O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2018 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish, ushbu sohada 2018 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi bilan bog‘liq ravishda davlat-hususiy sheriklikni joriy etish uchun maqbul shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-maydagi 377-son qaroriga muvofiq 2018 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi va uni 2018-2019-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” amalga oshirilayotganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 15-avgustdagi PF-5511-son Farmoni qoidalarining Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik shartlarida pullik avtomobil to‘xtash joylari va avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari tashkil etishga oid qismi ushbu qaror doirasida amalga oshirilishi;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish sohasida ishlarni tashkil etishning ilg‘or xorijiy usullarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-noyabrdagi PQ-4035-son qarori qoidalari hisobga olingan holda amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining investorlar va tadbirkorlik sube’ktlariga:
pullik magistral yo‘llar qurish bo‘yicha investitsiya majburiyatlari qabul qilingan holda yo‘l va yer uchastkalarini;
yo‘l harakati monitoringi va shaxs yuzini va transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqamini aniqlashning intellektual videokameralari (keyingi o‘rinda intellektual videokameralar deb ataladi) integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish loyihalarini amalga oshirish uchun yo‘l uchastkalarini — 10 yilgacha bo‘lgan muddatga;
avtomobil yo‘llari bo‘ylab to‘lov avtomatlari o‘rnatilgan pullik avtomobil to‘xtash joylariga va avtomotransport vositalari joylashtirilganligi uchun haq to‘lash qoidalari buzilganligini qayd etadigan axborot tizimlariga ega bo‘lgan pullik to‘xtash joylari tashkil etish uchun yo‘l uchastkalarini — 10 yilgacha bo‘lgan muddatga;
mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan, shu jumladan, bozorlar va savdo komplekslariga tutash hududlarda joylashgan avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarini (keyingi o‘rinlarda avtomobil saqlash joylari deb ataladi) ularning negizida avtomotransport vositalari joylashtirilganligi uchun haq to‘lash qoidalari buzilganligini qayd etadigan axborot tizimlariga ega bo‘lgan zamonaviy pullik avtomobil saqlash joylari tashkil etish uchun — 10 yilgacha bo‘lgan muddatga;
yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlari, shu jumladan, kempinglar, motellar, haydovchi va yo‘lovchilar dam oladigan, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatiladigan va ta’mirlanadigan boshqa joylarni, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari va boshqalarni qurish uchun investorlar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yo‘llari bo‘yidagi hududlarni obodonlashtirish majburiyatlari olingan holda yer uchastkalarini — 10 yilgacha bo‘lgan muddatga berish shaklida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda zamonaviy yo‘l infratuzilmasini tashkil etish sohasiga davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini (keyingi o‘rinlarda davlat-xususiy sheriklik deb ataladi) joriy etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va zamonaviy yo‘l infratuzilmasini tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
a) davlat-xususiy sheriklik doirasida:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha — yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish loyihalari bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tuziladi. Ichki ishlar vazirligi davlat tomonidan sherik sifatida ish ko‘radi va xususiy sherik tomonidan bitim shartlari bajarilishi monitoringini olib boradi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha — pullik avtomobil to‘xtash joylari va avtomobil saqlash joylarini tashkil etish loyihalari bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari davlat tomonidan sherik sifatida ish ko‘radi va xususiy sherik tomonidan bitim shartlari bajarilishi monitoringini olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha — investor va/yoki tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yo‘llari bo‘yidagi hududlarni obodonlashtirish majburiyatlari olingan holda yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlarini qurish loyihalari bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi davlat tomonidan sherik sifatida ish ko‘radi va xususiy sherik tomonidan bitim shartlari bajarilishi monitoringini olib boradi;
b) davlat-xususiy sheriklik quyidagi shartlarda amalga oshiriladi:
yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish uchun beriladigan yo‘l uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi;
yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralar tizimi “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksga integratsiya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulangan bo‘lishi, shuningdek, huquqbuzarliklar holatlari haqidagi videoma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar onlayn rejimida uzatilishini ta’minlashi kerak;
pullik avtomobil to‘xtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylaridan foydalanishdan tushadigan mablag‘larning 30 foizdan ortiq bo‘lmagan qismi — mahalliy budjetga tushadi va u maqsadli ravishda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltiriladi va kamida 70 foizi tutash hududning avtomototransport vositalari bilan to‘lishi hamda to‘lov avtomatlari va axborot tizimlari o‘rnatilgan avtomobil to‘xtash joylarining funksional imkoniyatlari hisobga olingan holda xususiy sherikning hisob raqamiga tushadi.
5. Belgilansinki:
a) o‘rnatilgan intellektual videokameralar yordamida aniqlangan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasining kamida 20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga o‘tkaziladi, 20 foizi — yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirilgan holda mahalliy budjetga tushadi, 30 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga, yo‘l harakati intensivligi va intellektual kameralarning imkoniyatlari hisobga olingan holda 30 foizdan ortiq bo‘lmagan qismi — xususiy sherikning hisob raqamiga o‘tkaziladi;
b) davlat-xususiy sheriklik bitimining amal qilish muddati tamom bo‘lgandan keyin:
ushbu bandning “a” kichik bandiga muvofiq xususiy sherikka mo‘ljallangan jarimalar summasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga qayta yo‘naltirilishi kerak;
yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralarning o‘rnatilgan integratsiyalashgan tizimlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga beriladi, ularga kelgusida xususiy sherik tomonidan shartnoma asosida texnik ko‘mak berish ta’minlanadi;
qurib bitkazilgan yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlari tadbirkorlik subyekti mulkiga aylanadi.
6. Belgilansinki, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari buzilganligi uchun jarimalar, shuningdek, pullik avtomobil to‘xtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylaridan foydalanganlik uchun haq to‘lash summasining foizi miqdori har bir aniq holatda tanlov komissiyasining qarori bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari buzilganligi uchun jarima summalaridan ajratmalar ushbu qaror talablariga muvofiq tegishliligi bo‘yicha belgilangan tartibda o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlasin.
7. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish doirasida investorlar 2022-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda:
belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, dasturiy ta’minlash, qurilish materiallari va boshqa materiallar uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari);
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan ishlar (xizmatlar) uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan birgalikda yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlaridan foydalanish bo‘yicha talablar haqidagi texnik reglamentni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beradigan haydovchilik guvohnomasini olish bo‘yicha imtihonlar topshirishga nisbatan kuchaytirilgan talablarni nazarda tutadigan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi bilan birgalikda ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda avtomobilni boshqarish amaliyotiga imkon qadar yaqinlashtirilgan zamonaviy o‘quv avtodromlari haqidagi namunaviy nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yengil avtotransport vositalari oynalariga tonirovka (qoraytirish) o‘rnatish uchun ruxsat berishdan olinadigan mablag‘lar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda kamida bittadan zamonaviy o‘quv avtodromi qurish haqidagi taklifi ma’qullansin.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining buyurtmanomalari bo‘yicha zamonaviy o‘quv avtodromlarini qurish uchun yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarining ro‘yxatga olish va imtihon olish tuzilmalariga imkon qadar yaqin joydan kamida 1,5 ga yer uchastkalari ajratilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Pullik avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda investorlar va/yoki tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yo‘llari bo‘yidagi hududlarni obodonlashtirish majburiyatlari olingan holda yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlarini qurish uchun ularga yer uchastkalari berishning vaqtinchalik tartibini tasdiqlasin;
v) 2019-yil 1-iyungacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish dasturlariga kiritish uchun mamlakatning barcha hududlarida bosqichma-bosqich pulli magistral yo‘llarni joriy etish bo‘yicha yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish haqidagi takliflarni tayyorlasin va belgilangan tartibda kiritsin;
g) 2020-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatning barcha hududlarida davlat-xususiy sheriklik doirasida pullik magistral yo‘llarni bosqichma-bosqich joriy etish ishlari boshlanishini ta’minlasin.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda yo‘l bo‘yida pullik avtomobil to‘xtash joylarini tashkil etish uchun yo‘l uchastkalarini belgilasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduvaliyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-dekabr,
990-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-dekabrdagi 990-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va zamonaviy yo‘l infratuzilmasini tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
VAQTINCHALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda zamonaviy yo‘l infratuzilmasini tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ushbu Vaqtinchalik nizom pullik magistral yo‘llar qurish sohasida davlat-xususiy sheriklik tartibiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishning boshqa tartibi nazarda tutilgan hollarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
2. Ushbu Vaqtinchalik nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va zamonaviy yo‘l infratuzilmasini tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklik (keyingi o‘rinlarda davlat-xususiy sheriklik deb ataladi) — yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish va zamonaviy yo‘l infratuzilmasini tashkil etish bo‘yicha loyihalar doirasida xususiy investitsiyalarni jalb qilish, resurslarni birlashtirish va xavf-xatarni taqsimlash maqsadida davlat tomonidan sherik va xususiy sheriklarning muayyan muddatga yuridik rasmiylashtirilgan o‘zaro foydali hamkorligi;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim (keyingi o‘rinlarda bitim deb ataladi) — davlat tomonidan sherik va xususiy sheriklar o‘rtasida tuzilgan, tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, xavf-xatar taqsimlanishini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishning boshqa shartlarini belgilovchi shartnoma;
davlat-xususiy sheriklik shartnomasi tomonlari (keyingi o‘rinlarda tomonlar deb ataladi) — davlat tomonidan sherik va xususiy sheriklar;
davlat tomonidan sherik — O‘zbekiston Respublikasi nomidan xususiy sherik bilan shartnoma tuzishga vakolatli davlat organi;
xususiy sherik — shartnoma tuzilgan yuridik shaxs (investor). Bunda, faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobiga to‘liq moliyalashtiriladigan davlat korxonalari, davlat muassasalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek, notijorat tashkilotlari xususiy sheriklar sifatida ishtirok etishi va/yoki xususiy sheriklar tomonida ishtirok etishi mumkin emas;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim obyekti (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) — yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimi, shuningdek, bitim bo‘yicha yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va zamonaviy infratuzilmani tashkil etish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan yo‘l yoki er uchastkalari;
davlat-xususiy sheriklik loyihasi — davlat tomonidan sherik va xususiy sheriklar o‘rtasida o‘zaro manfaatli sharoitlarda amalga oshirilayotgan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va zamonaviy yo‘l-transport infratuzilmasini tashkil etish sohasida investitsiyaviy, innovatsion, infratuzilmaviy va boshqa tadbirlar majmui.
3. Loyihalar doirasida:
yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
pullik avtomobil to‘xtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylarini tashkil etish sohasida — tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari;
investorlar va/yoki tadbirkorlik subyektlari tomonidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘yidagi hududlarni obodonlashtirish majburiyatlari olingan holda yer uchastkalarini, yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlarini qurish bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi davlat tomonidan sherik sifatida ish ko‘radi.
4. Davlat-xususiy sheriklik quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
davlat manfaatlarining ustuvorligi;
qonuniylik;
davlat-xususiy sheriklik haqidagi ma’lumotlarning ochiqligi va oshkoraligi, davlat sirini va qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni tashkil etadigan ma’lumotlar bundan mustasno;
kamsitmaslik, bitim tomonlarining tengligi;
bitim bo‘yicha majburiyatlarning tomonlar tomonidan vijdonan bajarilishi;
xavf-xatar va majburiyatlarning bitim tomonlari o‘rtasida adolatli taqsimlanishi;
davlat-xususiy sheriklik tomonlari o‘zaro munosabatlarining raqobatga va shartnomaga asoslanganligi.
5. Davlat-xususiy sheriklik xususiy sheriklarga:
yo‘l harakati monitoringi hamda shaxsning yuzini va transport vositasining davlat ro‘yxatdan o‘tkazish raqamini aniqlashning intellektual videokameralari (keyingi o‘rinlarda intellektual videokameralar deb ataladi) integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun yo‘l uchastkalarini — 10 yil muddatga;
avtomobil yo‘llari bo‘ylab to‘lov avtomatlari o‘rnatilgan avtomobil to‘xtash joylari va avtomotransport vositalari joylashtirilganligi uchun haq to‘lash qoidalari buzilganligini qayd etadigan axborot tizimlariga ega bo‘lgan pullik avtomobil to‘xtash joylari tashkil etish uchun yo‘l uchastkalarini — 10 yilgacha bo‘lgan muddatga;
mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan, shu jumladan, bozorlar va savdo komplekslariga tutash hududlarda joylashgan avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarini (keyingi o‘rinlarda avtomobil saqlash joylari deb ataladi) ularning negizida avtomotransport vositalari joylashtirilganligi uchun haq to‘lash qoidalari buzilganligini qayd etadigan axborot tizimlariga ega bo‘lgan pullik to‘xtash joylari tashkil etish uchun — 10 yilgacha bo‘lgan muddatga;
yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlari, shu jumladan, kempinglar, motellar, haydovchi va yo‘lovchilar dam oladigan, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatiladigan va ta’mirlanadigan boshqa joylarni, yoqilg‘i quyish joylari va boshqalarni qurish uchun investorlar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yo‘llari bo‘yidagi hududlarni obodonlashtirish majburiyatlari olingan holda yer uchastkalarini — 10 yilgacha bo‘lgan muddatga berish shaklida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini (keyingi o‘rinlarda davlat-xususiy sheriklik deb ataladi) joriy etish haqidagi taklifi ma’qullansin.
