25.10.2018 yildagi 864-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarda sportga bo‘lgan havas va intilishni, jamiyatda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish, ularda professional mahorat va ko‘nikmalarni rivojlantirish, sport turlari bo‘yicha mamlakat terma jamoalariga sport zaxirasini tayyorlash, o‘quvchi va talabalarni sport mashg‘ulotlariga uzluksiz jalb etishga qaratilgan sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda akademik litseylar o‘quvchilari o‘rtasida “Umid nihollari” sport musobaqalarining final bosqichini har uch yilda bir marta Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida, viloyat markazlarida hamda Toshkent shahrida o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida “Barkamol avlod”, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Universiada” sport musobaqalarining respublika final bosqichini har yili sport turlari bo‘yicha navbatma-navbat respublikaning barcha hududlarida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarini o‘tkazish sxemasi 1, 2 va 3-ilovalarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarida o‘tkaziladigan sport turlari ro‘yxati 4-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining sport turlari bo‘yicha respublika final bosqichini hududlarda o‘tkazish rejasi 5, 6 va 7-ilovalarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarini final bosqichini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitalar tarkiblari 8 va 9-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili sport musobaqalarini o‘tkazish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Umid nihollari” sport musobaqalari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashiga jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida, shuningdek xomiylik xayriyalari va budjetdan tashqari mablag‘larini jalb etgan holda o‘tkazilishi, g‘oliblikni ko‘lga kiritgan ishtirokchilarni 1, 2 va 3-darajali diplom, medal, kubok, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash hamda musobaqalarning final bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalarga “Prezident sovg‘asi” sifatida respublikada ishlab chiqarilgan yengil avtomobil sovg‘a qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida, shuningdek, homiylik xayriyalari va budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etgan holda musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazilishi uchun hakamlar bilan ta’minlash hamda musobaqalarning final bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarga “Prezident sovg‘asi” sifatida tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilanadigan qimmatbaho sovg‘alar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sport musobaqalarining respublika final bosqichlari bo‘lib o‘tadigan hududlar va u yerda joylashgan infratuzilma obyektlarini homiylik xayriyalari hamda budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etgan holda talab darajasida tayyorlash va zamonaviy asosda jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) sport musobaqalari davomida har bir ishtirokchining qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini qaror toptirish, ularning buyuk ajdodlarimizning mardlik va jasurlik an’analarini munosib davom ettirishga qodir insonlar bo‘lib yetishishiga xizmat qiladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar dasturini amalga oshirish.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 09/19/898/3890-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uch oy muddatda “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sport musobaqalarining barcha bosqichlarini, ayniqsa, quyi (ta’lim muassasasi, tuman (shahar) bosqichlari) bosqichlari to‘liq va sifatli o‘tkazilishini qat’iy nazoratga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) musobaqalarning barcha bosqichlari natijalarini tahlil qilsin va tizimli monitoringini olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi sport musobaqalari o‘tkaziladigan, ishtirokchilar joylashadigan, ovqatlanadigan, tashrif buyuradigan joylarda va ularning atrof hududlarida jamoat tartibi saqlanishini, yo‘l harakati, yong‘in va fuqarolar xavfsizligini hamda harakatlanish yo‘nalishlarida yo‘l-patrul xizmati patrul avtomashinalari yordamida kuzatib borilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sport musobaqalari o‘tadigan joylarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos bo‘lishini, ishtirokchilarga yuqori saviyada tibbiy xizmat ko‘rsatilishini, mehmonxonalarda va ushbu turnir o‘tadigan joylarda zarur tibbiy anjomlar, dori vositalari hamda tez yordam avtomashinalari navbatchiligi tashkil etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tashkiliy qo‘mitalar buyurtmanomalariga binoan sport musobaqalari ishtirokchilari va ijodiy guruh a’zolarini belgilangan tartibda imtiyozli narxlar asosida chiptalar bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga sport musobaqalarining reklama roliklarini tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish hamda mavjud texnika vositalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilab qo‘yilsinki, uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitalar hamda manfaatdor vazirlik va tashkilotlar buyurtmanomalariga binoan “O‘zbekiston talabalar sporti” assotsiatsiyasi va O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar va tashkiliy ishlar sarf-xarajatlari Tashkiliy qo‘mitalar qabul qilgan qarorlarga asosan moliyalashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qo‘mita tomonidan har yil uchun tasdiqlangan sarf-xarajatlar smetasi va sport tadbirlarini o‘tkazish taqvim rejasiga muvofiq “Barkamol avlod” sport musobaqalarining respublika final bosqichida sportchi, trener va delegatsiya rahbarlarini ovqatlantirish, g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash xarajatlarini moliyalashtirish kasb-hunar talimi sohasining markazlashgan mablag‘lari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Universiada” sport musobaqalarining respublika final bosqichida sportchi, trener va delegatsiya rahbarlarini ovqatlantirish, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilarni 1, 2 va 3-darajali diplom, medal, kubok, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash xarajatlarini moliyalashtirish Tashkiliy qo‘mita tomonidan har yil uchun tasdiqlanadigan sport tadbirlarini o‘tkazish taqvim rejasi, sarf-xarajatlar smetasi hamda taqsimotga muvofiq O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasiga oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari hamda talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Universiada” va “Barkamol avlod” sport musobaqalarining Respublika final bosqichini tashkil etish va o‘tkazish, ishtirokchilarni final bosqichi o‘tkaziladigan hududlarga borish-kelish va shahar ichida harakatlanishlari uchun transport bilan, sport jamoalarini tayyorlash hamda yotoqxona bilan ta’minlash xarajatlari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining homiylik xayriyalari hamda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasini saqlash xarajatlari uning ta’sis hujjatlariga muvofiq oliy talim muassasalarida tashkil etilgan sport klublari a’zolarining a’zolik badallari, maqsadli ajratmalari hamda homiylik va qonunda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi 898-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 09/19/898/3890-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 10-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.R. Sariyev, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 25-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
864-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi 864-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Umid nihollari” sport musobaqalarini o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 09/19/898/3890-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi 864-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Barkamol avlod” sport musobaqalarini o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi 864-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Universiada” sport musobaqalarini o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi 864-son qaroriga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” sport musobaqalarida o‘tkaziladigan sport turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

