1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlashning hamda davlat budjeti daromadlarini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi vaqtda mamlakatda mineral xomashyo resurslaridan foydalanishga investitsiyalarni jalb etish hamda tabiiy qazilma boyliklardan oqilona va samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu yo‘nalishda bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, mazkur sohadagi ishlarning holati tabiiy qazilma boyliklardan tartibli foydalanish hamda davlat budjetiga undiriladigan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq undirilishiga to‘sqinlik qilayotgan bir qator muammo va kamchiliklar borligidan dalolat bermoqda. Xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, respublika bo‘yicha noruda foydali qazilma boyliklarni qazib oluvchi tashkilotlarning ro‘yxati va ular tomonidan qazib olingan foydali qazilmalar zaxiralari hajmining yagona integratsiyalashgan idoralararo elektron bazasi mavjud emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, soliqlar to‘lashdan bo‘yin tovlashning turli sxemalari yaratilishiga olib kelayotgan, yer qa’ridan foydalanuvchilar faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha berilgan vakolatlardan samarasiz foydalanilmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) noruda foydali qazilmalar miqdorini hisobotlarda kamaytirib ko‘rsatish holatlari aniqlanmoqda, bu esa soliq summalarining to‘liq hisoblanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802 son qaroriga muvofiq, tabiiy qazilma boyliklardan oqilona va samarali foydalanishni hamda ularning haqqoniy hisobini yuritishni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shunday tartib joriy qilinsinki, unga muvofiq barcha yer qa’ridan foydalanuvchi tashkilotlar har yili bir marta yillik qazib olingan foydali qazilmalar hajmlari to‘g‘risida ilovaga muvofiq marksheyderlik xulosasini tuzadilar va Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish hududiy inspeksiyalariga taqdim etadilar. Bunda marksheyderlik xulosasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilda — joriy yil 15-dekabrga qadar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yildan boshlab — hisobot yilidan keyingi yilning 1-martiga qadar taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi hamda Davlat soliq qo‘mitasining yer qa’ridan qazib olingan noruda foydali qazilmalar hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mazkur faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar bo‘yicha elektron bazasini yaratish hamda uni 2019-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmining marksheyderlik xulosasiga muvofiqligi yuzasidan monitoring o‘tkazish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmining monitoringi bir yilda ikki marotabadan oshmagan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring joylarga borgan holda, soliq to‘lovchi foydalanadigan obyektlarda va hududlarda soliq to‘lovchining mansabdor shaxslari yoki ularning vakillari ishtirokida, qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmini aniqlash hamda ma’lumotnoma bilan rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi barcha yer qa’ridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan noruda foydali qazilmalarni qazib olish (ajratib olish) hajmlarini tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan marksheyderlik xulosalarini to‘plagan holda 2018-yil 15-dekabrga qadar yalpi xatlovdan o‘tkazsin va to‘plangan xatlov natijalarini yaratilgan elektron bazasiga kiritgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga 2019-yil 1-yanvarga qadar taqdim etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qazib olingan (ajratib olingan) noruda foydali qazilmalarning haqiqiy hajmidan kelib chiqqan holda soliqlarning to‘g‘ri hisoblanishi, o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.S. Sultanov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F. Islamov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 10-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
720-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentabrdagi 720-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) noruda foydali qazilmalar miqdori haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MARKShEYDERLIK XULOSASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish