Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.08.2022 18.05.2018 yildagi 369-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.08.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 465-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmonini va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Sh.X. Isroilov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 18-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
369-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 369-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlik jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari va tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlariga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlikning rasmiy nomlanishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, qisqartirilgani — Sport vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) rus tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Ministerstvo fizicheskoy kulturi i sporta Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgani — Minsporta;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ingliz tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Ministry of physical culture and sport of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgani — Ministry of sports.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlikning joylashgan joyi (pochta manzili):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, A. Qodiriy koʻchasi, 2-uy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Vazirlikning tizimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikning markaziy apparati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan idoraviy mansub tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi” davlat korxonasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv sporti turlarini rivojlantirish respublika markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olimpiya shon-shuhrati muzeyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport yakka kurashlari, sport oʻyinlari, sportning qishki va murakkab texnik turlari, gimnastika, suv sporti turlari, yengil atletika, ot sporti boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktablari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika oʻsmirlar sport mahorati oliy maktabi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sportning eshkak eshish turlari boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv sporti turlari boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sport media markazi” davlat korxonasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy sport mahorati maktablari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika olimpiya zaxiralari kolleji;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar-oʻsmirlar sport maktablari.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport sohasida aholining keng qatlamlarini sport bilan shugʻullanishga va sogʻlom turmush tarzini yuritishga jalb etishga, jismonan sogʻlom oʻsib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashga, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga, xalqaro sport maydonida yuqori natijalarga erishib mamlakatni munosib ifodalashni taʼminlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar va idoralarning jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari hamda klublarining faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, respublika maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim muassasalari jismoniy tarbiya oʻqituvchilari va instruktorlari faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, taʼlim muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishni ommalashtirish borasida keng koʻlamli ishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarni sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishga jalb etish, bolalar sport taʼlimi sifatini oshirish, barcha mintaqalarda, ayniqsa, qishloq va chekka tumanlarda bolalar sporti obyektlari tarmogʻini yanada kengaytirish orqali bolalar sportini yanada rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni taʼminlash uchun istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirishning, ular orasidan mamlakat terma jamoalari sifatli sport zaxirasi va tarkibini shakllantirishning samarali tizimini yaratishda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizda professional, ommaviy sportni, shu jumladan, sport oʻyinlari va qishki sport turlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash, ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, barcha sport turlari boʻyicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish, nosogʻlom sport raqobatiga va taqiqlangan substansiyalar va (yoki) taqiqlangan usullar ishlatilishiga qarshi tizimli choralar koʻrishni ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport tashkilotlari, obyektlari va inshootlarining ommaviy sport, bolalar sporti va professional sport yoʻnalishlari boʻyicha moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan maksimal darajada va samarali foydalanilishini taʼminlash, sport asbob-uskunalari hamda inventarlarining mamlakatimizda ishlab chiqarilishini tashkil etish va kengaytirish boʻyicha takliflar tayyorlashda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish hamda sport tashkilotlarini, taʼlim va sport-taʼlim muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa sport mutaxassislari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro va davlatlararo sport aloqalarini kengaytirish hamda mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish, ommabop sport dasturlarini tashkil etishga koʻmaklashish, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid ommaviy adabiyotlarni chop etish, video va kino materiallar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlik yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) jismoniy tarbiya va sport sohasida aholining keng qatlamlarini sport bilan shugʻullanishga va sogʻlom turmush tarzini yuritishga jalb etishga, jismonan sogʻlom oʻsib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga, xalqaro sport maydonida yuqori natijalarga erishib mamlakatni munosib ifodalashni taʼminlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport sohasida Vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning ishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida jismoniy tarbiya va sport sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, sport normativlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijro etilishi monitoringini olib boradi, shuningdek, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning holatini tahlil qiladi, ularni mamlakatda yanada rivojlantirish boʻyicha har yillik prognozlarni shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlarni, dasturiy-metodik hujjatlarni hamda jismoniy tarbiya va sport sohasiga tegishli boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi, ularning ijrosini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport, shuningdek, aholini jismoniy tarbiyalash sohasida ilmiy tadqiqotlarning rivojlanishiga koʻmaklashadi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etadi va ushbu ishlar amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport namoyandalarini, shu jumladan sportchilar, trenerlar, sport faxriylarini va boshqa mutaxassislarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatda sport turlarini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini yuritadi, uni yuritish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport turlari boʻyicha Yagona sport tasnifini, shuningdek, u toʻgʻrisidagi nizomni, sport turlari va sport fanlarini eʼtirof etish, ular reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro va respublika darajalaridagi sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning kalendar rejasini shakllantiradi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ularning moliyalashtirilishini va oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlaridan foydalanish tartibini tasdiqlaydi, shuningdek, ularning pasportlari berilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga belgilangan tartibda ruxsatnoma berilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportchilarning sport pasporti belgilangan tartibda berilishini tashkil etadi hamda ularni hisobga olishning yagona tizimi ishlashini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda mamlakatda sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Vazirliklar va idoralarning jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari hamda klublarining faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, respublika maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim muassasalari jismoniy tarbiya oʻqituvchilari va instruktorlari faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari va instruktorlari uchun oʻquv-mashq mashgʻulotlarini tashkil etish boʻyicha metodik koʻrsatmalar, oʻquv, metodik qoʻllanmalar va boshqa ilmiy-metodik materiallarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar va idoralarning jismoniy tarbiya-sport jamiyatlari va klublari, respublikaning maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari, akademik litseylari, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari va instruktorlarining faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari, akademik litseylari, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari va instruktorlari uchun sport turlari boʻyicha oʻquv-mashq mashgʻulotlarini oʻtkazish metodikasi boʻyicha tushuntirish ishlarini olib boradi;
(11-band 2-kichik bandining birinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyinchalik hududiy sport musobaqalarida qatnashish uchun iqtidorli yoshlarni tanlash (seleksiya) va bolalar-oʻsmirlar sport maktablari zaxirasini shakllantirish maqsadida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari orasida jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini jalb qilgan holda darsdan tashqari toʻgaraklar va seksiya mashgʻulotlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyinchalik hududiy va respublika sport musobaqalarida ishtirok etish uchun iqtidorli yoshlarni tanlash (seleksiya) va ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari zaxirasini shakllantirish maqsadida akademik litseylar, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari orasida jismoniy tarbiya oʻqituvchilari va sport turlari boʻyicha trenerlarni jalb qilgan holda darsdan tashqari olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha sport toʻgaraklari va seksiya mashgʻulotlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyinchalik respublika va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etish uchun iqtidorli yoshlarni tanlash (seleksiya) va milliy terma jamoalar sport zaxirasini hamda sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktablari zaxirasini shakllantirish maqsadida oliy taʼlim muassasalarida olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha talabalar sport klublari hamda jamoalarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, taʼlim muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishni ommalashtirish borasida keng koʻlamli ishlarni tashkil etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishni ommalashtirish ishlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining keng qatlamlari orasida sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar tashkil etilishi va oʻtkazilishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlarda va shaharlarda sport-ommaviy