22.11.2018 yildagi 944-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.11.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash, maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikning xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish shaklini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklik:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherikning tashabbusi bilan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish asosida tanlov oʻtkazilmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish orqali amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish doirasida nodavlat taʼlim muassasasini tashkil etish boʻyicha bitim tuzgan xususiy sherikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarorida belgilangan imtiyozlar tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi namunaviy bitim loyihasini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 22-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
944-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 944-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan davlat-xususiy sheriklikning ushbu shaklini amalga oshirishdagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi nizom qoidalari asosida tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik — xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish shaklidagi davlat sherigi va xususiy sherikning aniq muddatga yuridik rasmiylashtirilgan maktabgacha taʼlim sohasidagi oʻzaro samarali hamkorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda bitim deb ataladi) — xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etishga qaratilgan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasini ijro etishning boshqa shartlarini belgilab beradigan davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida tuzilgan yozma shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik loyihasi (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) — xususiy sherikka tegishli boʻsh turgan yer uchastkalari, qurilishi tugallanmagan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital taʼmirlanadigan yoki jihozlanadigan bino va inshootlar negizida nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim obyekti — xususiy sherikka tegishli boʻsh turgan yer uchastkalari, qurilishi tugallanmagan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital taʼmirlanadigan yoki jihozlanadigan bino va inshootlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sherigi — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherik — davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish boʻyicha bitim tuzgan yoki bitim tuzish istagini bildirgan yuridik shaxs. Davlat tashkilotlari xususiy sherik boʻla olmaydi, shuningdek, xususiy sherik tarafida ishtirok eta olmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar — kam taʼminlangan oilalar, oila aʼzolari nogiron boʻlgan oilalar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, bolaning ota-onasi kvotalar boʻyicha mintaqalarga ishga yuborilgan ijtimoiy soha xodimlari boʻlgan oilalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat-xususiy sheriklik loyihasi xususiy sherikning tashabbusi bilan va u tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish asosida tanlov oʻtkazilmay toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish istagini bildirgan talabgor Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga quyidagilarni ilova qilgan holda ariza beradi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binoga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma nusxasi (mavjud boʻlgan taqdirda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza taqdim etiladigan kundan uzogʻi bilan bir oy oldin soliqlar, yigʻimlar, boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik hamda boshqa moliyaviy sanksiyalar yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha qiymatining kamida 25 foizini moliyalashtirish boʻyicha xususiy sherikning imkoniyatini tasdiqlovchi hujjat yoki boshqa tashkilotning kafilligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etish rejalashtirilgan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi binosining belgilangan tartibda tasdiqlangan va kelishilgan loyiha-smeta hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududdagi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining maktabgacha taʼlim muassasasini qurish boʻyicha xulosalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi binosini qurish uchun dastlabki texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xususiy sherikning loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi arizasi davlat sherigi tomonidan ariza tushgan kundan boshlab 15 kun ichida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida 7 kun mobaynida bitim tuziladi. Bitimda uning amal qilish muddati 30 yil etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududdagi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining maktabgacha taʼlim muassasasini qurish boʻyicha berilgan asoslangan salbiy xulosalari bilan taklif etilgan loyihalar davlat sherigi tomonidan 3 kun ichida rad etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda tomonlarning huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda xususiy sherik quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun toʻgaraklar va boshqa taʼlim xizmatlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir tarbiyalanuvchi uchun davlat maktabgacha taʼlim muassasasining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 50 foizigacha miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan belgilangan tartibda subsidiyalar olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foyda olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim shartlari davlat sherigi tomonidan buzilgan taqdirda bitimni sud tartibida bekor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimga muvofiq xususiy sherik boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

8. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda xususiy sherik quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim amal qiladigan butun muddat davomida tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 25 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning farzandlarini ota-onalar toʻlovini tegishli hududdagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorda belgilagan holda imtiyozli qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi binosini qurish, qurilishini tugallash, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash hamda jihozlash uchun loyiha umumiy qiymatining 25 foizi miqdorida oʻz mablagʻlarini kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyati davomida qonun hujjatlari talablariga, shu jumladan, davlat taʼlim talablariga rioya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim amal qiladigan butun muddat davomida nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyat turini oʻzgartirmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyena normativlariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini yuqori malakali pedagogik va boshqa kadrlar bilan toʻldirish, oʻquv-tarbiya jarayonini qonun hujjatlariga qatʼiy muvofiq holda tashkil etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalash va oʻqitishning yuqori sifatini taʼminlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, isteʼdodli bolalarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqitishning innovatsion pedagogik shakllari, usullari va zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida maktabgacha taʼlim sohasidagi taʼlim jarayonining samaradorligini va natijadorligini oshirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilarning ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan oʻzaro manfaatli munosabatlarni oʻrnatish, oʻqitish muddatlari va shartlarini, tomonlarning huquqlari va majburiyatlarini hamda boshqa shartlarni ular bilan kelishgan holda belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimga muvofiq xususiy sherikka boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy sherik tomonidan bitim muddati tugamasdan turib bitim obyekti tasarruf etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda davlat sherigi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherikdan har chorakda bitim shartlarini bajarish yuzasidan axborot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim shartlarini bajarish jarayoni ustidan monitoring olib borish va davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirilishi holatini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga va bitim shartlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish doirasida aniqlangan kamchiliklar xususiy sherik tomonidan bartaraf etilishini talab qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim shartlari xususiy sherik tomonidan buzilgan taqdirda, bitimni sud tartibida bekor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimga muvofiq xususiy sherik boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda davlat sherigi quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherikning loyihani amalga oshirishga mablagʻi yetarli boʻlmasa, unga imtiyozli kreditlar olishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherikka maktabgacha taʼlim sohasida uslubiy va konsultativ yordam koʻrsatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherikning moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashmaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimga muvofiq davlat sherigi zimmasiga boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xususiy sherik tomonidan bitim shartlariga amal qilinmasligi oqibatida bitim belgilangan tartibda bekor qilinsa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish doirasida xususiy sherikka ajratilgan imtiyozli kredit tegishli bankning tijorat kreditlari uchun belgilangan foiz stavkasi asosida qayta hisoblab chiqiladi va oshirilgan foiz stavkasida qaytariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻndirilgan kreditlar boʻyicha hisoblangan foiz stavkalari ham qayta hisob-kitob qilinib, yetkazilgan zarar xususiy sherikdan undiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha qoʻllanilgan imtiyozlar ham qayta hisob-kitob qilinib, xususiy sherik tomonidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibining
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/944/2209-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)