12.12.2000 yildagi 473-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.04.2019
 LexUZ sharhi
Mazkur Tartib “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (keyingi o‘rinlarda Qonun deb ataladi)ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tuzish to‘g‘risida takliflar kiritilgunga qadar tayyorlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini, agar amaldagi qonun hujjatlarida boshqa qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, bajarish tartibotini tartibga soladi.
8. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini amalga oshirish, agar majburiyatlarni amalga oshirishga mas’ul (markaziy, vakolatli) vazirliklar va idoralar xalqaro shartnoma matnida ko‘rsatilmagan bo‘lsa, mazkur Tartibga ilovaga muvofiq Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tegishli vazirliklar va idoralarga yoxud tegishli xalqaro shartnomaning qoidalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan tayinlangan milliy ijro etuvchi organga yuklanadi.

Xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar

Mas’ul vazirlik, idora

Huquqiy yordam ko‘rsatish va Qonunni buzganlarni berish (ekstraditsiya) masalalari bo‘yicha

Adliya vazirligi, Prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

Jinoyatchilikka va terrorizmga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha

Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi

Tashqi iqtisodiy faoliyat, shu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlik, investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish hamda texnik yordam ko‘rsatish ma�alalari bo‘yicha

Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi

Investitsiya va valyuta-moliya hamkorligi masalalari bo‘yicha

Moliya vazirligi,

Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi

Davlat soliq qo‘mitasi

Soliq solish va soliq qonunchiligiga rioya qilishdagi hamkorlik masalalari bo‘yicha

Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

Davlat mulkini begonalashtirish va ulardan foydalanish, huquqlarni e’tirof etish va mulkiy munosabatlarni tartibga solish masalalari bo‘yicha

Davlat raqobat qo‘mitasi, Adliya vazirligi

Ilmiy-texnikaviy hamkorlik, shuningdek huquqiy muhofaza va intellektual mulk obyektlaridan foydalanish shartlari masalalari bo‘yicha

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,Adliya vazirligi

Havo transportida tashishlarni tashkil etish masalalari bo‘yicha

Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

Pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Temir yo‘l transportida tashishlarni tashkil etish masalalari bo‘yicha

“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

Avtomobil va daryo transportida tashishlarni tashkil etish masalalari bo‘yicha

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

Turizm va turistik faoliyat sohasidagi masalalar bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

Badiiy jamoalar, guruhlar, alohida ijrochilar konsert faoliyati, shuningdek madaniy qadriyatlarni respublikadan olib chiqib ketish; chet ellarda tasviriy va dekorativ-amaliy san’at ko‘rgazmalarini tashkil etish; tarixiy-madaniy meros yodgorliklarini muhofaza qilish, loyihalash, ta’mirlash va konservatsiya qilish masalalari bo‘yicha

Madaniyat ishlari vazirligi

Tabiatni muhofaza qilish va tabiat resurslaridan foydalanish sohasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Sog‘liqni saqlash va tibbiyot sohasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Standartlash, metrologiya, sertifikatsiya va mahsulot sifatini boshqarish masalalari bo‘yicha

“O‘zstandart” agentligi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

Ta’lim, ilmiy kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish sohasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

Siyosiy masalalar bo‘yicha

Tashqi ishlar vazirligi

Chegara masalalari bo‘yicha

Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi

Mudofaa masalalari bo‘yicha

Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)