6. Davlat-xususiy sheriklik loyihasi tashabbusi davlat tomonidan yoki xususiy sherik tomonidan chiqishi mumkin.
7. Davlat-xususiy sheriklik tanlovga asoslanadi.
Tanlov o‘tkazish uchun davlat tomonidan sherik huzurida Tanlov komissiyasi tashkil etiladi, uning tarkibiga:
yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralarining integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish sohasidagi loyihalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, shuningdek, tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakillari;
avtomobil yo‘llari bo‘ylab to‘lov avtomatlari o‘rnatilgan pullik avtomobil to‘xtash joylarini tashkil etish, shuningdek, avtomototransport vositalari joylashtirilganligi uchun haq to‘lash qoidalari buzilganligini qayd etuvchi axborot tizimlari o‘rnatilgan zamonaviy pullik avtomobil saqlash joylari qurish sohasidagi loyihalar bo‘yicha — tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi vakillari;
avtomobil yo‘llari bo‘yidagi hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha majburiyatlar qabul qilingan holda yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlari qurish sohasidagi loyihalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, shuningdek, tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakillari kiradi.
8. Tanlov komissiyasi a’zolari soni toq bo‘lishi va kamida etti kishidan iborat bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining vakili Tanlov komissiyasi tarkibida maslahat ovozi bilan qatnashadi.
9. Tanlov komissiyasi, agar majlisda Tanlov komissiya a’zolari umumiy sonining kamida etmish besh foizi qatnashsa, qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi, Tanlov komissiyasining har bir a’zosi faqat bitta ovozga ega bo‘ladi.
Tanlov komissiyasining qarorlari Tanlov komissiyasining ovoz bergan a’zolari umumiy sonining oddiy ko‘pchiligi tomonidan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda Tanlov komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. Tanlov komissiyasining qarorlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi va uni Tanlov komissiyasining barcha a’zolari imzolaydilar.
10. Quyidagilar:
yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralarining integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish sohasidagi loyihalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari;
avtomobil yo‘llari bo‘ylab to‘lov avtomatlari o‘rnatilgan pullik avtomobil to‘xtash joylarini tashkil etish, shuningdek, avtomototransport vositalari joylashtirilganligi uchun haq to‘lash qoidalari buzilganligini qayd etuvchi axborot tizimlari o‘rnatilgan zamonaviy pullik avtomobil saqlash joylari qurish sohasidagi loyihalar bo‘yicha — tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari;
avtomobil yo‘llari bo‘yidagi hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha majburiyatlar qabul qilingan holda yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlari qurish sohasidagi loyihalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Tanlov komissiyasining raisi hisoblanadi.
11. Tanlov komissiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi, uning tarkibi, Tanlov komissiyasi a’zolariga qo‘yiladigan talablar Tanlov komissiyasining Reglamentida belgilanadi.
Tanlov komissiyasi ishi reglamenti uning raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xususiy sherikning arizasi Tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobari miqdorida yig‘im undiriladi va u davlat tomonidan sherikning maxsus budjetdan tashqari hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
2-bob. Bitim tomonlarining huquqlari va majburiyatlari
13. Xususiy sherik:
davlat-xususiy sheriklik loyihasi tashabbusi to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqish uchun davlat tomonidan sherikka taqdim etish;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur axborotni davlat tomonidan sherikdan olish;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim shartlarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar kiritish;
bitim shartlari davlat tomonidan sherik tomonidan buzilgan taqdirda bitimni sud tartibida bekor qilishni talab qilish huquqiga egadir.
Xususiy sherik qonun hujjatlariga va bitimga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
14. Xususiy sherik:
bitim va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga qat’iy rioya qilishi shart;
qonun hujjatlarida va davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Xususiy sherik unga davlat-xususiy sheriklik shartlarida berilgan yo‘l yoki er uchastkalarini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berish huquqiga ega emas.
Xususiy sherik qonun hujjatlariga va bitimga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
15. Davlat tomonidan sherik:
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash uchun tashqi maslahatchilarni jalb etish;
bitim shartlari bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotni xususiy sherikdan har choraklik asosida olish;
bitim shartlari bajarilishi monitoringini olib borish va davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirilishini baholash;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va bitim shartlariga rioya etish monitoringini olib borish doirasida aniqlangan qoida buzishlar bartaraf etilishini talab qilish;
xususiy sherikning aybi bilan yuzaga kelgan obyekt bo‘yicha zararlar qoplanishini talab qilish;
bitim shartlari xususiy sherik tomonidan buzilgan taqdirda bitimni sud tartibida bekor qilishni talab qilish huquqiga egadir.
Davlat tomonidan sherik qonun hujjatlariga va bitimga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
16. Davlat tomonidan sherik:
tanlov o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarni tanlov ishtirokchilariga taqdim etishga, tanlov hujjatlari qoidalarini ularga tushuntirishga;
uning negizida davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish mo‘ljallanayotgan joy va obyekt bilan tanishish uchun tanlov ishtirokchilariga zarur shart-sharoitlarni ta’minlashga;
agar bu davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan bo‘lsa, faoliyatni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan mol-mulkni egalik qilish va foydalanish uchun xususiy sherikka berishga;
xususiy sherikning xo‘jalik faoliyatiga aralashmaslikka majburdir.
Davlat tomonidan sherik qonun hujjatlariga va bitimga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
17. Davlat tomonidan sherik va xususiy sherik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qiladilar.
3-bob. Yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish
18. Yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish ushbu Vaqtinchalik nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
19. Yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun yo‘l uchastkalari ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda ro‘yxat deb ataladi) tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan oldindan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va har chorakda yangilanadi.
Ro‘yxatda:
yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish mo‘ljallanayotgan yo‘l uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
tegishli yo‘l uchastkasida o‘rnatish uchun yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralar integratsiyalashgan tizimlarining zarur soni;
yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlariga, shuningdek, ularni o‘rnatishga va dasturiy ta’minlashga qo‘yiladigan talablar;
yo‘l uchastkasi xususiyatlari (harakatlarning intensivligi, infratuzilma va shu kabilar) hisobga olingan holda yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ro‘yxatni vazirlik va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytlarida, mahalliy ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, “Postda” va “Na postu” gazetalarida majburiy tartibda joylashtiradi.
