O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining
buyrug‘i
Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi faoliyati to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 30-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1108-5]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 18-sentabrdagi 22-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3677, 22.09.2025-y.) asosan 2025-yil 24-dekabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar tuzish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2002-yil 7-fevraldagi 2002-01-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1108, 2002-yil 13-mart) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 5-son) bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi faoliyati to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Bosh direktor B. ATAXANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-oktabr,
2018-12-son
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 30-oktabrdagi 2018-12-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi faoliyati to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 1-bandning uchinchi xatboshisidan “broker deb xisoblanadi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. 2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“nominal saqlovchi sifatida o‘z mijozlarining qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlarni to‘liq va o‘z vaqtida, shu bilan birga qimmatli qog‘ozlar muomaladan chiqarilganda nominal qiymatini olishda yordam ko‘rsatishi kerak.”.
3. 31-bandning “j” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“j) qimmatli qog‘ozlarga doir o‘z nomidan va mijoz hisobidan amalga oshirilgan bitimlarning natijalari bo‘yicha hisobotni shartnomada kelishilgan muddatlar va shaklda taqdim etadi.”.
4. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Brokerlik xizmatlarini amalga oshirish jarayonida, investitsiya vositachisi mijoz bilan tuzilgan shartnomaga asosan uyushgan savdolarda qimmatli qog‘ozlarni sotib olishi va sotishi uchun o‘z mijozlariga pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishidagi karzni berishi mumkin.”.
5. Quyidagi mazmundagi 73-band bilan to‘ldirilsin:
“73. Investitsiya vositachisi mijoz-norezident bilan tuzilgan shartnomaga asosan, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish (sotish)da mijoz-norezidentning nomidan va hisobidan xorijiy valyutalarni sotib olish (sotish) uchun tijorat banklariga buyurtmalar topshirishga haqli.”.
6. 12-band kuyidagi mazmundagi “j” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“j) depozitar tizimdagi o‘z mijozlari to‘g‘risidagi malumotlarni dolzarblashtirish, shuningdek uch yil va undan ortiq vaqt mobaynida aloqaga ega bo‘lmagan mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish choralarini ko‘rishga majbur.”.
7. 14-bandning “a” va “b” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga va sotishga buyurtmalarni savdolar tizimida har kuni e’lon qilishga;
b) oldin e’lon qilingan narxlar va qimmatli qog‘ozlar soniga muvofiq, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish taklifi bilan murojat qilgan shaxslar bilan bitim tuzish va bunday operatsiyalarni amalga oshirishdan bosh tortmaslikka majburdir.”.
8. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Diller o‘zining veb-saytida va savdolar tashkilotchisining veb-saytida sotib olinayotgan va (yoki) sotilayotgan qimmatli qog‘ozlarning minimal va maksimal sonini e’lon qilishga haqli.”.
9. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2018-yil 30-oktabr
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2018-y., 10/18/1108-5/2254-son)