Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.04.2019 12.12.2000 yildagi 473-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.04.2019
Hujjat 12.12.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQARO ShARTNOMALAR LOYIHALARINI TAYYORLASh VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO ShARTNOMALAR BOʻYIChA MAJBURIYATLARINI BAJARISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 331-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-fevraldagi OʻRQ-518-son Qonuni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari loyihalarini sifatli tayyorlash va ular boʻyicha majburiyatlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlarini bajarish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari ushbu Tartibni ijro uchun qabul qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Tashqi ishlar vaziri A.H. Komilov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 12-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
473-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-dekabrdagi 473-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlarini bajarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Tartib “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (keyingi oʻrinlarda Qonun deb ataladi)ga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tuzish toʻgʻrisida takliflar kiritilgunga qadar tayyorlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlarini, agar amaldagi qonun hujjatlarida boshqa qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, bajarish tartibotini tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. XALQARO ShARTNOMA LOYIHASINI TAYYORLASh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirliklar va idoralar oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda yoki u bilan kelishgan holda, Qonunda nazarda tutilgan hollarda esa mustaqil ravishda, ayni bir vaqtda Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilib, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi loyihasini ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash toʻgʻrisida yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnomani (konvensiyani) imzolash, ratifikatsiya qilish, unga qoʻshilish yoki uni maʼqullashning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz takliflarini kiritishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlashni boshlash toʻgʻrisidagi tashabbus taklifiga shartnomaning dastlabki loyihasi, shuningdek uni tuzishning maqsadga muvofiqligini asoslash hamda zarurat boʻlganda, shartnomani tuzishdan kelib chiqadigan moliyaviy-iqtisodiy oqibatlar baholanishi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatning yoki xalqaro tashkilotning xalqaro shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi tashabbus taklifi shartnomaning tegishli loyihasi bilan birga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro koʻp tomonlama shartnoma (konvensiya)ni imzolash, ratifikatsiya qilish, unga qoʻshilish yoki uni Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan maʼqullashning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqishni boshlash toʻgʻrisidagi tashabbus taklifiga shunday shartnomaning toʻliq matni va unga taalluqli hujjatlar davlat tilida ilova qilinadi va zarurat boʻlganda uning boshqa tillarga tarjimasi taʼminlanadi, shuningdek imzolash, ratifikatsiya qilish, unga qoʻshilish yoki uni maʼqullashning maqsadga muvofiqligini asoslash, shu jumladan undan kelib chiqadigan moliyaviy-iqtisodiy oqibatlar baholanishi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasi xalqaro shartnoma loyihasini ekspertlar darajasida ishlab chiqish toʻgʻrisida yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnoma (konvensiya)ni Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolash, ratifikatsiya qilish, unga qoʻshilish yoki uni maʼqullashning maqsadga muvofiqligi haqidagi masala toʻgʻrisida tegishli qaror (topshiriq) qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertlar darajasida ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan albatta kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda ushbu maqsadlar uchun xalqaro shartnoma loyihasini tuzish va koʻrib chiqish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillari, mutaxassislar va xolis ekspertlardan iborat komissiya tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Barcha takliflarni umumlashtirish va xalqaro shartnoma loyihasini yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnoma (konvensiya)ni Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolash, ratifikatsiya qilish, unga qoʻshilish yoki uni maʼqullashning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani puxtalashtirish mazkur Tartibga ilovaga muvofiq ushbu shartnoma bilan boshqariladigan masalalar oʻz vakolatiga kiradigan va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlaydigan vazirliklar yoki idoralar zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining puxtalashtirilgan loyihasi, shartnoma loyihasi boʻyicha umumlashtirilgan takliflar va mulohazalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan, ayrim hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgandan va xorijiy davlat yoki xalqaro tashkilot bilan ishlab chiqishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng loyihani xorijiy davlat yoki xalqaro tashkilot bilan ishlashni davom ettirish uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining loyihasi xorijiy davlat yoki xalqaro tashkilot bilan uzil-kesil kelishilgandan soʻng xalqaro shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi taklif Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirliklar yoki idoralar tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda yoki u bilan kelishilgan holda, Qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, mustaqil ravishda, ayni bir vaqtda Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp tomonlama xalqaro shartnoma (konvensiya)ni Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolash, ratifikatsiya qilish, unga qoʻshilish yoki uni maʼqullashning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masala boʻyicha takliflar, shuningdek manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan unga izoh va bayonlar matnlari Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO ShARTNOMALAR BOʻYIChA MAJBURIYATLARINING BAJARILIShINI TAʼMINLASh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasi hamda vakolatli vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan xalqaro