Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish, ularni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini va jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi shartnomaning namunaviy shaklini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ommaviy tadbirlar tashkilotchilari tomonidan ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risida ichki ishlar organlari bilan majburiy tartibda shartnomalar tuzilishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatish, shuningdek ularning tegishli ruxsatnomalar olmasdan o‘tkazilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ko‘rsin;
vazirliklar va idoralarning ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish davomida xavfsizlikni ta’minlashga jalb qilinadigan bo‘linmalari xatti-harakatlari muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
bir oy muddatda — ushbu qarorning maqsadlari, mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini aholining keng qatlamlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tushuntirish tadbirlari o‘tkazilishini;
ikki oy muddatda — har bir ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti bo‘yicha ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishni tartibga soluvchi yo‘riqnomalar, ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish komissiyalari tarkibi va ularning ish tartibi tasdiqlanishini;
uch oy muddatda — ommaviy tadbirlar o‘tkazish obyektlarini pasportlashtirish, yondosh hududlarning aniq chegaralarini belgilash tugallanishini, mavjud binolar, inshootlar va imoratlar, muhandislik-texnik, kommunikatsiya, yong‘inga qarshi, evakuatsiya inshootlari, kirish yo‘llari va transport vositalarining to‘xtash joylari, dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari, texnik asbob-uskunalar, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan maxsus vositalarning hisoblab chiqilgan zaxirasi va nomenklaturasining texnik holati tahlili o‘tkazilishini;
ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyektlarining ishonchliligini va qurilish konstruksiyalarining barqarorligini, ularning kommunikatsiya, yong‘inga qarshi, evakuatsiya va boshqa muhandislik-texnik vositalar hamda ommaviy tadbirlar ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tizimlari bilan jihozlanganligini aniqlash maqsadida ular texnik holatining muntazam monitoringi amalga oshirilishini, aniqlangan kamchiliklarning obyektlar ma’muriyati tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatilishini ta’minlasinlar.
bir oy muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ommaviy tadbirlar o‘tkazish obyektlari ma’muriyatlari va texnik xizmatlar rahbarlari bilan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazishda qonunchilikka, qurilish, yong‘inga qarshi, ekologiya hamda sanitariya-gigiyena normalari va talablariga rioya etish, shuningdek favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda harakat qilish masalalari bo‘yicha instruktaj o‘tkazilishini tashkil etsin;
idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan ushbu qaror talablariga rioya etilishini nazorat qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin.
5. Vazirliklar va idoralar ikki oy muddatda o‘zlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi hududida ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish tartibini belgilaydi hamda ular ishtirokchilari, ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyektlari ma’muriyatlarining, ichki ishlar organlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalari, shuningdek, davlat boshqa organlarining ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash bo‘yicha o‘zaro munosabatlari, majburiyatlari va huquqlarini tartibga soladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
2. Ushbu Qoidalarning amal qilishi yig‘ilishlar, namoyishlar, ko‘cha yurishlari va namoyishlarini, shuningdek to‘y, oilaviy, yubiley, vafot etganlar xotirasiga bag‘ishlangan oilaviy aza marosimlari va tadbirlarni o‘tkazishga tatbiq etilmaydi.
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining ma’muriyati — tasarrufida, foydalanishida, ixtiyorida ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti joylashgan davlat organi, yuridik yoki jismoniy shaxs;
ommaviy tadbir — 100 va undan ko‘p kishilarning ishtirokida ijtimoiy-siyosiy (anjumanlar, konferensiyalar, syezdlar va boshqalar), madaniy-ommaviy va ko‘ngilochar-tomosha dasturlari (musiqiy, adabiy va boshqa festivallar, konsert, teatr, sport, reklama tadbirlari, xalq sayillari, sirk, milliy namoyishlar va o‘yinlar, ko‘riktanlovlar va boshqalar), shuningdek umumxalq, diniy, kasb bayramlarini o‘tkazish maqsadida ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida tashkil qilinadigan fuqarolarning birgalikda qatnashishlari;
Oldingi tahrirga qarang.
alohida toifadagi ommaviy tadbir — “Yangi yil”, “Navro‘z bayrami”, “Mustaqillik kuni”, “Xotira va qadrlash kuni”, “Xalqaro bolalarni himoya qilish”, “Ro‘za hayit” (Iyd al-Fitr), “Qurbon hayit” (Iyd al-Adha), “Rojdestvo Xristovo”, “Pasxa” bayramlarini nishonlashga doir tadbirlar, ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish, umumta’lim maktablarida o‘quv yilining boshlanishi va tugashiga bag‘ishlangan, saylov va referendumlarni o‘tkazish bilan bog‘liq, shuningdek, xalqaro hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat rahbarlari ishtirokida o‘tkaziladigan tadbirlar hamda futbol bo‘yicha xalqaro miqyosdagi uchrashuvlar;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
birinchi toifadagi ommaviy tadbir — Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlari hududida o‘tkaziladigan alohida toifadagi ommaviy tadbir toifalariga kirmaydigan ommaviy tadbir;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ikkinchi toifadagi ommaviy tadbir — alohida va birinchi toifadagi ommaviy tadbirlar toifasiga kirmaydigan ommaviy tadbir;
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti — ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun maxsus mo‘ljallangan yoki moslashtirilgan, yong‘inga qarshi texnik himoya vositalari, tez tibbiy yordam ko‘rsatish, evakuatsiya qilish, kommunikatsiya, muhandis-texnik himoya vositalari va ommaviy tadbir ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashning boshqa vositalari va tizimlari bilan jihozlangan, alohida, birinchi va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyektlari ro‘yxatlariga kiritilgan ochiq joy uchastkalari, binolar, inshootlar, shuningdek, ommaviy tadbirlar o‘tkazishga qulay bo‘lgan keng maydonlar (madaniyat-ma’rifat muassasalari, sport majmualari, tarixiy obidalar, dalalar, istirohat bog‘lari, xiyobonlar va boshqalar);
(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
ommaviy tadbir tashkilotchisi — ommaviy tadbirni tashkil qilish va o‘tkazish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan davlat organi, yuridik shaxs va 18 yoshga yetgan jismoniy shaxs;
ommaviy tadbir dasturi — ommaviy tadbirni o‘tkazish maqsadlari, obyekti, sanasi va aniq vaqtini, har bir bosqichini o‘tkazish uchun javobgar bo‘lgan shaxslarni ko‘rsatgan holda uning asosiy bosqichlarining vaqt bo‘yicha jadvalini (bosqichmabosqich rejasini), foydalaniladigan texnik va muhandis-texnik vositalar (sahna maydonchasi, ovoz kuchaytirish, elektr ta’minoti manbai, chiroq va pirotexnika bilan bezatilishi, tibbiy xizmat ko‘rsatish, ommaviy tadbir o‘tkazilgandan keyin hududning yig‘ishtirilishi)ni belgilab beruvchi, ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining ma’muriyati bilan kelishuv bo‘yicha ommaviy tadbir tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan hujjat;
ommaviy tadbirni o‘tkazish uchun ruxsatnoma — ommaviy tadbirni o‘tkazish huquqini beradigan, vakolatli organ tomonidan qabul qilinadigan va ommaviy tadbir tashkilotchisiga beriladigan qaror;
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektiga tutash hududlar — chegaralari mahalliy hokimiyat organlarining qarorlari bilan belgilanadigan joy uchastkalari;
Oldingi tahrirga qarang.
