22.11.2018 yildagi 944-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikning xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish shaklini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki, xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklik:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherikning tashabbusi bilan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish asosida tanlov o‘tkazilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish orqali amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish doirasida nodavlat ta’lim muassasasini tashkil etish bo‘yicha bitim tuzgan xususiy sherikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarorida belgilangan imtiyozlar tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi namunaviy bitim loyihasini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 22-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
944-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 944-sonli qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan davlat-xususiy sheriklikning ushbu shaklini amalga oshirishdagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizom qoidalari asosida tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik — xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish shaklidagi davlat sherigi va xususiy sherikning aniq muddatga yuridik rasmiylashtirilgan maktabgacha ta’lim sohasidagi o‘zaro samarali hamkorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim (keyingi o‘rinlarda bitim deb ataladi) — xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etishga qaratilgan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasini ijro etishning boshqa shartlarini belgilab beradigan davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida tuzilgan yozma shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik loyihasi (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) — xususiy sherikka tegishli bo‘sh turgan yer uchastkalari, qurilishi tugallanmagan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital ta’mirlanadigan yoki jihozlanadigan bino va inshootlar negizida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish;
(2-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim obyekti — xususiy sherikka tegishli bo‘sh turgan yer uchastkalari, qurilishi tugallanmagan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital ta’mirlanadigan yoki jihozlanadigan bino va inshootlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sherigi — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherik — davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish bo‘yicha bitim tuzgan yoki bitim tuzish istagini bildirgan yuridik shaxs. Davlat tashkilotlari xususiy sherik bo‘la olmaydi, shuningdek, xususiy sherik tarafida ishtirok eta olmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy ko‘makka muxtoj oilalar — Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar, a’zolari nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, bolaning ota-onasi kvotalar bo‘yicha mintaqalarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari bo‘lgan oilalar, to‘rt yoki undan ko‘p bolalari bo‘lgan oilalar;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus kontingent — harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bolalari, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari va davlat umumta’lim maktablari pedagog xodimlarining bolalari.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat-xususiy sheriklik loyihasi xususiy sherikning tashabbusi bilan va u tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish asosida tanlov o‘tkazilmay to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish istagini bildirgan talabgor O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga quyidagilarni ilova qilgan holda ariza beradi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binoga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza taqdim etiladigan kundan uzog‘i bilan bir oy oldin soliqlar, yig‘imlar, boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik hamda boshqa moliyaviy sanksiyalar yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha qiymatining kamida 25 foizini moliyalashtirish bo‘yicha xususiy sherikning imkoniyatini tasdiqlovchi hujjat yoki boshqa tashkilotning kafilligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etish rejalashtirilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining belgilangan tartibda tasdiqlangan va kelishilgan loyiha-smeta hujjatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududdagi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, Sanepidqo‘m organlarining maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish bo‘yicha xulosalari;
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini qurish uchun dastlabki texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar.
(5-bandning oltinchi — sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xususiy sherikning loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi arizasi davlat sherigi tomonidan ariza tushgan kundan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida 7 kun mobaynida bitim tuziladi. Bitimda uning amal qilish muddati 30 yil etib belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududdagi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, Sanepidqo‘m organlarining maktabgacha ta’lim muassasasini qurish bo‘yicha berilgan asoslangan salbiy xulosalari bilan taklif etilgan loyihalar davlat sherigi tomonidan 3 kun ichida rad etiladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda tomonlarning huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda xususiy sherik quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun to‘garaklar va boshqa ta’lim xizmatlarini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir tarbiyalanuvchi uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 50 foizigacha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarori bilan tasdiqlangan olis va chekka hududlarda 75 foizigacha miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan belgilangan tartibda subsidiyalar olish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarori bilan tasdiqlangan olis va chekka hududlarda joylashgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” yoki “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun mazkur daftarlar jamg‘armalari hisobidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 25 foizi miqdorida subsidiyalar olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan oylik kompensatsiyalar olish;