va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish tadbirlari, shu jumladan, sportning milliy turlari boʻyicha xalq oʻyinlari va musobaqalar aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, keksalar va qishloq aholisi orasida oʻtkazilishini muntazamlilik asosida tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda milliy sport turlarini va xalq oʻyinlarini rivojlantirishga har tomonlama koʻmaklashadi, milliy sport turlari boʻyicha sport musobaqalari, xalq oʻyinlari boʻyicha jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar mamlakatda va chet elda tashkil etilishi va oʻtkazilishi moliyalashtirilishini, shuningdek, milliy sport turlari xalqaro sport maydonida keng targʻib qilinishi va rivojlantirilishini belgilangan tartibda taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) bolalarni sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishga jalb etish, bolalar sport taʼlimi sifatini oshirish, barcha mintaqalarda, ayniqsa, qishloq va chekka tumanlarda bolalar sporti obyektlari tarmogʻini yanada kengaytirish orqali bolalar sportini yanada rivojlantirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va maʼnaviy sogʻlom oʻsib kelayotgan avlodni kamol toptirishning muhim sharti sifatida bolalar orasida jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishning ommaviyligini, ularda sogʻlom turmush tarziga intilishni va sportga muhabbatni singdirishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar sportining moddiy-texnika va resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli yoshlar va sport namoyandalarining xalqaro va respublika darajasida jismoniy tarbiya va sport sohasida oʻtkaziladigan koʻriklar, tanlovlar, festivallarga, boshqa anjumanlarga borishi va ishtirok etishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” musobaqalarining uch bosqichli tizimi oʻyinlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini tashkil etishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni taʼminlash uchun istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirishning, ular orasidan mamlakat terma jamoalari sifatli sport zaxirasi va tarkibini shakllantirishning samarali tizimini yaratishda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan hamkorlik qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoalari tarkiblarini va ularning eng yaqin zaxiralarini tasdiqlaydi, Oʻzbekiston sport delegatsiyalarini shakllantiradi, ularni xalqaro sport musobaqalariga va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarga tayyorlashni va ishtirok etishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport sohasida sport markazlari va dopingga qarshi markazlar, taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar tashkil etish boʻyicha takliflar kiritadi va ular faoliyatini tashkil etishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) va jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari va uyushmalari bilan birgalikda keyinchalik sport zaxirasini shakllantirish uchun isteʼdodli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini oʻtkazish boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro hamda respublika sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini, sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislar taʼminotini, Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarini, sport terma jamoalarini Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo oʻyinlariga, jahon, Osiyo chempionatlariga, kuboklariga va birinchiligiga va boshqa xalqaro sport musobaqalariga tayyorlashni va ishtirok etishini, xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallari toʻlanishini belgilangan tartibda taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) mamlakatimizda professional, ommaviy sportni, shu jumladan, sport oʻyinlari va qishki sport turlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash, ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, barcha sport turlari boʻyicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish, nosogʻlom sport raqobatiga va taqiqlangan substansiyalar va (yoki) taqiqlangan usullar ishlatilishiga qarshi tizimli choralar koʻrishni ragʻbatlantirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar va uyushmalar bilan birgalikda mamlakatda professional sportni tashkil etish va yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali sportchilarni va sport zaxirasini tayyorlash ishlarini olib boradi, idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, sport maktablari, klublar va sport tayyorgarligi markazlari rivojlanishi va ixtisoslashtirilishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning jahon ilmiy-texnik taraqqiyoti yutuqlari, ilgʻor tajribasini oʻrganadi, ushbu yutuqlar respublikada joriy etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportning alohida turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoalari sportchilarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va sport federatsiyalari (uyushmalari) va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining oʻz mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan xalqaro sport musobaqalarida va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda ishtirok etishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport sohasida eng oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga koʻmaklashgan boshqa shaxslarni idoraviy koʻkrak nishonlari bilan mukofotlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport unvonlari, sport razryadlari va malaka toifalari berish tartibini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport sohasidagi ulkan yutuqlari uchun mukofotlar taʼsis etish va Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini berish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport sohasi xodimlari va mutaxassislarini ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida yutuqlari va xizmatlari uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim qiladi va tavsiyalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport tashkilotlari, obyektlari va inshootlarining ommaviy sport, bolalar sporti va professional sport yoʻnalishlari boʻyicha moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan maksimal darajada va samarali foydalanilishini taʼminlash, sport asbob-uskunalari hamda inventarlarining mamlakatimizda ishlab chiqarilishini tashkil etish va kengaytirish boʻyicha takliflar tayyorlashda qatnashish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarini va sport terma jamoalari aʼzolarini sport inventarlari, uskunalari hamda kiyim-bosh, anjomlar bilan taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy, bolalar va professional sport yoʻnalishlari boʻyicha obyektlar va inshootlar faoliyatini takomillashtirish va yangilarini qurish boʻyicha takliflar kiritadi, ulardan eng koʻp darajada va samarali foydalanishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport tovarlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub tashkilotlarga ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishda va axborot taʼminotini tashkil etishda, kadrlarni tayyorlash va ularni qayta tayyorlash boʻyicha maslahatlar berish va boshqa masalalar boʻyicha koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish hamda sport tashkilotlarini, taʼlim va sport-taʼlim muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa sport mutaxassislari bilan taʼminlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (kafedra mudirlari)ni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etishda oliy taʼlim muassasasi bilan birgalikda tashkil etiladigan tanlovlarda Vazirlik vakilining ilmiy kengash yigʻilishida ishtirokini taʼminlaydi;
(11-band 8-kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-fevraldagi 181-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2019-y., 09/19/181/2689-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar malakasini oshirishni, ularni qayta tayyorlashni, tajriba orttirishni va attestatsiyadan, shu jumladan, chet elda, oʻtkazishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport jamoalari, mutaxassislari, shuningdek, sportchilar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa vakillarni, ularning idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, xalqaro tanlovlar, festivallar, sport musobaqalarida va chet eldagi boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun tayyorlashni, joʻnatishni va qabul qilishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport sohasida chet el mutaxassislarini jalb qilishga, shu jumladan, moliyaviy tarafdan, koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro va davlatlararo sport aloqalarini kengaytirish hamda mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish, ommabop sport dasturlarini tashkil etishga koʻmaklashish, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid ommaviy adabiyotlarni chop etish, video va kino materiallar tayyorlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport boʻyicha ilmiy, oʻquv, ilmiy-ommabop va ommaviy adabiyotlar yaratilishi va nashr etilishini, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida foto va video materiallar yaratilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro sport aloqalarini amalga oshiradi va rivojlantiradi, xalqaro sport hamjamiyatlari bilan oʻzaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hamkorlik boʻyicha xalqaro loyihalarni ishlab chiqadi hamda jismoniy tarbiya va sport sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etishda ishtirok etadi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport sohasida iqtidorli yoshlar vakillariga koʻmaklashadi va yordam beradi, ularni oʻqish va tajriba orttirish uchun chet elga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konferensiyalar, koʻrgazmalar va sport musobaqalarini oʻtkazadi, sport sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ommabop sport dasturlari tashkil etilishida, jismoniy tarbiya va sport sohasida ommaviy adabiyotlar nashr etilishida va mavzuli video va kino materiallar yaratilishida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taniqli sport namoyandalarini, respublikaning va xorijiy mamlakatlarning yetakchi pedagog-mutaxassislarini respublika sport taʼlim muassasalarida oʻqituvchilik qilishga va mahorat darslari oʻtkazishga taklif etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Vazirlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va unga idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Vazirlik va uning tarkibiy hamda hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatlari majlislarida tegishliligi boʻyicha masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh Vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Vazirlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasi oshirilishini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) markaziy apparat va hududiy boʻlinmalar faoliyati samaradorligi hamda natijadorligining tanqidiy tahlil qilish, tahlil yakunlariga koʻra zarur choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va qulayligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) sport va sport-sogʻlomlashtirish tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, mahalliy korxonalar tomonidan sport asbob-uskunalari va inventari ishlab chiqarish kengaytirilishini tashkil qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) berilgan sport unvonlari, razryadlari hamda malaka toifalarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlar, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid dasturiy-metodik hamda boshqa normativ hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) Oʻzbekiston sportchilarining Olimpiada va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorlanishi va ularda ishtirok etish boʻyicha qabul qilingan dasturlarning bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) vakillarning xalqaro maydonlarda xalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sport sohasida xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish boʻyicha tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qatnashishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) Vazirlik hayʼati qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri (keyingi oʻrinlarda Vazir deb ataladi) buyruq va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) Vazirlikning “Xalqaro va respublika darajalaridagi sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarining kalendar rejasi”ni shakllantirish, manfaatdor tashkilotlar va idoralar bilan birgalikda uning amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining xorijda oʻtkaziladigan turli xalqaro munosabatlarda hamda Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkaziladigan xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston sportchilarining ishtirok etish masalalariga doir qarorlari loyihalarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21) isteʼdodli va istiqbolli sportchilarning saralash, oʻqitish hamda malakasini oshirishda muvaffaqiyatli ishtirok etishini, shuningdek, uzluksiz saralash tizimini yaxshilashni, Olimpiada, Paralimpiya va Osiyo oʻyinlarida, jahon, Osiyo chempionatlarida, boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli qatnashishini taʼminlash, sport zaxirasi va terma jamoalar tarkibini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22) mamlakatda professional sportning rivojlantirilishini ragʻbatlantirish, ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda ilgʻor texnologiyalarni sport tayyorgarligiga joriy qilish, milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro hamda viloyat musobaqalarini tashkil etish, sportdagi nosogʻlom holatlar, taqiqlangan substansiyalar va (yoki) taqiqlangan usullardan foydalanishga qarshi kurash olib borish boʻyicha tizimli choralarning amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23) Oʻzbekiston sport terma jamoalari va ularning eng yaqin zaxirasi tarkibini shakllantirish, Oʻzbekiston sport delegatsiyalarini butlash, ularning xalqaro sport musobaqalariga, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ommaviy tadbirlarga tayyorlanishi hamda qatnashishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24) Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari va uyushmalari, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga yordam berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25) jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ilgʻor jahon tajribasi hamda ilmiy-texnik yutuqlarni oʻrganishni tashkil etish, bunday tajribani respublikada sportni yanada rivojlantirish uchun joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26) milliy sport turlarini xalqaro maydonda keng targʻib qilish va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27) sportchilar, jismoniy tarbiya va sport sohasining boshqa vakillarini idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, xorijdagi xalqaro sport musobaqalari, festivallar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishga tayyorlash, ularning joʻnatilishi hamda kutib olinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28) konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarning oʻtkazilishini tashkil qilish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan uyushtirilgan shunday tadbirlarda qatnashishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlikning markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatidan taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazirlikning buyruqlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari bajarilishi ustidan muntazam nazoratni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini va ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
(13-bandning 3-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga rahbarlik qiladi, ular faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Vazirlikning faoliyati, shu jumladan, qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy taʼminlanishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Vazirlik vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xoʻjalik masalalari va boshqa masalalar bilan shugʻullanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) Vazirlik va uning tarkibiy hamda hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishning soʻzsiz taʼminlanishi boʻyicha amaliy choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Vazirlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan oʻzaro aloqalarning yoʻlga qoʻyilishini taʼminlaydi;
(13-bandning 8-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar) bilan birgalikda Oʻzbekiston sportchilarning Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlariga tayyorlanishi hamda ularda ishtirok etishi boʻyicha qabul qilingan dasturlarning bajarilishini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) ilgʻor xorijiy tajribani eʼtiborga olgan holda respublikada professional sportni rivojlantirishga, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga koʻmaklashish, sport turlari boʻyicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va qitʼa miqyosidagi musobaqalarni tashkil etish boʻyicha tizimli choralarning qabul qilinishini, nosogʻlom sport raqobati hamda taqiqlangan substansiyalar va (yoki) taqiqlangan usullardan foydalanishga qarshi kurash boʻyicha tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, mahalliy korxonalar tomonidan sport asbob-uskunalari va inventarini ishlab chiqarish kengaytirilishini tashkil etish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) sport federatsiyalari va uyushmalarining murojaatlari asosida Yagona sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning kalendar rejasida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va sport federatsiyalari (uyushmalari) mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan sport turlari boʻyicha xalqaro sport musobaqalari va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda ishtirok etishni aniqlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) respublika sportchilari tomonidan sport turlari boʻyicha oʻrnatilgan jahon rekordlarini tasdiqlash uchun xalqaro sport tashkilotlariga yuboriladigan tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) Vazirlikning samarali faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar) faoliyati monitoringini olib boradi va uni rivojlantirishga yordam beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish monitoringini amalga oshiradi, respublikada jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish boʻyicha har yilgi prognozlarni shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) isteʼdodli va istiqbolli sportchilarning tanlash, oʻqitish hamda malaka oshirishda muvaffaqiyatli ishtirok etishini, shuningdek, uzluksiz saralash tizimini yaxshilashni, Olimpiada, Paralimpiya va Osiyo oʻyinlarida, jahon, Osiyo chempionatlarida, boshqa xalqaro musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli qatnashishni taʼminlaydi, sport zaxirasi va terma jamoalar tarkibini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari va uyushmalari, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) xalqaro sport aloqalarini amalga oshiradi va rivojlantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21) xalqaro sport tashkilotlariga va boshqa tashkilotlarga aʼzolik badallari belgilangan tartibda toʻlanishini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22) yuqori malakali sportchilar va sport zaxirasi tayyorlanishini amalga oshirish, sport-taʼlim muassasalari faoliyatini boshqarish hamda respublika sport tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish chora-tadbirlarini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23) Oʻzbekiston Respublikasining sport turlari boʻyicha terma jamoalari va ularning eng yaqin zaxirasi tarkibini tasdiqlaydi, Oʻzbekiston sport delegatsiyalarini butlaydi, ularning xalqaro sport musobaqalari va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarga tayyorlanishini hamda ishtirok etishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24) sport federatsiyalari (uyushmalari)ning taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoalari trenerlarini tasdiqlaydi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va federatsiyalar (uyushmalar)ning mablagʻlari hisobiga xalqaro musobaqalar va jismoniy tarbiya- ommaviy tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoalarining ishtirokini taʼminlash boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)ning iltimoslarini koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26) Oʻzbekiston hududida va uning tashqarisida jismoniy tarbiya va sport sohasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27) umumtaʼlim maktablari va akademik litseylar, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan sport musobaqalari hamda turnirlarning ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda va keng yoritilishi boʻyicha ishlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Vazirlikning hududiy boʻlinmalariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi oʻrinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektori deb ataladi) bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) hududda aholining keng qatlamlarini sport mashgʻulotlariga jalb qilishga va sogʻlom turmush tarziga rioya etishga, jismonan sogʻlom oʻsib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashga, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga, mamlakat va mintaqaning xalqaro sport maydonlarida erishgan sport yutuqlarini ommalashtirish va keng eʼtirof etishga yoʻnaltirilgan faoliyatni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) hududda mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, taʼlim muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, keksalar, qishloq aholisi oʻrtasida shaharlar va tumanlarda ommaviy sport tadbirlari, xalq oʻyinlari va milliy sport turlari boʻyicha musobaqalarni muntazam oʻtkazish orqali sport hamda jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishni ommalashtirish boʻyicha keng qamrovli ishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) hududda bolalar, ayniqsa, qizlarni sportga keng jalb qilish, bolalar sport taʼlimi sifatini oshirish, butun hududda, shu jumladan, qishloq tumanlarida hamda chekka tumanlarda bolalar sport obyektlari tarmogʻini yanada kengaytirish, uch bosqichli musobaqalar tizimi — “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” oʻyinlarining oʻtkazilishini tashkil etish orqali bolalar sportini yanada rivojlantirish, shu asosida bolalar sogʻligʻini mustahkamlash va ularning uygʻun jismoniy rivojlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar) vakillari bilan birgalikda sifatli sport zaxirasini va Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda boshqa nufuzli xalqaro musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni taʼminlash uchun mamlakat terma jamoalari tarkibini shakllantirish maqsadida iqtidorli va istiqbolli sportchilarni saralash, tayyorlash hamda mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) hududda professional sportning rivojlanishini, xalqaro ilgʻor tajribani inobatga olgan holda sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalar joriy qilinishini ragʻbatlantirish, sport turlari boʻyicha mintaqaviy, tuman (shahar) chempionatlari, xalqaro va hududiy musobaqalarni tashkil etish darajasi va sifatini oshirish, sportda nosogʻlom raqobatga va taqiqlangan preparatlar qoʻllanishiga qarshi tizimli chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoalarini shakllantirish uchun sportchilarni saralash boʻyicha vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) hudud kalendar rejasini shakllantirish va iqtidorli sportchilarni saralab olish (seleksiya ishlarini amalga oshirish) maqsadida sport musobaqalarining hududiy bosqichlarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish hamda ularni hududiy musobaqalar sovrindorlari boʻlgan sportchilar bilan toʻldirish;
