Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining
buyrugʻi
Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 18-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2921-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 4-iyuldagi 3-mh-son qarori (roʻyxat raqami 2921, 2017-yil 28-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 935-modda) bilan tasdiqlangan Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. NABIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-noyabr,
26-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 29-noyabrdagi 26-mx-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 369-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 10-bandning “g” kichik bandida:
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “va” degan soʻz “yoki” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “3 nafar milliy toifali sport hakami” degan soʻzlar “2 nafar xalqaro toifali yoki 2 nafar milliy toifali sport hakami” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 14, 20 va 28-bandlardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 15-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 21-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 26-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 30-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari” hamda “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar tegishlicha “sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar maktablari” va “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” degan soʻzlar almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari” degan soʻzlar “sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar maktablari” degan soʻzlar almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” degan soʻzlar almashtirilsin.
8. Mazkur oʻzgartirishlar Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
Mudofaa vaziri A. AZIZOV
2018-yil 29-noyabr
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2018-yil 29-noyabr
Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
2018-yil 29-noyabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2018-y., 10/18/2921-1/2341-son)