vakolatli organ — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari);
(3-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
ommaviy tadbir ishtirokchilari — ommaviy tadbir dasturida ko‘zda tutilgan ommaviy tadbirlarni amalga oshiruvchi tashkilotchilar, artistlar, sportchilar va boshqa shaxslar, shuningdek tomoshabinlar.
4. Ommaviy tadbirlar birinchi va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan obyektlarda o‘tkazilishi mumkin.
Birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyektlarining ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyektlarining ro‘yxatlari tumanlar (shaharlar) hokimliklarining takliflari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Ayrim ommaviy tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari asosida, birinchi va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyektlarining ro‘yxatlariga kiritilmagan joylarda o‘tkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ommaviy tadbirni o‘tkazish uchun ruxsatnoma (keyingi o‘rinlarda ruxsatnoma deb ataladi) asosida, ommaviy tadbir dasturiga muvofiq ommaviy tadbirning tashkilotchisi tomonidan o‘tkaziladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
Ruxsatnoma olgunga qadar ommaviy tadbirning tashkilotchisi va boshqa shaxslar ommaviy axborot vositalarida, Internet tarmog‘ida ommaviy tadbirning o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon berish, reklama materiallarini tarqatish, ommaviy tadbirni o‘tkazish joyi, sanasi va vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqa tarzda tarqatish, chiptalar sotilishini amalga oshirish huquqiga ega emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ruxsatnomalar Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan tartibda maxsus elektron axborot tizimi orqali beriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
51. Ruxsatnomalarni berish yoki ruxsatnomalar berishni rad etish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish, amal qilishini to‘xtatish yoxud ruxsatnomani bekor qilish to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlash va vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqishga kiritish, shuningdek, ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish tartibiga rioya etilishini nazorat qilish vakolatli organ huzurida tashkil qilinadigan ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish komissiyalari (keyingi o‘rinlarda — komissiyalar) tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiyalar tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, ommaviy tadbirlarning turiga ko‘ra boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari vakillari hamda ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyekti ma’muriyati (kelishuv asosida) kiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi komissiyalar tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy bo‘linmalari vakillari kiradi.
ruxsatnoma berish yoki ruxsatnomalar berishni rad etish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish, ularni tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlaydi va vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqishga kiritadi;
bevosita joyiga chiqqan holda, ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining ma’muriyatida va ommaviy tadbirning tashkilotchisida uni o‘tkazish uchun talab qilinadigan sharoitlarni tekshiradi, bunday tekshiruvlarni amalga oshirish uchun ishchi guruhlar tashkil qiladi, zarur xulosalar va ma’lumotlarni taqdim etish uchun manfaatdor tashkilotlarning malakali mutaxassislari va ekspertlarini kelishilgan holda jalb qiladi.
53. O‘z vazifalarini bajarishda komissiya bevosita joyiga borgan holda, ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining ma’muriyatida va ommaviy tadbirning tashkilotchisida uni o‘tkazish uchun talab qilinadigan sharoitlarni tekshirish, bunday tekshiruvlarni amalga oshirish uchun ishchi guruhlar tashkil qilish, zarur xulosalar va ma’lumotlarni taqdim etish uchun manfaatdor tashkilotlarning malakali mutaxassislari va ekspertlarini belgilangan tartibda jalb qilish huquqiga ega.
(51, 52 va 53-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyektlarida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnomalar olish talab qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘chma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan o‘tkaziladigan tomosha tadbirlariga ommaviy tadbir o‘tkazish uchun ruxsatnoma va ruxsat berish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni olish talab etilmaydi, bunda tadbir tashkilotchilari uni o‘tkazish joyi va vaqti to‘g‘risida ichki ishlar organlarini kamida 10 kun oldin yozma ravishda xabardor qiladi.
Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari ko‘chma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan o‘tkaziladigan tomosha tadbirlarida jamoat tartibi va yong‘in xavfsizligini to‘lov undirilmagan holda ta’minlaydi.
Davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi madaniyat va istirohat bog‘lari, sport inshootlari, sayilgohlar va boshqa ochiq hududlarda ko‘chma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan tomosha tadbirlari o‘tkazish uchun ijara to‘lovi va boshqa turdagi to‘lovlar undirilmaydi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 7-sonli qaroriga asosan ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning o‘tkazilish joyi va vaqti haqida saylovoldi tashviqotini olib boruvchi subyekt tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimliklarini kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilgan holda o‘tkaziladi. Bunda, ushbu ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
9. O‘zbekiston Respublikasi hududida “Navro‘z”, “Mustaqillik” va “Yangi yil” umumxalq bayramlarini o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq tashkil qilinadigan ommaviy tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari asosida o‘tkaziladi.
10. Ruxsatnomalar, odatda, ommaviy tadbir tashkilotchisining arizasida ko‘rsatilgan muayyan tadbirni bir marotaba o‘tkazish uchun beriladi.