(14-bandning oʻninchi kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) sport turlari boʻyicha hududiy terma jamoalarni shakllantirish, sport musobaqalari gʻoliblari va sovrindorlarini respublika bosqichlarida ishtirok etishga yoʻnaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport tashkilotlari, ommaviy, bolalar hamda professional sport yoʻnalishlari boʻyicha hudud obyektlari va inshootlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan maksimal va samarali foydalanishni taʼminlash, hududda sport jihozlari va inventarlari ishlab chiqarilishini tashkil qilish hamda kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish, hududning jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport taʼlim-muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa mutaxassislar bilan taʼminlashda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) hududda ommabop sport dasturlarini tashkil qilish, ommaviy adabiyotlarni chop etish hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida mavjud video va kino materiallar ishlab chiqilishiga yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi holati monitoringini olib boradi, ularni hududda yanada rivojlantirish boʻyicha har yillik prognozlarni shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda Vazirliklar, idoralarning hududiy boʻlinmalari hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa tashkilotlarning ishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlar, jismoniy tarbiya va sport sohasiga taalluqli boʻlgan dasturiy-metodik hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-fevraldagi 181-sonli qaroriga asosan chiqarilsin — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2019-y., 09/19/181/2689-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga, shuningdek, aholini jismoniy tarbiyalashga koʻmaklashadi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etadi va ushbu ishlar hududda oʻtkazilishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvining boshqa hududiy organlari bilan birgalikda hududdagi jismoniy tarbiya va sport namoyandalarini, jumladan, sportchilar, trenerlar, sport faxriylari va boshqa mutaxassislarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda sport turlarini rivojlantirish istiqbollarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat hamda tuman (shahar) miqyosidagi sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning kalendar rejasini shakllantiradi va tasdiqlash uchun kiritadi, manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ular moliyalashtirilishi va oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlarini ommalashtirish ishlarini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi keng qatlamlari orasida sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishga yordam beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar va shaharlarda aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, keksalar hamda qishloq aholisi oʻrtasida ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirishni, shu jumladan, xalq oʻyinlari va milliy sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazilishini muntazam ravishda tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy sport turlari va Oʻzbekiston xalq oʻyinlarini rivojlantirishga har tomonlama yordam koʻrsatadi, belgilangan tartibda hududda milliy sport turlari boʻyicha sport musobaqalari, xalq oʻyinlari boʻyicha jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish ishlari moliyalashtirilishini taʼminlaydi, shuningdek, xalqaro sport maydonlarida milliy sport turlarini keng targʻib qilish va rivojlantirishga yordam beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va maʼnaviy salomatligini shakllantirishning muhim sharti sifatida hududda bolalar ommaviy sporti rivojlanishini hamda bolalarga sogʻlom turmush tarziga intilish va sportga boʻlgan muhabbat singdirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda bolalar sportining moddiy-texnika va resurslar bazasini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududning iqtidorli yoshlari va sport faxriylarining xalqaro va respublika miqyosida oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlar, festivallar, boshqa forumlar, sport tadbirlariga borishlari va ishtirok etishlarini tashkil etishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shu jumladan, ularning qishloq tumanlari va chekka tumanlardagi organlari bilan birgalikda uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” musobaqalar tizimi oʻyinlarida ishtirok etishga tayyorlash hamda ishtirok etishni tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport turlari boʻyicha hudud terma jamoalari va ularning yaqin zaxirasi tarkiblarini tasdiqlaydi, hudud sport delegatsiyasini butlaydi, ularning respublika sport musobaqalari va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrishlarini hamda ularda ishtirok etishlarini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda konferensiyalar, koʻrgazmalar va sport tadbirlarini oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda sport federatsiyalari (uyushmalari) hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati rivojlanishiga yordam beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududdagi isteʼdodli va istiqbolli sportchilarni saralash, tayyorlash hamda mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini joriy etish chora-tadbirlari kompleksini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlari, sport turlari boʻyicha federatsiyalar va uyushmalarning mintaqaviy vakillari bilan birgalikda hududda professional sportni tashkil etish hamda toʻla shakllantirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda yuqori malakali sportchilar va sport zaxirasini tayyorlash ishlarini olib boradi, idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, hududdagi sport maktablari, klublar va sport tayyorgarligi markazlarining rivojlanishi hamda ixtisoslashishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon ilmiy-texnik taraqqiyoti yutuqlari, xorijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning ilgʻor tajribasi umumlashtirilishini hamda bu yutuqlarning hududda joriy qilinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport sohasida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni hamda mintaqada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga koʻmaklashgan boshqa shaxslarni idoraviy koʻkrak belgilari bilan mukofotlash haqida takliflar tayyorlaydi va belgilangan tartibda taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hudud vakillarining jismoniy tarbiya va sport sohasida erishgan ulkan yutuqlari uchun sport unvonlari, sport razryadlari va malaka toifalari berish hamda mukofotlash va Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini berish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududdagi sportchilar va sport turlari boʻyicha terma jamoalar aʼzolarini sport inventari, asbob-uskunalar, shuningdek, kiyim-bosh va anjomlar bilan taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sportga moʻljallangan tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etishda yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda yangi jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarining qurilishini tashkil etish va faoliyat yuritayotganlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha Vazirlikka asoslangan takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda hududdagi jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlaridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilinishini taʼminlaydi, respublika jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarining zarur hujjatlarini tayyorlaydi va ularga pasportlarni rasmiylashtirish va berish uchun belgilangan tartibda yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik, yuksak maʼnaviyat va professionalizm ruhida tayyorlash boʻyicha ishlarni tashkil etadi, hududda odamlarning oʻz jismoniy, umumtaʼlim va madaniy darajasini oshirishga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish ishlarini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar malakasini oshirishni, ularni qayta tayyorlash, tajriba orttirishga yuborish va attestatsiyadan oʻtkazishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda jismoniy tarbiya va sport boʻyicha ilmiy, oʻquv, ilmiy-ommabop va ommaviy adabiyotlar ishlab chiqilishi va nashr etilishini, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi foto va video materiallar ishlab chiqarilishini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro sport aloqalarini amalga oshirish va rivojlantirishda, hamkorlik boʻyicha xalqaro loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, jismoniy tarbiya va sport sohasida xorijiy investitsiyalar hamda grantlarni jalb qilishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududning iqtidorli yoshlariga sport sohasida yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda ommabop sport dasturlarini tashkil etishda, ommaviy adabiyotlarni nashr qilish hamda hududda jismoniy tarbiya va sport sohasida mavjud video hamda kino materiallar ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va xorijiy mamlakatlarning taniqli sport namoyandalari, yetakchi pedagog mutaxassislarini hududning sport taʼlim muassasalarida taʼlim berish va mahorat darslarini oʻtkazish uchun taklif etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlarining funksiyalari va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quyidagilar tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikning tuman (shahar) tuzilmalariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining keng qatlamlarini sport bilan shugʻullanishga jalb etish va sogʻlom turmush tarziga rioya etish, jismonan sogʻlom yosh avlodni tarbiyalash, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirish, tuman (shahar)ning nufuzli sport-ommaviy tadbirlardagi sport yutuqlarini ommalashtirish va keng miqyosda eʼtirof etish boʻyicha vazifalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, taʼlim muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda shaharlar va tumanlarda ommaviy sport tadbirlarini, xalq oʻyinlari va milliy sport turlari boʻyicha musobaqalarni muntazam ravishda oʻtkazgan holda aholi, ayniqsa yoshlar, xotin-qizlar, keksalar, qishloq aholisi oʻrtasida sport va jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishni ommalashtirish boʻyicha keng qamrovli ishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanda (shaharda) bolalarni, ayniqsa qizlarni sport bilan muntazam shugʻullanishga keng jalb qilish, bolalar sporti taʼlimi sifatini oshirish, tumanda (shaharda) bolalar sporti obyektlari tarmogʻini yanada kengaytirish, uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” sport musobaqalari tizimining boshlangʻich bosqichlarini oʻtkazishni tashkil etish orqali bolalar sportini har tomonlama rivojlantirish, shu asosida bolalar sogʻligʻini mustahkamlash va ularning uygʻun jismoniy rivojlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)ning hududiy vakillari bilan birgalikda tuman (shahar)ning isteʼdodli va istiqbolli sportchilarni saralash, tayyorlash va mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini takomillashtirish, turli musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash uchun ulardan sifatli sport zaxirasi va terma jamoalar tarkibini shakllantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanda (shaharda) iqtidorli yoshlarni saralash (seleksiya)ni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