20. Davlat-xususiy sheriklik shartlarida yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish bo‘ysicha loyihada ishtirok etish xohishini bildirgan yuridik shaxs (investor va/yoki tadbirkorlik subyekti) Tanlov komissiyasiga ariza beradi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning yoki tegishli davlat organi tomonidan berilgan yuridik shaxs joylashgan joydagi mamlakatda rasman ro‘yxatdan o‘tkazilganlikni tasdiqlaydigan boshqa hujjatning nusxasi;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun ariza beruvchida moliyaviy imkoniyatlar mavjudligini tasdiqlaydigan xususiy sherikda sof aktivlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
investitsiya loyihasi;
investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
ariza beruvchining arizasi Tanlov komissiyasida ko‘rib chiqilishi uchun ariza beruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari maxsus hisob raqamiga yig‘im to‘langanligini tasdiqlaydigan hujjat.
21. Ro‘yxatda ko‘rsatilgan yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish bo‘yicha loyihani amalga oshirish to‘g‘risida ariza tushishi xususiy tashabbus va tanlov o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
Ariza Tanlov komissiyasi tomonidan u tushgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Arizani ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Tanlov komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
tanlov e’lon qilish to‘g‘risida;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishni rad etish to‘g‘risida;
talablar buzilishini bartaraf etish uchun arizani qaytarish to‘g‘risida.
22. Tushgan ariza ko‘rib chiqilgandan keyin Tanlov komissiyasi tanlov e’lon qiladi.
23. Tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tanlov o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan bo‘linmasining nomi va yuridik manzili, aloqa qilinadigan telefon va elektron pochta manzili;
obyektning nomi, joylashgan joyi, soni, tavsifi;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish shartlari;
talab etiladigan investitsiya majburiyatlarining minimal hajmi;
tanlov o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy;
tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati (kun va soat ko‘rsatilgan holda).
24. Tanlovda ishtirok etish uchun yuridik shaxs (investor va/yoki tadbirkorlik subyekti) ushbu Vaqtinchalik nizomning 20-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi.
Tanlov ishtirokchisi quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorliklika ega bo‘lmasligi;
manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan davlat tomonidan sherikka nisbatan bevosita yoki bilvosita munosabatda bo‘lmasligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qayta tashkil etish, tugatish va/yoki to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonida bo‘lgan, shuningdek, mol-mulki xatlov qilingan talabgorlarning tanlovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(24-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
25. Tanlov taklifi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun eng maqbul deb e’tirof etilgan ishtirokchi tanlov g‘olibi deb e’tirof etiladi.
Tanlov yakunlari bo‘yicha taklifining parametrlari tanlov shartlariga muvofiq bo‘lgan, biroq tanlov hujjatlariga muvofiq g‘olib tomonidan taklif etilgan parametrlar darajasidan past bo‘lgan zaxiradagi g‘olib aniqlanadi.
Tanlov g‘olibi ushbu Vaqtinchalik nizomning 31-bandida nazarda tutilgan muddatlarda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolashni rad etgan taqdirda bitim zaxiradagi g‘olib bilan tuziladi.
26. Quyidagi asoslar bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish rad etilishi mumkin:
loyiha yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralar tizimi tashkil etilishini yoki “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksga integratsiya qilinishini va u O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanishini nazarda tutmaydi;
yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralar tizimi yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlaridan foydalanishga qo‘yilaydigan talablar to‘g‘risidagi texnik reglamentga muvofiq emas;
yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish uchun taklif etilayotgan yo‘l uchastkasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga kirmaydi;
taklif etilayotgan yo‘l uchastkasida loyihani amalga oshirishning texnik imkoniyatlari mavjud emasligi;
agar taklif etilayotgan yo‘l uchastkasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish bo‘yicha tanlov o‘tkazilgan, uning yakunlari bo‘yicha xususiy sherik bilan yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish bo‘yicha bitim imzolangan bo‘lsa.
27. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablari buzilgan holda ariza berilgan taqdirda hujjatlar ariza beruvchiga bir ish kuni mobaynida qaytariladi.
Taqdim etilgan arizada aniqlangan talablar buzilishi to‘g‘risidagi bildirishnoma ariza beruvchiga yozma shaklda, shu jumladan, aniqlangan qoida buzilishlar, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi ko‘rsatib o‘tilgan qoida buzilishlarini bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun Tanlov komissiyasiga taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda butunjahon Internet tarmog‘i orqali elektron shaklda topshiriladi (yuboriladi).
Ariza beruvchi qoida buzilishlarini bartaraf etib va takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat yozma yoki elektron bildirishnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Takroran berilgan hujjatlar ariza takroran berilgan kunda qabul qilingan deb hisoblanadi. Ariza takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
28. Tanlovning faqat bir nafar ishtirokchisidan ariza tushgan taqdirda tanlov o‘tkazilmaydi, qaror esa ishtirokchining arizasini va arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni o‘rganish yakunlari bo‘yicha tanlov to‘g‘risida e’lon berilgan paytdan boshlab o‘ttiz kunlik muddat tamom bo‘lgandan keyin besh ish kuni mobaynida qabul qilinadi. Qaror ariza beruvchining taklifi tanlov talablariga muvofiqligidan kelib chiqib qabul qilinadi.
29. Tanlov komissiyasi tanlov yakunlari to‘g‘risida qaror qabul qilingan kunda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytida axborotni joylashtirish yo‘li bilan tanlov ishtirokchilarini uning natijalaridan xabardor qilishi shart.
30. Tanlov ishtirokchisi qabul qilingan qarordan norozi bo‘lgan taqdirda qaror ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
31. Tanlov komissiyasining ijobiy qarori asosida u qabul qilingan kundan boshlab yigirma kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va xususiy sherik qonun hujjatlari va ushbu Vaqtinchalik nizom talablariga rioya qilgan holda bitim tuzadilar.
32. Bitim uni amalga oshirish shakliga bog‘liq ravishda quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
obyekt va xususiy investitsiyalar hajmi;
bitimning amal qilishi muddati va shartlari;
bitim obyektini foydalanishga topshirish muddatlari;
tomonlarning huquq va majburiyatlari;
loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, pudrat ishlariga shartnomalar tuzish muddatlari, moliyalashtirish manbalari, loyihani amalga oshirish jadvallari, loyiha amalga oshirilishi ustidan texnik nazorat qilish va monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
davlat-xususiy sheriklik loyihasi amalga oshirilishi monitoringini olib borish va holatini nazorat qilish tartibi;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida beriladigan obyektlar sifatiga qo‘yiladigan talablar;
xususiy sherik tomonidan uning majburiyatlari bajarilishi to‘g‘risida hisobotlar taqdim etilishi tartibi va muddatlari;
bitim tomonlari o‘rtasida bitimning bajarilishi bilan bog‘liq xavf-xatarni taqsimlash tartibi va shartlari;
bitim obyektini loyihalashtirish, jihozlash, qurish, foydalanish, texnik xizmat ko‘rsatish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, modernizatsiya qilish tartibi;
bitimning amal qilishi to‘xtatilgandan keyin obyektga bo‘lgan huquqlarni va bitimni ijro etish jarayonida yaratilgan boshqa mol-mulkni taqsimlash huquqi;
bitim shartlariga rioya etilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi;
bitimni bekor qilish tartibi, shuningdek, bitim muddatidan oldin bekor qilinishi natijasida zarar yetkazilganligi uchun kompensatsiya to‘lash va zararlarni qoplash tartibi;
xususiy sherik tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur tarzda bajarilmaganligi uchun jarimalar;
bitimni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish tartibi.
