07.12.2018 yildagi PQ-4055-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.02.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5590-son Farmoniga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) va uning hududiy organlarining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga, shu jumladan, davlat tomonidan kafolatlangan hajmlarda toʻliq va oʻz vaqtida tibbiy xizmatlar koʻrsatishni taʼminlashda Vazirlikning organlari va tashkilotlari roli va masʼuliyatini oshirishga yoʻnaltirilgan fuqarolarning sogʻligʻini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, sogʻliqni saqlash tizimida xususiy sektorning rivojlanishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
demografik oʻzgarishlar va sogʻliqni saqlashni rivojlantirish istiqbollarini prognozlash, aholining salomatligi va kasallanishi holatini kompleks tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat sogʻligʻini saqlash ustuvorligini taʼminlash, aholini sogʻlom turmush tarzini yuritishga undash, eng avvalo, oʻz sogʻligʻi va atrofidagilarning sogʻligʻi uchun masʼuliyat tuygʻusini tarbiyalashda aholining tibbiy madaniyati va savodxonligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
millatning genofondini yaxshilash maqsadida sogʻlom avlod tugʻilishi va tarbiyalanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, oilada tibbiy madaniyatni, umrning sifati va uzoq davom etishini oshirish, aholining sogʻligʻini muhofaza qilish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bevosita birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tashkilotlarida qishloq aholisiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam hajmlarini, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻlamini kengaytirish, jumladan aholi oʻrtasida eng koʻp tarqalgan kasalliklarni erta aniqlaydigan, ularning asoratlari oldini oladigan tizimga toʻliq oʻtish, shuningdek, asosiy, tez-tez uchraydigan kasalliklar turlari boʻyicha tuman boʻgʻini darajasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar tizimini barpo etishda amaliy yordam berishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy yordamni xizmat koʻrsatilayotgan aholiga yaqinlashtirish, axborot texnologiyalarini, teletibbiyotni, davolashning klinik protokollarini keng joriy etish hamda yetakchi xorijiy va mahalliy mutaxassislarning tajribasini hududiy tibbiyot tashkilotlarining tibbiyot xodimlariga berish hisobiga aholiga koʻrsatilayotgan birlamchi, tez, kechiktirib boʻlmaydigan va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning qulayligi va tezkorligi darajasini oshirish, shuningdek, ixtisoslashgan tibbiyot markazlari tomonidan hududlarda koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar hajmini oshirish va sifatini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshirish, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllashga ruxsat berilgan asbob-uskunalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy taʼlim muassasalari, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim va sogʻliqni saqlash mutaxassislarining malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash ustidan uslubiy rahbarlikni taʼminlash orqali tibbiy kadrlar tayyorlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy tajribani va eng yaxshi jahon yutuqlarini uygʻunlashtirish asosida tibbiyot fanini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va prognozlashtirish, ilmiy tibbiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, fan, texnika yutuqlarini va ilgʻor tajribani sogʻliqni saqlash amaliyotiga joriy etish, tibbiy taʼlim va kadrlar malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash tizimida yagona tashkiliy-metodik rahbarlik qilishni va koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati nazorat qilinishini taʼminlaydigan zamonaviy, xorijiy amaliyotda sinab koʻrilgan sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish usullarini joriy etish, shuningdek, tibbiyotni raqamlashtirish orqali sohadagi ortiqcha qogʻozbozlikni keskin kamaytirish va korrupsiyaga oid holatlarning oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet mablagʻlarini noqonuniy sarflash va talon-taroj qilish holatlarining oldini olish, ogohlantirish va aniqlash.