulk obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish — yuridik va jismoniy shaxslarning, jumladan bitimlar asosida yuzaga keladigan ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarining vujudga kelishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishini (yuklanishini), bekor bo‘lishini tan oladigan hamda tasdiqlaydigan huquqiy hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri (keyingi o‘rinlarda Reyestr deb ataladi) — ko‘chmas mulk obyektlari va ularga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risida, shuningdek, huquq egalari haqidagi ma’lumotlardan iborat yagona axborot ma’lumotlar bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garov xati — ko‘chmas mulk obyekti garovga qo‘yilganligi to‘g‘risida yuridik yoki jismoniy shaxsga bank tomonidan beriladigan qarz guvohnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki bo‘lishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga mo‘ljallangan, yopiq hajmni tashkil etuvchi tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasi — yer yuzasining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda boshqa xususiyatlarga ega bo‘lgan qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka — mulkni garov kreditoriga egalik qilish uchun topshirmasdan, majburiyatni ta’minlash sharti bilan ko‘chmas mulk obyektini (yer uchastkasini, bino va inshootni) yoki unga bo‘lgan huquqni garovga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadastr yig‘majildi — obyektning ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan kadastr suratiga olish, texnik xatlovdan o‘tkazish va pasportlashtirish, maxsus tekshirish va tadqiqotlarning, sifat va qiymat jihatdan baholashning hujjatlari, materiallari va ma’lumotlari elektron jamlanmasi;
(5-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadastr raqami — yer uchastkasi, bino, inshoot va ko‘p yillik dov-daraxtlarning o‘ziga xos, O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan alohida raqami hisoblanadi va ushbu raqam ko‘chmas mulkni shakllantirishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq beriladi va ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lishi davrida saqlab qolinadi;
(5-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadastr pasporti — huquq egasiga beriladigan hamda ko‘chmas mulk obyekti va obyektning kadastr raqami haqida umumiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan plastik shaklda yoki qog‘oz shaklda beriladigan elektron hujjat;
(5-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p yillik dov-daraxtlar — bog‘lar, tokzorlar, tutzorlar va boshqa o‘rmon daraxtlari;
(5-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulk obyektlari — yer uchastkalari, binolar va inshootlar (shu jumladan yer osti inshootlari) va ko‘p yillik dov-daraxtlar;
(5-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishi tugallanmagan obyektlar — qurilishi belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq boshlangan, lekin belgilangan kunida tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, ammo qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanish uchun ruxsatnomasi asosida foydalanishga qabul qilinmagan bino va inshootlar;
(5-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi (yuklanishi) — bitimlar, qonun hujjatlari yoki vakolatli organ tomonidan o‘rnatiladigan, mazkur ko‘chmas mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish imkonini cheklaydigan shartlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yordamchi-xo‘jalik imoratlari — ishlab chiqarish binolari va inshootlariga nisbatan qo‘shimcha imoratlar (omborxonalar, bostirmalar, yo‘laklar va shu kabilar), uy hayvonlari va parrandalarini boqish uchun mo‘ljallangan imoratlar, omborxona, garajlar, yozgi oshxonalar, tandirxonalar, yerto‘lalar, hammomlar, hovlidagi hojatxonalar, dushxonalar, issiqxonalar, hovuzlar, saunalar, qozonxonalar va odamlarning vaqtincha turishi bilan bog‘liq turli ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan boshqa funksional imoratlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquq egasi — ko‘chmas mulk obyektining belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi asosida unga bo‘lgan huquqqa ega yuridik va jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulk haqida tuzilgan bitimlar — fuqaro va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni o‘rnatishga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga (boshqa shaxsga o‘tkazish, ipotekaga qo‘yish, uzoq muddatli ijaraga olish, merosni qabul qilish va boshqalar) qaratilgan xatti-harakatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servitut — begona yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha bo‘lishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib o‘tishga mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat, yer tepasida, yer yuzasida va yer ostida hajmli, yassi yoki chiziq tarzida joylashgan qurilish tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining (keyingi o‘rinlarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ deb ataladi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning rahbari tomonidan tayinlanadigan mas’ul shaxslar (keyingi o‘rinlarda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi deb ataladi) tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilanadigan miqdorda yig‘im undiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq hamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan boshqa ashyoviy huquqlar, shu jumladan ushbu huquqlar va ular bilan bog‘liq bitimlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishi haqidagi axborot va hujjatlarni 2019-yil 1-fevraldan boshlab, axborot-kommunikatsiya tizimlari vositasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga mahalliy davlat hokimiyati organlari, notarial idoralar, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy bo‘linmalari, shuningdek boshqa vakolatli organlar tomonidan tegishli harakatlar sodir etilgan kundan boshlab bir kun muddatda taqdim etiladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. 2019-yil 1-sentabrdan boshlab Toshkent shahrida joylashgan ko‘chmas mulkka, 2020-yil 1-yanvardan boshlab esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan ko‘chmas mulkka nisbatan notarial harakatlar asosida vujudga keladigan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar haqidagi ma’lumotlar Reyestrga faqat notarius orqali taqdim etilgan talabnomaga asosan huquq egasini o‘zgartirish shaklida kiritiladi va Reyestrdan ko‘chirma beriladi;
(71-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yilning 1-yanvaridan boshlab qurilgan uy-joyga mulk huquqini hamda qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish dalolatnomasi va boshqa zarur hujjatlar tijorat banklari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar) filiallariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-yanvardan boshlab ko‘chmas mulk obyektini “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion orqali sotish (davlat aktivlari qismida) va rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish natijasida vujudga keladigan unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar tegishlicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va rieltorlik tashkilotlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi;