“Umid nihollari”

sport musobaqalariga

kiritilgan sport turlari nomi

“Barkamol avlod” sport musobaqalariga

kiritilgan sport turlari nomi

“Universiada”

sport musobaqalariga

kiritilgan sport turlari nomi

1 ― 4 sinflar

5 ― 11 sinflar

1.

Mini-futbol

Badminton

Badminton

Badminton

2.

Yengil atletika

Basketbol

Basketbol

Basketbol

3.

Shaxmat

Voleybol

Voleybol

Voleybol

4.

Shashka

Gandbol

Gandbol

Gandbol

5.

Badiiy gimnastika

Futbol

Futbol

Futbol

6.

Yengil atletika

Yengil atletika

Yengil atletika

7.

Stol tennisi

Stol tennisi

Stol tennisi

8.

Shaxmat

Shaxmat

Shaxmat

9.

Shashka

Shashka

Shashka

10.

Kurash

Kurash

Kurash

11.

Sport gimnastikasi

Belbog‘li kurash

Belbog‘li kurash

12.

Badiiy gimnastika

Dzyudo

Dzyudo

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” sport musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitalar qabul qilgan qarorlarga asosan qo‘shimcha ommaviy sport turlarini joriy etish yoki ayrim sport turlarini chiqarib tashlashi mumkin.
(4-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 09/19/898/3890-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi 864-son qaroriga
5-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Umid nihollari” sport musobaqalarining sport turlari bo‘yicha final bosqichini hududlarda o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar nomi

Musobaqalar o‘tkaziladigan shaharlar

Musobaqalarni o‘tkazish davri

Musobaqalar o‘tkaziladigan sport turlari

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus

2020-yildan boshlab,

har 3 yilda

Badminton, basketbol, voleybol, gandbol, futbol, yengil atletika, stol tennisi, shaxmat, sport gimnastikasi, kurash, badiiy gimnastika

2.

Andijon viloyati

Andijon

3.

Buxoro viloyati

Buxoro

4.

Jizzax viloyati

Jizzax

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi

6.

Navoiy viloyati

Navoiy

7.

Namangan viloyati

Namangan

8.

Samarqand viloyati

Samarqand

9.

Sirdaryo viloyati

Guliston

10.

Surxondaryo viloyati

Termiz

11.

Toshkent viloyati

Olmaliq

12.

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona

13.

Xorazm viloyati

Urganch

14.

Toshkent shahri

Toshkent

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Tashkiliy qo‘mitaning xulosasiga ko‘ra, “Umid nihollari” sport musobaqalari o‘tishi belgilangan hududlarga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
(5-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 09/19/898/3890-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi 864-son qaroriga
6-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Barkamol avlod” sport musobaqalarining sport turlari bo‘yicha respublika final bosqichini hududlarda o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Hududlar nomi

O‘quv yillari

2020-2021

2022-2023

2024-2025

2026-2027

2028-2029

2030 ― 2032

2032-2033

Sport turlari nomi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Dzyudo

Voleybol

(o‘g‘il bolalar

Voleybol

(qiz bolalar

Stol tennisi

Belbog‘li kurash

Basketbol

(qiz bolalar)