Bir qator ommaviy tadbirlar bir turdagi dastur bo‘yicha aynan bitta ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida aynan bitta ommaviy tadbirning tashkilotchisi tomonidan o‘tkazilgan taqdirda (kinoseanslar, teatr spektakllari, sirk tomoshalari va shu kabilar) ommaviy tadbir ishtirokchisining arizasiga ko‘ra vakolatli organ tomonidan ommaviy tadbirlarning umumiy sonini ko‘rsatgan holda, bir yilgacha amal qilish muddati bilan, bir qator ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun yagona ruxsatnoma berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash chora-tadbirlari:
alohida va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan manfaatdor davlat organlari hamda tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi;
birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda jamoat xavfsizligini ta’minlash zaruriyatini inobatga olgan holda, ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining asoslantirilgan so‘roviga asosan manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur miqdordagi kuch va vositalari ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining va Milliy gvardiyasining hududiy bo‘linmalari o‘zlariga biriktirilgan alohida, birinchi va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda, jamoat tartibini saqlashni tashkil etish maqsadida manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarining birgalikda qabul qilgan qarorida belgilangan tartibda hamkorlikdagi rejalar (namunaviy) ishlab chiqish hamda obyektlarda tadbir ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida evakuatsiya qilish, kommunikatsiya, videokuzatuv, zamonaviy muhandis-texnik himoya vositalari, yongin va texnik xavfsizligi hamda atrofni yoritish tizimlaridan kelib chiqqan holda har bir obyektning xavfsizligini ta’minlash pasportini ishlab chiqadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
151. Ommaviy tadbir tashkilotchisi tomonidan ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash to‘g‘risidagi pulli xizmat ko‘rsatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlashga doir chora-tadbirlar tadbirning toifasidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy bo‘linmalari yoki hududiy ichki ishlar organlari tomonidan pulli asosda amalga oshiriladi (alohida toifadagi ommaviy tadbirlar hamda davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi madaniyat va istirohat bog‘lari, sport inshootlari, sayilgohlar va boshqa ochiq hududlarda ko‘chma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) bundan mustasno);
ommaviy tadbir tashkilotchisi ruxsatnoma olgandan keyin ommaviy tadbir boshlanishidan o‘n ish kuni oldin tadbirning toifasidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy bo‘linmalari va/yoki hududiy ichki ishlar organlari bilan ommaviy tadbirni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash to‘g‘risida shartnoma tuzadi;
ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hududiy bo‘linmalari yoki hududiy ichki ishlar organlari xizmatlari qiymati mazkur organlar hududiy moliya-iqtisod bo‘linmalari tomonidan taqdim etiladigan va hisoblab chiqiladigan xarajatlar smetalari asosida aniqlanadi;
bir kishi-soat qiymati shartnoma qiymatini aniqlash uchun asos hisoblanadi. Bir kishi-soat qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 7 foizini tashkil qiladi;
shartnomaning umumiy qiymati bir kishi-soat qiymatining kamida 50 foizini tadbirlarga jalb etiladigan xodimlar soniga va ommaviy tadbirni o‘tkazish soatlari miqdoriga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi;
ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash to‘g‘risidagi shartnomalarga muvofiq xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar tegishligicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hududiy bo‘linmalarining yoki hududiy ichki ishlar organlarining budjetdan tashqari maxsus hisobvaraqlariga o‘tkaziladi;
ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalarining jalb etilgan shaxsiy tarkib soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi;
birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy bo‘linmalari tomonidan hududiy ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlashga jalb etilgan shaxsiy tarkibi sonidan kelib chiqqan holda, o‘zaro hisob-kitob qilinadi;
ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar bo‘yicha hududiy ichki ishlar organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hududiy bo‘linmalaridan ajratilgan shaxsiy tarkib sonidan kelib chiqqan holda o‘zaro hisob-kitob qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(II bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(III bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(IV bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
38. Ommaviy tadbirni o‘tkazishda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi yoki fuqarolarning xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga tahdid soluvchi holatlar yuzaga kelganda komissiya tomonidan yangi yuzaga kelgan holatlarni hisobga olgan holda, obyektning ruxsat berilgan ommaviy tadbirni o‘tkazishga tayyorligini va ommaviy tadbirni o‘tkazish uchun ommaviy tadbir tashkilotchisi va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladigan tayyorgarlik chora-tadbirlari holatini o‘rganuvchi ishchi guruh tashkil qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishchi guruh tarkibiga ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining toifasi, xususiyatlarini, uning xarakterini va ishtirokchilarning sonini hisobga olgan holda vakolatli organ, hududiy ichki ishlar organlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy bo‘linmalari, ommaviy tadbir tashkilotchisi va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining ma’muriyati, boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari kiritiladi. Ishchi guruh tarkibiga, shuningdek, ommaviy tadbirni o‘tkazish vaqtida zimmasiga fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish yuklangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy bo‘linmasi va ichki ishlar organining vakillari kiritiladi.
(38-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Zarurat bo‘lganda, komissiya tomonidan faoliyatning ayrim yo‘nalishlari (muhandis-texnik kommunikatsiyalari, energiya ta’minoti va yong‘in xavfsizligini, yo‘l harakati xavfsizligini, ishtirokchilarning evakuatsiya qilinishini, favqulodda vaziyatlarning oldi olinishini ta’minlash v.h) bo‘yicha bir necha ishchi guruhlar tashkil etilishi mumkin.
39. Tadbirning xarakteri, ob-havo sharoitlari va ommaviy tadbirni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlashga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa omillarga bog‘liq holda, ishchi guruh uning o‘tkazilishidan ikki sutka oldin ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektini tekshiradi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi. Ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv yakunlari bo‘yicha ommaviy tadbirning o‘tkazilish imkoniyati yuzasidan tekshiruv dalolatnomasi tuziladi.
Dalolatnoma ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining ommaviy tadbirni o‘tkazishga tayyorligini, uni o‘tkazish sanasi va vaqtini, ishtirokchilarining sonini, prognoz qilingan ob-havo sharoitlarini, borish yo‘llari va transport vositalari turish joylarining mavjudligi hamda joylashuvini, tibbiy xizmat ko‘rsatish va ommaviy tadbir o‘tkazilgandan keyin hududni yig‘ishtirish bilan bog‘liq xarajatlarni, ommaviy tadbirni o‘tkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlashga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa holatlarni hisobga olgan holda tuziladi.
40. Ommaviy tadbirni o‘tkazishdan oldin bartaraf etish mumkin bo‘lmagan fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash chora-tadbirlarining amalga oshirilishini murakkablashtiruvchi holatlar aniqlanganda ishchi guruh ommaviy tadbirni o‘tkazish sanasi va vaqtining kechroq muddatga ko‘chirilishini, uni tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi yoki ommaviy tadbirning bekor qilinishi to‘g‘risidagi taklifni vakolatli organ rahbariga kiritadi.