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foyda olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim shartlari davlat sherigi tomonidan buzilgan taqdirda bitimni sud tartibida bekor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimga muvofiq xususiy sherik boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda xususiy sherik quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim amal qiladigan butun muddat davomida tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 25 foizi miqdorida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlarini va maxsus kontingentlarni ota-onalar to‘lovini tegishli hududdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorda belgilagan holda imtiyozli qabul qilish;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini qurish, qurilishini tugallash, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash uchun loyiha umumiy qiymatining 25 foizi miqdorida o‘z mablag‘larini kiritish;
(8-bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyati davomida qonunchilik talablariga, shu jumladan, davlat ta’lim talablariga rioya qilish;
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim amal qiladigan butun muddat davomida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat turini o‘zgartirmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyena normativlariga rioya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini yuqori malakali pedagogik va boshqa kadrlar bilan to‘ldirish, o‘quv-tarbiya jarayonini qonunchilikka qat’iy muvofiq holda tashkil etish choralarini ko‘rish;
(8-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalash va o‘qitishning yuqori sifatini ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, iste’dodli bolalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qitishning innovatsion pedagogik shakllari, usullari va zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida maktabgacha ta’lim sohasidagi ta’lim jarayonining samaradorligini va natijadorligini oshirish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilarning ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish, o‘qitish muddatlari va shartlarini, tomonlarning huquqlari va majburiyatlarini hamda boshqa shartlarni ular bilan kelishgan holda belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimga muvofiq xususiy sherikka boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda davlat sherigi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherikdan har chorakda bitim shartlarini bajarish yuzasidan axborot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim shartlarini bajarish jarayoni ustidan monitoring olib borish va davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirilishi holatini baholash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka va bitim shartlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish doirasida aniqlangan kamchiliklar xususiy sherik tomonidan bartaraf etilishini talab qilish;
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim shartlari xususiy sherik tomonidan buzilgan taqdirda, bitimni sud tartibida bekor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimga muvofiq xususiy sherik boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda davlat sherigi quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherikning loyihani amalga oshirishga mablag‘i yetarli bo‘lmasa, unga imtiyozli kreditlar olishda ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherikka maktabgacha ta’lim sohasida uslubiy va konsultativ yordam ko‘rsatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherikning moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimga muvofiq davlat sherigi zimmasiga boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xususiy sherik tomonidan bitim shartlariga amal qilinmasligi oqibatida bitim belgilangan tartibda bekor qilinsa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish doirasida xususiy sherikka ajratilgan imtiyozli kredit tegishli bankning tijorat kreditlari uchun belgilangan foiz stavkasi asosida qayta hisoblab chiqiladi va oshirilgan foiz stavkasida qaytariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
so‘ndirilgan kreditlar bo‘yicha hisoblangan foiz stavkalari ham qayta hisob-kitob qilinib, yetkazilgan zarar xususiy sherikdan undiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha qo‘llanilgan imtiyozlar ham qayta hisob-kitob qilinib, xususiy sherik tomonidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibining
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Talabgor

Davlat xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish bo‘yicha Maktabgacha ta’lim vazirligiga ariza bilan murojaat qilish.

Talabgor xohishiga ko‘ra


2-bosqich

Maktabgacha ta’lim vazirligi

Talabgor tomonidan loyiha bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish.

Hujjat qabul qilingan kundan boshlab
15 kun mobaynida


3-bosqich

Maktabgacha ta’lim vazirligi

a) Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, muzokaralar asosida bitim tuzish.

Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran
7 kun mobaynida

b) Hududdagi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining asoslangan salbiy xulosalari bilan taklif etilgan loyihani rad etish.

Hujjat qabul qilingan kundan boshlab
3 kun mobaynida


4-bosqich

Maktabgacha ta’lim vazirligi

Loyihaning amalga oshirilishini o‘rganish va nazorat qilish.

Doimiy ravishda

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/944/2209-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)