(71-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrdan ko‘chirma Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, rieltorlik tashkilotlari va tijorat banklari tomonidan mulkdorning xohishiga ko‘ra elektron va (yoki) qog‘oz shaklida ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar va qonun asosidagi ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin ushbu bandda nazarda tutilgan muddatlarda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni tashkilotlarning ma’lumotlari asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida ariza talab etilmaydi.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun 2019-yil 1-fevraldan keyin vujudga keladigan asoslar mazkur Nizomning 7 va 71-bandlarida ko‘rsatilgan organlar tomonidan axborot-dasturiy majmua vositasida beriladigan axborot asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomning 7 va 71-bandlarida ko‘rsatilgan organlar axborot-dasturiy majmuaga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kadastr yig‘majildini birlamchi shakllantirishda ko‘chmas mulk obyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan joyga chiqib xatlovdan o‘tkaziladi. Kadastr yig‘majildini shakllantirish natijalari bo‘yicha kadastr pasporti beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadastr pasportini berish tartibi va shakli O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulk obyektini kadastr pasportini tayyorlash davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning buyurtmasi asosida amalga oshiriladi. Buyurtmalar Internet tarmog‘i yoki Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) orqali qabul qilinadi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq turi yoki egasi o‘zgarganda, ushbu Nizomga asosan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng kadastr pasporti faqat ko‘chmas mulk obyekti mulkdorining ixtiyori va so‘roviga ko‘ra rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki unda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lganda, obyektni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kadastr pasporti rasmiylashtirilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ko‘chmas mulk obyekti mulkdorlari yoxud ushbu obyekt bo‘yicha ashyoviy huquqlar egalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelganda, boshqa shaxsga o‘tganda, cheklanganda yoki bekor bo‘lganda yoxud ko‘chmas mulk obyektining huquqiy holati o‘zgargan kundan boshlab bir oy muddatda mazkur Nizomning 21, 22, 23, 30, 31, 32, 35, 38, 39, 40, 41, 42, 43-bandlarida ko‘rsatilgan huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona davlat xizmatlari portali orqali, garov xati rasmiylashtirilganda esa — ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizada ko‘chmas mulk obyektining turi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan huquq, unga kadastr yig‘majildi tayyorlangan yoki qayta rasmiylashtirilgan ko‘chmas mulk obyektining nomi va u tayyorlangan sana (mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Markaz ariza to‘ldirilgandan keyin bir soat mobaynida uni ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradigan organga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomning 71-bandida ko‘rsatilgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, rieltorlik tashkilotlari va tijorat banklari (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur ma’lumotlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga yuboradi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizani va ushbu ko‘chmas mulk obyektiga kadastr hujjatlarini o‘rganadi, ularni Reyestrda mavjud axborot bilan taqqoslaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar hamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan boshqa ashyoviy huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos mavjudligini, uning yuridik yoki jismoniy shaxsga o‘tkazilishining qonuniyligini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ulushli mulk huquqi ishtirokchilarining sonini va tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning ulushlarini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi uchun to‘sqinlik qiladigan omillarni, bu ko‘chmas mulk obyekti huquqning boshqa shaxslarga o‘tkazilishi uchun to‘sqinlik qiluvchi garovga qo‘yilganligi va huquqni cheklash borligini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa shaxslardan aynan shu ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza bor yoki yo‘qligini Reyestrdan aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulk obyekti bilan bog‘liq bitim notarial tartibda tasdiqlanmasdan taqdim etilganda, mulkdor va xaridorning shaxsini aniqlashtirish uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilish huquqiga ega.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni hujjatlar kelib tushgan kundan e’tiboran ikki ish kuni davomida davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar, taqdim etilgan hujjatlarda texnik tusdagi ahamiyatsiz kamchiliklar va ularni bartaraf etish imkoniyati bor bo‘lsa yoki qo‘shimcha hujjatlar talab qilinsa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ro‘yxatdan o‘tkazishni uch kungacha to‘xtatib turish to‘g‘risida bir kun mobaynida qaror qabul qiladi va qarorni Markazga yoki tegishli tashkilotga yuboradi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz yoki tegishli tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organdan ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorni olgandan keyin yuridik yoki jismoniy shaxsni bir soat mobaynida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda hujjatlarni taqdim etish haqida xabardor qiladi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgan holda taqdim etilganda, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuzatilgan hujjatlarni ko‘rib chiqishda huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganligi haqida xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, vakolatli organlar tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar, xabarnomada ko‘rsatilgan kamchiliklar xabar berilgan paytdan boshlab uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmagan bo‘lsa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ ikki ish kuni mobaynida ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqda markazni yoki tegishli tashkilotni yozma ravishda xabardor qiladi.
(14-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri, qarama-qarshi yoki buzilgan ma’lumotlar topilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlamchi kadastr yig‘majildining (kadastr pasporti) mavjud emasligi;
(15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilgan hollarda, taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan yig‘im miqdori ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) tashkilotlarga, Markazga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar Reyestrga tegishli yozuvni kiritish yo‘li bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi, u mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha elektron ko‘rinishda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqning vujudga kelishini va boshqa shaxsga o‘tishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik shaxsning nomini, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini va ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni Reyestrga navbatdagi raqam bilan kiritish orqali amalga oshiriladi. Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi va bekor qilinishi unga bo‘lgan huquqlarni cheklash yoki bekor qilish haqidagi yozuv orqali amalga oshiriladi va buning uchun asos bo‘lgan hujjatning nomi, sanasi va raqami ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi yozuv kiritilgan Reyestr satriga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning (u mavjud bo‘lgan taqdirda) vujudga kelishi va boshqa shaxsga o‘tishi birinchi navbatda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ushbu yer uchastkasida qurilgan yoki barpo etilgan binolar, inshootlar va ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishi va boshqa shaxsga o‘tishining keyingi ro‘yxatdan o‘tkazilishi binolar, inshootlar va ko‘p yillik dov-daraxtlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yer uchastkasiga huquq ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi yozuv kiritilgan satrga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
171. Markazlar yoki tashkilotlar yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) kelib tushganidan so‘ng real vaqt rejimida bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi xabarnomada ko‘rsatilgan miqdorda yig‘im summasini to‘laydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud boshqaruvchisi xabarnomada ko‘rsatilgan yig‘imni xizmat amalga oshirilganidan so‘ng “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 150-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda to‘laydi.
(171-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrdan ko‘chirma berish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandda ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
(171-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
172. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Markazlar orqali murojaat etganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;