musobaqalarning tuman bosqichi gʻolib va sovrindorlarini sport musobaqalarining hududiy bosqichlarida ishtirok etish uchun yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanda (shaharda) jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi holati monitoringini olib borish, ularning tumanda (shaharda) rivojlanishi boʻyicha yillik prognozlarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvining boshqa organlari, tuman (shahar)dagi davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport namoyandalari, shu jumladan, sportchilar, trenerlar, sport faxriylari va boshqa mutaxassislarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) darajasida sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning kalendar rejasini shakllantirish va tasdiqlash uchun kiritish, manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ularni moliyalashtirish va oʻtkazishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda tuman (shahar)dagi sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar)da aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, keksalar hamda qishloq aholisi oʻrtasida, ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish tadbirlari, shu jumladan, xalq oʻyinlari va milliy sport turlari boʻyicha musobaqalar muntazam ravishda oʻtkazilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va maʼnaviy salomatligini shakllantirishning muhim sharti sifatida ommaviy bolalar sportini tuman (shahar)da rivojlantirishni taʼminlash hamda bolalarga sogʻlom turmush tarziga intilish va sportga boʻlgan muhabbatni singdirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar)da bolalar sportining moddiy-texnika va resurslar bazasini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar)ning iqtidorli yoshlari va sport namoyandalarining hududiy miqyosida jismoniy tarbiya va sport sohasida oʻtkaziladigan koʻriklar, tanlovlar, festivallar, boshqa forumlarga borishlari va ishtirok etishlarini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy, bolalar sporti va professional sport yoʻnalishlari boʻyicha yangi obyektlar va inshootlarni qurish va faoliyatini takomillashtirish, tuman (shahar)da ulardan toʻlaqonli va samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar)da jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport tovarlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etishda ishtirok etish;
(16-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar)ning jismoniy tarbiya va sporti sohasida iqtidorli yoshlariga ularning malakasini oshirish, moddiy ragʻbatlantirishda koʻmaklashish hamda hududiy boshqarmalarga takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar)ning jismoniy tarbiya va sporti sohasidagi tashkilotlari ishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va Vazirlikning buyruqlari idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan bajarilishi tizimli nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar)da jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi holati monitoringini olib boradi, ularni tuman (shahar)da yanada rivojlantirish boʻyicha yillik prognozlarni shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlarni, tuman (shahar)da jismoniy tarbiya va sportga tegishli dasturiy-metodik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda tasdiqlaydi va ularning bajarilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportchilarning sport tadbirlarida ishtirok etishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar)da yangi sport tayyorgarligi markazi va bazalarini, sport-taʼlim muassasalari, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasalari, shuningdek, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarini qurish hamda faoliyat yuritayotganlarini rekonstruksiya qilish monitoringini olib borishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar)dagi sport klublari va maktablari, sport-taʼlim muassasalari, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasalari, shuningdek, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish oromgohlari faoliyatining rivojlanishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar)da aholi, shu jumladan, xotin-qizlar va yoshlar, shuningdek, nogironligi bor shaxslar salomatligini mustahkamlash maqsadida jismoniy tarbiya va sport vositalarini qoʻllash uchun shart-sharoitlar yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarning maxsus olimpiadalar va nogiron shaxslar oʻrtasida oʻtkaziladigan boshqa sport tadbirlarida ishtirok etishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining tumanlararo hamkorligiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar)da jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonunchilik ijrosi monitoringini olib boradi, shuningdek, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport turlari boʻyicha Yagona sport tasnifi, shuningdek, u haqidagi nizomning bajarilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) darajasida Sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning kalendar rejasini shakllantiradi hamda manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ularni moliyalashtirishni va oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport maktablarida sport razryadlarini berish tartibi ustidan nazorat olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) sport terma jamoalari tarkiblarini va ularning eng yaqin zaxirasi tarkibini tasdiqlaydi, tuman (shahar) sport delegatsiyalarini butlaydi, ularning viloyat, respublika sport musobaqalari va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrishini va ishtirokini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishga, jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarini qurish hamda faoliyat yuritayotganlarini rekonstruksiya qilish ishlarini tashkil etishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport sohasida foto va video materiallarni ishlab chiqish boʻyicha ishlarni tashkil etishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishni ommalashtirishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalarining huquqlari hamda javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yoki Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
(18-bandning 1-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish uchun zarur axborotni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistika axborotini davlat statistika organlaridan bepul olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Vazirlik va unga idoraviy mansub tuzilmalarning davlat mol-mulkini tashkiliy tuzilma doirasida bepul foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda bir boʻlinmadan ikkinchisiga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Vazirlik va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini ular tomonidan tegishli sohada ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) Vazirlik vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha xalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) jismoniy tarbiya va sportni, jumladan, sport infratuzilmasini rivojlantirish va ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish doirasida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) jismoniy tarbiya va sportni mamlakatda, shu jumladan, hududlarda rivojlantirish boʻyicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirishga oid davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xarajatlar smetalarini koʻrib chiqish va kelishishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) maslahatlar berish, ilmiy va ekspertlik ishlarini oʻtkazish, jismoniy tarbiya va sportning dolzarb masalalarini ishlab chiqish uchun shartnoma asosida olimlarni, Vazirliklar, idoralar, taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, Vazirlik tizimiga kiruvchi taʼlim muassasalarida dars berish va mahorat darslari oʻtkazish uchun xorijiy sport namoyandalarini shartnoma asosida taklif qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish tadbirlari oʻtkazilishini belgilangan tartibda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) Vazirlik tizimiga kiruvchi sport tashkilotlari va taʼlim muassasalari, shuningdek, sport federatsiyalari (uyushmalari) uchun zarur texnik uskuna, sport uskunalari, inventar, sport kiyim-boshi va boshqa zarur jihozlarni markazlashtirilgan tartibda xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) xalqaro va respublika chempionatlari, kuboklar, turnirlarni, shuningdek, ommaviy-sport tadbirlarini oʻtkazishda gʻolib va sovrindorlarni, nominantlarni mukofotlash uchun zarur miqdorda medallar, diplomlar, kuboklar va sovrinlarni markazlashtirilgan tartibda xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) sportchilar, trenerlar va jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarga, shuningdek, sport muassasalarining sport jamoalariga sport unvonlari va malaka toifalarini berish, kuboklar, medallar, znachoklar, koʻkrak nishonlari, diplomlar, yorliqlar va sovrinlar bilan mukofotlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish, sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarni oʻtkazish, turli tanlovlar, sport musobaqalari va shu kabilarda jismoniy tarbiya va sport namoyandalarini tayyorlash va ishtirok etishi uchun Vazirlik mablagʻlarini ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) oʻz vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy va respublika tashkilotlari bilan belgilangan tartibda aloqalarni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) jismoniy tarbiya va sport sohasini targʻib qiluvchi reklama va boshqa tusdagi mahsulotlarni reklama tusidagi audio-, video materiallar, risola, xaritalar va boshqa reklama-axborot materiallarini) chop etish, nusxasini koʻpaytirish, yaratish uchun buyurtmalarni mustaqil ravishda yoki idoraviy mansub tashkilotlar orqali joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Vazirlikning markaziy apparati va idoraviy mansub boʻlinmalarida ishlash uchun jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislarni shartnomalar asosda jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22) trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnomalarni va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarining pasportlarini belgilangan tartibda berish, amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, zarur holatlarda ruxsatnomalarni bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23) alohida fidokorlik, mehnatsevarlikni namoyon qilgan, oʻzining professional faoliyatida yuksak natijalarga erishgan jismoniy tarbiya va sport namoyandalari va xodimlarining nomzodlarini belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vazirlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosati samarali amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Vazirlik faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga soʻzsiz erishilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning ishlab chiqiladigan loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlarning sifati;
