O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining faoliyati samaradorligini oshirish va tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3825-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-avgust,
680-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-avgustdagi 680-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 9-son, 91-modda) bilan tasdiqlangan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining ustavi 10-bandining to‘qqizinchi xatboshidagi va 16-bandining oltinchi xatboshidagi “tarbiya va sport” so‘zlari “tarbiya, sport va turizm” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda) 8-bandining birinchi xatboshidagi “tarbiya va sport” so‘zlari “tarbiya, sport va turizm” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 41-modda) 7-bandining birinchi xatboshidagi “tarbiya va sport” so‘zlari “tarbiya, sport va turizm” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to‘g‘risida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda):
a) 1-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Ijro etuvchi apparati” so‘zlari “Apparati” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovada:
nomidagi “Ijro etuvchi apparati” so‘zlari “Apparati” so‘zi bilan almashtirilsin;
7, 9, 10, 12 — 14-bandlardagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish” so‘zlari “Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ilovaning “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” blokidagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish” so‘zlari “Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Kioto protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining kompressor stansiyalarida tabiiy gaz sizib chiqishini kamaytirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 23-iyundagi 175-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 26-son, 298-modda) ilovaning ikkinchi xatboshidan “turizm” so‘zi chiqarib tashlansin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish bo‘yicha jamoatchilik kengashi hamda ilmiy-metodik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2014-yil 20-yanvardagi 11-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 4-son, 48-modda):
a) 1-ilovaning 15-bandidagi “tarbiya va sport” so‘zlari “tarbiya, sport va turizm” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning yettinchi xatboshidagi “tarbiya va sport” so‘zlari “tarbiya, sport va turizm” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
12. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-avgustdagi 241-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 33-son, 441-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandidagi “tarbiya va sport” so‘zlari “tarbiya, sport va turizm” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
14. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qoidalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida” 2015-yil 6-noyabrdagi 320-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 45-son, 575-modda) 2-ilovaning ikkinchi va o‘n oltinchi xatboshilaridagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish” so‘zlari “Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 11-son, 100-modda) bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqishga sertifikat olish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandidagi “tarbiya va sport” so‘zlari “tarbiya, sport va turizm” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi 107-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandi va 15-bandining uchinchi xatboshidagi “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” so‘zlari “jismoniy tarbiya, sport va turizm” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali to‘g‘risida nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 47-modda):
a) 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish” so‘zlari “Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 10-bandning ikkinchi xatboshidagi va 11-bandning uchinchi xatboshidagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar” so‘zlari “Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 23-fevraldagi 141-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 48-modda) 1-ilovaning 22-bandidagi “tarbiya va sport” so‘zlari “tarbiya, sport va turizm” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi vakillarining o‘qishini tashkil etish uchun Yaponiya Hukumati grantidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 9-martdagi 189-son qarori 2-bandi beshinchi xatboshidagi “tarbiya va sport” so‘zlari “tarbiya, sport va turizm” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 481-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son)
21. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 98-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risida nizomning 45-bandidagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni” so‘zlari “Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)