Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.10.2000 29.02.1992 yildagi 92-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.02.1992 yildagi 92-son
Kuchga kirish sanasi
29.02.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.10.2000
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ShARQ” NAShRIYOT-MATBAA KONSERNIGA TAALLUQLI MASALALAR TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 2000-yil 23-oktabrdagi 411-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sharq” nashriyot-matbaa konsernini tashkil etish to‘g‘risida” 1991-yil 5-noyabrdagi Farmoniga muvofiq va respublikada nashriyot-matbaa ishini yanada rivojlantirishni, aholining bosma mahsulotlariga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi huzuridagi “Sharq” nashriyot-matbaa konserni (“Sharq” konserni) mustaqil ishlab chiqarish-xo‘jalik kompleksi hisoblanadi, u o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi qarorlari va farmoyishlariga va konsern Ustaviga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi huzuridagi “Sharq” konsernining ilova etilayotgan Ustavi tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Sharq” konserniga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hisobga olib, konsern Kengashi bilan kelishilgan holda konsernning tuzilishi, ishlovchilar miqdorini va ish haqi fondini mustaqil belgilashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— tuzilgan shartnomalardan tashqari ishlab chiqarilgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi bilan kelishib olingan ro‘yxatga ko‘ra savdo birjasida shartnoma narxlarida sotishga yoki kerakli uskunalarga, xomashyo va moddiy resurslarga barter yo‘li bilan ayirboshlashga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi, Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi o‘zlari taqsimlaydigan nomenklatura bo‘yicha konsernni rivojlantirish va uning faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy-xomashyo resurslari, shu jumladan, chet el valyutasi mablag‘lari ajratsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sharq” konserni barcha turdagi moddiy-texnika resurslari bo‘yicha fondga mustaqil ravishda egalik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdorlikni oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi har yili “Sharq” konserniga belgilangan tartibda uning korxonalarida ishlab chiqarilayotgan litsenziya beriluvchi mahsulotlarni chetga chiqarish kvotasini ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston sanoat-qurilish banki va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiyot banki “Sharq” konsernining balans hisob-kitob schyotlarini ochib, O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti nashriyoti “Sharq” konserniga aylantirilgan paytdagi schyotlarida turgan barcha pul mablag‘larini o‘tkazsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligiga konsern binosida o‘rnatilgan aloqaning hamma turlari va telefonlarni “Sharq” konsernida qoldirish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sharq” konsernining rahbari o‘z maqomi bo‘yicha vazirga, konsern rahbari o‘rinbosarlari va Kengash a’zolari respublika vazirligi hay’atining a’zolariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari, respublika vazirliklari va idoralari “Sharq” konsernining faoliyat ko‘rsatishiga va uni rivojlantirishga yordam bersinlar va o‘z huquq doiralariga qiruvchi masalalarni vaqtida hal qilishni ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 29-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 29-fevraldagi 92-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI APPARATI IShLAR BOShQARMASI HUZURIDAGI “ShARQ” NAShRIYOT-MATBAA KONSERNINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
USTAVI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi huzuridagi “Sharq” nashriyot-matbaa konserni (matnda bundan buyon “Sharq” konserni deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sharq” nashriyot-matbaa konsernini tashkil etish to‘g‘risida” 1991-yil 5-noyabrdagi Farmoni asosida hamda “Sharq” konserni muassislari bo‘lmish korxona va tashkilotlar mehnat jamoalarining 1991-yil 6-noyabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ta’sis konferensiyasi qaroriga muvofiq tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Sharq” konserni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilikning har qanday shakliga asoslangan korxonalarni birgalikdagi faoliyatning teng huquqli qatnashchilari, birlashishning tashkiliy shaklini erkin tanlash, qatnashchilarning va umuman birlashmaning o‘zini o‘zi boshqaruvi, qatnashchilar o‘rtasida munosabatlarni shartnoma asosida yo‘lga qo‘yish prinsiplarida barpo etadi va birlashtiradi. Korxonalar, tashkilotlar, jamoa va davlat xo‘jaliklari, aksiyali