(19-bandning 3-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Vazirlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vazirlikning markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Vazirlikning hududiy boʻlinmalaridan va unga idoraviy mansub tashkilotlardan tahlil qilish va qayta ishlash uchun zarur boʻlgan masalalar boʻyicha materiallar va maʼlumotlarni, shuningdek, Vazirlikning markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Vazirlikda koʻrib chiqiladigan masalalarini ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlganda Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va unga idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish, shu maqsadda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan ular tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlashni talab qilish, zarurat boʻlganda ularni qayta ishlash uchun qaytarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga tezlikda hal qilinishi talab etiladigan va Vazirlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan topshiriqlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Vazirlikning buyruqlari Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) Vazirlikning “Xalqaro va respublika darajalaridagi sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning kalendar rejasi”ni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) Vazirlik markaziy apparatining boshqarmalari va xodimlarining faoliyatini tasdiqlangan lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) Vazirlikning tarkibiy tashkilotlari va muassasalaridagi boshqarmalarning faoliyatiga doir masalalar oʻrganilishini tashkil qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, ularga amaliy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga muvofiq Vazirlik tizimida buxgalteriya hisobi yuritilishi tashkil etilishini taʼminlash, shuningdek, zamonaviy texnika vositalari va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tizimga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobi yuritilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar xarajatlar smetasiga kiritilgan aniq vazifalarga maqsadli sarflanishi, shuningdek, pul mablagʻlari va moddiy boyliklarning saqlanishi ustidan muntazam nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) asosiy vositalar va boshqa moddiy boyliklarni ular saqlanadigan joylarda mavjudligini va ulardan foydalanishni muntazam nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) oʻrganilayotgan tuzilmalarga yuklangan vazifalar amalga oshirilishini sifatli oʻrganish va monitoring olib borishni tashkil etish maqsadida komissiyalar, ishchi va ekspert guruhlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) ilmiy va ekspertlik ishlari olib borish, maslahat berish, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun olimlarni, Vazirliklar, maʼmuriy, taʼlim muassasalari va boshqa muassasalarning yuqori malakali mutaxassislarini taklif etish, shuningdek, Vazirlik tizimiga kiruvchi taʼlim muassasalarida dars berish va mahorat darslari oʻtkazish uchun xorijiy sport mutaxassislarini taklif etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) ommaviy-sport va sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari oʻtkazilishini belgilangan tartibda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) idoraviy mansub sport tashkilotlari uchun zarur sport uskunalari, inventar, sport formasi va boshqa zarur jihozlarni xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) chempionatlar, kuboklar, turnirlar, shuningdek, ommaviy musobaqalarning gʻolib va sovrindorlarini mukofotlash uchun zarur miqdorda medallar, diplomlar, kuboklar va sovrinlarni xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) sportchilar, trenerlar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarni mukofotlash, ularga sport unvonlari va malaka toifalarini berish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) sport, sport-sogʻlomlashtirish va ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport vakillarining, jumladan, idoraviy mansub tashkilotlarda oʻtkaziladigan turli tanlovlar, sport bellashuvlari va boshqa tadbirlarga tayyorgarlik koʻrishi va ishtirokini moliyalashtirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikning markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Vazirlikning markaziy apparati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari. shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Vazirlik faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlash boʻyicha Vazirlik markaziy apparati boʻlinmalarining ishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Vazirlik tomonidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlarning tayyorlanishi sifati uchun;
(21-bandning 3-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar tarkibiy va hududiy boʻlinmalar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hududiy boʻlinmalaridan oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) jismoniy tarbiya va sportni hamda sport infratuzilmasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish doirasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf qilish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalarida, shu jumladan, hududlarni rivojlantirish boʻyicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirish masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xarajatlar smetalarini koʻrib chiqish va kelishishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) ilmiy va ekspertlik ishlarini olib borish, maslahat berish, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun olimlarni, Vazirliklar, maʼmuriy, taʼlim muassasalari va boshqa muassasalarning yuqori malakali mutaxassislarini taklif etish, shuningdek, Vazirlik bilan kelishgan holda idoraviy mansub taʼlim muassasalarida dars berish va mahorat darslari oʻtkazish uchun xorijiy sport mutaxassislarini taklif etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) ommaviy-sport va sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari oʻtkazilishini belgilangan tartibda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) idoraviy mansub sport tashkilotlari uchun sport uskunalari, inventar, sport formasi va boshqa zarur jihozlarni xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) viloyat va tumanlar (shaharlar) miqyosidagi chempionatlar, kuboklar, turnirlar, shuningdek, ommaviy musobaqalarning gʻolib va sovrindorlarini mukofotlash uchun medallar, diplomlar, kuboklar va sovrinlarni xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) hududdagi sportchilar, trenerlar va jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarni mukofotlash, shuningdek, ularga sport unvonlari va malaka toifalarini berish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) sport, sport-sogʻlomlashtirish va ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini, shuningdek, hududning jismoniy tarbiya va sport vakillarining, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan turli tanlovlar, sport musobaqalari va boshqa tadbirlarga tayyorlashni va ishtirok etishni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) festivallar, tanlovlar, ommaviy-sport va sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari, sport musobaqalarining gʻolib va sovrindorlari, shuningdek, boshqa mutaxassislarni esdalik medallari, diplomlar, kuboklar va qimmatli sovrinlar bilan mukofotlash boʻyicha Vazirlikka takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) hududda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy va respublika tashkilotlari bilan belgilangan tartibda aloqa qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) jismoniy tarbiya va sport sohasini targʻib qiluvchi reklama va targʻibot mahsulotlarini (hududda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirishga qaratilgan reklama tusidagi audio va video materiallar, risolalar, xaritalar va boshqa reklama materiallarini) tayyorlashga buyurtma berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) jismoniy tarbiya va sport sohasida ishlash uchun yetakchi xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosda jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) hududning jismoniy tarbiya va sport boʻyicha alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlari va vakillarini davlat mukofotlariga taqdim etish toʻgʻrisida Vazirlikka takliflar kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Vazirlikning tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi taʼminlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishilishi taʼminlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Vazirlikka kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarning sifati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) tumanlarda (shaharlarda) aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir takliflar tayyorlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa javobgarlikka ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlarining huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tuman (shahar) boʻlinmalaridan oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Vazirlikning yuqori turuvchi boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) boʻlim vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tuman (shahar)ning sport maktablari va maktab-internatlaridan hujjatlar, statistika axboroti, hisobotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotlarni soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) jismoniy tarbiya va sportni, shu jumladan, tuman (shahar) sport infratuzilmasini rivojlantirish va ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish doirasida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) tumanda (shaharda) jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirishga oid davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xarajatlar smetalarini koʻrib chiqish va kelishishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) tumanda (shaharda) ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tartibda oʻtkazilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) tuman (shahar) chempionatlari, kuboklari, turnirlarini, shuningdek, tumanda (shaharda) sport-ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda gʻolib va sovrindorlarni, nominantlarni mukofotlash uchun zarur miqdorda medallar, diplomlar, kuboklar va sovrinlarni xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan tumanda (shaharda) oʻtkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) alohida fidokorlik, mehnatsevarlikni namoyon qilgan, oʻzining professional faoliyatida yuksak natijalarga erishgan tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport namoyandalari va xodimlarining nomzodlarini belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etish boʻyicha takliflarni kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalariga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarning, shuningdek, oʻzlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) tumanlarda (shaharlarda) jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl kartalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) tuman (shahar)dagi davlat mulki boʻlgan jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) tumanda (shaharda) sport tadbirlari, ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish tadbirlari tashkil etilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa javobgarlikka ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Vazirlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining asosiy funksional vazifalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) yakka boshchilik tamoyiliga asoslangan holda Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Vazirlik va uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy choralarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Vazirlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, tegishli Vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati yigʻilishlarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