b) ko‘chmas mulk “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion orqali sotilganda va rieltorlik xizmatlari ko‘rsatilganda:
(172-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Davlat aktivlarini boshqarish agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tijorat banklari tomonidan uy-joyga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda, shu jumladan qurilishi tugallangan uy-joyni rasmiylashtirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — tijorat banklarning bank hisobvarag‘iga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) notarial idora orqali murojaat etilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
(172-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Xabarnomada ko‘rsatilgan yig‘im to‘liq to‘langanidan so‘ng real vaqt rejimida markazlar yoki tashkilotlar xodimi tomonidan tizimdan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda tegishli huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi elektron ko‘rinishdagi Reyestrdan ko‘chirma yuklab olish imkoni paydo bo‘ladi va ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra unga reyestrdan ko‘chirma elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Noto‘g‘ri yoki buzilgan ma’lumotlarni taqdim etganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Yer uchastkalariga bo‘lgan quyidagi huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi va bekor bo‘lishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaligi, jamoa bog‘dorchiligi va uzumchilik xo‘jaligini yuritish uchun, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda berilgan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxsga qishloq va o‘rmon xo‘jaligini (qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari) va fermer xo‘jaliklari bundan mustasno) yuritish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun berilgan yer uchastkalariga doimiy egalik qilish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxsga qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun foydalanish muddatlari ko‘rsatilmay berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun foydalanishning muayyan muddati belgilab berilgan yer uchastkalaridan muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxs, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxs tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xususiylashtirilgan yoki sotib olingan yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxsga ijaraga berilgan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishi quyidagi hujjatlar asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun — davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi, o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori yoki meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi notarial idora tomonidan berilgan guvohnoma yoxud bu huquq auksion asosida sotib olinganligi to‘g‘risidagi tuman (shahar) hokimi tomonidan berilgan davlat orderi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, doimiy va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun — joylardagi davlat hokimiyati organlarining muayyan yuridik va jismoniy shaxsga yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi, o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori, “E-auksion” elektron savdo platformasida o‘tkazilgan elektron auksion natijalari haqida bayonnoma;
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun — davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan davlat orderi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun — joylardagi davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini ijaraga berish to‘g‘risidagi o‘z vakolatlari doirasida 2021-yil 1-avgustga qadar qabul qilgan qarorlari, elektron onlayn-auksion va ochiq elektron tanlov natijalariga ko‘ra tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi;
(21-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kon ajratmasi dalolatnomasi — foydali qazilmalarni qazib oladigan va foydali qazilmalar konlarini ishlatadigan korxonalarni qurish uchun yer uchastkasi ajratilganligini tasdiqlovchi hujjat;
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uy qurilgan va unga tutash yer uchastkasiga bo‘lgan huquq quruvchi yoki buyurtmachidan ko‘p kvartirali uydagi joy mulkdorlariga o‘tishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun — qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan (ko‘p kvartirali uydan) foydalanish uchun ruxsatnoma.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
211. “E-auksion” elektron savdo platformasiga qo‘yish uchun tayyorlangan yer uchastkasi haqidagi materiallar ushbu yer uchastkasi bo‘yiicha kadastr yig‘majildi shaklida qabul qilinadi.
(211-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining “Yer to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni amal qilgan davrda (1990 — 1998-yillarda) olingan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi, shuningdek, mazkur hujjatlar davlat arxivlari saqlovida mavjud bo‘lmagan yoki ularni topish imkoni qolmagan taqdirda, o‘rnatilgan tartibda sudning qarori bilan belgilanadi:
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar (tumanlar) hokimlarining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun shaharlar yerlaridan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharchalar va qishloqlar (ovullar) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun shaharchalar va qishloq aholi punktlarining sobiq kolxozlar, sovxozlar hamda boshqa qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududida bo‘lmagan yerlaridan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloqlar (ovullar) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga qishloq joylarida shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi qarorlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. O‘zbekiston SSRning Yer kodeksi amal qilgan davrda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining olingan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi, shuningdek, mazkur hujjatlar davlat arxivlari saqlovida mavjud bo‘lmagan yoki ularni topish imkoni qolmagan taqdirda, o‘rnatilgan tartibda sudning qarori bilan belgilanadi:
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tumanlar, shaharlar va shaharchalar xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qo‘mitalarining yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli qishloqlar (ovullar) xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qo‘mitalarining kolxozlar a’zolarining umumiy majlislari bayonnomalarini hamda sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari direktorlarining fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish haqidagi buyruqlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yoki viloyatlar xalq deputatlari Kengashlarining (Qoraqalpog‘iston Respublikasida — Jo‘qorg‘i Kengesning) qarorlari bilan qishloq aholi punktlari yoki ularning qismlari shaharlar va posyolkalar chegaralariga kiritilgan hollarda jismoniy shaxslarga dehqon (shaxsiy tomorqa) xo‘jaligini yuritish uchun belgilangan tartibda ilgari berilgan yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi mazkur Nizomning 21, 22 va 23-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar asosida davlat hokimiyati organlarining qarorlarida ko‘rsatilgan o‘lchamlarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga yoki huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanilayotgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan huquq turi yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatga muvofiq qabul qilinadi.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar joylardagi davlat hokimiyati organining 2021-yil 1-avgustga qadar o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorida huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda yuridik va jismoniy shaxs uchun quyidagi huquqlar tan olinadi hamda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaligi hamda jamoa bog‘dorchiligi va uzumchilik xo‘jaligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi (agar, davlat hokimiyati organlarining qarorlarida boshqa huquq turi ko‘rsatilgan bo‘lsa ham);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar va inshootlar qurish uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining hamda boshqa ashyoviy huquqlarning boshqa shaxsga o‘tishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ko‘rsatilgan obyektlar bilan egallangan va ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasiga egalik qilish huquqi yangi huquq egasining nomiga oldingi huquq egasidagidek shaklda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joy binosiga, bog‘ uychasiga bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, jismoniy shaxslarga ushbu imoratlarga bo‘lgan mulk huquqi bilan birga belgilangan tartibda berilgan va unda ushbu imoratlar joylashgan butun yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ham o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasida yakka tartibdagi turar joy noturar joy toifasiga o‘tkazilgan taqdirda, yer uchastkasi doimiy foydalanish huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Doimiy egalik yoki doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yer uchastkasidagi noturar joy yakka tartibdagi turar joy toifasiga o‘tkazilganda, yer uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
(27-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar uylarni notariuslar tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalari va boshqa hujjatlar asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
(27-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxs boshqa shaxsga o‘tkaziladigan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkasining mulkdori bo‘lgan hollarda, yangi huquq egasi nomiga butun yer uchastkasiga yoki uning ko‘chmas mulk obyekti egallagan hamda undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan qismiga bo‘lgan mulk huquqi, agar boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomasi bilan boshqasi nazarda tutilmagan bo‘lsa, qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasida joylashgan barcha binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi munosabati bilan yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan doimiy foydalanish huquqining o‘tishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oldi-sotdi va boshqa shaxsga o‘tishning boshqa turlariga oid shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdorlarning yoki ular tomonidan vakolatlangan shaxslarning qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud qarori yoxud davlat ijrochisining qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz undiruvchi hamda qarzdor o‘rtasida bino va inshootlarni topshirish to‘g‘risidagi davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar undan boshqaga o‘tadigan shaxsning yer uchastkasiga oid huquq belgilovchi hujjatlari asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim binolar va inshootlarga yoki ularning bir qismiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi munosabati bilan vujudga kelgan yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan doimiy foydalanish huquqining boshqa shaxsga o‘tishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan tuzilgan, tuman (shahar) qurilish bo‘limi va huquq egasi bilan kelishilgan yer uchastkasini bo‘lish hamda uning yangi chegaralarini belgilash haqidagi dalolatnoma asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Nizo mavjud bo‘lgan taqdirda, yer uchastkasi O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan tartibda bo‘linadi va Reyestrdan tegishli ko‘chirma beriladi.
(27-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq yangi huquq egasiga imorat va inshootlarga bo‘lgan huquqning oldingi egasida bo‘lgan shaklda o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bo‘lingan yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi va shaharsozlik faoliyati qoidalariga rioya etilishi uchun javobgarlik huquq egalariga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Yer uchastkasining umumiy maydoni va chegaralari, unga bo‘lgan ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquq turi o‘zgargan taqdirda, axborot-dasturiy kompleks orqali axborot beradigan organlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish haqida ma’lumotlarni yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish jarayonida quyidagi ishlar bajariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot bergan organ tomonidan yuborilgan hujjatlar tekshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda saqlanadigan mavjud reja-kartografik materiallardan foydalanib, yer uchastkasining yangi kadastr rejasi chiziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrga, shuningdek, kadastr yig‘majildiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlar natijalariga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxsga Reyestrdan ko‘chirma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda belgilangan cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni cheklash mazkur huquqlarni garovga qo‘yishda, yer uchastkasiga ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilganda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda amalga oshiriladi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi Reyestrga huquqlarning cheklanishi haqidagi hujjatning nomini hamda uning rekvizitlarini ko‘rsatgan holda tegishli yozuv kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni garovga (ipotekaga) qo‘yishda cheklovlar mazkur Nizomning 6-bobida tutilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Yer uchastkasiga bo‘lgan servitut davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitutni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish servitut belgilanishidan manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxsning arizasi asosida, servitut belgilanishidan manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxs va yerlarida servitut belgilanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs o‘rtasida tuzilgan yozma kelishuv asosida yoki sud qarori bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitutni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Reyestrga servitut belgilanishi haqidagi hujjatning nomini hamda uning rekvizitlarini ko‘rsatgan holda tegishli yozuv kiritish va Reyestrdan ko‘chirma berish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda servitut saqlanib qolinadi va belgilash uchun asoslar bekor bo‘lgan hollarda bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda bekor qilinishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasi yer qonunchiligining buzilishi munosabati bilan olib qo‘yilishi yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni unda joylashgan bino va inshootlar boshqa shaxsga o‘tishi munosabati bilan qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarori;
(31-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektini buzish haqidagi qarori;
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organning yuridik shaxs Korxonalar va tashkilotlar yagona reyestridan chiqarilganligi to‘g‘risidagi axboroti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joylarining boshqa shaxsga o‘tganligi munosabati bilan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar ham o‘zga shaxsga o‘tishi bo‘yicha hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi Reyestrga huquqning bekor qilinganligi haqidagi hujjatning nomini hamda uning rekvizitlarini ko‘rsatgan holda tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida ilgari berilgan hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga qaytarishga majbur va ushbu hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu band mulk huquqida bo‘lgan yer uchastkalariga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Yer yuzida, yer tepasida va yer ostida joylashgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi, bu huquqlarning vujudga kelishi, o‘zga shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor qilinishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek bino va inshoot yoki ularning qismlari ijarasi huquqi ham bir yildan ortiq muddatga tuzilgan shartnoma asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer ostida joylashgan inshootlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ularning tavsifi ushbu inshootlarning qurilish loyihasi ma’lumotlari bo‘yicha qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Muayyan yuridik yoki jismoniy shaxsning alohida yer uchastkasida joylashgan, alohida kadastr raqamiga ega bo‘lgan bino va inshootlarga, jumladan ular yonidagi qo‘shimcha xo‘jalik imoratlariga bo‘lgan huquqi ro‘yxatdan o‘tkazish obyekti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turli qo‘shimcha xo‘jalik imoratlariga bo‘lgan huquqlar asosiy bino yoki inshootdan alohida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarga va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish har bir mulkdor bo‘yicha alohida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy-qurilish shirkatlariga tegishli uy-joylarga bo‘lgan huquqlar tegishli shirkat nomiga, ushbu shirkat a’zolari ro‘yxati ilova qilingan holda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan (ko‘p kvartirali uydan) foydalanish uchun ruxsatnoma ushbu uydagi joy mulkdorining umumiy mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini, shuningdek, quruvchi yoki buyurtmachining umumiy mol-mulk tarkibiga kirmaydigan, keyinchalik realizatsiya qilinadigan turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan (noturar) joylarga mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Qurilishi tugallangan va foydalanishga belgilangan tartibda qabul qilingan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar tegishli loyiha tashkiloti tomonidan ularning qurilishi boshlanganligi tasdiqlangan taqdirda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mumkin. Bunda bino va inshootning poydevor va birinchi qavati devorlarining qurilish ishlari yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asosi hisoblanadi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilishi tugallanmagan turar va noturarjoy binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar:
(35-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasiga bo‘lgan huquq belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan loyiha asosida boshlanganligi sharti bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-auksion” elektron savdo platformasida sotib olingan, elektron auksion g‘oliblarida ularga nisbatan qabul qilingan majburiyatlar mavjud bo‘lgan yer uchastkalarida, shuningdek o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasida joylashgan qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.
(35-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarni boshqa shaxsga o‘tkazishda huquq egasining buyurtmasi bo‘yicha yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi hujjatlar, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida kadastr yig‘majildi tayyorlanadi, shuningdek, qurilishi tugallanmagan bino va inshootga bo‘lgan mulk huquqi ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. O‘zboshimchalik bilan qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar, shuningdek, qurilish davrida foydalanish uchun qurilgan vaqtinchalik imoratlarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi, qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Yuridik va jismoniy shaxslarning mulki bo‘lgan binolar va inshootlar yuridik shaxslarning ustav fondiga kiritilgan taqdirda, ushbu bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi yuridik shaxslar nomiga ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonaga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi order asosida mazkur xususiylashtirilgan korxonaning quyidagi ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi (qonunga muvofiq xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno) davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilgan korxonalardagi davlat mulkini xususiylashtirishda aniqlanmagan ko‘chmas mulk;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirishda tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan, korxona hududida joylashgan ko‘chmas mulk.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Bino va inshootlarga mulk huquqining vujudga kelishini va boshqa shaxsga o‘tishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanish uchun ruxsatnomasi;