majburiyatlarning bajarilishini tegishli chora-tadbirlar koʻrish yoʻli bilan taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlarini amalga oshirish, agar majburiyatlarni amalga oshirishga masʼul (markaziy, vakolatli) vazirliklar va idoralar xalqaro shartnoma matnida koʻrsatilmagan boʻlsa, mazkur Tartibga ilovaga muvofiq Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tegishli vazirliklar va idoralarga yoxud tegishli xalqaro shartnomaning qoidalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan tayinlangan milliy ijro etuvchi organga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlarini amalga oshirish uchun masʼul vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan xalqaro shartnomaning kuchga kiritilgan sanasi toʻgʻrisida bildirishnoma olgandan soʻng bir oy muddatda, u vaqtinchalik qoʻllangan taqdirda esa u imzolangandan soʻng, zarur hollarda uni bajarish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqadilar va ularni tasdiqlash (koʻrib chiqish) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Koʻp tomonlama xalqaro shartnoma (konvensiya) boʻyicha majburiyatlarning amalga oshirilishi uchun masʼul vazirliklar va idoralar, ularning Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kiritilgan sanasi toʻgʻrisida bildirishnoma olingandan soʻng ikki oy muddatda, ular vaqtinchalik qoʻllangan taqdirda esa bunday qaror qabul qilingandan soʻng, belgilangan tartibda ular boʻyicha zarur chora-tadbirlar ishlab chiqadilar va zarur hollarda ularni tasdiqlash (koʻrib chiqish) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining kuchga kiritilishi yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnomalar (konvensiyalar)ning imzolanishi, ratifikatsiya qilinishi, ularga qoʻshilish va ularning maʼqullanishi munosabati bilan qabul qilinishi zarur boʻlgan meʼyoriy hujjatlarni tayyorlash, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda manfaatdor vazirliklar yoki idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Masʼul vazirliklar va idoralar, milliy ijro etuvchi organlar xalqaro shartnomalar boʻyicha ishlab chiqilgan tadbirlarga muvofiq majburiyatlar bajarilishining borishi va natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bajarilishini kuzatib borish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlar uning boshqa qatnashchilari tomonidan buzilgan taqdirda Tashqi ishlar vazirligi yoki boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda, xalqaro huquq normalariga muvofiq zarur chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlarini bajarish tartibiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro shartnomalar loyihalarini ekspertlar darajasida ishlab chiqish va xalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash zimmasiga yuklangan Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar ‎

Masʼul vazirlik, idora‎

Huquqiy yordam koʻrsatish va Qonunni buzganlarni berish (ekstraditsiya) masalalari boʻyicha ‎ Adliya vazirligi, Prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi‎
Jinoyatchilikka va terrorizmga qarshi kurashish masalalari boʻyicha ‎ Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita‎
Tashqi iqtisodiy faoliyat, shu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlik, investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish hamda texnik yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi
Investitsiya va valyuta-moliya hamkorligi masalalari boʻyicha‎ Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Markaziy bank, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi‎
Soliq solish va soliq qonunchiligiga rioya qilishdagi hamkorlik masalalari boʻyicha‎ Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi‎
Davlat mulkini begonalashtirish va ulardan foydalanish, huquqlarni eʼtirof etish va mulkiy munosabatlarni tartibga solish masalalari boʻyicha‎ Davlat mulki qoʻmitasi, Adliya vazirligi‎
Ilmiy-texnikaviy hamkorlik, shuningdek huquqiy muhofaza va intellektual mulk obyektlaridan foydalanish shartlari masalalari boʻyicha‎ Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Adliya vazirligi‎
Havo transportida tashishlarni tashkil etish masalalari boʻyicha ‎ Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi‎
Pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlik masalalari boʻyicha‎ Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi‎
Temir yoʻl transportida tashishlarni tashkil etish masalalari boʻyicha‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi‎
Avtomobil va daryo transportida tashishlarni tashkil etish masalalari boʻyicha‎ Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi‎
Turizm va turistik faoliyat sohasidagi masalalar boʻyicha‎ “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi‎
Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik masalalari boʻyicha‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi‎
Badiiy jamoalar, guruhlar, alohida ijrochilar konsert faoliyati, shuningdek madaniy qadriyatlarni respublikadan olib chiqib ketish; chet ellarda tasviriy va dekorativ-amaliy sanʼat koʻrgazmalarini tashkil etish; tarixiy-madaniy meros yodgorliklarini muhofaza qilish, loyihalash, taʼmirlash va konservatsiya qilish masalalari boʻyicha‎ Madaniyat ishlari vazirligi‎
Tabiatni muhofaza qilish va tabiat resurslaridan foydalanish sohasidagi hamkorlik masalalari boʻyicha‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi‎
Sogʻliqni saqlash va tibbiyot sohasidagi hamkorlik masalalari boʻyicha‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi‎
Standartlash, metrologiya, sertifikatsiya va mahsulot sifatini boshqarish masalalari boʻyicha‎ Vazirlar Mahkamasi huzuri�agi “Oʻzstandart” markazi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi‎
Taʼlim, ilmiy kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish sohasidagi hamkorlik masalalari boʻyicha‎ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi‎
Siyosiy masalalar boʻyicha‎ Tashqi ishlar vazirligi‎
Chegara masalalari boʻyicha‎ Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita, Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi‎
Mudofaa masalalari boʻyicha‎ Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita, Tashqi ishlar vazirligi‎
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 11-son, 175-modda; 2005-y., 34-36-son, 264-modda; 2006-y., 40-son, 396-modda; 2015-y., 10-son, 117-modda, 26-son, 338-modda; 2017-y., 15-son, 257-modda, 29-son, 693-modda, 34-son, 893-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)