41. Vakolatli organ rahbari ommaviy tadbir o‘tkazilishidan o‘ttiz olti soat oldin ishchi guruh takliflarini ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi.
42. Vakolatli organning rahbari tomonidan ommaviy tadbirni o‘tkazish sanasi va vaqtini kechroq muddatga ko‘chirish, uni tomoshabinlarsiz o‘tkazish yoki ommaviy tadbirni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda komissiya va ommaviy tadbir tashkilotchisi ommaviy tadbir boshlanishidan kamida yigirma to‘rt soat oldin tomoshabinlarning va boshqa ishtirokchilarning qabul qilingan qaror, ommaviy tadbirni o‘tkazishning yangi sanasi va vaqti, chiptalar qiymatini qaytarib berish shartlari to‘g‘risida xabardor qilinishini ta’minlaydi.
Ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida ko‘rinarli joylarda ommaviy tadbirni o‘tkazish sanasi va vaqtining kechroq muddatga ko‘chirilganligi, uning tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi yoki ommaviy tadbirning bekor qilinganligi to‘g‘risidagi axborotlar joylashtirilishi kerak.
43. Ommaviy tadbirning ahamiyati, xarakteri va ishtirokchilarining sonini hisobga olgan holda, vakolatli organ tomonidan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazishga doir muayyan rejalarni ishlab chiquvchi jalb qilingan tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun tashkiliy qo‘mitalar tashkil etilishi mumkin, ushbu rejalar jamiyatga qarshi hodisalar profilaktikasini, yong‘in va sanitariya-epidemiyaga qarshi xavfsizlikni, tibbiy ta’minotni ta’minlaydi, ommaviy tadbirlarni o‘tkazish joylarini to‘ldirish va ishtirokchilarni evakuatsiya qilish tartibini, favqulodda holatlar yuzaga kelganda turli xizmatlarning vazifalarini ko‘zda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
44. Ommaviy tadbir tashkilotchisi komissiyani, ommaviy tadbirni o‘tkazishda ruxsatnoma bilan zimmasiga fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash chora-tadbirlari yuklangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy bo‘linmasini va hududiy ichki ishlar organini yozma ravishda xabardor qilib, ommaviy tadbir ishtirokchilariga xabar berish va ularga chiptalar qiymatini qaytarish choralarini ko‘rib, ommaviy tadbirni o‘tkazmaslik huquqiga ega.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(VI bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(VII bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(VIII bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(IX-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
Oldingi tahrirga qarang.
58. Ommaviy tadbirni o‘tkazishda uning ishtirokchilari fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlashga qo‘yiladigan talablarga rioya qilishga, ommaviy tadbir tashkilotchisining va fuqarolar xavfsizligi hamda jamoat tartibini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarni bajaruvchi ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalari harbiy xizmatchilari va xodimlarining qonuniy talablarini bajarishi shart.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektiga tutash hududlarda joylashgan tashkilotlarning uzluksiz ishlashiga xalaqit berish;
jamoat xavfsizligi, odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, ommaviy tadbirni tashkil qilish va o‘tkazishning belgilangan tartibini buzuvchi yoki bunday xatti-harakatlarni sodir qilishga undovchi harakatlarni bajarish;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining bo‘linmalari vakillari tomonidan xizmat majburiyatlarini bajarishlariga to‘sqinlik qilish maqsadida organ xodimlariga, shuningdek jamoat tartibini qo‘riqlashda ko‘mak beruvchi jamoatchilik vakillariga har qanday shaklda ta’sir o‘tkazish;
(59-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fuqaroviy va xizmat qurolini, ularning o‘q-dorilarini, pirotexnika buyumlarini, foydalanilishi odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi yoki fuqarolar va tashkilotlarga moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan maxsus tayyorlangan yoki moslashtirilgan predmetlarni, shuningdek ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan, ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektiga olib kirilishi taqiqlangan predmetlar ro‘yxatiga kiritilgan oson alangalanadigan va zaharli moddalar, sanchuvchi, kesuvchi va boshqa predmetlarni olib yurish (sportchilar tomonidan sport tadbirlari dasturlarida ko‘zda tutilgan sport quroli va anjomlaridan foydalanishlari bundan mustasno);
qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalarning imitatorlari va mulyajlarini olib yurish (teatr va teatr tomoshalarida ulardan foydalanish bundan mustasno);
(59-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
ommaviy tadbirga hayvonlar bilan kelish (ommaviy tadbir dasturiga muvofiq ulardan foydalanish bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan nodavlat notijorat tashkilotlarining emblemalari, ramzlari, bayroqlari va vimpellaridan, shuningdek mazmuni jamiyatning axloqiy asoslarini, umuminsoniy qadriyatlarni buzishga qaratilgan, shuningdek konstitutsiyaviy tuzumni noqonuniy o‘zgartirish yoki O‘zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini buzish, urush, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qilish, ijtimoiy, irqiy, millatchilik va diniy adovatni qo‘zg‘atish, qonunchilik bilan taqiqlangan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadidagi emblemalar, ramzlar, bayroqlar, vimpellar, plakatlar, transparantlar va boshqa vositalardan foydalanish;
(59-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
mast holatda yoki giyohvand vositalar, psixotrop yoki boshqa moddalarni iste’mol qilish oqibatida insonning intellektual-iroda faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi holatda bo‘lish.
60. Ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektidan besh yuz metrdan kam radiusda alkogolli mahsulotlarni sotish ommaviy tadbir o‘tkazilishidan kamida ikki soat oldin va ushbu tadbirni o‘tkazish vaqtida to‘xtatiladi (oldindan rejalashtirilgan tantana va marosim tadbirlari uchun belgilangan tartibda alkogolli ichimliklarni sotish holatlari bundan mustasno).
