02.10.2018 yildagi 785-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” (2-qo‘shimcha moliyalashtirish) loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilashni ta’minlash uchun moliyaviy resurslarni jalb etishni kengaytirish, energiya samaradorligini oshirish hamda energiyani tejaydigan asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011 — 2015-yillarda 16,5 mln. maxsus qarz olish huquqlari (25 mln. AQSh dollari ekvivalentida) jalb etilgan holda, Jahon banki bilan birgalikda “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi amalga oshirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yildan buyon loyiha Xalqaro taraqqiyot uyushmasining (XTU) uzoq muddatli moliyaviy resurslaridan 66,1 mln. miqdoridagi maxsus qarz olish huquqlari (100 mln. AQSh dollari ekvivalentida) asosida qo‘shimcha moliyalashtirilgan holda amalga oshirilayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha doirasida yiliga 505,1 mln. kVt/s elektr energiyasi va 187,7 mln. m. kub tabiiy gaz iqtisod qilishni ta’minlaydigan energiya samarador uskunalar va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha umumiy qiymati 150,2 mln. AQSh dollari bo‘lgan 82 ta investitsion loyiha amalga oshirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon bankining Direktorlar kengashi Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (keyingi o‘rinlarda XTTB deb ataladi) 5 yillik imtiyozli davrni qo‘shib hisoblaganda qaytarish muddati 25 yil bo‘lgan 200 mln. AQSh dollar miqdoridagi qarz mablag‘larini taqdim etish bilan “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish (2-qo‘shimcha moliyalashtirish)” loyihasini (keyingi o‘rinlarda Loyiha deb ataladi) 2018-yil 30-yanvarda ma’qullaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 17-mayda Amerika Qo‘shma Shtatlariga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi nomidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan XTTB bilan Qarz bitimi imzolanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 24-mayda ishtirok etuvchi tijorat banklari — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “Asaka” ATB, “Hamkorbank” ATB, “Asia Alliance Bank” ATB, “InfinBank” ATB (keyingi o‘rinlarda ishtirok etuvchi tijorat banklari deb ataladi) – XTTB bilan Loyihani amalga oshirish to‘g‘risida bitimlar imzolagani va loyiha bitimlari shartlariga muvofiq Loyihani bajarish majburiyatlarini o‘z zimmasiga olgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi nomidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan XTTBning qarz mablag‘larini qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimlarni imzolash vakolati berilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirish davri 5 yil (2018 — 2022-yy.) etib belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XTTBning 199,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi qarz mablag‘larining bir qismi ishtirok etuvchi tijorat banklariga sanoat korxonalarining energiya samarador uskunalar xarid qilish va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun revolver kredit liniyasi (“B” komponenti — “Ishtirok etuvchi tijorat banklari uchun kredit liniyasi”) shaklida qayta moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar Jahon banki bilan boshqacha tarzda kelishilmagan bo‘lsa, sanoat korxonalariga XTTB qarz mablag‘lari hisobidan taqdim etiladigan kreditning maksimal summasi bitta subzayem oluvchi tashkilot uchun 10 mln. AQSh dollaridan, bitta sohadagi sanoat korxonalari uchun taqdim etiladigan kreditlarning maksimal summasi 30 mln. AQSh dollaridan oshmasligi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XTTB qarz mablag‘larining 1 mln. AQSh dollari miqdoridagi qismi texnik ko‘maklashishni (“A” komponenti — “Energiya samaradorligi sohasidagi salohiyatni oshirib borish va loyihani boshqarish”), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 25-iyuldagi 211-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Loyihani muvofiqlashtirish guruhi faoliyatini kelgusida moliyalashtirish orqali Loyihaning amalga oshirilishini umumiy muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani muvofiqlashtirish guruhining shtat jadvali va har yillik moliyalashtirish smetalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan majburiy tartibda kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avvalgi liniyalar bo‘yicha va ushbu Loyiha mablag‘laridan kredit olgan subzayem oluvchi tashkilotlar tomonidan qaytariladigan mablag‘lar ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan revolver asosida qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimlar bo‘yicha resurslarni qaytarish hisobga olingan holda mablag‘lar qoldig‘i doirasida sanoat korxonalarining energiya samarador uskunalarni xarid qilish va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini kelgusida moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish”loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarz mablag‘larini jalb etish jadvali 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarz mablag‘larini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini to‘lash jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Loyihani umumiy muvofiqlashtirish va Loyihaning “A” komponentini amalga oshirish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirok etuvchi tijorat banklari Loyihaning “V” komponentini amalga oshirish bo‘yicha ijro etuvchi organlar hisoblanadi va XTTB qarz mablag‘larini ular tomonidan qayta moliyalashtiriladigan qismini maqsadli va samarali ishlatilishi uchun javob beradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirok etuvchi tijorat banklari XTTBning qayta moliyalashtiriladigan qarz mablag‘lari hisobidan energiya samarador investitsiya sub-loyihalarini amalga oshirishni moliyalashtirish uchun qaytarish, to‘lov va muddatlilik shartlarida o‘z nomidan kreditlar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sub-loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatgichlarini hisobga olgan holda Loyiha doirasida ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutada kredit mablag‘larini 10 yil muddatgacha berishga ruxsat etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XTTB qarz mablag‘larini qaytarish, shuningdek, mazkur qarz mablag‘lari bo‘yicha foizlar, vositachilik haqlari va boshqa xarajatlarni to‘lash ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan qarz summasining qayta moliyalashtiriladigan qismi bo‘yicha o‘z mablag‘lari va Loyihaning “A” komponenti qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Jahon banki bilan kelishilgan holda zarurat bo‘lganda, ishtirok etuvchi tijorat banklari faoliyatini ushbu Loyiha doirasida tahlil qilish asosida ularning tarkibini ko‘rib chiqish huquqiga ega.
(4-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan XTTB o‘rtasidagi Qarz bitimi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va ishtirok etuvchi tijorat banklari o‘rtasida qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimlar bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan birgalikda Loyihani amalga oshirish hisobga olingan holda kreditlar berish tartibini, moliyalashtirilayotgan sub-loyihalarni baholash va tanlab olish mezonlarini, shuningdek, moliyaviy boshqarish, xaridlar, loyihaning amalga oshirilishini montoring qilish va baholash tartib-taomillarini belgilaydigan Loyiha bo‘yicha Operatsion qo‘llanmani bir oy muddatda qayta ishlab chiqilishini va Jahon banki bilan kelishilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish davlat qo‘mitasi belgilangan tartibda sub-loyihalar va subzayem oluvchi tashkilotlarning atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risidagi arizalarining davlat ekologik ekpsertizasini o‘tkazilishi, shuningdek, Loyiha talablariga muvofiq sub-loyihalarning atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha toifalarini aniqlashni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha Loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik kirish vizalari berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 2-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
785-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/785/1987-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)