jamiyatlar, kichik korxonalar ham shartnoma asoslarida, ham teng huquqli qatnashchi sifatida konsernga kira oladilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazifalarni hal qilish uchun yangi xo‘jalik mexanizmi imkoniyatlari va ishni tashkil etishning ilg‘or shakllaridan konsern tarkibiga qiruvchi korxona va tashkilotlarning, qolaversa, jalb etilgan korxona va tashkilotlarning ilmiy-texnikaviy va ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan uyg‘un ravishda foydalanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zini o‘zi boshqarish, to‘la xo‘jalik hisobi va valyuta xarajatlarini o‘zi qoplash qoidalari asosida faoliyat ko‘rsatadi. Konsern oldida turgan vazifalardan hamda zimmaga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda boshqaruvning bir qismini markazlashtirishni hisobga olib, xo‘jalik yuritishning aksiyali va boshqa shakllaridan foydalanib, o‘z faoliyatini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralar, korxonalar, tashkilotlar hamda jamoat birlashmalari bilan shartnoma asosida o‘zaro hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining markaziy iqtisodiy idoralari hamda boshqa ijro etuvchi va boshqaruvchi idoralari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan o‘zaro hamjihatlikda olib boradi hamda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi farmoyishlariga, ushbu Ustavga va konsern Kengashining qarorlariga amal qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va qatnashchi mamlakatlar qonunlariga ko‘ra huquqiy shaxs hisoblanadi, o‘z nomidan shartnomalar tuzishga, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlar sotib olishga, sudda, hakamlik sudida va boshqa idoralarda majburiyat olishga, da’vogar hamda javobgar sifatida qatnashishga haqlidir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z mol-mulkini to‘la yoki qisman konsernga berishi mumkin bo‘lgan qatnashchilarning mol-mulkiga alohida egalikni saqlash qoidalari asosida ish ko‘radi, o‘z navbatida konsern ham o‘ziga tegishli mol-mulkning bir qismini qatnashchilarga berishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonunlarga muvofiq musodara etilishi mumkin bo‘lgan o‘ziga tegishli mol-mulk bilan o‘z majburiyati yuzasidan javobgardir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat majburiyatlari hamda konsern tarkibiga qiruvchi korxonalar va tashkilotlar majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi. Davlat, konsern tarkibiga qiruvchi korxonalar va tashkilotlar ham konsern majburiyatlari yuzasidan javob bermaydilar. Konsern a’zolari o‘zlari “Sharq” konserni doirasida ro‘yobga chiqarayotgan dasturlar hamda majburiyatlarning bajarilishi uchun javob beradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan, nomi tegishli ravishda o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilgan dumaloq muhrga, tamg‘aga, shuningdek, o‘z nomi yozilgan va tovar belgisi tushirilgan gerbli ish qog‘oziga ega bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning tarkibiga qiruvchi korxona va tashkilotlar firma tamg‘asi va tovar belgisiga ega bo‘lishga haqlidirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sharq” konserni Kengashi Toshkent shahrida joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Konsernning maqsadi, vazifalari va uning faoliyat yo‘nalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Sharq” konsernini tuzishdan maqsad respublikada nashriyot-matbaa ishini har taraflama rivojlantirishdan, aholining bosma mahsulotlariga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini to‘laroq qondirishdan, texnologiya va uskunalar sohasida tadqiqotlar olib borishdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sharq” konserni amaldagi qonunlarda taqiqlanmagan ishlab chiqarish va tijorat faoliyatining hamma turlari bilan shug‘ullanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar “Sharq” konserni faoliyatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatning O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida taqiqlangandan boshqa barcha turlaridan olingan foyda hisobiga o‘zining asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarini rivojlantirish uchun ham sovet so‘mida, ham chet el valyutasida jamg‘armalarni vujudga keltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlar olib, o‘z bankini vujudga keltirish, marketing bo‘yicha ish olib borish, birgalikda ishlab chiqarishlarni vujudga keltirishda qatnashish, shuningdek, ham O‘zbekiston Respublikasi ichida, ham chet ellarda huquqiy va jismoniy shaxslar bilan birgalikda tijorat ishlari olib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. “Sharq” konserniga a’zolik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Idoraviy tobeligidan va qaysi hududda joylashganligidan qat’i