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektini tanlashda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash sharoitlarining mavjudligini hisobga olish;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni o‘tkazish vaqtini tanlashda tomoshabinlar va ommaviy tadbir boshqa ishtirokchilarining jamoat transportidan foydalanishlari imkoniyatini, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari, tez tibbiy yordam va boshqa maxsus xizmatlar transport vositalarining o‘tish yo‘llarining mavjudligini hisobga olish;
(61-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda — ommaviy tadbirda qatnashayotgan davlat organlari rahbarlarini, hurmatli mehmonlarni kutib olish va kuzatish joylarida sharoitlarni ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
(61-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining ma’muriyati bilan birgalikda — ushbu obyektning sig‘diruvchanligini hisobga olgan holda, ommaviy tadbir ishtirokchilarining sonini va ommaviy tadbir o‘tkazish vaqtida fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlashga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa omillarni aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan holda, ularning vakillarini joylashtirish uchun tomoshabinlar joylarining turli uchastkalaridagi joylarning kerakli miqdorini ajratish;
(61-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
chiptalar (taklifnomalar)ning orqa tomonida ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektiga olib kirilishi taqiqlangan predmetlar va buyumlar ro‘yxati mavjudligini ta’minlash va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida metallning detektor nazorati to‘g‘risida xabardor qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(61-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni tayyorlash va o‘tkazishda, zarur holda, ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarining vakillarini tashish uchun transport vositalarini ajratish choralarini ko‘rish;
(61-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
belgilangan holatlarda ommaviy tadbirning foto-, audio-, video- va kino tasvirga tushirish va yozib olish taqiqlanganligi to‘g‘risida ommaviy tadbir ishtirokchilarini oldindan xabardor qilish;
o‘tkaziladigan ommaviy tadbirda doimiy bo‘lishi yoki ommaviy tadbirni tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha farmoyish berish funksiyalarini bajarishga vakolatli shaxsning o‘tkaziladigan ommaviy tadbirda doimiy bo‘lishini ta’minlash;
ommaviy tadbirni o‘tkazish shartlari va tartibiga rioya etilishini, binolar, inshootlar, transport vositalari va boshqa mol-mulk, yashil o‘simliklarning saqlanishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni o‘tkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash masalalari bo‘yicha ichki ishlar organlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining ma’muriyati bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;
(61-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan birgalikda — ommaviy tadbir dasturida ko‘zda tutilgan chiqishlar (harakatlar)ni bevosita amalga oshiruvchi artistlar, sportchilar va boshqa shaxslar bilan ommaviy tadbirni o‘tkazish vaqtida favqulodda vaziyatlar kelib chiqqan sharoitlarda o‘zini tutish qoidalari, xavfsizlik texnikasi choralariga rioya qilish bo‘yicha, shuningdek tomoshabinlarning agressiv his-tuyg‘ularini keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaslik to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish;
(61-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati vakillarining qonuniy talablarini bajarish, fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlashda ularga yordam berish;
(61-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni o‘tkazish vaqtida huquq-tartibotning buzilganligi yoki jinoyat sodir etilganligi aniqlanganda bu haqda ichki ishlar organlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga darhol xabar qilish;
(61-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
o‘tkaziladigan ommaviy tadbir to‘xtatilgan taqdirda bu haqdagi axborotni uning ishtirokchilariga yetkazish;
ommaviy tadbir tashkilotchisining farqlash belgisiga ega bo‘lish (qo‘l bog‘lagichi, beyjik va sh.k.);
ommaviy tadbirni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni aniqlashtirish uchun komissiyaning taklifiga ko‘ra kelish;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy bo‘linmalari yoki hududiy ichki ishlar organlari bilan fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash to‘g‘risida shartnoma tuzish, shartnoma shartlari o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni o‘tkazishda ruxsatnoma bilan zimmasiga fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish yuklangan ichki ishlar organi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli bo‘linmasidan kuch va texnik vositalar ajratilishini talab qilish.
(62-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
ommaviy tadbir ishtirokchilari jamoat tartibini va ushbu Qoidalarni buzayotgan bo‘lsa, ulardan ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektidan ketishlarini talab qilish;
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining sig‘dira olishini hisobga olgan holda ommaviy tadbir ishtirokchilarining ushbu obyektga kiritilishini to‘xtatish.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy bo‘linmalari yoki hududiy ichki ishlar organlaridan ommaviy tadbirni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash to‘g‘risidagi shartnoma shartlariga muvofiq kuch va texnik vositalar ajratilishini talab qilish.
63. Ommaviy tadbir dasturida nazarda tutilgan chiqishlar (harakatlar)ni bevosita amalga oshiruvchi artistlar, sportchilar va boshqa shaxslarning majburiyatlari:
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni o‘tkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash manfaatlariga xavf soluvchi holatlar yuzaga kelganda ommaviy tadbirning tashkilotchisi, ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti ma’muriyati va ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalari vakillarining talabi bo‘yicha shu zahoti chiqishlar (harakatlar)ni to‘xtatish;
(63-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
tomoshabinlarning agressiv his-tuyg‘ularini keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik.
64. Ommaviy tadbir dasturida nazarda tutilgan chiqishlar (harakatlar)ni bevosita amalga oshiruvchi artistlar, sportchilar va boshqa shaxslarning huquqlari:
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi vakillaridan shaxsiy xavfsizlikning ta’minlanishini, shuningdek tomoshabinlarning xulq-atvori bilan bog‘liq bo‘lgan normal chiqish (harakatlar)ga to‘sqinlik qiluvchi holatlarning bartaraf etilishini talab qilish;
(64-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
ommaviy tadbirning tashkilotchisidan va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining ma’muriyatidan chiqishga tayyorgarlik ko‘rish uchun sharoitlar yaratilishini talab qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbir tashkilotchilari, ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti ma’muriyati, ichki ishlar organlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillarining ushbu Qoidalar talablariga, umumiy qabul qilingan xulq-odob normalariga va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga doir qonuniy talablarini bajarish.
(65-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti hududiga va tribunalariga chiptalar yoki kirish huquqini beruvchi boshqa hujjatlar bo‘yicha kirishlari va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining umumiy sig‘imi doirasida ularda ko‘rsatilgan joylarni egallash;
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida joylashgan saqlash kameralari, garderoblar, bufetlar, qahvaxonalar, ma’lumotlar byurosi, telefonlar, kioskalar va shu kabilardan belgilangan tartibda foydalanish.