Bitimda qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar ham bo‘lishi mumkin.
33. Bitimni imzolashga tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tanlov tugallangan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida xususiy sherikka bitim loyihasi matnini taqdim etadi.
34. Zarurat bo‘lganda, bitim qoidalarini kelishish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan xususiy sheriklar o‘rtasida muzokaralar o‘tkaziladi.
35. Bitim O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va xususiy sherik o‘rtasida tomonlarning har biri uchun bir nusxadan ikki nusxada imzolanadi.
Bitim tomonlar uni imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va uning muddati tamom bo‘lgungacha yoki bekor qilgungacha amal qiladi.
36. Bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagi hollarda kiritilishi mumkin:
tomonlarning o‘zaro roziligi bilan;
tomonlarning shartnomaviy munosabatlari yuzasidan yo‘l harakati xavfsizligini tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlari o‘zgarishi munosabati bilan — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining talabi bilan;
sudning qarori bilan.
37. Bitim quyidagi hollarda bekor qilinadi:
tomonlarning o‘zaro roziligi bilan;
Oldingi tahrirga qarang.
xususiy sherik bankrot deb topilgan va/yoki tugatilgan taqdirda;
(37-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
xususiy sherik tomonidan o‘z majburiyatlari bajarilmagan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining talabi bilan;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘z majburiyatlari bajarilmagan taqdirda — xususiy sherikning talabi bilan.
Ushbu bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda bitim sud tartibida bekor qilinadi.
38. Bitim uning amal qilish muddati tamom bo‘lgach to‘xtatiladi.
Bitimning amal qilish muddatining tamom bo‘lishi tomonlarni uning shartlari buzilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
39. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlardan arizalar tushmagan taqdirda tanlov takroran e’lon qilinishi mumkin.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishuv bo‘yicha tanlov talablari va shartlarini qayta ko‘rib chiqishga haqlidir.
4-bob. Pullik to‘xtash joylari va pullik avtomobillarni saqlash joylarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish
40. Pullik avtomobil to‘xtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish ushbu Vaqtinchalik nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
41. Pullik to‘xtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish uchun yo‘l uchastkalari ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda ro‘yxat deb ataladi) oldindan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Avtomobil yo‘llar davlat qo‘mitasining roziligi bo‘yicha tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Ro‘yxatda:
pullik avtomobil to‘xtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish mo‘ljallanayotgan yo‘l uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
tegishli yo‘l uchastkasida pullik avtomobil to‘xtash joylari, shuningdek, pullik avtomobil saqlash joylarining zarur soni;
pullik avtomobil to‘xtash joylariga, shuningdek, pullik avtomobil saqlash joylariga qo‘yiladigan talablar;
yo‘l uchastkasining xususiyatlari (harakat intensivligi, infratuzilma va shu kabilar) hisobga olingan holda pullik avtomobil to‘xtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari pullik avtomobil to‘xtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish uchun yo‘l uchastkalari ro‘yxatini o‘zlarining rasmiy veb-saytida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida majburiy tartibda joylashtiradilar.
42. Davlat-xususiy sheriklik shartlarida pullik avtomobil to‘xtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylarini tashkil etish bo‘yicha loyihani amalga oshirishda ishtirok etish xohishini bildirgan yuridik shaxs (investor va/yoki tadbirkorlik subyekti) Tanlov komissiyasiga ariza beradi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning yoki tegishli davlat organi tomonidan berilgan yuridik shaxs joylashgan joydagi mamlakatda rasman ro‘yxatdan o‘tkazilganlikni tasdiqlaydigan boshqa hujjatning nusxasi;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun ariza beruvchida moliyaviy imkoniyatlar mavjudligini tasdiqlaydigan xususiy sherikda sof aktivlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
investitsiya loyihasi;
investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
ariza beruvchining arizasi Tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun ariza beruvchi tomonidan belgilangan tartibda yig‘im to‘langanligini tasdiqlaydigan hujjat.
43. Ro‘yxatda ko‘rsatilgan pullik avtomobil to‘xtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylarini tashkil etish bo‘yicha loyihani amalga oshirish to‘g‘risida ariza tushishi xususiy tashabbus va tanlov o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
Ariza Tanlov komissiyasi tomonidan u tushgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Arizani ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Tanlov komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
tanlov e’lon qilish to‘g‘risida;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishni rad etish to‘g‘risida;
aniqlangan belgilangan talablar buzilishini bartaraf etish uchun arizani qaytarish to‘g‘risida.
44. Tanlov komissiyasi ariza ko‘rib chiqilgandan keyin tanlov e’lon qiladi.
45. Tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lishi kerak:
davlat tomonidan sherikning nomi va yuridik manzili, aloqa qilinadigan telefon va elektron pochta manzili;
obyektning nomi, joylashgan joyi, soni, tavsifi;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish shartlari;
talab etiladigan investitsiya majburiyatlarining minimal hajmi;
tanlov o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy;
tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati (kun va soat ko‘rsatilgan holda).
46. Tanlovda ishtirok etish uchun yuridik shaxs (investor va/yoki tadbirkorlik subyekti) ushbu Vaqtinchalik nizomning 42-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi.
47. Tanlov ishtirokchisi quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorliklika ega bo‘lmasligi;
manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan davlat tomonidan sherikka nisbatan bevosita yoki bilvosita munosabatda bo‘lmasligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qayta tashkil etish, tugatish va/yoki to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonida bo‘lgan, shuningdek, mol-mulki xatlov qilingan talabgorlarning tanlovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(47-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
48. Tanlov taklifi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun eng maqbul deb e’tirof etilgan ishtirokchi tanlov g‘olibi deb e’tirof etiladi.
Tanlov yakunlari bo‘yicha taklifining parametrlari tanlov shartlariga muvofiq bo‘lgan, biroq tanlov hujjatlariga muvofiq g‘olib tomonidan taklif etilgan parametrlar darajasidan past bo‘lgan zaxiradagi g‘olib aniqlanadi.