(39-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notarial tartibda tasdiqlangan bino, inshootning oldi-sotdi shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshoot bo‘yicha topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan birga oldi-sotdi shartnomasi;
(39-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan birga notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing shartnomasi;
(39-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino, inshoot, turar joyni hadya etish to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino, inshoot, turar joyni ayirboshlash to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joyni boshqa shaxsga renta to‘lovi sharti bilan o‘tkazilishi nazarda tutiladigan notarial tartibda tasdiqlangan renta shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilgan davlat binosi, inshooti, turar joyini mulk huquqini beruvchi davlat orderi;
(39-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notarial tartibda tasdiqlangan meros qilib olish huquqi va er-xotinlarning umumiy mulki bo‘lgan bino, inshootning tegishli qismiga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulk obyektini yuridik shaxslarning ustav jamg‘armasiga ulush sifatida berish (turar joy obyekti bo‘lsa, notarial tasdiqlangan) shartnomasi;
(39-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulk obyektini muassisga uning ulushini qaytarib berish (turar joy obyekti bo‘lsa, notarial tasdiqlangan) sifatida shartnomasi;
(39-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda ko‘chmas mulk obyektini realizatsiya qilish bo‘yicha auksion natijalari haqida bayonnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) qurilish bo‘limlarining turarjoyni noturarjoy toifasiga o‘tkazishga ruxsati;
(39-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) qurilish bo‘limining noturar joy binosini turarjoy toifasiga o‘tkazishga ruxsati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor o‘rtasida tuzilgan bino va inshootni berish dalolatnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki bo‘lgan binolar va inshootlar sotilgan taqdirda binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish binolar va inshootlarni sotishdan olingan daromadlar bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi, binolar va inshootlar O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxsga sotilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binolar va inshootlarni sotishdan olingan daromadlar bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘langanligi to‘g‘risidagi axborot soliq organlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga axborot-kommunikatsiya tizimi orqali bir kunlik muddatda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. O‘zbekiston SSRning qonun hujjatlari amal qilgan davrda bunyod etilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati organlarining kapital qurilish va keyinchalik foydalanish uchun yer uchastkalarini muddatsiz foydalanishga berish to‘g‘risidagi qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organlarning binolar va inshootlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatlari, qarorlari, farmoyishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, mulkni bo‘lish, ko‘chmas mulkni umrbod ta’minlash sharti bilan boshqaga o‘tkazish, imorat solish, shaxsiy mulk huquqida uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish, yakka tartibdagi imorat soluvchilar uy-joy-qurilishi jamoalariga uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish, er-xotin o‘rtasida uylarni bo‘lish to‘g‘risida notarial tasdiqlangan shartnomalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar va tuman Xalq deputatlari kengashlari ijroiya qo‘mitalarining imoratlarga bo‘lgan mulk huquqini tan olish (mavjud hujjatlar asosida) to‘g‘risidagi qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy mulk bo‘lgan imoratning tegishli ulushiga bo‘lgan meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi va mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalar hamda uy kimoshdi savdosida xarid qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari va ajrimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomalarning dublikatlari, nusxalari yoki oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan boshqaga o‘tkazish bitimlari amalga oshirilganligi, shuningdek, meros qilib olish to‘g‘risidagi guvohnoma hamda binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining boshqaga o‘tganligini belgilovchi boshqa notarial hujjatlar berilganligi haqidagi notariuslarning reyestrlaridan ko‘chirmalar.
(40-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Binolar va inshootlarga bo‘lgan xo‘jalik yuritish huquqini va operativ boshqarish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining davlat tashkilotlarini tashkil etish va ularga ko‘chmas mulkni xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqida berish haqidagi qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining binolar va inshootlarni muayyan davlat korxonalari hamda muassasalariga berish to‘g‘risidagi qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassislarning binolar va inshootlarni ular tomonidan tashkil etiladigan muassasalarga berish to‘g‘risidagi qarorlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moddiy-madaniy meros obyektlariga bo‘lgan huquqlar qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar va inshootlar xatlab qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar va inshootlarning boshqa shaxsga o‘tkazilishini taqiqlash to‘g‘risidagi xabarnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar va inshootlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat orderi;
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqlarning cheklanishi binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarning bekor qilinishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga oluvchi organlarning yuridik shaxs Korxonalar va tashkilotlar yagona reyestridan chiqarilgani haqidagi ma’lumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektini buzish haqidagi qarori;
(43-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlarni, turar joylarni oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, turar joyni renta to‘lash sharti bilan boshqa shaxsga o‘tishi nazarda tutilgan, notarial tasdiqlangan shartnomalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdor yoki boshqa vakolatli organlarning binolar va inshootlarga bo‘lgan xo‘jalik yuritish huquqini hamda operativ boshqarish huquqini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdorning bino va inshootni buzib tashlash va balansdan chiqarish to‘g‘risidagi qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootning tabiiy ofatlar natijasida barham topganini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud undiruvchi va qarzdor o‘rtasida bino va inshootni berish to‘g‘risida davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqning bekor bo‘lishi binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarning bekor bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Ushbu Nizomning 38 — 41-bandlarida ko‘rsatilgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, shuningdek, taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligi yoki to‘g‘riligi haqida shubha tug‘ilgan hollarda bino, inshootga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq masalasi sud tartibida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Bir nechta yuridik va jismoniy shaxslarga umumiy ulushli mulk huquqida tegishli bo‘lgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar mulkdorlar nomiga huquq belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan ulushlarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar, ulushli mulk huquqi ishtirokchilari o‘zaro kelishuv bo‘yicha umumiy bino va inshootning (xonalardan, kvartiralardan va h.k.) alohida qismlaridan (xonalardan), o‘zlarining ulushlariga muvofiq ravishda foydalanish tartibini belgilagan bo‘lsalar va bu kelishuv notarial tasdiqlangan bo‘lsa, u holda bunday kelishuv ularning murojaati bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Huquq belgilovchi hujjatlar sud tomonidan bedarak yo‘qolgan yoki o‘lgan deb topilgan mulkdorlarning oila a’zolari yoki merosxo‘rlari tomonidan taqdim etilgan hollarda, binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar ularga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq meros qilib olish tartibida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Reyestrga ushbu obyektlarga bo‘lgan muayyan yuridik va jismoniy shaxsning tegishli huquqlari to‘g‘risida yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xususiyatlari
