15.08.2018 yildagi PF-5511-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda respublikada mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini takomillashtirish borasida ularning aholi va tadbirkorlik subyektlarining dolzarb muammolarini oʻz vaqtida va samarali hal etishdagi mustaqilligi va masʼuliyatini oshirishga qaratilgan sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Toshkent shahridagi ishlarning haqiqiy ahvolini oʻrganish ishbilarmonlik faolligining oʻsishiga, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga investitsiyalarni jalb etishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolar va kamchiliklar mavjudligidan dalolat bermoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5495-son Farmoniga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2018-yil 1-oktabrdan investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berishning quyidagi yangi mexanizmlari joriy etilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasini 50 yilgacha muddatga, lekin arizada koʻrsatilganidan kam boʻlmagan muddatga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uzoq muddatli ijaraga berish;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-avgustdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagilarga:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 06/19/5780/3559-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida va tartibda 10 million AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan ekvivalentda chet el investitsiyasi ulushi boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda chet el investorlari bilan investitsiya shartnomalarini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga umumiy maydoni 2000 kvadrat metrdan ortiq, lekin 5000 kvadrat metrdan koʻp boʻlmagan foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3067-son qarorining 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan obyektlar bundan mustasno) investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasi va Toshkent shahar hokimligining 2018-yil 15-avgustdan 2019-yil 15-avgustgacha Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi eksperiment (keyingi oʻrinlarda eksperiment deb yuritiladi) oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 06/19/5780/3559-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar yakunlari boʻyicha investitsiya kelishuvi asosida Toshkent shahar hokimining qarori bilan davlat mulki obyektlarini, shu jumladan foydalanilmayotgan obyektlarni ularning maydoni hajmidan qatʼi nazar berish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari bilan davlat-xususiy sheriklikni joriy etish nazarda tutilgan sohalardagi obyektlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimining qarori bilan kichik sanoat zonalari direksiyasi funksiyalarini ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida xususiy boshqaruvchi tashkilotlarga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimining qaroriga koʻra mahalliy davlat hokimiyati organlarining bozorlar va savdo komplekslari ustav kapitali (fondi)dagi ulushlarini ularning balans qiymati va xodimlari sonidan qatʼi nazar xususiy tadbirkorlik subyektlariga faoliyat yoʻnalishini saqlab qolish, investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar olish sharti bilan berish, shuningdek, bozorlar va savdo komplekslarining ijro etuvchi organi funksiyalarini shartnoma asosida xususiy boshqaruvchi tashkilotlarga biznesni tashkil etish va yuritish uchun berish. Bunda, har bir tumanda mahalliy davlat hokimiyati organining ulushi boʻlgan bitta mahalliy bozor saqlab qolinishi nazarda tutilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimining qarori bilan davlat-xususiy sheriklik shartlarida avtomobil yoʻllari boʻylab pulli avtomobil toʻxtash joylarini tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish, xususiy investorlarni jalb qilgan holda koʻp qavatli avtomobil saqlash joylarini qurish dasturlarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng yuqori ijara toʻlovlari va investitsiya majburiyatlarini taklif etgan, asosan yoʻl harakati sohasida innovatsiya loyihalarini amalga oshirishda tajribaga ega tadbirkorlik subyektlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida boʻlgan, shu jumladan bozorlar va savdo komplekslariga tutash hududlarda joylashgan avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlarida 10 yilga qadar muddatga ijaraga berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash yuzasidan eksperiment oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnida berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh (A.N. Aripov) zimmasiga:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimining davlat mulki obyektlarini realizatsiya qilish va ijaraga berish boʻyicha qarorlarini qabul qilish uchun kichik sanoat zonalari direksiyasi funksiyalarini xususiy boshqaruvchi tashkilotlarga berish masalasini, shuningdek, amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya loyihalari koʻrsatkichlari va davlat-xususiy sheriklikning asosiy shartlarini tezkorlik bilan kelishish va maʼqullash;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 06/19/5780/3559-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining eksperimentni oʻtkazish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq tashkiliy-texnik masalalarni hal qilishga amaliy