nazar, konsern faoliyatining maqsadlarini va vazifalarini e’tirof etuvchi, shartnomalar imzolagan hamda kirish badali to‘lagan davlat, jamoat, xo‘jalik hisobidagi, shirkat, qishloq xo‘jalik korxonalari, birlashmalari va tashkilotlari hamda o‘zga korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar, qo‘shma korxonalar, ularning bo‘limlari, filiallari va tarkibiy birliklari, shuningdek, boshqa mamlakatlarning huquqiy va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlar, birlashmalar “Sharq” konsernining qatnashchilari hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ular badal to‘lagunlariga qadar “Sharq” konsernida qatnashishga nomzod hisoblanadilar. “Sharq” konsernining asosiy sarmoyasini vujudga keltirishda huquqiy shaxslar ham, jismoniy shaxslar ham qatnasha oladilar. Badal puli korxonalar uchun 1991-yilda so‘m hisobida sotilgan mahsulot yoki bajarilgan ish hajmining 0,5 foizi miqdorida va boshqa qatnashchilar uchun 0,25 foizi miqdorida belgilab qo‘yiladi. Xorijiy qatnashchilar kirish badallarini “Sharq” konserni Kengashi qaroriga muvofiq ravishda to‘laydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sharq” konserni tarkibiga qiruvchi korxonalar, tashkilotlar, uyushmalar konsern asosini tashkil etadilar va ta’sis etilganidan so‘ng ishlab chiqarish-xo‘jalik, ilmiy-tadqiqot va moliya faoliyatida ular “Sharq” konsernining barcha qatnashchilari bilan teng huquqqa egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Sharq” konserni a’zolari konsern bilan xo‘jalik shartnomasi asosida muayyan muddatga yoki muayyan shartlar bajarilgunga qadar o‘zining harakatdagi mablag‘larini, asosiy jamg‘armalari yoxud intellektual mulkini tasarruf etish huquqini “Sharq” konserniga berishlari mumkin. Konsern qatnashchi-a’zolarining mulki va ulardan soliq olish masalalari O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari asosida boshqarib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Sharq” konserni a’zolar firma tarkibiga olib kirgan asosiy jamg‘armalarni, harakatdagi mablag‘lar hamda boshqa mulklarni mustaqil ravishda baholaydi hamda ularga ana shu baholash natijalariga monand miqdorda aksiyalar berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Sharq” konserni tarkibiga yangi a’zolar qabul qilish hamda a’zolik shaklini aniqlash xususidagi masalani “Sharq” konsernining yuqori organi-konsern Kengashi hal etadi. “Sharq”, konserniga a’zo bo‘lib kirayotgan korxonalar o‘rtasida ushbu Ustav amal qiladigan davrga mo‘ljallab shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sharq” konsernining o‘z tarkibiga qiruvchi mustaqil huquqiy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlari xo‘jalik hisobi hamda pudrat shartnomalaridan, boshqaruvning dasturiy maqsadli usullaridan hamda zaxiralarni taqsimlashning va buyurtmalarni joylashtirishning tanlov tizimidan foydalangan holda o‘zaro javobgarlikni zimmaga olish prinsiplarida yo‘lga qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Sharq” konsernining a’zolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsernning ilmiy, ishlab chiqarish, tijorat, moliya, madaniy, ijtimoiy, rekreatsion va boshqa xil dasturlarini amalga oshirishda qatnashish, konsernning markaziy moliya va moddiy-texnika resurslaridan, uning axborot jamg‘armasi va ma’lumotlar omboridan birinchi navbatda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona faoliyati yuzasidan “Sharq” konserni rahbariyati qabul qilgan qarorga, vakillik qatnashchisining konsern tarkibidan o‘zaro hisob-kitob qilib chiqib ketishiga qadar, veto quyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bergan sarmoyasi va uning evaziga olingan foydaga muvofiq aksiyalar olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ionalar berish, biron tadbirga pul o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sharq” konserni tarkibiga qiruvchi korxonalar va tashkilotlar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni birinchi navbatda sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sharq” konserni faoliyatiga hamda uning mol-mulki holatiga daxldor ma’lumotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sharq” konserni ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilgan mablag‘lar doirasida konsern rahnamoligida o‘tkaziladigan dasturlarni bajarish uchun “Sharq” konsernidan moliyaviy yordam yoki boshqa yo‘sindagi yordam olish huquqlariga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Sharq” konserni a’zolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Ustavga rioya etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirish badallari va yillik badallar to‘lashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sharq” konserni tasdiqlagan dasturning uning qatnashchisi faoliyatiga taalluqli