Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatidagi qurilishi tugallanmagan obyekt negizida zamonaviy toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 18-noyabrdagi 252-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish boʻyicha choralar toʻgʻrisida” 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3406-son qaroriga muvofiq hamda “Textile Technologies Group” MChJ shaklidagi xorijiy korxona negizida toʻliq ishlab chiqarish sikliga ega boʻlgan zamonaviy toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihasinining II bosqichi amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.U. Xaydarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 25-sentabr,
761-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 761-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatidagi qurilishi tugallanmagan obyekt negizida zamonaviy toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 18-noyabrdagi 252-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 2-bandda:
a) uchinchi xatboshidagi “2013 — 2017-yillar” soʻzlari “2013 — 2019-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) beshinchi xatboshidagi “7,5 mln kv.metr trikotaj gazlamalar va 5,0 mln dona tayyor tikuvchilik buyumlari” soʻzlari “tayyor trikotaj buyumlar uchun kamida 1000 tonna ip-gazlama kalavasini qayta ishlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) oltinchi xatboshidagi “80” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin.
2. 3-bandning ikkinchi xatboshiga “kiritilgan uskunani tasarruf etish huquqini bergan holda” soʻzlari qoʻshilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/761/1960-son)