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sogʻliqni saqlashda davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirishni taʼminlash maqsadida belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri quyidagilarga shaxsan masʼuldir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning sogʻligʻini saqlash sohasida rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirish, kasalliklarni profilaktika, diagnostika qilish va davolash boʻyicha zamonaviy yondashuvlarni, standartlarni va normativlarni, shuningdek, boshqa tadbirlarni ishlab chiqish va tatbiq etish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va aholining tibbiy madaniyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy tashkilotlar menejmenti koʻnikmasiga va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, har tomonlama rivojlangan mutaxassislarni jalb qilishga qaratilgan boshqaruv kadrlarini tayyorlash, tanlab olish va joy-joyiga qoʻyishning mutlaqo yangi tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va hududiy sogʻliqni saqlash boshqaruv organlarining ishini samarali tashkil etish, tibbiyot tashkilotlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning taʼsirchan tizimini yaratish, ularning faoliyati ochiqligini va aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri manzilli muloqot oʻrnatishini taʼminlash, fuqarolarning tibbiy xizmat koʻrsatish sifatidan qanoatlanganligini monitoring qilish va baholash tizimini tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy taʼlim va tibbiyot fanini rivojlantirish, innovatsiya va “elektron sogʻliqni saqlash” tizimini tatbiq etish, majburiy tibbiy sugʻurta dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish, tibbiy turizm va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va tibbiyot tashkilotlari ehtiyojlarini toʻliq qoplash maqsadida ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatini shakllantirish va oʻz vaqtida yangilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) hududiy sogʻliqni saqlash boshqaruv organlari rahbarlari quyidagilarga shaxsan masʼuldir:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot tashkilotlarining hududiy tarmoqlari faoliyatini samarali tashkil etish, birlamchi tibbiy-sanitariya, ixtisoslashtirilgan va shoshilinch tibbiy yordamning sifati va ommabopligi, idoraviy boʻysunuvidagi hududda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash;
(2-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash sohasida rivojlanish hududiy dasturlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, tibbiyot tashkilotlarini va aholini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz taʼminlash, tibbiy va maxsus texnikaning samarali ishlashi va oʻz vaqtida yangilanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy yordamni bosqichma-bosqich va izchillik prinsipi asosida ularning oqimlarini oqilona va asosli marshrutlash yoʻli bilan bemorlarni turli darajadagi (turdagi) tibbiyot tashkilotlariga yoʻnaltirishning xolis tizimini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash sohasida fuqarolar huquqiga rioya qilish nazoratini taʼminlash, tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlariga sifat menejmenti tizimini tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash muassasalarini malakali kadrlar bilan taʼminlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha zarur tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlari quyidagilarga shaxsan masʼuldir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila salomatligi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, kasalliklar profilaktikasi, dispanserizatsiya, patronaj va uyma-uy yurish boʻyicha tadbirlarni samarali amalga oshirish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va fuqarolarning oʻz sogʻligʻiga masʼulligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy xizmat izchilligini va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining tuman (shahar) ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlari bilan yaqindan oʻzaro aloqasini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tomonidan kafolatlangan hajmlarda aholiga sifatli tibbiy yordam koʻrsatish, pullik tibbiy xizmatni amalga oshirish, sogʻliqni saqlash xarajatlarini moliyalashtirish uchun oʻz manbalarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash va fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasida tadbirlarning manzilliligi va natijadorligini oshirish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlari bilan faol hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarrufidagi tashkilotlardagi bino va inshootlar, uskunalar, tibbiy texnika va boshqa moddiy qiymatliklarni saqlash va ulardan samarali foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlikning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Xususiylashtirish va pullik xizmatlarni tashkil qilish markazini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining xususiylashtirish va pullik xizmatlarni tashkil qilish boʻlimlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmedinfo” elektron sogʻliqni saqlashni rivojlantirish markazini tugatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Vazirlik tuzilmasida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalarini hamda “IT-Med” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tashkil etish.
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PQ-5000-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2021-y., 07/21/5000/0139-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “IT-Med” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagilar mazkur qarorning 3-bandiga muvofiq tugatilayotgan tashkilotlarning huquqiy vorislari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi — Xususiylashtirish va pullik xizmatlarni tashkil qilish markazi hamda “Oʻzmedinfo” elektron sogʻliqni saqlashni rivojlantirish markazi huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining tegishlicha xususiylashtirish va pullik xizmatlarni tashkil qilish boʻlimlari huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlik ikki oy muddatda yangi tashkil etilayotgan boʻlinmalarni nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarga ega, topshirilgan vazifalarni professional darajada taʼminlaydigan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasining asosiy vazifalari etib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va uning hududiy organlari tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda sogʻliqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida infratuzilma loyihalarini tashkil etish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot tashkilotlarining mol-mulkini, shu jumladan yer uchastkalarini muomalaga kiritish boʻyicha takliflarni tayyorlash, davlat-xususiy sheriklik asosida investitsiyalarni jalb etish;
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-oktabrdagi PQ-4847-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2020-y., 07/20/4847/1347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “IT-Med” masʼuliyati cheklangan jamiyatining asosiy vazifalari etib:
(6-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PQ-5000-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2021-y., 07/21/5000/0139-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimlari, resurslar va sogʻliqni saqlash milliy maʼlumotlar bazalarini yaratish, rivojlantirish va kuzatib borish boʻyicha yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ tarmoqlarni yaratish, rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, Vazirlikning axborot xavfsizligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikning axborot xavfsizligi tahdidlarini oʻz vaqtida aniqlash va unga qarshi kurashish, axborot xavfsizligi talablariga rioya qilinishini nazorat qilish va monitoringini olib borish, axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalarini muhofaza qilish boʻyicha texnik infratuzilmani tatbiq etish va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“elektron sogʻliqni saqlash” normativ va normativ-huquqiy bazasini ishlab chiqish, integratsiyalashgan axborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish va kuzatib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot tashkilotlarida axborot tizimlari, ilgʻor axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqish va kuzatib borishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlikning axborot tizimlari, resurs va maʼlumotlar bazasini rivojlantirish, ularning boshqa davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiyasini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik xodimlarining axborot tizimlari, resurslar va maʼlumotlar bazasidan foydalanish, axborot xavfsizligini taʼminlash sohasida malakasini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-oktabrdagi PQ-4847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2020-y., 07/20/4847/1347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-oktabrdagi PQ-4847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2020-y., 07/20/4847/1347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlikning Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalari boʻyicha jahon amaliyotida qoʻllaniladigan vositalardan foydalangan holda sogʻliqni saqlash hisoblarining milliy tizimini tatbiq etish boʻyicha taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-oktabrga qadar muddatda sogʻliqni saqlash hisoblarining milliy tizimini institutlashtirish va tibbiy xizmat koʻrsatishda foydalanilgan xizmatlar va xarajatlar haqidagi maʼlumotlarni idoralararo toʻplash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Sogʻliqni saqlash vazirligi buyurtmasiga asosan 2019-yil davomida “Salomatlik-3” loyihasi mablagʻlari hisobidan uy-joy xoʻjaligi doirasida aholining tibbiy xarajatlari boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.A. Abduxakimov) uch oy muddatda tibbiy yordam va tibbiy-ijtimoiy xizmat sifatini nazorat qilishni kuchaytirish, sogʻliqni saqlash tizimida, shu jumladan alohida davlat organini tashkil etish masalasini koʻrib chiqqan holda kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining roziligisiz davlat sogʻliqni saqlash muassasalarining yer uchastkalari va koʻchmas mulklari begonalashtirilishi taqiqlansin, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida belgilangan boshqa tartiblar bundan mustasno.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Vazirlikning Toshkent shahar, A. Navoiy koʻchasi, 12-uyda joylashgan binosini rekonstruksiya qilishni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yildagi rivojlantirish Davlat dasturiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi Vazirlik xodimlarini uning binosi rekonstruksiya qilinishi davrida vaqtincha joylashtirish uchun bino ajratilishi boʻyicha choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi “Sogʻliqni saqlash organlarining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3052-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlik Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 7-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4055-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-oktabrdagi PQ-4847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2020-y., 07/20/4847/1347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-oktabrdagi PQ-4847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2020-y., 07/20/4847/1347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-oktabrdagi PQ-4847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2020-y., 07/20/4847/1347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-oktabrdagi PQ-4847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2020-y., 07/20/4847/1347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-oktabrdagi PQ-4847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2020-y., 07/20/4847/1347-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 07/18/4055/2286-son; 06.02.2019-y., 07/19/4159/2577-son, 09.09.2019-y., 06/19/5814/3714-son; 01.01.2020-y., 07/20/4554/0014-son, 03.10.2020-y., 07/20/4847/1347-son; 23.02.2021-y., 07/21/5000/0139-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son; 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son; 29.12.2023-y., 07/23/415/0988-son)