qismini bajarishga, bajarilgan ish xususida hisobot taqdim etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilgan shartnomaga muvofiq yoki ko‘pchilik bo‘lib qabul etilgan qarorga binoan “Sharq” konserni qarorini bajarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern faoliyatiga taalluqli ayrim masalalarni ishlab chiqish uchun kerakli axborotni “Sharq” konserniga taqdim etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsernga uning o‘z vazifalarini bajarishda yordam ko‘rsatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern faoliyati natijasida olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Sharq” konsernining har bir a’zosi uning a’zolari tarkibidan chiqishi mumkin, bu haqda chiqish vaqtidan kamida bir yil oldin, konsern rahbariyati bilan boshqa muddatga kelishilmagan bo‘lsa, “Sharq” konserni rahbariyatiga yozma ravishda xabar qilinishi lozim. Konserndan chiqish vaqtida uning tarkibidan chiqayotgan qatnashchi “Sharq” konserni va uchinchi shaxslar oldidagi o‘zining barcha majburiyatlarini bajarishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘z navbatida “Sharq” konserni ana shu qatnashchi oldida zimmasida bo‘lgan vazifalarni bajarishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsern a’zosi uning tarkibidan chiqayotganda, shartnomaga muvofiq konsernga berilgan o‘sha asosiy jamg‘armalargina unga qaytarilishi kerak. Konserndan chiqayotgan a’zo markazlashtirilgan resurslardan olgan asosiy fondlar va intellektual mulk qaytarilishi shart emas hamda ular konsern Kengashi qarori bilangina u belgilaydigan narxda haqini to‘lab sotib olinishi yoki “Sharq” konserni belgilaydigan shartlarda almashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsern muayyan a’zosining faoliyati ushbu Ustavga zid bo‘lsa, konsern Kengashining qarori bilan ana shu qatnashchining “Sharq” konserniga a’zoligi to‘xtatib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Sharq” konserni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bankida va Tashqi iqtisodiyot bankida o‘zining hisob-kitob schyotiga va boshqa xil schyotlarga ega bo‘lib, barcha kassaviy va kredit hamda hisob-kitob yumushlarini so‘m va valyutada mustaqil ravishda amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ham respublikada, ham boshqa mamlakatlarda savdo sheriklarini va mol yetkazib beruvchilarni erkin tanlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zining ishlab chiqarish-moliya faoliyatini mustaqil tarzda rejalashtiradi hamda ishlab chiqilayotgan maqsadli dasturlar, shuningdek, “Sharq” konserni a’zolarining ishlab chiqarish, ijtimoiy rivojlantirishning olis istiqbolga mo‘ljallangan va joriy rejalari asosida taraqqiyot istiqbollarini belgilab oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zining qatnashchilari topshirig‘iga ko‘ra va ushbu Ustavga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruv idoralari bilan davlat buyurtmalarini joylashtirish borasida o‘zaro hamkorlik yuzasidan vazifalarni markazlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern a’zolari imkoniyatlari va resurslarini oqilona jamlashni ta’minlash yo‘li bilan “g‘oyadan to ommaviy ishlab chiqarishga qadar” bo‘lgan innovatsiya faoliyati butun turkumini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasining roziligiga ko‘ra respublikada zaruratga qarab fan, texnika, ishlab chiqarish, madaniyat, ta’lim, turizm, sog‘lomlashtirish sohalarida, shuningdek, o‘zining Ustavda yozib qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi korxonalar (firmalar, markazlar, ilmiy-ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy birlashmalar va boshqa birlashmalar) barpo etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z nomidan shartnomalar tuzishi, respublika banklari va ajnabiy banklar kreditlaridan foydalanish, chetdan mol olib kelish hamda chetga mol chiqarish yumushlarini va boshqa tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishi, bu ishni uchinchi mamlakatlar orqali olib borishi ham mumkin, respublikadagi va chet ellardagi bozorlarda, birjalarda, kim oshdi savdolarida qatnashishi, O‘zbekiston Respublikasida va chet ellarda korxonalar, shu jumladan, xorijiy firmalar bilan qo‘shma korxonalar ochishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z Kengashi qaroriga ko‘ra maqsadli dasturlarni ro‘yobga chiqarish uchun sarflanadigan markazlashtiriladigan jamg‘armalar ochadi, istiqbolli ilmiy-texnikaviy yechimlar investitsiyasini amalga oshiradi, yangi tashkil etilgan korxonalarning Ustav jamg‘armasini shakllantiradi, “Sharq” konserni a’zosi bo‘lgan mehnat jamoalarini rag‘batlantirish, konsernning apparatini saqlashni ta’minlash, ijtimoiy dasturlarni ro‘yobga chiqarish bilan shug‘ullanadi. “Sharq” konserni jamg‘armalarining tuzilishini uning