27.09.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3070
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrugʻi, 27.09.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3070
Kuchga kirish sanasi
28.09.2018
Hujjat 23.02.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy mehnat shartnomalari boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan, shuningdek xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 27-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3070]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xususiy mehnat shartnomalari boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan, shuningdek xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir Sh. KUDBIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 10-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-B-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2018-yil 10-avgustdagi 21-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy mehnat shartnomalari boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan, shuningdek xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq xususiy mehnat shartnomalari boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan, shuningdek xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning (bundan buyon matnda Fuqaro deb yuritiladi) ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fuqarolarning roʻyxatdan oʻtishi ixtiyoriy boʻlib, bepul asosda va elektron shaklda amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktorining 2026-yil 11-fevraldagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3070-1, 21.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2026-y., 10/26/3070-1/0169-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktorining 2026-yil 11-fevraldagi 2-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3070-1, 21.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2026-y., 10/26/3070-1/0169-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Roʻyxatdan oʻtish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasi (bundan buyon matnda elektron dasturiy majmua deb yuritiladi) orqali roʻyxatdan oʻtadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktorining 2026-yil 11-fevraldagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3070-1, 21.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2026-y., 10/26/3070-1/0169-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Elektron dasturiy majmuada Fuqaroga roʻyxatdan oʻtishda qaysi tildan foydalanishni tanlash taklif etiladi. Fuqaro oʻziga qulay boʻlgan til koʻrsatilgan tugmani bosadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktorining 2026-yil 11-fevraldagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3070-1, 21.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2026-y., 10/26/3070-1/0169-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Fuqaroga Jismoniy shaxslar maʼlumotlar bazasi (id.gov.uz) orqali avtorizatsiyadan oʻtish taklif etiladi. Bunda Fuqaro “avtorizatsiya” tugmasini bosishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Fuqaroga jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritmoqchiligini tanlash taklif etiladi. Fuqaro tegishli tugmani belgilaydi va “Tanlash” tugmasini bosadi, bunda u shaxsiy kabinetga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shaxsiy kabinetda onlayn xizmatlar boʻlimida konsullik hisobiga turish uchun “Konsullik hisobiga turish uchun maʼlumotnoma olish” tugmasini bosadi. Mazkur tugma bosilganda Fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijiy davlatda ishga joylashishi toʻgʻrisidagi Guvohnomaning shakli taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Fuqaro mazkur shakldagi “doimiy yashash joyi” hamda “mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” deb nomlangan qatorni toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Fuqaro “doimiy yashash joyi” qismida davlat, shahar va manzil deb nomlangan qatorlarga, shuningdek “mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” qismida davlat, shahar, manzil, korxona nomi, lavozimi va kasbi, mehnat faoliyatini boshlagan vaqti va oylik ish haqi deb nomlangan qatorlarga oʻzi haqidagi maʼlumotlarni toʻgʻri va toʻliq kiritadi. Fuqaro mazkur shaklda “qoʻshimcha maʼlumotlar” deb nomlangan qatorga oʻzi haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlarni kiritishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktorining 2026-yil 11-fevraldagi 2-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3070-1, 21.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2026-y., 10/26/3070-1/0169-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktorining 2026-yil 11-fevraldagi 2-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3070-1, 21.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2026-y., 10/26/3070-1/0169-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktorining 2026-yil 11-fevraldagi 2-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3070-1, 21.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2026-y., 10/26/3070-1/0169-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Fuqaro tomonidan mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar kiritilgandan soʻng Guvohnoma elektron dasturiy majmuada avtomatik ravishda shakllantiriladi hamda uning elektron shakli Fuqaroga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning amal qilish muddati Fuqaroning xorijiy davlatda mehnat faoliyatini amalga oshirish boʻyicha tuzilgan shartnomasi muddatiga mos ravishda belgilanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktorining 2026-yil 11-fevraldagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3070-1, 21.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2026-y., 10/26/3070-1/0169-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 408-moddasiga muvofiq mehnat shartnomasi asosida chet elda yollanib ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq toʻlaganda toʻlovlar amalga oshirilgan davrlar mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktorining 2026-yil 11-fevraldagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3070-1, 21.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2026-y., 10/26/3070-1/0169-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3584-son “Vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan transport orqali chet elga joʻnab ketish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq elektron dasturiy majmua orqali roʻyxatdan oʻtgan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan fuqarolarga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan platskart va umumiy vagonlarga temir yoʻl chiptalarining narxlariga 20 foiz chegirmalar taqdim etiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktorining 2026-yil 11-fevraldagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3070-1, 21.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2026-y., 10/26/3070-1/0169-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktorining 2026-yil 11-fevraldagi 2-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3070-1, 21.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2026-y., 10/26/3070-1/0169-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur Nizomning talablarini buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2018-y., 10/18/3070/1971-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 23.02.2026-y., 10/26/3070-1/0169-son)