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida mavjud bo‘lgan barcha muhandislik va xabar berish tizimlari, qo‘riqlash va fizik muhofaza qilish, elektron-vizual kuzatish muhandis-texnik vositalarining uzluksiz ishlashini, xavfsizlikni ta’minlash tizimlarini boshqarishning statsionar (ko‘chma) punktlarining tayyorligini, tomoshabinlar joylari (tribunalar), ommaviy tadbir ishtirokchilarini evakuatsiya qilish yo‘llarining tayyorligini, o‘t o‘chirish vositalarining mavjudligi va sozligini, ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektidagi xodimlarning favqulodda vaziyatlar kelib chiqqan taqdirda ularning harakatlarini tartibga soluvchi xizmat yo‘riqnomalarini bilishlarini ta’minlash;
ommaviy tadbir tashkilotchisiga tomoshabinlar va ommaviy tadbirning boshqa ishtirokchilari uchun mo‘ljallangan joylarning soni to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish, ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining sig‘imiga muvofiq chiptalar (taklifnomalar)ning sotilishi (berilishi)ni ta’minlash;
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining sanitariya normalari va qoidalariga muvofiqligini, ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektiga tutash hududlarning zarur darajada yoritilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining ko‘rinarli joylarida xavfsizlik va yong‘in xavfsizligi belgilari, evakuatsiya qilish ko‘rsatkichlarini, harakatlanish qoidalarini, sxemalari, rejalari va yo‘riqnomalarini, yong‘in xavfsizligi qoidalarini joylashtirish;
(67-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbir o‘tkazilishidan bir sutka oldin sotilgan chiptalar (berilgan taklifnomalar)ning soni, tomoshabinlar va ommaviy tadbirdagi boshqa ishtirokchilarning taxminiy soni to‘g‘risidagi axborotni ichki ishlar organlariga va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli bo‘linmalariga taqdim etish;
(67-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
avariyaviy (avtonom) elektr ta’minoti manbai (dizel agregati yoki boshqa vositalar), ularni qo‘llash yo‘riqnomalarining mavjudligini ta’minlash va ulardan foydalanilishi uchun mas’ul shaxsni tayinlash;
tadbir boshlangunga qadar ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining mahalliy radiotranslatsiya tarmog‘i (ovoz kuchaytirgich) orqali ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida tomoshabinlar va boshqa ishtirokchilarning o‘zlarini tutish qoidalari, ularning huquq va majburiyatlari e’lon qilinishini tashkil etish;
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektiga kirishda, ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida tomoshabinlarni va boshqa ishtirokchilarni chiptalar (taklifnomalar) bo‘yicha joylashtirishda kiritish rejimini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ommaviy tadbir ishtirokchilarining transport vositalari uchun to‘xtash joylari tashkil qilinishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni o‘tkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash masalalari bo‘yicha ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi vakillarining qonuniy talablarini bajarish.
(67-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
ommaviy tadbir tashkilotchisidan ommaviy tadbir dasturining o‘z vaqtida taqdim etilishini talab qilish;
tomoshabinlar va ommaviy tadbirning boshqa ishtirokchilaridan ushbu Qoidalar talablari, umumiy qabul qilingan xulq-odob normalari va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishlarini talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni o‘tkazish vaqtida huquq-tartibotning buzilganligi yoki jinoyat sodir etilganligi aniqlanganda bu haqda ichki ishlar organlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Davlat xavfsizligi xizmati vakillariga darhol xabar berish.
(68-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
Oldingi tahrirga qarang.
69. Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarining majburiyatlari:
(69-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
ommaviy tadbirning hajmi, xarakteri va ishtirokchilarining sonini hisobga olgan holda ommaviy tadbirni o‘tkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash uchun kuch va texnik vositalarni jalb qilish, jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni tayyorlash va o‘tkazish davrida fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini, yo‘l va yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘zaro, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining bo‘linmalari, boshqa manfaatdor tashkilotlar, ommaviy tadbir tashkilotchisi va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining ma’muriyati bilan hamkorlikni amalga oshirish;
(69-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
chiptalarni sotish vaqtida kassalar oldida va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektiga tutash hududlarda jamoat tartibi saqlanishini ta’minlash;
ommaviy tadbirning tashkilotchisidan va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining ma’muriyatidan ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining sig‘imidan kelib chiqib chiptalarni sotish (taklifnomalarni tarqatish) limitiga rioya etilishini talab qilish;
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining ma’muriyatiga alkogolli ichimlikdan mast bo‘lgan holatda yoki insonning intellektual iroda faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi narkotik vositalar, psixotrop yoki boshqa moddalarni iste’mol qilish holatida bo‘lgan shaxslarning ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektiga o‘tishiga, shuningdek ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektiga tutash hududlarda spirtli ichimliklarni ichish (iste’mol qilish)ga yo‘l qo‘ymaslikda yordam berish;
ommaviy tadbir tashkilotchisidan, ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti ma’muriyatidan va boshqa shaxslardan ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektiga tutash hududlarda alkogolli mahsulot sotishning to‘xtatilishini talab qilish;
ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining ma’muriyati bilan birgalikda tomoshabinlar va boshqa ishtirokchilarning ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektiga o‘tish xavfsizligini ta’minlash;
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining sig‘imidan kelib chiqib, ommaviy tadbir ishtirokchilarining ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektiga kiritilishini to‘xtatish;
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining ma’muriyatiga tomoshabinlarning tashkiliy ravishda o‘tishini va tribunalarda, o‘tirish uchun ajratilgan boshqa joylarda ularning joylashtirilishiga ko‘maklashish;
tribunalar (sektorlar, joylar)da va unga tutash bo‘lgan hududda jamoat tartibi saqlanishini ta’minlash, tomoshabinlar tomonidan belgilangan xulq-odob qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
boshqa manfaatdor organlar bilan birgalikda ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida muhandis-texnik, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi, kommunikatsiya tizimlari va inshootlari, evakuatsiya qilish yo‘llari tayyorligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
(69-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
jamoat tartibini, ushbu Qoidalar talablarini, umumiy qabul qilingan xulq-odob normalari va yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzayotgan ommaviy tadbir ishtirokchilaridan ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektidan chiqib ketishlarini talab qilish, shuningdek ularni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish;
ommaviy tadbir dasturida ko‘zda tutilgan chiqishlar (harakatlar)ni bevosita amalga oshiruvchi artistlar, sportchilar va boshqa shaxslar bilan ommaviy tadbirni o‘tkazish vaqtida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda o‘zini tutish qoidalari bo‘yicha, shuningdek tomoshabinlarning agressiv his-tuyg‘ularini keltirib chiqaruvchi harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbir tugashi bilan, zarurat bo‘lganda — uni o‘tkazish vaqtida yong‘inlar, tabiiy ofatlar, boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda yoki yuzaga kelishi xavfi bo‘lganda o‘zaro, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatining bo‘linmalari, ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti ma’muriyati bilan birgalikda ommaviy tadbir ishtirokchilarini tribunalar (sektorlar, joylar)dan va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektiga tutash hududlardan ishtirokchilarni evakuatsiya qilish jarayonini tashkil qilish va boshqarish.