Kengashi belgilab beradi. “Sharq” konsernining markazlashtirilgan jamg‘armalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi bilan kelishilgan holda konsern Kengashi tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z tarkibida konsernning respublikadagi va chet ellardagi faoliyatini ta’minlaydigan tijorat banki tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zining daromadlari hamda konsern a’zolari daromadi hisobiga maqsadli ijtimoiy-madaniy dasturlar jamg‘armalarini tuzadi. Bu jamg‘armalar madaniyatni, ta’limni rivojlantirishga sarflanadi. Jamg‘armalarni tashkil etuvchi moliyaviy mablag‘lar va moddiy-texnika resurslarini shakllantirish hamda ularni sarflash tartibini konsern Kengashi tartibga solib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuziladigan korxonalar, markazlar va firmalar orqali marketing, konsalting, lizing, injiniring xizmatlarini ko‘rsatadi, boshqaruv, moliya-valyuta, shartnoma-huquq masalalarida, mahsulotni reklama qilish va sotishda, yarmarka va ko‘rgazmalarda, litsenziyalar, “nou-xau” sotib olish va sotishda ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikadagi va boshqa davlatlardagi muassasalar, tashkilotlar va firmalar bilan, shuningdek, ularning vakillari hamda fuqarolar bilan konsern vakolatiga qiruvchi masalalar yuzasidan amaliy muloqot olib borish, o‘z a’zolarining manfaatlarini davlat idoralarida va mahalliy idoralarda himoya qilish huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ham respublikada, ham boshqa mamlakatlarda bitimlar va boshqa xil huquqiy hujjatlar tuzishi, shu jumladan, o‘zining Ustav jamg‘armasi doirasida korxonalar, tashkilotlar, firmalar va shirkatlar bilan, shuningdek, ayrim fuqarolar bilan kredit va veksel bitimlari tuzishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ham respublikada, ham boshqa mamlakatlarda korxonalarni, ijtimoiy va madaniy ahamiyatga molik obyektlarni, shuningdek, har qanday qo‘zg‘aladigan va qo‘zg‘almaydigan mol-mulkni quradi, sotib oladi, chegirib beradi, qarzga yoki ijaraga oladi hamda qarzga yoki ijaraga beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi roziligi bilan yoki mustaqil ravishda faoliyati o‘zining maqsad va vazifalariga mos keladigan aksiyali jamiyatlar, birgalikdagi korxonalar, banklar va boshqa tashkilotlarni ta’sis etish yoki ularda qatnashish huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro yarmarka va ko‘rgazmalarda qatnashadi, respublikada va chet ellarda ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalar, simpozium va seminarlarni tashkil etadi, reklama va axborot yo‘sindagi nashrlarni chop etadi, radio va televideniyeda reklama va axborot hamda tushuntirish yo‘sindagi eshittirish va ko‘rsatuvlar tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zi ishlab chiqargan, qolaversa, birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarga, jumladan, davlat buyurtmasiga kiritilgan mahsulotlarga qaror topgan jahon narxlari darajasida so‘mda va chet el valyutasida mustaqil ravishda narx hamda tarif tuzadi va belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarni bajarish uchun yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni tuzilgan bitimlarda aytib o‘tilgan shartlarda jalb etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shtatdan tashqari jalb etilgan mutaxassislar mehnatiga ham so‘mda, ham valyutada haq to‘lash tartibini mustaqil tarzda belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi bilan kelishuv asosida “Sharq” konserni o‘z faoliyatiga aloqador masalalarni hal etish uchun o‘z mutaxassislarini xizmat safariga, shu jumladan, chet el safariga jo‘natadi va xorijiy mutaxassislarni qabul qiladi, shuningdek, “Sharq” konserni qatnashchilari-a’zolari hamda tashqi sheriklar o‘rtasida eksport-import hamda vositachilik vazifalarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el safariga jo‘nab ketish uchun pasportni rasmiylashtirishi, shuningdek, safarga yuborilayotgan xodimga ruxsat olish uchun chet davlatlarning konsulxonalari va elchixonalariga murojaat etishi mumkin, bunda O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 20-oktabrdagi 350-son qaroriga amal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sharq” konserni xizmatchilari maosh, mukofot va boshqa haqlarni olishlari mumkin. Ularga amaldagi qonunlarga hamda markaziy idoralarning qarorlariga muvofiq soliq solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. “Sharq” konsernining mol-mulki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Sharq” konsernining mol-mulki asosiy jamg‘armalar va harakatdagi mablag‘lardan, shu jumladan, erkin almashtiriladigan valyutadagi mablag‘lardan, shuningdek, boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy resurslardan iboratdir. Ishlab