29.12.2018 yildagi 1059-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi “Mingtepa” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish, tadqiq etish va undan oqilona foydalanish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatining Marhamat tumanida sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 12-sentabrdagi 723-son qaroriga muvofiq, shuningdek, xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash, Andijon viloyati Marhamat tumanidagi “Mingtepa” arxeologiya merosi obyektini chuqur ilmiy oʻrganish, keng targʻib qilish, muhofaza qilish va tadqiq etish hamda tashrif buyuruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Andijon viloyati hokimligining Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros departamenti Andijon viloyati boshqarmasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Andijon viloyati Marhamat tumanidagi “Mingtepa” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish yodgorlik markazini (keyingi oʻrinlarda markaz deb ataladi) barpo etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mingtepa” arxeologiya merosi obyektini (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) lozim darajada muhofaza qilish, konservatsiya qilish va asrab-avaylash, obyektda arxeologik qidiruv ishlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va xorijda obyektga oid saqlanayotgan manbalarni malakali mutaxassis va ekspertlar, olimlarni jalb etgan holda tadqiq etish, ular haqida batafsil maʼlumotlar bazasini yaratish va muntazam yangilab borish, xalqaro ilmiy anjumanlar tashkil etish, matbaa mahsulotlarini tayyorlash, ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali keng targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarixiy-ilmiy asoslar boʻyicha obyekt maketlarini tayyorlash, arxeologiya ashyolari, qadimiy qoʻlyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, osori-atiqalar, zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, kitob va toʻplamlar, video- va fotohujjatlar hamda boshqa manbalar hisobiga koʻrgazma-ekspozitsiya tashkil etish, yuqori texnologiyalarga asoslangan axborot-resurs markazi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistlar, ilmiy tadqiqotchilar va tashrif buyuruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tarixiy koʻrinishni saqlagan holda obyektning muhofaza etiladigan hududidan tashqarida zamonaviy dam olish maskanlarini tashkil etish va obyektning turistik salohiyatini oshirish yuzasidan boshqa zarur chora-tadbirlarni koʻrish vazifalari yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi “Mingtepa” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish, tadqiq etish hamda Marhamat tumanining turistik salohiyatini oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Andijon viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda markaz va obyektning maketlarini joylashtirishni inobatga olgan holda obyektning muhofaza hududidan tashqarida tuproq unumdorligi jihatidan boniteti yuqori boʻlmagan maydondan markaz binosi uchun yer uchastkasi ajratish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaz binosi qurilishi uchun ajratilgan hududda bino va inshootlar mavjud boʻlgan taqdirda, ularning egalari boʻlgan fuqarolar va yuridik shaxslarga belgilangan tartibda pul kompensatsiyalari toʻlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaz binosini qurish va jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini 2019-yil oxiriga qadar taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi Andijon viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda obyektni chuqur ilmiy oʻrganish va keng targʻib etish, markazning samarali faoliyat yuritishi boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi markaz binosini qurish va jihozlash boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaz binosini qurish va jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va majmuada qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar — 2019-2020-yillarda Andijon viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektda arxeologik tadqiqotlar olib borish va konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar — 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga madaniy meros obyektlarini asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari doirasida, shuningdek, davlat buyurtmasi asosida ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ajratiladigan maqsadli grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Madaniyat vazirligi huzurida Madaniy meros departamenti tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamentining Andijon viloyati boshqarmasiga shtat birligini shakllantirishda markaz faoliyati uchun qoʻshimcha 5 ta shtat birligini (2 ta ilmiy xodim va 3 ta yordamchi xodim) ajratish hamda saqlash xarajatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi markaz binosini qurish va jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda markaz binosida qurilish-montaj ishlarining sifatli amalga oshirilishi yuzasidan nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 29-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1059-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1059-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi “Mingtepa” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish, tadqiq etish hamda Marhamat tumanining turistik salohiyatini oshirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Ijro uchun masʼullar

1.

“Mingtepa” arxeologiya obyektida arxeologik tadqiqotlar va konservatsiya ishlarini amalga oshirish.

2019-2020-yillar, alohida rejaga muvofiq

Madaniy meros obyektlarini asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun budjet mablagʻlari doirasida, viloyat mahalliy budjetining qoʻshimcha daromadlari

Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Moliya vazirligi,

Andijon viloyati hokimligi

2.

“Mingtepa” arxeologiya obyektiga taalluqli boʻlgan tarixiy-madaniy, ilmiy va ommabop maʼlumotlarni jamlash, tahrir qilish va targʻibot ishlarida foydalanish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga taqdim etish.

2019-yil
iyun

Tashabbuskorlar mablagʻlari

Fanlar akademiyasi,

Madaniyat vazirligi,

Turizmni rivojlantirish

davlat qoʻmitasi

3.

“Mingtepa” arxeologiya obyektiga tashrif buyuruvchilar uchun avtomobil toʻxtash joyi, savdo va boshqa shoxobchalarni tashkil etish.

2019-yil
avgust

Tashabbuskorlar mablagʻlari

Andijon viloyati hokimligi, manfaatdor vazirliklar
va idoralar

4.

“Mingtepa” arxeologiya obyektini turistlar tashrif buyuradigan maskanga aylantirish uchun respublikada faoliyat yurituvchi sayyohlik tashkilotlariga infoturlar tashkil etish.

Obyekt tayyor boʻlganidan soʻng

—

Turizmni rivojlantirish

davlat qoʻmitasi,

Madaniyat vazirligi,

Andijon viloyati hokimligi

5.

“Jingirtepa” va “Toshtepa” arxeologiya obyektlariga tashrif buyuruvchilar uchun avtomobil toʻxtash joyi, savdo va boshqa shoxobchalarni tashkil etish.

2019-2020-yillar

Tashabbuskorlar mablagʻlari

Andijon viloyati hokimligi, manfaatdor vazirliklar
va idoralar

6.

“Jingirtepa” va “Toshtepa” arxeologiya obyektlariga olib chiquvchi yoʻlni piyodalar uchun moslashtirish hamda xavfsizlik choralarini koʻrish.

2019-2020-yillar

Viloyat mahalliy budjetining qoʻshimcha daromadlari

Andijon viloyati hokimligi, manfaatdor vazirliklar
va idoralar

7.

“Jingirtepa” va “Toshtepa” arxeologiya obyektlarida tomosha qilish nuqtasini barpo etish va unda soyabon hamda atrof muhitni kuzatish uchun binokl oʻrnatilishini taʼminlash.

2019-yil avgust

Tashabbuskorlar mablagʻlari

Andijon viloyati hokimligi, manfaatdor vazirliklar
va idoralar

8.

“Jingirtepa” va “Toshtepa” arxeologiya obyektlarida tashrif buyuruvchilar maroqli hordiq chiqarishlari uchun dam olish maskanlarini tashkil etish.

2019-2020-yillar

Tashabbuskorlar mablagʻlari

Andijon viloyati hokimligi, manfaatdor vazirliklar
va idoralar

9.

“Mingtepa”, “Jingirtepa” va “Toshtepa” arxeologiya obyektlarini mahalliy va xorijiy turistlar oʻrtasida keng targʻib qilish uchun ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, Internet va bosma nashrlarda maqolalar chop etish, tashkilotchilar tomonidan taqdim etiladigan mavzuga oid video materiallar Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hamkori hisoblangan “Dunyo boʻylab” telekanalida va boshqa telekanallarda namoyish etilishini taʼminlash.

Obyekt foydalanishga topshirilgandan soʻng doimiy ravishda

Turizmni rivojlantirish

davlat qoʻmitasi,

ijrochilar mablagʻlari

Turizmni rivojlantirish

davlat qoʻmitasi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy
axborot agentligi

10.

Andijon viloyati Marhamat tumaniga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy turistlar uchun qoʻshimcha tashrif buyurish mumkin boʻlgan manzillarni aniqlash va turistlar tashrifi uchun moslashtirish, jumladan:

tumandagi “Andijon samosi xalq dorbozlar guruhi” xonadonini etnoturizm yoʻnalishida doimiy turistlar tashrif buyurish maskaniga aylantirish choralarini koʻrish;

yoshlarda vatanparvarlik hissini yuksaltirish, tarixiy madaniyat bilan tanishtirish maqsadida tumandagi “Turon oʻquvchi yoshlar va nogironlar oʻquv ishlab chiqarish markazi”, “Maʼnaviyat bogʻi” hamda tumandagi Mahdum Vosiliy nomidagi maʼnaviy meros markaziga taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalari sayohatini tashkil etish.

doimo

—

Andijon viloyati hokimligi, manfaatdor vazirliklar
va idoralar

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1059/2404-son)