(5-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) va fermer xo‘jaliklari uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalarida ijaraga beruvchining ruxsati bilan o‘z mablag‘lari hisobiga ularning mulki bo‘lgan ko‘p yillik dov-daraxtlarni, o‘rmon dov-daraxtlarini ham ekish huquqiga egadirlar va ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Ijarachi agar shartnomada yerlarni bog‘dorchilik, uzumchilik, tutchilik yoki ko‘p yillik dov-daraxtlar ekish bilan bog‘liq boshqa faoliyatni amalga oshirish nazarda tutilgan bo‘lsa, mustaqil ravishda ko‘p yillik dov-daraxtlar ekish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ijaraga olingan yer uchastkasida ijaraga beruvchining ruxsati bilan ko‘p yillik dov-daraxtlar ekilgan bo‘lsa, unda shartnoma muddati o‘tishi yoki uni muddatidan oldin bekor qilinganda ijarachi ushbu maqsad uchun amalga oshirilgan xarajatlarni qoplashni talab qilish (shartnomada boshqacha tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa) huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijaraga olingan yer uchastkasida ijaraga beruvchining ruxsatisiz ekilgan ko‘p yillik dov-daraxtlar shartnomaning muddati o‘tganda yoki u bekor qilinganda ijaraga beruvchiga bepul o‘tadi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Quyidagi ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chatzorlardagi ko‘chatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarning balansiga olinmagan hamda hosilga kirmagan va foydalanishga qabul qilinmagan ko‘p yillik dov-daraxtlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p yillik butazorlar va rezavor o‘simliklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rmon xo‘jaliklari va boshqa o‘rmon xo‘jaligi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining o‘rmonlari va ko‘p yillik dov-daraxtlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining ko‘p yillik dov-daraxtlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktlari, shuningdek tashkilotlarning yerlarini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida o‘stirilgan ko‘p yillik dov-daraxtlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalarida ijaraga beruvchining ruxsatisiz o‘stirilgan ko‘p yillik dov-daraxtlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganda.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi kooperativlarining (shirkat xo‘jaliklarining) bog‘ va tokzorlarini fuqarolarga fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun auksion asosida sotish to‘g‘risidagi komissiya bayonnomasi hamda tuman (shahar) hokimi va ijarachi o‘rtasida tuzilgan shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bog‘dorchilikka, uzumchilikka, tutchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi tashkil qilish uchun yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimi va ijarachi o‘rtasida tuzilgan shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bog‘dorchilikka, uzumchilikka, tutchilikka ixtisoslashmagan fermer xo‘jaligi tashkil qilish uchun yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimi va ijarachi o‘rtasida tuzilgan va ko‘p yillik dov-daraxtlar ekishga ruxsat berilgan shartnoma;
(52-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish to‘g‘risidagi shartnomaga ko‘p yillik dov-daraxtlar o‘tqazish huquqini berish to‘g‘risida tuzilgan qo‘shimcha bitim;
(52-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida yozma ravishda tuzilgan ko‘p yillik dov-daraxtlarning oldi-sotdi shartnomasi va tuman (shahar) hokimining yer uchastkasini ko‘p yillik dov-daraxtlarni sotib oluvchiga qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarori;
(52-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat organining bog‘dorchilikka, uzumchilikka va tutchilikka ixtisoslashgan hamda ko‘p yillik dov-daraxtlar ekish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatni yuritish uchun yer uchastkalarini berish to‘g‘risidagi qarorlari;
(52-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud qarori yoki davlat ijrochisi qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor o‘rtasida tuzilgan ko‘p yillik dov-daraxtlarni berish dalolatnomasi ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
(52-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibda uy-joy qurish, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaligini yuritish va jamoat bog‘dorchiligi va uzumchilik xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalarida o‘stirilgan ko‘p yillik ekinlarga bo‘lgan mulk huquqi yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
(52-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Reyestrga ko‘chmas mulkning mustaqil turi sifatida dov-daraxtlarning turi va sonini ko‘rsatgan holda kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Ipoteka, bino va inshootlar, shuningdek, yer uchastkasiga bo‘lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi kerak (bundan birlamchi bozordan olinadigan ko‘chmas mulk olish chog‘idagi ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma mustasno) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
(54-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya Milliy markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.
(54-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Reyestrga tegishli yozuvni kiritish yo‘li bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma ipotekani shartnoma asosidagi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun asosidagi ipotekani vujudga keltiradigan kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi. Qonun asosidagi ipoteka alohida ariza bermasdan hamda ro‘yxatga olish uchun yig‘im to‘lamasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma asosida vujudga keladigan ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda notarial idoralar va tijorat banklari tomonidan Markazga elektron shaklda tuzilgan ipoteka shartnomasi haqida axborot taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani yuridik va jismoniy shaxslar arizalari, shuningdek notarial idoralar va tijorat banklari tomonidan elektron shaklda tuzilgan qonun asosida ipoteka shartnomasi haqida axborotlar asosida ro‘yxatga oladi va ipoteka taqiqi qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-yanvardan boshlab, qarz oluvchining qurilgan uy-joyga mulk huquqini hamda qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ta’minlash, shuningdek, uy-joyga bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazilgan mulk huquqi haqidagi hujjatning va kredit shartnomasining nusxalarini qonun asosidagi ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida shtamp bosilgan holda bankka taqdim etish majburiyati bekor qilinadi.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ariza Markaz tomonidan ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan kundan boshlab bir kun mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tomonidan Reyestrga ipoteka shartnomasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida yozuv amalga oshirilgan sana ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma davlat ro‘yxatiga olingan kun hisoblanadi.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Agar, ipoteka to‘g‘risidagi shartnomada ipotekaga oluvchining huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan bo‘lsa, bu to‘g‘rida Reyestrda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bunda Reyestrga “Garov xati berilgan” so‘zlari kiritiladi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan garov xatini dastlabki ipotekaga oluvchiga berish sanasi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning amalga oshirilganligini tasdiqlash maqsadida ariza beruvchiga Reyestrdan ko‘chirma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat mazmuni navbatdagi ipoteka bilan o‘zgartirilganda, shuningdek ipoteka predmetiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar bu mulkning haq evaziga yoxud haq olmasdan tasarrufdan chiqarilishi natijasida yoki universal huquqiy vorislik tartibida ipotekaga qo‘yuvchidan boshqa shaxsga o‘tkazilganida ipoteka qo‘shimcha ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Mazkur talabning bajarilmasligi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatda amalga oshirilgan o‘zgarishlar haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Markaz ipotekani qo‘shimcha ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda quyidagilarni amalga oshiradi:
(60-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrga shartnoma, ipoteka to‘g‘risida yozuvlar ipoteka shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasi va tartib raqami, ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan yangi egalik qiluvchining huquqlarini tasdiqlovchi hujjat (oldi-sotdi, hadya shartnomalari, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma va h. k.) rekvizitlarini kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrning tegishli ustunlarida dastlabki ipotekaga qo‘yuvchining huquqlarini cheklash (ularga shartlar belgilash) to‘g‘risidagi avvalgi yozuvlar belgilangan tartibda, ipoteka to‘g‘risidagi yangi yozuv inobatga olingan holda o‘zgartiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Ipotekaga qo‘yuvchi va ipotekaga oluvchi tomonidan nobud bo‘lgan yoki shikastlangan ko‘chmas mulk obyektini tiklash yoki almashtirish to‘g‘risida bitim tuzilganda Reyestriga ushbu bitim rekvizitlari kiritiladi va avvalgi yozuvlar belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, qaysi shaxsning huquqlari ipoteka bilan cheklangan bo‘lsa, shu shaxsning mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Qonun asosidagi ipoteka bo‘yicha ipotekaga oluvchining huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda Reyestrning tegishli ustunlariga yozuvlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Agar bitta ko‘chmas mulk obyekti bir nechta ipotekaga oluvchilarda qonun asosidagi ipotekada bo‘lsa, u holda Reyestrga ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida tegishli yozuv kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Qonun asosidagi ipotekaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlash maqsadida ariza beruvchiga Reyestrdan ko‘chirma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Bir majburiyat bajarilishini ta’minlash uchun ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk obyekti (oldingi ipoteka) shu yoki boshqa qarzdorning boshqa majburiyati bajarilishini ta’minlash uchun o‘sha ipotekaga oluvchining o‘ziga yoxud boshqa ipotekaga oluvchiga garovga berilishi mumkin (navbatdagi ipoteka).