chiqarish-xo‘jalik vazifalarini markazlashtirilgan tartibda bajarish uchun korxona va tashkilotlar “Sharq” konserniga bergan mol-mulk ham “Sharq” konsernining mol-mulki hisoblanadi. “Sharq” konserni o‘ziga birkitilgan va o‘zi sotib olgan mol-mulk va boshqa mulkka “O‘zbekiston Respublikasida mulk to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ravishda egalik qilish, undan foydalanish va o‘z ixtiyoriga olish huquqini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Sharq” konserni mulki sum va valyutadagi tushumlarning quyidagi manbalari hisobidan hosil bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z ishlab chiqarish va xo‘jalik hamda tijorat faoliyatidan olingan daromadlardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan iona yoki sovg‘a qilingan moddiy, pul, valyuta resurslaridan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “Sharq” konsernining yoki uning tarkibiga qiruvchi a’zolarning aksiyalarini chiqarish vaqtida konsernning muassislari bo‘lgan tashkilotlarning, shuningdek, yangi qabul qilinayotgan a’zolarning mol-mulki va boshqa mulki “Sharq” konserni va uning tegishli korxonasi aksiyali sarmoyasi qiymat bahosini hamda ustav aksiyali sarmoyasi shaklini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav fondi qiymati ko‘payganda “Sharq” konserni aksiyali sarmoyasini ko‘paytirish konsern rahbariyati qaroriga muvofiq yangi aksiyani chiqarish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Sharq” konserni olgan daromad, soliqlar to‘langanidan so‘ng, uning o‘z ixtiyorida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘z majburiyatlari qoplanganidan keyin “Sharq” konserni ixtiyorida qolgan daromadlarni taqsimlash mutanosibligi konsern Kengashi qarori bilan har yili belgilab qo‘yiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “Sharq” konserni jamg‘armasiga so‘m va valyutadagi barcha badallar va kirimlar kiradi. Jamg‘armadan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniyat va Ma’naviyat sohasidagi faoliyat uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern Kengashi sarf-xarajati uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern korxonalarini, firmalarini va tashkilotlarini saqlash va rivojlantirish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakillik sarf-xarajatlari uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakillik faoliyati masalalari yuzasidan mutaxassislarni xizmat safariga yuborish sarf-xarajatlari uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qatnashchilar, shuningdek, o‘ziga tegishli korxonalar, firmalar va tashkilotlar manfaatlarini ko‘zlab tadqiqotlar olib borish, uskunalar, materiallar, Namunalar, “nou-xau” sotib olish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rgazmalar, yarmarkalar, kim oshdi savdolari, lotereyalar o‘tkazish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noshirlik-reklama faoliyati uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xayriya maqsadlari uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv idoralari qaroriga binoan boshqa sarf-xarajatlar uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sharq” konserni qatnashchilarining, firmalar va tashkilotlarning moliyaviy jamg‘armaga badallar, ulushlar va tushumlarni to‘lash miqdorlarini, tartibini va muddatlarini konsern Kengashi belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sharq” konserni qatnashchilarining kirish badallari qaytarib berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. “Sharq” konsernining moliyaviy faoliyati konsern Kengashi tasdiqlagan ishlab chiqarish va tijorat dasturlari asosida olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Smeta so‘mda va valyutada tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. “Sharq” konserni faoliyatini boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. “Sharq” konserni Kengashi konsern boshqaruvining yuqori idorasi hisoblanadi. Kengash konsern muassislari bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar vakillaridan iborat bo‘ladi. Kengashning har bir a’zosi bitta ovozga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror qabul qilish uchun fikrni yozma ravishda so‘rab olishga yo‘l qo‘yiladi. Zarurat bo‘lganda konsern Kengashi a’zosi majlisda uning nomidan ish qurishni Kengashning boshqa a’zosiga topshirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash majlislari zaruratga qarab, ammo yarim yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. Kengash Majlisi konsernning bosh direktori boshchiligidagi ma’muriyatni tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Konsern Kengashi konferensiyalar orasidagi davrda konsern faoliyatiga doir barcha masalalar yuzasidan, shu jumladan, quyidagi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishga haqlidir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern hamda konsern tarkibida tashkil etilayotgan korxonalar, firmalar, tashkilotlar vakilliklar Ustavini qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda uning dasturlarini, shuningdek, ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy va boshqa jamg‘armalarni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsernga yangi qatnashchilar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern boshqarmasi mansabdor shaxslari mehnatiga haq to‘lash va ularni mukofotlash shartlarini belgilab quyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Konsern ijrochilik faoliyatiga rahbarlik bosh direktor boshchiligidagi ma’muriyat tomonidan amalga oshiriladi. Bosh direktor konsern Kengashi a’zolari orasidan saylanadi, uni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’muriyat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha vazifalarni bajaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturlar hamda ishlab chiqarish rejalarini ishlab chiqish hamda ularni tasdiqlash uchun taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturlarni ro‘yobga chiqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
smetalarni ishlab chiqadi, ularning ijrosi haqida hisobot tayyorlaydi va tasdiqlash uchun taqdim qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsernning moliyaviy barqaror bo‘lishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborot yo‘sinidagi va boshqa xil materiallarni tayyorlab qatnashchilarga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar, korxonalar, muassasalar bilan munosabatlarda konsern nomidan ish ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern Kengashi qarorlarini bajarish hamda ana shu qarorlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim qilish yuzasidan ishlarning bajarilishini ta’minlaydi, shuningdek, boshqaruv tuzilishini ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Konsernning moliyaviy faoliyatini nazorat qilish uchun taftish komissiyasi tuziladi. Konsern rahbar idoralarining a’zolari bu komissiyaga a’zo bo‘la olmaydilar. Taftish komissiyasi o‘tkazilgan taftishlar haqidagi materiallarni, shuningdek, yillik hisobot yuzasidan o‘z xulosasini konsern Kengashiga va konsern konferensiyasiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Konsern qatnashchilarining konferensiyasi yiliga kamida bir marta o‘tkaziladi. Konferensiyada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilda bajarish uchun rejalar, dasturlar qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularni amalga oshirish yuzasidan konsern oldida turgan uzoq istiqbolga mo‘ljallangan vazifalar ko‘rib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern moliyaviy faoliyati yuzasidan hisobotlar ko‘rib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taftish komissiyasi saylanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern daromadlarini taqsimlash masalalari ko‘rib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konferensiya qatnashchilarining taklifiga ko‘ra boshqa masalalar hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Konsern Kengashi o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun konsern faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus markazlar tuzishi, asosiy va tayanch tashkilotlarni belgilashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Konsernning ixtisoslashtirilgan markazlari va tashkiliy asosdagi boshqa bo‘linmalarining tarkibiy sxemasini, shuningdek, ular rahbarlarining maoshlarini bosh direktor tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Konsernda boshqaruv vazifalarini amalga oshirish uchun, xo‘jalik vazifalarini bajarish uchun boshqaruvning ijroiya devoni tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv devoni xodimlarining mehnatiga haq to‘lash shartlari va devon shtatini bosh direktor belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Hisobga olib borish va hisobot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Konsernning moliyaviy yili kalendar yilining 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar belgilanadi. Har yil tugaganidan so‘ng hisobot balansi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Konsernda buxgalterlik hisobi hamda hisobot ishi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab quyilgan tartibda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. “Sharq” konsernini tugatish va qayta tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. “Sharq” konsernini tugatish va tashkil etish “O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. “Sharq” konserni tugatilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi tugatish komissiyasini tayinlaydi, u tugatish balansini tasdiqlash uchun taqdim etadi.