(69-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda obyektning ko‘rsatilgan joylarida zaxira kuchlari va vositalarining jangovar shay holatini ta’minlash;
terrorchilarni qo‘lga olish, zararsizlantirish va yo‘q qilish tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etish;
(69-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qaroriga asosan o‘n oltinchi va o‘n yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hududiy bo‘linmalari va ichki ishlar organlari qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishlari mumkin.
(69-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
70. Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda ichki ishlar organlarining va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarining huquqlari:
(70-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektiga borish joylarida fizik to‘siqni va ruxsatnoma bilan o‘tkazish rejimini amalga oshirish, muhandis-texnik vositalardan foydalangan holda ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektini va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektiga tutash hududlarni o‘rab olish chegaralarini yaratish, ommaviy tadbir ishtirokchilarining fotosuratga olinishini, audio- va videoyozuvini amalga oshirish;
ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining ma’muriyati tomonidan ruxsatnomalar bo‘yicha o‘tkazish rejimini amalga oshirish, tomoshabinlar va boshqa ishtirokchilarni tribunalar (sektorlar, joylarda) chiptalar (taklifnomalar) bo‘yicha joylashtirish qoidalariga rioya etishni nazorat qilish;
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektiga tutash bo‘lgan hududlarda transport vositalarining tekshiruvini, ommaviy tadbir ishtirokchilarining shaxsiy tekshiruvini va ulardagi buyumlarning tekshiruvini, shu jumladan texnik va maxsus vositalar yordamida amalga oshirish. Ommaviy tadbir ishtirokchisi transport vositasining tekshiruvidan, shaxsiy tekshiruvdan yoki undagi buyumlar tekshirilishidan bosh tortgan taqdirda ommaviy tadbir ishtirokchisi (transport vositasi) ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektiga qo‘yilmaydi;
ommaviy tadbirning tashkilotchisidan va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti ma’muriyatidan ommaviy tadbir ishtirokchilarini evakuatsiya qilish yo‘llarining bo‘shatilishini talab qilish;
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti ma’muriyatidan tomoshabinlar va ommaviy tadbirning boshqa ishtirokchilari bilan ko‘rgazmali targ‘ibot o‘tkazish, mahalliy retranslatsiya tarmog‘i va boshqa vositalaridan foydalanib ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida o‘zini tutish qoidalariga rioya etish masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlarining o‘tkazilishini talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(70-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi maxsus rejalarga muvofiq zarur choralar ko‘rish;
(70-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanishlari mumkin.
(70-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(701-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(702-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
703. Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati bo‘linmalarining vazifalari hisoblanadi:
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida va unga tutash hududda qo‘poruvchilik-terrorchilik harakati xavfi yoki bunday harakatni sodir etish xavfi yuzaga kelganligi to‘g‘risidagi tezkor axborotni yig‘ish va tahlil qilish, shuningdek, tezkor tusdagi tegishli axborotni huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan almashish;
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida jinoiy maqsadlari bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularning faoliyatiga chek qo‘yish bo‘yicha tezkor-qidiruv chora-tadbirlarini amalga oshirish;
terrorchilarni qo‘lga olish, zararsizlantirish va yo‘q qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etish.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati bo‘linmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(703-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
704. Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati bo‘linmalarining huquqlari hisoblanadi:
ichki ishlar organlari va boshqa huquqni muhofaza qilish organlaridan ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida va unga tutash hududda yuzaga kelgan tezkor holat to‘g‘risidagi axborotni olish;
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida jinoiy maqsadlari bo‘lgan shaxslarni qo‘lga olish, zararsizlantirish va yo‘q qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati bo‘linmalari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(704-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
705. Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘linmalarining vazifalari hisoblanadi:
favqulodda vaziyatlarni, shu jumladan yong‘inni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xavf va tahdidlar omillarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning profilaktikasini va yuzaga kelishining barvaqt oldi olinishini ta’minlash;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining (FVDT) kuchlari va vositalarini tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar, shu jumladan yong‘inlar yuzaga kelganda ularni bartaraf etish va qutqaruv ishlariga jalb qilish;
ommaviy tadbirlarni o‘tkazish davrida obyektda radiatsion, kimyoviy, biologik (bakteriologik) himoyani, yong‘inlarning oldini olish va qutqaruv (shu jumladan suvda qutqaruv) ishlarini amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti ma’muriyatining yongin xavfsizligi talablariga rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;
ommaviy tadbirlarni o‘tkazish davrida favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir bo‘lganda ular to‘g‘risida ommaviy tadbir ishtirokchilarini o‘z vaqtida ogohlantirish va xabardor qilishni tashkillashtirish;
(705-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘linmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(705-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
706. Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘linmalarining huquqlari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar, shu jumladan yong‘inlarning oldini olish maqsadida ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida belgilangan tartibda profilaktik tadbirlarni amalga oshirish;
(706-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
ommaviy tadbirni o‘tkazish vaqtida ommaviy tadbir obyektlari qutqaruv tuzilmalarining rahbarlari va shaxsiy tarkibini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash, ommaviy tadbirni o‘tkazish dasturida ishtirok etadigan artistlar, sportchilar va boshqa shaxslarga yuz berish ehtimoli yuqori bo‘lgan favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda harakat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishga qaratilgan tadbirlarni tashkil qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan obyektlar to‘g‘risida vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslardan zarur ma’lumotlar va axborotlarni so‘rab olish;
ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan obyektlarda vazirlik faoliyatiga oid hujjatlar talablari buzilishi holatlari aniqlanganda, belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish hamda zarur hollarda kamchiliklar aniqlangan obyektlarda ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini taqiqlash;
(706-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining bo‘linmalari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(706-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida va unga tutash hududda yuzaga kelgan tezkor holat to‘g‘risida ichki ishlar organlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati, Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan tezkor axborot almashish;
ommaviy tadbirni o‘tkazish davrida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilganligini nazorat qilish;
ommaviy tadbirni o‘tkazish davrida yuzaga kelgan kutilmagan holatlarning (yong‘inlar, avariyalar va boshqalar) kelib chiqish omillari va sabablarini o‘rganish hamda o‘rganish natijalari bo‘yicha aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishini ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
(707-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
ichki ishlar organlari va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlardan ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida va unga tutash bo‘lgan hududda yuzaga kelgan tezkor holat to‘g‘risida axborot olish;
ommaviy tadbirni o‘tkazish davrida huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan tuzilgan hujjatlarning qonuniyligini o‘rganish;
ommaviy tadbirni o‘tkazish davrida kutilmagan holatlarning (yong‘inlar, avariyalar va boshqalar) yuzaga kelish omillari va sabablarini tekshirish, shuningdek, aybdor shaxslarga nisbatan tergov tadbirlarini o‘tkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
(708-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
709. Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi organlarining vazifalari hisoblanadi:
ommaviy tadbir ishtirokchilariga, jamoat tartibini himoya qilish va jamoat xavfsizligini ta’minlash tadbirlariga jalb qilingan xodimlar va harbiy xizmatchilarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun doimiy tayyor holatni saqlash;
favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga shoshilinch tibbiy va birinchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish;
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, jabrlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishda ishtirok etish (avariya-qutqaruv xizmatlari bilan birgalikda).