(26-bandning 5-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikaning Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarini taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) Vazirlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlik va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) Vazirlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
(26-bandning 12-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) faoliyat sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
(26-bandning 13-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Vazirlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni, zarurat boʻlganda, boshqa Vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlarni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);
(26-bandning 16-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) Vazirlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) oʻz oʻrinbosarlari hamda tarkibiy va hududiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) Vazirlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) Vazirlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlashni nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22) Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23) aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va davlat tashkilotlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27) Vazirlik markaziy apparati shtat jadvalini xodimlarning tasdiqlangan shtat birliklarining belgilangan soni asosida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan markaziy apparat va idoraviy mansub tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari nizomlarini, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29) markaziy apparat xodimlarini, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini, shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlarini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirini belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30) Vazirlik hayʼatiga va markaziy apparat yigʻilishlariga rahbarlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31) Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi va sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) bilan birgalikda Oʻzbekiston sportchilarining Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishi va ishtirok etishi boʻyicha qabul qilingan dasturlar ijrosini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32) ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda respublikada professional sportni rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha muntazam choralar qabul qilinishini taʼminlash, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sport turlari boʻyicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va qitʼa musobaqalarini tashkil etish, nosogʻlom sport raqobatiga va taqiqlangan substansiyalar va (yoki) taqiqlangan usullarga qarshi kurash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33) sport bazalari va sport-sogʻlomlashtirish tashkilotlarini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sport asbob-uskunalari va inventarlar mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilishi kengaytirilishini tashkil etish boʻyicha manfaatdor Vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34) isteʼdodli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash chora-tadbirlari qabul qilinishini taʼminlash, ularning mahoratini oshirish va seleksiyaning uzluksiz tizimini takomillashtirish, ularning Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida, jahon, Osiyo chempionatlarida va boshqa nufuzli musobaqalarda, shuningdek, turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35) jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, tegishli Vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklarning ijro etuvchi organlari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36) jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash chora-tadbirlarini koʻrish, qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish, taʼlim va sport muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa mutaxassislar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37) jismoniy tarbiya va sport sohasi xodimlari va mutaxassislarini, ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida oʻrnak koʻrsatganligi, xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlariga taqdimnomalar belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlash va tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38) Oʻzbekiston sport delegatsiyalarining xalqaro sport musobaqalarida va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda ishtirokini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39) berilgan sport unvonlarini, razryadlar va malaka toifalarini tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning 40-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-fevraldagi 181-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2019-y., 09/19/181/2689-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41) jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish boʻyicha xalqaro tadbirlarda vakillarning Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirokini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksional vazifalariga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Quyidagilar Vazir birinchi oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Vazir vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) davlat boshqaruvi organi faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomi boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Vazirga takliflar taqdim etish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Vazirlik rahbari tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirlik rahbari topshirigʻiga binoan ishtirok etish;
(27-bandning 10-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3137-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyati sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Vazirga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-mart 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalariga asosan tasdiqlangan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, koʻrsatib oʻtilgan qoidalarga mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) Vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) faoliyati monitoringini olib borish va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21) Vazirlikning Xalqaro va respublika darajalaridagi sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning kalendar rejasini shakllantirishda ishtirok etish, uni manfaatdor tashkilotlar va idoralar bilan birgalikda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22) sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislarning kuch-quvvati sarflarini qoplash va jismoniy resurslarini tiklash uchun maqsadli pul mablagʻlari bilan taʼminlash Respublika komissiyasi faoliyatiga rahbarlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23) respublikada jismoniy tarbiya va sport rivojlanishi monitoringini olib borish, respublikada jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish boʻyicha har yillik prognozlarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24) Oʻzbekiston sportchilarini Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etishga tayyorlash boʻyicha qabul qilingan dasturlari bajarilishini taʼminlash, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va federatsiyalar (assotsiatsiyalar) bilan birgalikda sportchilarning Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida samarali ishtirok etishi chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25) isteʼdodli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishda, Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo oʻyinlarida, jahon chempionatlarida, Osiyo chempionatlarida va boshqa xalqaro musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini taʼminlash, sport zaxiralari va terma jamoalar tarkibini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26) mamlakatda professional sportni rivojlantirishni ragʻbatlantirish, ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda zamonaviy texnologiyalarni sport tayyorgarligi jarayoniga joriy etish, sport turlari boʻyicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish, nosogʻlom sportda nosogʻlom hodisalarga va taqiqlangan substansiyalar va (yoki) taqiqlangan usullardan foydalanishga qarshi kurash boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27) Oʻzbekiston sport terma jamoalari va ularning yaqin sport zaxirasi tarkibini shakllantirish, Oʻzbekiston sport delegatsiyalarini butlash, ularni xalqaro sport musobaqalariga va jismoniy tarbiya sohasidagi ommaviy tadbirlarga tayyorlashni va ishtirok etishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28) xalqaro sport aloqalarini amalga oshirish va rivojlantirish, xalqaro sport tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29) yuqori malakali sportchilar va sport zaxirasini tayyorlash, oliy sport mahorati maktablarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30) sport hakamlariga malaka toifalari berish boʻyicha Malaka komissiyaga rahbarlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31) sportchilarga respublika sport unvonlari va toifalar berish boʻyicha Malaka komissiyasiga rahbarlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32) trener-oʻqituvchilar va instruktor-metodistlarga malaka toifalari berish boʻyicha Malaka komissiyasiga rahbarlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33) jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish boʻyicha xalqaro, respublika va milliy sport tashkilotlari bilan birgalikda ishlashni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Quyidagilar Vazir oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Vazir vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Vazirlik faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomi boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Vazirga takliflar taqdim etish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ularni keyinchalik koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyish) uchun viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirning topshirigʻiga binoan ishtirok etish;