koʻmaklashish boʻyicha faoliyatining aniq muvofiqlashtirilishini taʼminlash, byurokratizm holatlariga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tezkor choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksperimentni sifatli tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish, eksperiment doirasidagi barcha masalalarni tezkor koʻrib chiqish va ular yuzasidan kelishilgan qarorlar qabul qilish yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq eksperiment doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi tomonidan har hafta investor kuni oʻtkaziladi, uning doirasida, qoida tariqasida, Ishchi guruh tomonidan tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan xorijiy investorlarning investitsiya shartnomalarini tuzish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun davlat mulki obyektlarini berish boʻyicha investitsiya takliflari koʻrib chiqiladi hamda tegishli maʼlumotlar Toshkent shahar hokimligining saytiga joylashtiriladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 06/19/5780/3559-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 06/19/5780/3559-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini oʻz balansida saqlovchilar tomonidan Toshkent shahar hokimligi soʻrov joʻnatgan vaqtdan keyin bir oy muddatda foydalanilmayotgan obyektdan samarali foydalanish, shu jumladan ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish obyektini tashkil etish, obyektni aniq ijaraga oluvchilarga berish, aniq investor (sherik)ni jalb etish choralari, shuningdek, foydalanilmayotgan obyekt faoliyatini tiklashning aniq muddatlari va moliyalashtirish manbalari nazarda tutilgan takliflarning taqdim etilmaganligi Toshkent shahri hokimining foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini investitsiya kelishuvi asosida realizatsiya qilish yoki berish toʻgʻrisidagi qarorini qabul qilish uchun asos boʻladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyinchalik Toshkent shahar hokimining foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini realizatsiya qilish yoki berish masalalari boʻyicha qarorini qabul qilish uchun roʻyobga chiqarish taklif etilgan investitsiya loyihalarining koʻrsatkichlarini Ishchi guruh tomonidan kelishish va maʼqullash oʻn ish kuni davomida amalga oshiriladi;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 06/19/5780/3559-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 06/19/5780/3559-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashining vakolatlari Toshkent shahar hokimiga oʻtadi, u mazkur vakolatlarni kichik sanoat zonalari direksiyalariga qisman yoki toʻliq berishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish maydonchasidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjeti mablagʻlari va boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil 1-oktabrdan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan qatʼiy belgilangan soliq toʻlash tartibi bekor qilinadi, ular Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda yagona soliq toʻlovi yoki boshqa umumbelgilangan soliqlar toʻlashga oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmatlari, joylashuvidan qatʼi nazar, yuridik shaxslar tomonidan avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari soliq organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish imkonini beradigan videokuzatuv va avtomototransport vositalari kirish va chiqish vaqtini qayd etish tizimi bilan jihozlanganda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarning tushumlari toʻliqligi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent shahar hokimiga xorijiy investor tomonidan qonun hujjatlarida belgilanganidan qoʻshimcha soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalarini berish talabi qoʻyilmagan taqdirda 10 million AQSh dollaridan ortiq ekvivalentda chet el investitsiyasi ulushi boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda chet el investorlari bilan investitsiya shartnomalarini tuzish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK “SAR” aviakompaniyasining Toshkent shahar, Sergeli tumani, Rayhon koʻchasida joylashgan binolari, inshootlari va boshqa infratuzilmasini ularga tutash 101,64 gektar maydon bilan birgalikda keyinchalik topshirilayotgan obyektlar negizida “Industrial park” kichik sanoat zonasini tashkil etish sharti bilan qabul qilish va topshirish dalolatnomalari asosida Toshkent shahar hokimligiga begʻaraz berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Toshkent shahar hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) biznes yuritish uchun eng maqbul shart-sharoitlar va qulay investitsiya muhitini yaratish, tumanlar kesimida Toshkent shahrining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, shuningdek, iqtisodiy oʻsish va aholi turmush darajasini oshirishni taʼminlash uchun zarur tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tumanlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududlarda mavjud imkoniyat va sharoitlarni aks ettirishni nazarda tutadigan Toshkent shahri va tumanlarning investitsiya pasportlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya jarayonlarini boshqarishning asosiy maqsadlarini, ustuvor tarmoqlarni rivojlantirish choralarini, madaniy va ijtimoiy obyektlar hamda atrof-muhitning qulay ekologik holatini saqlash bilan bogʻliq cheklovlarni belgilaydigan Toshkent