Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman (shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 5-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3065]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 9-iyundagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-3, 17.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 10/22/3065-3/0613-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. ISROILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-iyul,
10-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 9-iyuldagi 10-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizom
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ommaviy sport tadbirlari — 100 va undan koʻp kishilarning ishtirokida sport musobaqalarini, oʻquv-mashq jarayonini va sportchilar ishtirokida sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha boshqa tadbirlar (xalq sayillari, festivallar, milliy namoyishlar va oʻyinlar, koʻrik-tanlovlar, koʻrgazmali chiqishlar)ni oʻtkazish maqsadida sport inshootlarida tashkil qilinadigan fuqarolarning birgalikda qatnashishlari;
Oldingi tahrirga qarang.
sport jamoalari — ommaviy sport tadbirlarida qatnashayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilaridan iborat turli yosh guruhlariga tegishli sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya oʻqituvchilari, tibbiyot mutaxassislari va boshqa mutaxassislardan iborat ommaviy sport tadbirlariga tayyorlanish va ularda Oʻzbekiston Respublikasining hududida qatnashish maqsadida tashkil etiladigan jamoalar;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
ommaviy sport tadbiri tashkilotchilari — oʻz tashabbusi bilan sport tadbiri oʻtkazayotgan va (yoki) bunday tadbirni tayyorlash hamda oʻtkazishni tashkiliy, moliyaviy va moddiy jihatdan taʼminlashni amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs(lar);
ommaviy sport tadbiri ishtirokchilari — ommaviy sport tadbirlari tashkilotchilari, sport jamoalari, sportchilar va boshqa shaxslar, shuningdek tomoshabinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
sport inshooti — sport tadbirlari va ommaviy sport tadbirlarini, sport turlari boʻyicha oʻquv-mashq mashgʻulotlari va oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan, oʻziga qoʻyiladigan norma va talablarga javob beradigan yopiq yoki ochiq tipdagi ixtisoslashtirilgan inshoot.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 17-noyabrdagi 15-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-4, 24.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2023-y., 10/23/3065-4/0884-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ommaviy sport tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi (bundan buyon matnda tegishli vazirliklar va idora deb yuritiladi) va ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga muvofiq tegishli ruxsatnoma olinganidan soʻng boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ommaviy sport tadbirlari tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan tasdiqlangan musobaqa qoidalariga asosan umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
4. Ommaviy sport tadbirlari jarayonlari videotasvirga tushirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ommaviy sport tadbirlarini fototasvirga tushirish, audio va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translyatsiya qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
2-bob. Ommaviy sport tadbirlarida ishtirok etuvchi jamoalarga qoʻyiladigan talablar
6. Ommaviy sport tadbirida ishtirok etuvchi sport jamoalari hakamlar hayʼatiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda sport jamoasi aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilgan talabnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻquvchining pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoxud tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 9-iyundagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-3, 17.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 10/22/3065-3/0613-son)
sugʻurta polisi (ishtirokchining xohishiga koʻra).
7. Ommaviy sport tadbirlarining keyingi bosqichlarida avvalgi bosqichlarda ishtirok etgan sport jamoalarining tarkibini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ommaviy sport tadbirlarining keyingi bosqichiga yoʻllanma olgan sport jamoasidagi oʻquvchi sogʻligʻi sababli keyingi bosqichlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega emasligi toʻgʻrisidagi tibbiyot muassasasining xulosasi hakamlar hayʼatiga taqdim etilgan hollar bundan mustasno.
8. Ommaviy sport tadbirlarida ishtirok etuvchi sport jamoalari sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan tasdiqlangan musobaqa qoidalariga, musobaqa oʻtkazilayotgan vaqtda jamoat tartibi va intizomiga amal qilishlari lozim.
3-bob. Ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha ishlarni tashkil qilish
Oldingi tahrirga qarang.
9. Ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha butun tadbirlar kompleksini bajarish uchun tegishli vazirliklar va idora hamda ularning hududiy boʻlinmalari oʻz buyruqlari bilan tashkiliy qoʻmitalar, hakamlar hayʼatlari, apellyatsiya komissiyalarini tashkil etadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
10. Tashkiliy qoʻmitalar:
ommaviy sport tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishda yagona uslubiy yondashuvni taʼminlaydi;
hakamlar hayʼatlari, apellyatsiya komissiyalari tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
sport jamoalarining ommaviy sport tadbirlariga kelishi bilan bogʻliq masalalarni hal qiladi;
ommaviy sport tadbirlarini fototasvirga tushirish, audio va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translyatsiya qilinishi yuzasidan ishlarni tashkillashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish uchun tegishli vazirliklar va idora hamda ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan sport federatsiyalari bilan kelishilgan holda hakamlar hayʼatlari tarkibi tasdiqlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
12. Hakamlar hayʼatlari sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan tasdiqlangan musobaqa qoidalariga asosan gʻoliblarni aniqlaydi va ommaviy sport tadbirlari yakunlarini bayonnoma bilan rasmiylashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Musobaqa natijalaridan norozi boʻlgan sport jamoalari musobaqa natijalari eʼlon qilingandan keyin 2 kun davomida tegishli vazirliklar va idora hamda ularning hududiy boʻlinmalari buyruqlari bilan tashkil etiladigan apellyatsiya komissiyasiga yozma murojaat etish huquqiga ega.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
14. Apellyatsiya komissiyasi hakamlar hayʼatlari tarkibida boʻlmagan kamida uchta mutaxassisdan iborat tarkibda tuziladi.
Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqishda sport jamoalari ishtirok etish huquqiga ega.
Apellyatsiya komissiyasi 24 soat ichida apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqadi. Bunda apellyatsiya komissiyasi tomonidan sportchining musobaqadagi natijalari hakamlar hayʼati tomonidan toʻgʻri qoʻyilganligiga baho beriladi va uning natijasi boʻyicha tegishli qaror qabul qilinadi.
Qaror 24 soat ichida sport jamoasiga yetkazilishi lozim.
4-bob. Ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish
15. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan ommaviy sport tadbirlari quyidagi toʻrt bosqichda oʻtkaziladi:
birinchi bosqich (taʼlim muassasasi bosqichi) — umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida sport turlari boʻyicha oʻtkaziladi;
ikkinchi bosqich (tuman (shahar) bosqichi) — tumanda (shahar) joylashgan barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarining birinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari gʻoliblari oʻrtasida oʻtkaziladi;
uchinchi bosqich (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi) — ikkinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari gʻoliblari oʻrtasida oʻtkaziladi;
toʻrtinchi bosqich (respublika bosqichi) — uchinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari gʻoliblari oʻrtasida oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Akademik litsey, kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan ommaviy sport tadbirlari quyidagi toʻrt bosqichda oʻtkaziladi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
birinchi bosqich (akademik litsey va kasbiy taʼlim tashkiloti bosqichi) — akademik litsey va kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ikkinchi bosqich (tuman (shahar) bosqichi) — tumanda joylashgan barcha akademik litsey va kasbiy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari gʻoliblari oʻrtasida oʻtkaziladi;
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
uchinchi bosqich (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi) — ikkinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari gʻoliblari oʻrtasida oʻtkaziladi;
toʻrtinchi bosqich (respublika bosqichi) — uchinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari gʻoliblari oʻrtasida oʻtkaziladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 13-dekabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-1, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3065-1/4250-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Ommaviy sport tadbirlarining birinchi bosqichida umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey yoki kasbiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan barcha oʻquvchilar ishtirok etish huquqiga ega.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Ommaviy sport tadbirlarining birinchi bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey yoki kasbiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan oʻquvchilar oʻzi tahsil olayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi, akademik litsey yoki kasbiy taʼlim tashkilotining jismoniy tarbiya oʻqituvchisiga murojaat qiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey yoki kasbiy taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari ommaviy sport tadbirlarida qatnashish istagini bildirgan oʻquvchilardan sport jamoalarini shakllantiradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey yoki kasbiy taʼlim tashkilotlarida birinchi bosqichda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan sport jamoalari keyingi bosqichga yoʻllanma olishadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Ommaviy sport tadbirlarining gʻoliblarini aniqlash va musobaqalarini yakunlash shartlari har bir ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tegishli vazirliklar va idora tomonidan tasdiqlangan musobaqa nizomida belgilanadi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
Musobaqa nizomi sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan tasdiqlangan musobaqa qoidalariga muvofiq boʻlishi lozim.
22. Ommaviy sport tadbirlarining gʻoliblari tadbir tashkilotchilari tomonidan birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali diplom, medal va kuboklar hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishlari mumkin.
5-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
24. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishilgan.
Xalq taʼlimi vaziri Sh. SHERMATOV
2018-yil 9-iyul
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
2018-yil 9-iyul
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M. XOLMUHAMEDOV
2018-yil 9-iyul
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
“TASDIQLAYMAN” ___________________(F.I.O.) 20______ yil “___”_________ | |||||
Sport jamoasi aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilgan TALABNOMA | |||||
T/r | F.I.O. | Tugʻilgan yil, oy, kun | Oʻquvchi qatnashayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi, akademik litsey yoki kasbiy taʼlim tashkiloti nomi | Umumiy oʻrta taʼlim maktabi, akademik litsey yoki kasbiy taʼlim tashkiloti shifokorining xulosasi | Oʻquvchining 3x4 sm oʻlchamdagi fotosurati |
1. | |||||
2. | |||||
3. | |||||
Zaxira | |||||
1. | |||||
2. | |||||
Sport jamoasi rahbari va trenerlar roʻyxati | |||||
1. | |||||
2. | |||||
Musobaqada ishtirok etuvchi oʻquvchilar soni: ____________ Umumiy oʻrta taʼlim maktabi, akademik litsey yoki kasbiy taʼlim tashkiloti shifokori:____________ ___ (F.I.O., imzo) Jamoa bosh treneri: __________ ____ (F.I.O., imzo) | |||||
(ilovaning matniOʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065-5, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2018-y., 10/18/3065/1849-son; 30.12.2019-y., 10/19/3065-1/4250-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 04.11.2021-y., 10/21/3065-2/1020-son; 17.06.2022-y., 10/22/3065-3/0613-son; 24.11.2023-y., 10/23/3065-4/0884-son; 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son; 25.11.2025-y., 10/25/3065-5/1086-son)