Tanlov g‘olibi ushbu Vaqtinchalik nizomning 54-bandida nazarda tutilgan muddatlarda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolashni rad etgan taqdirda bitim zaxiradagi g‘olib bilan tuziladi.
49. Davlat-xususiy sheriklik loyihasi quyidagi asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin:
loyiha pullik avtomobil to‘xtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan umumiy talablarga muvofiq emas;
loyiha to‘lov avtomatlari va avtomototransport vositalarini joylashtirilganligi uchun haq to‘lash qoidalari buzilganligini qayd etuvchi axborot tizimlari o‘rnatilishini nazarda tutmaydi, yoxud taklif etilayotgan axborot tizimlari belgilangan reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq emas;
loyiha pullik avtomobil to‘xtash joylaridan va pullik avtomobil saqlash joylaridan foydalanishdan tushgan tushumlar summasini taqsimlashning belgilangan tartibiga, shuningdek, loyihani amalga oshirish muddatiga muvofiq emas;
taklif etilayotgan yo‘l uchastkasida loyihani amalga oshirishning texnik imkoniyatlari mavjud emasligi;
agar taklif etilayotgan yo‘l uchastkasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish bo‘yicha tanlov o‘tkazilgan, uning yakunlari bo‘yicha xususiy sherik bilan pullik avtomobil to‘xtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylarini tashkil etish loyiha(lari)ni amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolangan bo‘lsa.
50. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablari buzilgan holda ariza berilgan taqdirda hujjatlar ariza beruvchiga bir ish kuni mobaynida qaytariladi.
Taqdim etilgan arizada aniqlangan talablar buzilishi to‘g‘risidagi bildirishnoma ariza beruvchiga yozma shaklda, shu jumladan, aniqlangan qoida buzilishlar, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi ko‘rsatib o‘tilgan qoida buzilishlarini bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun Tanlov komissiyasiga taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda butunjahon Internet tarmog‘i orqali topshiriladi (yuboriladi).
Ariza beruvchi qoida buzishlarni bartaraf etib va takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat yozma yoki elektron bildirishnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Takroran berilgan hujjatlar ariza takroran berilgan kunda qabul qilingan deb hisoblanadi. Ariza takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
51. Tanlovning faqat bir nafar ishtirokchisidan ariza tushgan taqdirda tanlov o‘tkazilmaydi, qaror esa ishtirokchining arizasini va arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni o‘rganish yakunlari bo‘yicha tanlov to‘g‘risida e’lon berilgan paytdan boshlab o‘ttiz kunlik muddat tamom bo‘lgandan keyin besh ish kuni mobaynida qabul qilinadi. Qaror ariza beruvchining taklifi tanlov talablariga muvofiqligidan kelib chiqib qabul qilinadi.
52. Tanlov komissiyasi tanlov yakunlari to‘g‘risida qaror qabul qilingan kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida, shuningdek, mahalliy ommaviy axborot vositalarida axborotni joylashtirish yo‘li bilan tanlov ishtirokchilarini uning natijalaridan xabardor qilishi shart.
53. Tanlov ishtirokchisi qabul qilingan qarordan norozi bo‘lgan taqdirda qaror ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
54. Tanlov komissiyasining ijobiy qarori asosida u qabul qilingan kundan boshlab yigirma kun mobaynida davlat tomonidan sherik va xususiy sherik qonun hujjatlari va ushbu Vaqtinchalik nizom talablariga rioya qilgan holda bitim tuzadilar.
55. Bitim davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish shakllariga bog‘liq ravishda quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
obyekt va xususiy investitsiyalar hajmi;
bitimning amal qilishi muddati va shartlari;
bitim obyektini foydalanishga topshirish muddatlari;
tomonlarning huquq va majburiyatlari;
loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, pudrat ishlariga shartnomalar tuzish muddatlari, moliyalashtirish manbalari, loyihani amalga oshirish jadvallari, loyiha amalga oshirilishi ustidan texnik nazorat qilish va monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
davlat-xususiy sheriklik loyihasi amalga oshirilishi monitoringini olib borish va holatini nazorat qilish tartibi;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida beriladigan obyektlar sifatiga qo‘yiladigan talablar;
xususiy sherik tomonidan uning majburiyatlari bajarilishi to‘g‘risida hisobotlar taqdim etilishi tartibi va muddatlari;
davlat tomonidan sherik va xususiy sherik o‘rtasida bitimning bajarilishi bilan bog‘liq xavf-xatarni taqsimlash tartibi va shartlari;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun davlat tomonidan sherik tomonidan xususiy sherikka berilayotgan yo‘l va (yoki) yo‘l bo‘yi uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish tartibi;
bitim obyektini loyihalashtirish, qurish, foydalanish, texnik xizmat ko‘rsatish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, modernizatsiya qilish tartibi;
bitimning amal qilishi to‘xtatilgandan keyin obyektga bo‘lgan huquqlarni va bitimni ijro etish jarayonida yaratilgan boshqa mol-mulkni taqsimlash huquqi;
bitim shartlariga rioya etilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi;
bitimni bekor qilish tartibi, shuningdek, bitim muddatidan oldin bekor qilinishi natijasida zarar yetkazilganligi uchun kompensatsiya to‘lash yoki zararlarni qoplash tartibi;
xususiy sherik tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur tarzda bajarilmaganligi uchun jarimalar;
bitimni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish tartibi.
Bitimda qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar ham bo‘lishi mumkin.
56. Bitimni imzolashga tayyorlash uchun davlat tomonidan sherik tanlov tugallangan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida xususiy sherikka bitim loyihasi matnini taqdim etadi.
57. Zarurat bo‘lganda, bitim qoidalarini kelishish maqsadida davlat tomonidan sherik bilan xususiy sheriklar o‘rtasida muzokaralar o‘tkaziladi.
58. Bitim davlat tomonidan sherik va xususiy sherik o‘rtasida tomonlarning har biri uchun bir nusxadan ikki nusxadan imzolanadi.
Bitim tomonlar uni imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va uning muddati tamom bo‘lgungacha yoki bekor qilgungacha amal qiladi.
59. Bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagi hollarda kiritilishi mumkin:
tomonlarning o‘zaro roziligi bilan;
tomonlarning shartnomaviy munosabatlari yuzasidan yo‘l harakati xavfsizligini tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlari o‘zgarishi munosabati bilan davlat tomonidan sherikning talabi bilan;
sudning qarori bilan.