Shaxmat

Shashka

Andijon viloyati

Gandbol

(o‘g‘il bolalar)

Dzyudo

Voleybol

(o‘g‘il bolalar)

Voleybol

(qiz bolalar)

Stol tennisi

Belbog‘li kurash

Basketbol

(qiz bolalar)

Buxoro viloyati

Kurash

Gandbol

(o‘g‘il bolalar)

Dzyudo

Voleybol

(o‘g‘il bolalar)

Voleybol

(qiz bolalar)

Stol tennisi

Belbog‘li kurash

Jizzax viloyati

Yengil atletika

Kurash

Gandbol

(o‘g‘il bolalar)

Dzyudo

Voleybol

(o‘g‘il bolalar)

Voleybol

(qiz bolalar)

Stol tennisi

Qashqadaryo viloyati

Futbol

Yengil atletika

Kurash

Gandbol

(o‘g‘il bolalar)

Dzyudo

Voleybol

(o‘g‘il bolalar)

Voleybol

(qiz bolalar)

Navoiy viloyati

Basketbol

(o‘g‘il bolalar)

Futbol

Yengil atletika

Kurash

Gandbol

(o‘g‘il bolalar)

Dzyudo

Voleybol

(o‘g‘il bolalar)

Namangan viloyati

Gandbol

(qiz bolalar)

Basketbol

(o‘g‘il bolalar)

Futbol

Yengil atletika

Kurash

Gandbol

(o‘g‘il bolalar)

Dzyudo

Samarqand viloyati

Badminton

Gandbol

(qiz bolalar)

Basketbol

(o‘g‘il bolalar)

Futbol

Yengil atletika

Kurash

Gandbol

(o‘g‘il bolalar)

Sirdaryo viloyati

Shaxmat

Shashka

Badminton

Gandbol

(qiz bolalar)

Basketbol

(o‘g‘il bolalar)

Futbol

Yengil atletika

Kurash

Surxondaryo viloyati

Basketbol

(qiz bolalar)

Shaxmat

Shashka

Badminton

Gandbol

(Qiz bolalar)

Basketbol

(O‘g‘il bolalar)

Futbol

Yengil atletika

Toshkent viloyati

Belbog‘li kurash

Basketbol

(qiz bolalar)

Shaxmat

Shashka

Badminton

Gandbol

(qiz bolalar)

Basketbol

(o‘g‘il bolalar)

Futbol

Farg‘ona viloyati

Stol tennisi

Belbog‘li kurash

Basketbol

(qiz bolalar)

Shaxmat

Shashka

Badminton

Gandbol

(qiz bolalar)

Basketbol

(o‘g‘il bolalar)

Xorazm viloyati

Voleybol

(qiz bolalar)

Stol tennisi

Belbog‘li kurash

Basketbol

(qiz bolalar)

Shaxmat

Shashka

Badminton

Gandbol

(qiz bolalar)

Toshkent shahri

Voleybol

(o‘g‘il bolalar)

Voleybol

(qiz bolalar)

Stol tennisi

Belbog‘li kurash

Basketbol

(qiz bolalar)

Shaxmat

Shashka

Badminton

(6-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 09/19/898/3890-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi 864-son qaroriga
7-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Universiada” sport musobaqalarining sport turlari bo‘yicha respublika final bosqichini hududlarda o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Hududlar nomi

O‘quv yillari

2019-2020

2021-2022

2023-2024

2025-2026

2027-2028

2029-2030

2031-2032

Sport turlari nomi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Voleybol

(ayollar)

Stol tennisi

Basketbol

(erkaklar)

Futbol

Yengil atletika

Kurash

Badminton

Andijon viloyati

Belbog‘li kurash

Voleybol

(ayollar)

Stol tennisi

Basketbol

(erkaklar)

Futbol

Yengil atletika

Kurash

Buxoro viloyati

Basketbol

(ayollar)

Belbog‘li kurash

Voleybol

(ayollar)

Stol tennisi

Basketbol

(erkaklar)

Futbol

Yengil atletika

Jizzax viloyati

Gandbol

(erkaklar)

Basketbol

(ayollar)

Belbog‘li kurash

Voleybol

(ayollar)

Stol tennisi

Basketbol

(erkaklar)

Futbol

Qashqadaryo viloyati

Dzyudo

Gandbol

(erkaklar

Basketbol

(ayollar)

Belbog‘li kurash

Voleybol

(ayollar)

Stol tennisi

Basketbol

(erkaklar)

Navoiy viloyati

Shaxmat

Shashka

Dzyudo

Gandbol

(erkaklar)

Basketbol

(ayollar)

Belbog‘li kurash

Voleybol

(ayollar)

Stol tennisi

Namangan viloyati

Voleybol

(erkaklar)

Shaxmat

Shashka

Dzyudo

Gandbol

(erkaklar)