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Keyingi ipotekaga ayni ushbu ko‘chmas mulk obyektining oldingi ipotekalari to‘g‘risidagi barcha qayd yozuvlari haqida belgi qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ariza beruvchiga keyingi ipotekani ko‘rsatgan holda Reyestrdan ko‘chirma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Navbatdagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Reyestrga mazkur ko‘chmas mulk obyektining oldingi ipotekalari to‘g‘risida yozuvlar bo‘lgan tegishli ustunlariga “Navbatdagi ipoteka” so‘zlarini kiritish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Ipotekaga oluvchining ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha va ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha huquqlari, qonun hujjatlarida boshqacha tartib o‘rnatilmagan bo‘lsa, garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin garov xati davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan ipotekaga qo‘yuvchi bilan ipotekaga oluvchi ishtirokida rasmiylashtiriladi va dastlabki ipotekaga oluvchiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov xatining barcha varaqlari bir butun hujjatni tashkil qiladi, ular raqamlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Garov xati bekor qilingan va shu bilan bir vaqtda yangi garov xati berilgan taqdirda, ipotekaga qo‘yuvchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va bu haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi ariza bilan birga yangi garov xatini beradi, ushbu garov xati ipotekaga oluvchiga uning qonuniy egaligida turgan garov xati o‘rniga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Garov xatining mazmuni ipoteka to‘g‘risidagi shartnomaga yoki ipoteka bilan ta’minlangan shartnomaga majburiyatga muvofiq kelmasa, amaldagi garov xati ipotekaga qo‘yuvchi tomonidan bekor qilinadi va yangi garov xati tuziladi, u rasmiylashtirish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Yangi garov xati ipotekaga qo‘yuvchi tomonidan kiritiladigan ma’lumotlardan tashqari, yangi garov xati berilgan sanani o‘z ichiga olishi, unda davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan garov xati ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqida belgi qo‘yilishi va muhr bilan tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Bekor qilingan garov xati birinchi varag‘ining old tomoniga ro‘yxatdan o‘tkazish yozuvini bekor qilish haqida “Bekor qilindi” shtampi bosiladi, unda bekor qilingan garov xatining bekor qilish sanasiga mos keladigan sana, davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ rahbarining familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflari va imzosi ko‘rsatiladi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bekor qilingan garov xati davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ipoteka to‘g‘risidagi ro‘yxatdan o‘tkazish yozuvini Reyestrdan chiqarib tashlash vaqtigacha saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Garov xati yo‘qolgan taqdirda ipotekaga qo‘yuvchi tomonidan garov xatining dublikati tuziladi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga garov dublikatini rasmiylashtirish uchun topshiriladi, rasmiylashtirish bir kun mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Garov xatining mazmuni o‘zgargan taqdirda uning egasi yangi garov xatini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ garov xati mazmunining o‘zgargani to‘g‘risidagi bitim davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani haqidagi yozuvni Reyestrga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Garov xatining mazmunini o‘zgartirish to‘g‘risidagi bitimning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani bitimga hujjatlardagi ro‘yxatdan o‘tkazilganlik ustxati shtampi bosish yo‘li bilan tasdiqlanadi, unda “Davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi” so‘zlaridan oldin “Garov xatining mazmunini o‘zgartirish to‘g‘risidagi bitim” so‘zlari ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Garov xatining ajralmas qismi bo‘lgan mazmunini o‘zgartirish to‘g‘risidagi bitimning asl nusxasi garov xatiga ilova qilinadi va unga tikiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Garov xatining qonuniy egasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organdan o‘zining ipotekaga oluvchi sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini talab qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Garov xatining qonuniy egasi bir ish kuni mobaynida quyidagilar asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garov xati bo‘yicha huquqni belgilangan tartibda boshqa shaxsga o‘tkazish hamda garov xatiga belgi qo‘yish asosida, agar bunday yozuvni kiritgan shaxs garov xatining qonuniy egasi yoki ipotekaga oluvchi bo‘lsa, garovga o‘tkazishga doir maxsus yozuv uning nomiga yozilgan va garov xatini belgilangan tartibda sotgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garov xati bo‘yicha huquqlar yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi natijasida yoki meros tartibida boshqa shaxslarga o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garov xati bo‘yicha huquqlar ariza beruvchiga tegishli deb topilgani to‘g‘risidagi sud qarori asosida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Garov xatining qonuniy egasini ro‘yxatdan o‘tkazish Reyestrning dastlabki ipotekaga oluvchi yoki garov xatining oldingi qonuniy egasi ko‘rsatilgan ustuniga garov xatining yangi qonuniy egasi to‘g‘risida yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi. Reyestrdagi oldingi yozuv belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Garov xatining egasiga Reyestrga tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish yozuvi kiritilganligini tasdiqlash maqsadida uning arizasi asosida belgilangan tartibda Reyestrdan ko‘chirma berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquq cheklovlari (shartlari) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirishda mazkur ko‘chirmaga ipoteka ko‘rsatilgandan so‘ng “Garov xatining qonuniy egasi” so‘zlari va yangi ipotekaga oluvchi (garov xatining yangi qonuniy egasi) to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Garov xatining garovini Reyestrga tegishli yozuvlar kiritish orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Reyestrdan ko‘chirmalarni tayyorlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Yuridik va jismoniy shaxslar Reyestrdan ko‘chirmalarni elektron shaklda Davlat xizmatlarining yagona portali yoki O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi rasmiy saytidan olishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Bitta yer uchastkasida joylashgan alohida binolar va inshootlar yoxud ularning bir qismi boshqa shaxslarga o‘tkazilganda, notarial idoralar so‘rovi bo‘yicha Reyestrdan ko‘chirma tayyorlashdan oldin ikki ish kuni mobaynida joyga chiqib boshqa shaxslarga o‘tkazilayotgan binolar, inshootlar yoki ularning bir qismi tarkibi aniqlanadi, shundan so‘ng mazkur bobda belgilangan tartibda Reyestrdan tegishli ko‘chirma tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Yuridik va jismoniy shaxslarda Reyestrda ro‘yxatga olingan huquqlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chmas mulk obyektining yo‘qligi haqida Reyestrdan ko‘chirma beriladi, bu ko‘chirma yuridik yoki jismoniy shaxsda ko‘chmas mulk obyekti yo‘qligining tasdig‘i (ma’lumotnoma) bo‘lib xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Ko‘chirmada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat yer kadastrida hamda binolar va inshootlar davlat kadastrida mavjud ko‘chmas mulk obyektining texnik parametrlari haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq egalari haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrda mavjud ro‘yxatga olingan huquqlar haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlar, tergov organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi haqida, sanani, qaysi hujjat asosida va qaysi organ tomonidan taqiqlar yoki xatlov qo‘yilganini, shuningdek, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi va raqamini ko‘rsatgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka hamda binolar va inshootlar ipotekasi shartnomasini, shuningdek yer uchastkalariga bo‘lgan ashyoviy huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasiga bo‘lgan servitutning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar va imoratlar yoki ularning qismlari ijarasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarori bo‘yicha mo‘ljallanayotgan bino, inshootni buzish haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Vakolatli davlat organlari, huquq egalari yoxud huquq egasining ishonchnomasi asosida harakat qiluvchi shaxslar murojaatlari bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga huquqlarni belgilovchi va texnik hujjatlarning nusxalari berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Yuridik va jismoniy shaxslar ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan taqdirda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ va Markazning qarori yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
(89-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi nizolar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari huzuridagi komissiyalar tomonidan, ariza beruvchi ularning xulosalaridan norozi bo‘lgan hollarda — O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzuridagi komissiya tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar davlat reyestri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Reyestrning tartib raqami:

2.

Yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi:

3.

Yer uchastkasi haqida ma’lumotlar:

3.1.

Yer uchastkasining kadastr raqami:

3.2.

Maydoni, ga:

3.3.

Joylashgan joyi:

3.4.

Huquq turi:

3.5.

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar:

3.6.

Yer uchastkasidan foydalanish maqsadi:

3.7.

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni cheklash:

3.8.

Servitutlar:

3.9.

Kadastr bahosi, 20___ y. holatiga ming so‘m

3.10.

Ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi va raqami:

4.

Binolar, inshootlar va ko‘p yillik dov-daraxtlar haqida ma’lumotlar:

4.1.

Binolar va inshootlar ro‘yxati, ko‘p yillik dov-daraxtlar turlari:

4.2.

Bino va inshootning kadastr raqami:

4.3.

Maydon, kv. m:

4.3.1.

Umumiy:

4.3.2.

Ishlab chiqarish, turarjoy:

4.4.

Huquq turi:

4.5.

Bino, inshoot va ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar:

4.6.

Bino va inshootdagi mulk ulushi, qism:

4.7.

Bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar cheklovlari:

4.8.

Kadastr qiymati, 20___ y. holatiga ming so‘m

4.9.

Ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi va raqami:

4.10.

Dov-daraxtlar soni, dona:

5.

Ipoteka haqida ma’lumotlar:

5.1.

Ro‘yxatdan o‘tkazish predmeti:

5.2.

Ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi va raqami:

6.

Izoh:

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi
‎Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida davlat reyestridan
‎KO‘ChIRMA

20__ y. “____” ______________

‎‎№ ___________________

20__ y. “____” ______________da kelib tushgan 20__ y. “____” ______________dagi buyurtma asosida ma’lum qilamizki, Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga quyidagilarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida yozuv kiritilgan:

1. Ko‘chmas mulk obyekti
Ko‘chmas mulk obyekti turi
Ko‘chmas mulk obyektining nomi

Kadastr raqami

Joylashgan joyi
Reyestrining tartib raqami
2. Ro‘yxatdan o‘tkazildi‎
Huquq egasi
STIR

2.1. Yer uchastkasi

Huquq turi, jismoniy yoki yuridik shaxsning huquqdagi ulushi
Huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasi
Huquqni belgilovchi hujjat rekvizitlari
2.2. Bino va inshootlar
Huquq turi
Huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasi
Huquqni belgilovchi hujjat rekvizitlari
2.3. Ko‘p yillik dov-daraxtlar
Daraxtlar soni, dona
Huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasi
Huquqni belgilovchi hujjat rekvizitlari
3. Boshqa ma’lumotlar
3.1. Hujjat bo‘yicha maydon, (ga)
3.2. Amaldagi maydon, (ga)
3.3. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bino va inshootlar maydoni, (kv.m.)
3.4. Taqiq, xatlov yoki cheklovlar mavjudligi

Ipoteka, bino va inshootlar, shuningdek, yer uchastkasiga bo‘lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnomalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi

Binolar va inshootlar yoki ularning qismlari bo‘yicha ijara shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi

4. Qo‘shimcha ma’lumotlar
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi: _________________________

Agar sizda ko‘chirmaning haqiqiyligini tekshirish zarurati yuzaga kelsa, pastki chap burchakdagi QR-kodni skanerlang.

‎QR-kod‎‎‎

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Markazlar yoki tashkilotlarga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi

1. Xohishiga ko‘ra

2. Murojaat qilinganda

2-bosqich

1. Markazlar yoki tashkilotlar

2. YIDXP

So‘rovnomani ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yuboradi

1. 1 soat mobaynida

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ

1. Ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

2. Yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani markazlar va tashkilotlarga yuboradi.

2 ish kuni mobaynida

4-bosqich

1. Markazlar yoki tashkilolar
2. YIDXP

Axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini yig‘imni to‘lash xaqida xabardor qiladi

1 soat mobaynida

5-bosqich

Ariza beruvchi

Xabarnomada belgilangan yig‘imni to‘laydi

1 oy mobaynida

6-bosqich

1. Markazlar yoki tashkilolar
2. YIDXP

Reyestrdan ko‘chirmani yuklab oladi va ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra unga reyestrdan ko‘chirmani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklida beradi

Real vaqt rejimida
(to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng)

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 1-son, 1-modda) 1-bandi ikkinchi xatboshi va 1-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori)” 2014-yil 3-iyundagi 138-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 56-modda) ilovaning 22-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 71-modda) 2-bandining birinchi — yettinchi xatboshilari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori)” 2014-yil 6-noyabrdagi 309-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 46-son, 551-modda) ilovaning 7-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 1-son, 9-modda) ilovaning 47-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 40-bandiga qo‘shimchalar kiritish haqida” 2016-yil 11-yanvardagi 6-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 2-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ko‘chmas mulkka oid kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2016-yil 21-sentabrdagi 317-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 9-son, 86-modda) ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 2-son, 20-modda) 4-ilovaning 4-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qarori)” 2017-yil 16-avgustdagi 639-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 178-modda) 1-ilova 11-bandining “b” kichik bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 31-maydagi PF-5065-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-son qarori)” 2017-yil 29-avgustdagi 679-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 189-modda) ilovaning 22-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qarori)” 2018-yil 22-yanvardagi 40-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 1-son, 19-modda) ilovaning 11-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1060/2405-son, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son; 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son; 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son; 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son; 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)