60. Bitim quyidagi hollarda bekor qilinadi:
tomonlarning o‘zaro roziligi bilan;
Oldingi tahrirga qarang.
xususiy sherik bankrot deb topilgan va/yoki tugatilgan taqdirda;
(60-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
xususiy sherik tomonidan o‘z majburiyatlari bajarilmagan taqdirda — davlat tomonidan sherikning talabi bilan;
davlat tomonidan sherik tomonidan o‘z majburiyatlari bajarilmagan taqdirda – xususiy sherikning talabi bilan.
Ushbu bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda bitim sud tartibida bekor qilinadi.
61. Bitim uning amal qilish muddati tamom bo‘lgach to‘xtatiladi.
Bitimning amal qilish muddatining tamom bo‘lishi tomonlarni uning shartlari buzilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
62. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlardan arizalar tushmagan taqdirda tanlov takroran e’lon qilinishi mumkin.
Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda tanlov talablari va shartlarini qayta ko‘rib chiqishga haqlidir.
5-bob. Yuridik shaxs (investor va/yoki tadbirkorlik subyekti) tomonidan umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari bo‘yidagi hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha majburiyatlar qabul qilingan holda yo‘l bo‘yi infratuzilmasi obyektlarini qurish loyihalarini amalga oshirish
63. Investor va/yoki tadbirkorlik subyektlari tomonidan umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari bo‘yidagi hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha majburiyatlar qabul qilingan holda yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlarini qurish loyihalarini amalga oshirish ushbu Vaqtinchalik nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
64. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari bo‘yidagi hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha majburiyatlar qabul qilingan holda yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlari qurish loyihalarini amalga oshirish uchun yo‘l uchastkalari ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda ro‘yxat deb ataladi) oldindan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ro‘yxatda:
umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari bo‘yidagi hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha investorlar va/yoki tadbirkorlik subyektlari tomonidan majburiyatlar qabul qilingan holda yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlari qurish loyihalarini amalga oshirish mo‘ljallanayotgan yo‘l uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari hududlarini obodonlashtirish bo‘yicha investorlar va/yoki tadbirkorlik subyektlarining majburiyatlari;
yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlariga qo‘yiladigan talablar;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘yidagi hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha investorlar va/yoki tadbirkorlik subyektlari tomonidan majburiyatlar qabul qilingan holda yo‘l bo‘yi infratuzilmasi obyektlarini qurish loyihalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar.
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlarini qurish loyihalarini amalga oshirish uchun umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari bo‘yidagi hududlarni obodonlashtirish loyihalarini amalga oshirish uchun yo‘l uchastkalari ro‘yxatini qo‘mitaning o‘zining, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida, shuningdek, mahalliy ommaviy axborot vositalarida majburiy tartibda joylashtiradi.
65. Yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlarini, xususan, kempinglar, motellar va haydovchilar va yo‘lovchilar dam oladigan, texnik xizmat ko‘rsatiladigan va transport vositalari ta’mirlanadigan, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarini va shu kabilarni qurish loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish xohishini bildirgan yuridik shaxs (investor va/yoki tadbirkorlik subyekti) davlat-xususiy sheriklik shartlarida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘yidagi hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha majburiyatlar qabul qilgan holda Tanlov komissiyasiga ariza beradi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning yoki tegishli davlat organi tomonidan berilgan yuridik shaxs joylashgan joydagi mamlakatda rasman ro‘yxatdan o‘tkazilganlikni tasdiqlaydigan boshqa hujjatning nusxasi;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun ariza beruvchida moliyaviy imkoniyatlar mavjudligini tasdiqlaydigan xususiy sherikda sof aktivlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
investitsiya loyihasi;
investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
ariza beruvchining arizasi Tanlov komissiyasida ko‘rib chiqilishi uchun ariza beruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari maxsus hisob raqamiga yig‘im to‘langanligini tasdiqlaydigan hujjat.
66. Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari bo‘yidagi hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha majburiyatlar qabul qilingan holda ro‘yxatda nazarda tutilgan yo‘l uchastkalarida yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlari qurish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida ariza tushishi xususiy tashabbus va tanlov o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
Ariza Tanlov komissiyasi tomonidan u tushgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Arizani ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Tanlov komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
tanlov e’lon qilish to‘g‘risida;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishni rad etish to‘g‘risida;
talablar buzilishini bartaraf etish uchun arizani qaytarish to‘g‘risida.
67. Tushgan ariza ko‘rib chiqilgandan keyin Tanlov komissiyasi tanlov e’lon qiladi.
68. Tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining tanlov o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan bo‘linmasining nomi va yuridik manzili, aloqa qilinadigan telefon va elektron pochta manzili;
obyektning nomi, joylashgan joyi, soni, tavsifi;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish shartlari;
talab etiladigan investitsiya majburiyatlarining minimal hajmi;
tanlov o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy;
tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati (kun va soat ko‘rsatilgan holda).
69. Tanlovda ishtirok etish uchun yuridik shaxs (investor va/yoki tadbirkorlik subyekti) ushbu Vaqtinchalik nizomning 65-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi.
70. Tanlov ishtirokchisi quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorliklika ega bo‘lmasligi;
manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan davlat tomonidan sherikka nisbatan bevosita yoki bilvosita munosabatda bo‘lmasligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qayta tashkil etish, tugatish va/yoki to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonida bo‘lgan, shuningdek, mol-mulki xatlov qilingan talabgorlarning tanlovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(70-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
71. Tanlov taklifi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun eng maqbul deb e’tirof etilgan ishtirokchi tanlov g‘olibi deb e’tirof etiladi.
Tanlov yakunlari bo‘yicha taklifining parametrlari tanlov shartlariga muvofiq bo‘lgan, biroq tanlov hujjatlariga muvofiq g‘olib tomonidan taklif etilgan parametrlar darajasidan past bo‘lgan zaxiradagi g‘olib aniqlanadi.
Tanlov g‘olibi ushbu Vaqtinchalik nizomning 77-bandida nazarda tutilgan muddatlarda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolashni rad etgan taqdirda bitim zaxiradagi g‘olib bilan tuziladi.
72. Quyidagi asoslar bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish rad etilishi mumkin:
loyiha umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘yidagi hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan umumiy talablarga muvofiq emas;
taklif etilayotgan yo‘l uchastkasida loyihani amalga oshirishning texnik imkoniyatlari mavjud emasligi;
agar taklif etilayotgan yo‘l uchastkasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish bo‘yicha tanlov o‘tkazilgan, uning yakunlari bo‘yicha yuridik shaxs (investorlar va/yoki tadbirkorlik subyektlari) tomonidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘yidagi hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha majburiyatlar qabul qilingan holda xususiy sherik bilan yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlari qurish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolangan bo‘lsa.
73. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablari buzilgan holda ariza berilgan taqdirda hujjatlar ariza beruvchiga bir ish kuni mobaynida qaytariladi.
Taqdim etilgan arizada aniqlangan talablar buzilishi to‘g‘risidagi bildirishnoma ariza beruvchiga yozma shaklda, shu jumladan, aniqlangan qoida buzilishlar, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi ko‘rsatib o‘tilgan qoida buzilishlarini bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun Tanlov komissiyasiga taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda butunjahon Internet tarmog‘i orqali elektron shaklda topshiriladi (yuboriladi).
Ariza beruvchi qoida buzilishlarini bartaraf etib va takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat yozma yoki elektron bildirishnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Takroran berilgan hujjatlar ariza takroran berilgan kunda qabul qilingan deb hisoblanadi. Ariza takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
74. Tanlovning faqat bir nafar ishtirokchisidan ariza tushgan taqdirda tanlov o‘tkazilmaydi, qaror esa ishtirokchining arizasini va arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni o‘rganish yakunlari bo‘yicha tanlov to‘g‘risida e’lon berilgan paytdan boshlab o‘ttiz kunlik muddat tamom bo‘lgandan keyin besh ish kuni mobaynida qabul qilinadi. Qaror ariza beruvchining taklifi tanlov talablariga muvofiqligidan kelib chiqib qabul qilinadi.
75. Tanlov komissiyasi tanlov yakunlari to‘g‘risida qaror qabul qilingan kunda O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining rasmiy veb-saytida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining veb-saytlarida, shuningdek, mahalliy ommaviy axborot vositalarida rasmiy axborotni joylashtirish yo‘li bilan tanlov ishtirokchilarini uning natijalaridan xabardor qilishi shart.
76. Tanlov ishtirokchisi qabul qilingan qarordan norozi bo‘lgan taqdirda qaror ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
77. Tanlov komissiyasining ijobiy qarori asosida u qabul qilingan kundan boshlab yigirma kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va xususiy sherik qonun hujjatlari va ushbu Vaqtinchalik nizom talablariga rioya qilgan holda bitim tuzadilar.
78. Bitim uni amalga oshirish shakllariga bog‘liq ravishda quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
obyekt va xususiy investitsiyalar hajmi;
bitimning amal qilishi muddati va shartlari;
bitim obyektini foydalanishga topshirish muddatlari;
tomonlarning huquq va majburiyatlari;
loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, pudrat ishlariga shartnomalar tuzish muddatlari, moliyalashtirish manbalari, loyihani amalga oshirish jadvallari, loyiha amalga oshirilishi ustidan texnik nazorat qilish va monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
davlat-xususiy sheriklik loyihasi amalga oshirilishi monitoringini olib borish va holatini nazorat qilish tartibi;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida beriladigan obyektlar sifatiga qo‘yiladigan talablar;
xususiy sherik tomonidan uning majburiyatlari bajarilishi to‘g‘risida hisobotlar taqdim etilishi tartibi va muddatlari;
bitim tomonlari o‘rtasida bitimning bajarilishi bilan bog‘liq xavf-xatarni taqsimlash tartibi va shartlari;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tomonidan xususiy sherikka berilayotgan yo‘l va (yoki) yo‘l bo‘yi uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish tartibi;
bitim obyektini loyihalashtirish, qurish, foydalanish, texnik xizmat ko‘rsatish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, modernizatsiya qilish tartibi;
bitimning amal qilishi to‘xtatilgandan keyin obyektga bo‘lgan huquqlarni va bitimni ijro etish jarayonida yaratilgan boshqa mo-mulkni taqsimlash huquqi;
bitim shartlariga rioya etilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi;
bitimni bekor qilish tartibi, shuningdek, bitim muddatidan oldin bekor qilinishi natijasida zarar yetkazilganligi uchun kompensatsiya to‘lash va zararlarni qoplash tartibi;
xususiy sherik tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur tarzda bajarilmaganligi uchun jarimalar;
bitimni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish tartibi.
Bitimda qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar ham bo‘lishi mumkin.
79. Bitimni imzolashga tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tanlov tugallangan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida xususiy sherikka bitim loyihasi matnini taqdim etadi.
80. Zarurat bo‘lganda, bitim qoidalarini kelishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi bilan xususiy sheriklar o‘rtasida muzokaralar o‘tkaziladi.
81. Bitim O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va xususiy sherik o‘rtasida tomonlardan har biri uchun bir nusxadan ikki nusxada tuziladi.
Bitim tomonlar uni imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi va uning muddati tamom bo‘lgungacha yoki bekor qilingungacha amal qiladi.
82. Bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagi hollarda kiritilishi mumkin:
tomonlarning o‘zaro roziligi bilan;
tomonlarning shartnomaviy munosabatlari yuzasidan yo‘l harakati xavfsizligini tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlari o‘zgarishlari munosabati bilan — O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining talabi bilan;
sudning qarori bilan.
83. Bitim quyidagi hollarda bekor qilinadi:
tomonlarning o‘zaro roziligi bilan;
Oldingi tahrirga qarang.
xususiy sherik bankrot deb topilgan va/yoki tugatilgan taqdirda;
(83-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
xususiy sherik tomonidan o‘z majburiyatlari bajarilmagan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining talabi bilan;
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tomonidan o‘z majburiyatlari bajarilmagan taqdirda — xususiy sherikning talabi bilan.
Ushbu bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda bitim sud tartibida bekor qilinadi.
84. Bitim uning amal qilish muddati tamom bo‘lgach to‘xtatiladi.
Bitimning amal qilish muddatining tamom bo‘lishi tomonlarni uning shartlari buzilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
85. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlardan arizalar tushmagan taqdirda tanlov takroran e’lon qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda tanlov talablari va shartlarini qayta ko‘rib chiqishga haqlidir.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
86. Davlat-xususiy sheriklik shartlarida xususiy sherikka berilgan yo‘l yoki yer uchastkasida obyektlarni loyihalashtirish, qurish va foydalanishga topshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
87. Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tomonlaridan biri qayta tashkil etilgan taqdirda, agar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yoxud davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim shartlarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorislarga o‘tadi.
88. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va zamonaviy yo‘l infratuzilmasini tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish loyihalarini amalga oshirish
SXEMASI
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va zamonaviy yo‘l infratuzilmasini tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Pullik avtomobil to‘xtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish
SXEMASI
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va zamonaviy yo‘l infratuzilmasini tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Yuridik shaxs (investor va/yoki tadbirkorlik subyekti) tomonidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘yidagi hududlarni obodonlashtirish majburiyatlari qabul qilingan holda yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlarini qurish loyihalarini amalga oshirish
SXEMASI
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2018-y., 09/18/990/2283-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)