Basketbol

(ayollar)

Belbog‘li kurash

Voleybol

(ayollar)

Samarqand viloyati

Gandbol

(ayollar)

Voleybol

(erkaklar)

Shaxmat

Shashka

Dzyudo

Gandbol

(erkaklar)

Basketbol

(ayollar)

Belbog‘li kurash

Sirdaryo viloyati

Badminton

Gandbol

(ayollar)

Voleybol

(erkaklar)

Shaxmat

Shashka

Dzyudo

Gandbol

(erkaklar)

Basketbol

(ayollar)

Surxondaryo viloyati

Kurash

Badminton

Gandbol

(ayollar)

Voleybol

(erkaklar)

Shaxmat

Shashka

Dzyudo

Gandbol

(erkaklar)

Toshkent viloyati

Yengil atletika

Kurash

Badminton

Gandbol

(ayollar)

Voleybol

(erkaklar)

Shaxmat

Shashka

Dzyudo

Farg‘ona viloyati

Futbol

Yengil atletika

Kurash

Badminton

Gandbol

(ayollar)

Voleybol

(erkaklar)

Shaxmat

Shashka

Xorazm viloyati

Basketbol

(erkaklar)

Futbol

Yengil atletika

Kurash

Badminton

Gandbol

(ayollar)

Voleybol

(erkaklar)

Toshkent shahri

Stol tennisi

Basketbol

(erkaklar)

Futbol

Yengil atletika

Kurash

Badminton

Gandbol

(ayollar)

(7-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 09/19/898/3890-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi 864-son qaroriga
8-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Umid nihollari” sport musobaqalarining final bosqichini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Sh. Shermatov

xalq ta’limi vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisi

2.

D. Nabiyev

jismoniy tarbiya va sport vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari

3.

U. Axmatdjonov

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi, Tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari

Tashkiliy qo‘mita a’zolari:

4.

A. Shadmanov

sog‘liqni saqlash vaziri

5.

B. Sayfullayev

madaniyat vaziri

6.

Q. Rafikov

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi

7.

Sh. Javlonov

O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi

8.

A. Xadjayev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b.

9.

D. Nazarmuxamedov

ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

10.

A. Ko‘chimov

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

11.

B. Hakimov

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori v.b.

12.

F. Sagdullayev

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksionerlik jamiyati bosh direktorining birinchi o‘rinbosari

13.

Sh. Sultonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi

14.

K. Bayazitov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Jismoniy tarbiya, ommaviy sport va oliy mahorat sporti tizimini rivojlantirish shu’basi mudiri

15.

T. Toyirov

Xalq ta’limi vazirligi “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, mas’ul kotib.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) “Umid nihollari” sport musobaqalarining final bosqichi o‘tkaziladigan hududlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyat hokimlari musobaqa tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda ularning o‘rniga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi 864-son qaroriga
9-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining final bosqichini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

I. Majidov

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisi

2.

M. Xolmuxamedov

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari — Kasb-hunar ta’limi markazi direktori, Tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari

3.

D. Nabiyev

jismoniy tarbiya va sport vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari

4.

U. Axmatdjonov

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi, Tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari

Tashkiliy qo‘mita a’zolari:

5.

A. Shadmanov

sog‘liqni saqlash vaziri

6.

B. Sayfullayev

madaniyat vaziri

7.

Q. Rafikov

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi

8.

Sh. Javlonov

O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi

9.

A. Xadjayev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b.

10.

D. Nazarmuxamedov

ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari o‘rinbosari

11.

A. Ko‘chimov

Milliy axborot agentligi bosh direktori

12.

B. Hakimov

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi bosh direktori v.b.

13.

F. Sagdullayev

“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari

14.

Sh. Sultonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi

15.

K. Bayazitov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Jismoniy tarbiya, ommaviy sport va oliy mahorat sporti tizimini rivojlantirish shu’basi mudiri

16.

E. Kodirov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “O‘zbekiston talabalar sporti” assotsiatsiyasi raisi, mas’ul kotib.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining final bosqichi o‘tkaziladigan hududlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyati hokimlari tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda ularning o‘rniga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi 864-son qaroriga
10-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ba’zi qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to‘g‘risida” 2003-yil 3-iyundagi 244-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz respublika sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risida” 2009-yil 29-iyundagi 181-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 27-son, 315-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2779-son qarori)” 2017-yil 16-maydagi 288-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 5-son, 74-modda) ilovaning 11-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son Farmoni)” 2017-yil 12-sentabrdagi 712-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda) ilovasining 12-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qolgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qarori)” 2018-yil 5-iyuldagi 508-son qarori (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz), 2018-yil 9-iyul) 1-ilovasining 11-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/864/2101-son; 31.10.2019-y., 09/19/898/3890-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)