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(709-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7010. Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi organlarining huquqlari hisoblanadi:
ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti hududida tez tibbiy yordam brigadalarining navbatchiligini, jabrlanganlarning eng yaqin joydagi davolash muassasalariga shoshilinch yetkazilishini ta’minlash;
favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarni tibbiy muassasalarga vaqtincha joylashtirish va davolashni ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(7010-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7011. Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining vazifalari hisoblanadi:
zaruratga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari so‘roviga asosan o‘z xodimlarining komissiya faoliyatida ishtirokini ta’minlash.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(7011-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7012. Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining huquqlari hisoblanadi:
ommaviy tadbir o‘tkaziladigan obyektni tegishli hududda joylashgan birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyektlari ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;
tumanlar (shaharlar) hokimliklarining takliflariga muvofiq ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyektlarining ro‘yxatini tasdiqlash;
ayrim ommaviy tadbirlarni alohida, birinchi va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyektlarining ro‘yxatlariga kiritilmagan joylarda o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish;
ushbu Qoidalarning 9-bandida ko‘rsatilgan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyektlarini (joylarini), ularni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilash to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(7012-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7013. Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda quyidagilar tumanlar (shaharlar) hokimliklarining vazifalari hisoblanadi:
tegishli hududda joylashgan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyektlari ro‘yxatini o‘zining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilish;
zaruratga ko‘ra tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) so‘roviga asosan o‘z xodimlarining komissiya faoliyatida ishtirokini ta’minlash;
saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar o‘tkazish haqida xabarnomani olgan kunning o‘zida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy bo‘linmasiga (ommaviy tadbir birinchi toifadagi obyektda o‘tkazilganda) yoki hududiy ichki ishlar organiga (ommaviy tadbir ikkinchi toifadagi obyektda o‘tkazilganda) bildirishnoma yuborish.
Tumanlar (shaharlar) hokimliklari qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
7014. Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda quyidagilar tumanlar (shaharlar) hokimliklarining huquqlari hisoblanadi:
ommaviy tadbir o‘tkaziladigan obyektni tegishli hududda joylashgan alohida, birinchi va ikkinchi toifalardagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyektlari ro‘yxatlariga kiritish bo‘yicha takliflarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etish;
(7013 va 7014-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
71. Ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti ma’muriyati tomonidan ruxsat berish talablari hamda shartlariga rioya qilishning nazorati qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
72. Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish shartlariga rioya qilish nazoratini amalga oshirishda komissiya o‘z vakolatlari doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan tartibda ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti ma’muriyati tomonidan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish shartlariga rioya qilinishining rejali tekshiruvlarini o‘tkazish;
(72-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan tartibda ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti ma’muriyati tomonidan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish shartlariga rioya qilinishining buzilishi faktlari mavjud bo‘lganda ushbu tadbirlarni o‘tkazish shartlariga rioya qilinishining rejadan tashqari tekshiruvlarini o‘tkazish;
(72-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti ma’muriyatidan tekshiruvlarni o‘tkazishda yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha kerakli axborotni so‘rash va olish;
ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti ma’muriyati tomonidan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish shartlari buzilishlarining aniq faktlarini ko‘rsatgan holda, tekshiruv natijalari asosida dalolatnomalar tuzish;
ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti ma’muriyati tomonidan aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni berish, bunday buzilishlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan muddatlarni belgilash, ko‘rsatmalar bajarilishini nazorat qilish;
ommaviy tadbirni o‘tkazish ruxsatnomasining amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki ruxsatnomani bekor qilish, ommaviy tadbirni o‘tkazish sanasi va vaqtining kechroq muddatga ko‘chirilishi, uning tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi yoki ommaviy tadbirning bekor qilinishi to‘g‘risidagi takliflarni vakolatli organ rahbariga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilmaganligi ommaviy tadbirni o‘tkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash manfaatlariga tahdid qiluvchi favqulodda vaziyatlar yoki boshqa holatlarning kelib chiqish xavfini tug‘dirsa — ommaviy tadbir darhol to‘xtatilishini talab qilish huquqlariga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
(72-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
73. Bir yilda kamida bir marta komissiya tomonidan, ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti ma’muriyatining hamda boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillarini jalb qilgan holda qurilish konstruksiyalaridan foydalanishning ishonchliligi va barqarorligini, ularning yong‘inga qarshi va sanitariya-epidemiyaga qarshi xavfsizlik, tez tibbiy yordam ko‘rsatish, evakuatsiya qilish, kommunikatsiya, muhandis-texnik himoya qilish vositalari, ommaviy tadbirlar ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tizimlari bilan jihozlanish tizimlariga qo‘yiladigan Yagona normativ-huquqiy talablarga, shuningdek ushbu Qoidalar talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyektlarining texnik tekshiruvi o‘tkaziladi. Tekshirish natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi, u aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish uchun ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyekti ma’muriyatiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
74. Ushbu Qoidalarning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(74-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyuldagi 559-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/559/3384-son)
1. Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 13-yanvardagi 15-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2003-y., 1-son, 6-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qaroriga asosan 2022-yil 16-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 30-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2012-y., 11-son, 79-modda).