(28-bandning 10-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3137-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) jismoniy tarbiya va sport sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Vazirga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarining koʻrsatib oʻtilgan qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tarkibiy va hududiy boʻlinmalar ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Vazirlik rahbarining mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) hayʼat qarorlari hamda buyruqlar, Vazir va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Vazirlik rahbariyatiga takliflar taqdim etish, professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Vazirlik rahbariyati tomonidan koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyish) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, Vazirlik rahbarlarining topshirigʻi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;
(29-bandning 11-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy boʻlinmalar xodimlari ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) davlat xizmatlarining samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va davlat tashkilotlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomda belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21) Xalqaro hamda respublika miqyosidagi Sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22) tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyatini tasdiqlangan lavozim majburiyatlariga muvofiq tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23) boshqarmalar vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan Vazirlik rahbariyatiga tahliliy materiallar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24) Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini oʻrganishni tashkil etish va ularga amaliy koʻmaklashish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport Vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazorat qilish, ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa qonun hujjatlari va Vazirlikning buyruqlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) hududiy boʻlinmalar faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Vazirlik hayʼati qarorlari, buyruqlari, Vazir va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) jismoniy tarbiya va sport sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy boʻlinmalar boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, Vazirlik hududiy boʻlinmalari faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va oʻz oʻrinbosarlarining choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) Vazirlikning hududiy boʻlinmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boʻlinmalarning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) Vazirlik markaziy apparati nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boʻlinmalarga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) hududiy boʻlinmalar xodimlarini, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) hududiy boʻlinmalar xodimlari tomonidan Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali hududiy boʻlinmalar tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy boʻlinmalar tomonidan ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishni taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Vazirlikka kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) hududiy boʻlinmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) hududiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni koʻrib chiqish uchun Vazirlikka kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) Vazirlikning tuman (shahar) boʻlinmalari va hududiy boʻlinmalar tarkibiga kiradigan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan barcha murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) hududiy boʻlinmalar xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlikka kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21) davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Quyidagilar tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) tuman (shahar) boʻlinmasiga rahbarlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) faoliyatning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha xodimlar oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlash va ularning javobgarligi darajasini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) sport tashkilotlari va muassasalari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tuman va shahar boʻlinmalari xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazir va uning oʻrinbosarlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari rahbarlarining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) jismoniy tarbiya va sport sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari rahbarlariga, ularning oʻrinbosarlariga takliflar kiritish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimida kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Vazirlik rahbarlarining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Vazir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning javobgarlik sohalari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ushbu Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33.Vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ushbu Nizomning tegishli ravishda 27 va 28-bandlarida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Vazirlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ushbu Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) hududiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan hududiy boʻlinmalarning javobgarlik sohalari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tumanlar (shaharlar)dagi jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) tuman (shahar) boʻlinmalariga yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ushbu Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning tuman (shahar) boʻlinmalari javobgarligi sohalari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ushbu Nizomning 31-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Vazirlik rahbariyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi.
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 234-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir oʻz maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzosi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Vazirning uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Vazirning birinchi oʻrinbosari va boshqa oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Vazir boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning oʻrinbosarlari tomonidan bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Quyidagilarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish — Vazir bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boʻlinmalar rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish — viloyatlar, Toshkent shahri hokimlari, tumanlar (shaharlar) hokimlari bilan kelishgan holda Vazir tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Vazir Vazirlik tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlarning rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Vazir Vazirlik markaziy apparatining boshqarmalari va boʻlimlari, hududiy boʻlinmalar toʻgʻrisidagi nizomni, idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) topshiriqlarni hududiy boʻlinmalarga va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Vazirlikning hududiy boʻlinmalariga va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot va axborot materiallari, statistika maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlar oʻrganilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Vazirlikning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi, jismoniy tarbiya va sport sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Vazirlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) faoliyatning belgilangan sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻgʻrisida markaziy apparatga axborot taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Vazirlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, shu jumladan, aholining mavjud dolzarb muammolarini bartaraf etish yuzasidan Vazirlikning markaziy apparatiga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻgʻrisida axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Vazirning topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar koʻrsatib oʻtilgan koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, u boʻyicha qaror bevosita Vazir tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Vazirlikning boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Vazirlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Vazirlikning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududiy boʻlinmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Vazirlik Vazirlar Mahkamasining Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar roʻyxatiga kiradi va (yoki) uning faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan mutasaddilik qilinadi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Vazirlik hayʼati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Vazirlikda Vazir (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek, Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Vazirlik tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrgan holda hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda Vazirlik faoliyatiga oid dolzarb masalalar muhokama qilinishini taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik markaziy apparatiga va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik markaziy apparati nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat Vazirlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Hayʼat majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Hayʼat, agar uning majlisida hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Hayʼat qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Vazir va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Shuningdek, hayʼat aʼzolari ham Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrini maʼlum qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Hayʼat faoliyati tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Vazirlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari va (yoki) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlariga koʻra belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalarini moliyalashtirish, moddiy-texnik taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, budjetdan tashqari jamgʻarmalar, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Vazirlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalardan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qoʻshiladigan ragʻbatlantirish xususiyatiga ega boʻlgan qoʻshimcha haqlar va ustamalar Vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Vazirlik xodimlariga ish haqi toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish manbalari mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi, budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlaridan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlardan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Vazirlikning Vazirlar Mahkamasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot berishi
(10-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Vazir Vazirlikning faoliyati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda hisobot beradi.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Vazirlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun ular faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Vazirlik faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Vazirlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2018-y., 09/18/369/1252-son; 28.02.2019-y., 09/19/181/2689-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son)