shahrida hududlar kesimida investitsiya muhitini rivojlantirish konsepsiyasini, shuningdek, konsepsiyaning natijadorligini tavsiflovchi koʻrsatkichlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul shaxslar va moliyalashtirish manbalarini belgilagan holda investorlarni aeroportlar, vokzallar, tashrif buyurish obyektlarida kutib olish, kuzatish va ularga xizmat koʻrsatish, ularni zarur transport va texnika vositalari bilan taʼminlash tartibini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Toshkent shahrida kichik sanoat zonalari faoliyatini jadallashtirish, boʻsh turgan yer uchastkalaridan maqbul tarzda foydalanish, ular negizida kichik sanoat zonalarini tashkil etish boʻyicha, zarur hollarda Toshkent viloyatining Toshkent shahri Olmazor, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlariga tutash hududlarida Toshkent shahrining yangi kichik sanoat zonalarini tashkil etish uchun har birining maydoni 20 gektardan kam boʻlmagan yer uchastkalari ajratishni nazarda tutgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bir oy muddatda Toshkent shahar va tumanlari hokimlarining, shuningdek, ular oʻrinbosarlarining salohiyatli investorlarni jalb etish, xorijiy hamkorlarga investitsiya salohiyati va biznes yuritish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yetkazish uchun uchrashuv va muzokaralar, shu jumladan xorijiy mamlakatlarga safarlarning kalendar rejasini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.A. Artikxodjayev zimmasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarining tashabbuskorlari tomonidan shaharsozlik reglamentlari va qurilish-montaj ishlarining sifati boʻyicha talablarga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklatilgan vazifa va funksiyalarni soʻzsiz, oʻz vaqtida va sifatli bajarish, investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlarining muammolarini hal qilish, bunda investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan ishlarning natijadorligiga oʻz faoliyatida alohida eʼtibor qaratish, xolislik va ochiqlik prinsiplariga rioya etish, shuningdek, Toshkent shahri aholisi manfaatlarini hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksperiment doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida yuzaga kelayotgan davlat majburiyatlarini moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Farmonning 8-bandiga muvofiq amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining eski shahar qismi, madaniy meros obyektlari va atrof-muhit qulay ekologik holatining saqlanishi, aholi hayot darajasi va sifatini oshirish, manzarali daraxtlar va gullar ekkan holda yashil hududlar barpo etish, daraxtlar va oʻsimliklarning noqonuniy kesilishdan himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan va turli qonunbuzarliklar (daraxtlarning noqonuniy kesilishi, madaniy meros obyektlariga zarar yetkazish va boshqalar) bilan bogʻliq fuqarolar murojaatlari va shikoyatlari boʻyicha tezkor choralar koʻrish yuzasidan masʼuliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ishchi guruh (A.N. Aripov, S.R. Xolmuradov) Ishchi guruh kun tartibiga kiritilayotgan masalalarning tezkor koʻrib chiqilishini, shuningdek, yuklatilgan vazifa va funksiyalarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlik va idoralar rahbarlariga Toshkent shahar hokimligi va investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda turar joy zonasida joylashgan obyektlarni qayta ixtisoslashtirishga ruxsat berish tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin, bunda uy-joy va mehmonxona xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, taʼlim obyektlarini, bolalar muassasalari va boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurishning oʻziga xos xususiyatlari va zarurati hisobga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda eksperimentning amalga oshirilishi ustidan taʼsirchan nazorat va monitoring oʻrnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda eksperiment natijalari yuzasidan ushbu Farmonning amal qilishini respublikaning boshqa hududlariga tatbiq etish boʻyicha takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi har oyda ushbu Farmonga muvofiq amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Toshkent shahar va tumanlar xalq deputatlari Kengashlariga Toshkent shahri va tumanlari ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan samarali deputatlik nazoratini tashkil etish va amalga oshirishda koʻmaklashish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari ushbu Farmonning qoidalari, mavjud imkoniyatlar, investitsiya kelishuvlarini amalga oshirish natijalari va davlat-xususiy sheriklikning afzalliklari keng yoritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 15-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5511-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-avgustdagi PF-5511-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash yuzasidan eksperiment oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Ishchi guruh raisi

S.R. Xolmurodov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi

J.A. Ortiqxoʻjayev

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhning Ishchi organi Toshkent shahar hokimligi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 06/18/5511/1761-son; 14.08.2019-y., 06/19/5780/3559-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)