1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.01.00 Boj to‘lovlarining umumiy qoidalari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.06.00 Xalqaro yuk tashish]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy avtotashuvchilarni xalqaro yo‘llarda tashish kitobchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona Konvensiyasi nizomlaridan O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish huquqidan mahrum qilish va bunday huquqni tiklash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-dekabrdagi 727-sonli “Xalqaro yo‘llarda tashish daftarchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2022-yil 4-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoniga asosan va XYT kitobchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona Konvensiyasini (XYT Konvensiyasi, 1975-y.) qo‘llash doirasida bojxona ishini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xorijiy avtotashuvchilarni xalqaro yo‘llarda tashish kitobchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona Konvensiyasi nizomlaridan O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish huquqidan mahrum qilish va bunday huquqni tiklash tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 17-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
673-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 673-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy avtotashuvchilarni xalqaro yo‘llarda tashish kitobchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona Konvensiyasi nizomlaridan O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish huquqidan mahrum qilish va bunday huquqni tiklash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom xorijiy avtotashuvchilarni (keyingi o‘rinlarda tashuvchi deb ataladi) 1975-yil 14-noyabrdagi xalqaro yo‘llarda tashish kitobchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona Konvensiyasi (keyingi o‘rinlarda Konvensiya deb ataladi) nizomlaridan O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish huquqidan mahrum qilish va bunday huquqni tiklash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda DBQ deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi hududida Konvensiya nizomlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilingan va bunday huquqi tiklangan tashuvchilarning, ushbu Nizom ilovasida belgilangan shaklda, reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xorijiy avtotashuvchini Konvensiya nizomlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tashuvchi DBQ qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi hollarda Konvensiya nizomlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilinishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xalqaro yo‘llarda tashish (keyingi o‘rinlarda XYT deb ataladi) tartibi buzilganligi munosabati bilan bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha majburiyatini bajarmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagilarda ifodalanadigan Konvensiya nizomlarining bir necha bor buzilishi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligi talablariga rioya qilmaslik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarning noqonuniy olib o‘tilishida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona nazoratidagi tovarlarni, O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan yoki O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan yetkazib berish joyiga yetkazmaslikda, bojxona organlari ruxsatisiz bojxona nazoratidagi tovarlarni boshqa shaxslarga berib yuborishda yoki ularni yo‘qotishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan bojxona organlari tomonidan chiqarib yuborilishiga ruxsat berilgan tovarlarning ishlatilishida va (yoki) ularga egalik qilishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan muddatlarda xalqaro tashuvdagi transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketmaslikda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagi hollarda hududiy bojxona boshqarmalari uch kun muddatda tashuvchini O‘zbekiston Respublikasi hududida Konvensiya nizomlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilinishi bo‘yicha DBQ ga takliflar yuboradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlari tomonidan XYT tartibi buzilganligi munosabati bilan bojxona to‘lovlari undirilishi bo‘yicha qaror qabul qilingan sanadan o‘ttiz kalendar kuni o‘tgandan so‘ng tashuvchi tomonidan bojxona to‘lovlarini to‘lash majburiyati bajarilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchi va (yoki) uni vakolatli shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llash bo‘yicha qaror yoxud tashuvchining vakolatli shaxsiga nisbatan jinoiy ish bo‘yicha qaror qonuniy kuchga kirgandan so‘ng (keyingi o‘rinlarda sud qarorlari deb ataladi), agar bunday sud qarorlari ijro etilmagan taqdirda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashuvchini O‘zbekiston Respublikasi hududida Konvensiya nizomlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish bo‘yicha qaror (keyingi o‘rinlarda huquqidan mahrum qilish bo‘yicha qaror deb ataladi), mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan holatlarda hududiy bojxona boshqarmalari tomonidan DBQ ga taqdim qilingan takliflar asosida, DBQ xatlariga muvofiq rasmiylashtirilib, hududiy bojxona boshqarmalari, tashuvchi, XYT Ijroiya kengashi, Kafolat birlashmasi va tashuvchi tashkil etilgan yoki doimiy manzilgohi joylashgan davlatning vakolatli organi manzillariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xorijiy avtotashuvchining Konvensiya nizomlaridan foydalanish huquqini tiklash shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashuvchilarda DBQning qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida Konvensiya nizomlaridan foydalanish huquqi tiklanishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ushbu huquqdan mahrum qilish uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan quyidagi hollarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona to‘lovlari to‘lanishi yoki ularni undirish majburiyatining bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchi yoki uning vakolatli shaxsini O‘zbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligini buzganlikda aybdor deb topish to‘g‘risidagi sud qarorining belgilangan tartibda bekor qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchi yoki uning vakolatli shaxsini ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarorning ijro etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida Konvensiya nizomlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilinishi mumkin bo‘lgan bojxona qonunchiligining boshqa buzilish holatlarining mavjud emasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi hududida Konvensiya nizomlaridan foydalanish huquqini tiklash to‘g‘risidagi qaror (keyingi o‘rinlarda huquqni tiklash to‘g‘risidagi qaror deb ataladi) ushbu Nizomning 6-bandida belgilangan shartlarga tashuvchi tomonidan rioya etilgan taqdirda qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqni tiklash to‘risidagi qaror, tashuvchinig hududiy bojxona boshqarmasiga, huquqdan mahrum qilinishiga sabab bo‘lganlarni bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, ixtiyoriy shakldagi yozma ravishda bergan arizasiga (keyingi o‘rinlarda tashuvchining arizasi deb ataladi) binoan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy bojxona boshqarmalari, tashuvchini huquqdan mahrum qilish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda, tashuvchining arizasi qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun muddat ichida DBQga takliflar taqdim etishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining arizasi va O‘zbekiston Respublikasi hududida Konvensiya nizomlaridan foydalanish huquqini tiklash to‘g‘risidagi hududiy bojxona boshqarmasining taklifi DBQ tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchini arizasi va hududiy bojxona boshqarmasining takliflarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha DBQ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida Konvensiya nizomlaridan foydalanish huquqini tiklash yoki bunday huquqning tiklanishini rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, huquqni tiklash yoki uning tiklanishini rad etish to‘g‘risidagi qarorni ko‘rib chiqish va qabul qilish muddati o‘n ish kunidan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Huquqni tiklash to‘g‘risidagi qaror DBQ xatlariga muvofiq rasmiylashtirilib, hududiy bojxona boshqarmalari, tashuvchi, XYT Ijroiya kengashi, Kafolat birlashmasi va tashuvchi tashkil etilgan yoki doimiy manzilgohi joylashgan mamlakatning vakolatli organi manzillariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy avtotashuvchilarni xalqaro yo‘llarda tashish kitobchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona Konvensiyasi nizomlaridan O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish huquqidan mahrum qilish va bunday huquqni tiklash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1975-yil 14-noyabrdagi xalqaro yo‘llarda tashish kitobchasini qo‘llagan holda yuklarni halqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona Konvensiyasi nizomlaridan O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish huquqidan mahrum qilingan yoki bunday huquqi tiklangan tashuvchilar reyestri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro yo‘llarda tashish kitobchasi egasining identifikatsiyalash
raqami
Tashuvchining nomi
Tashuvchining turar joyi
(mamlakati, manzili)
Davlat bojxona qo‘mitasining tashuvchini O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro yo‘llarda tashish kitobchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona Konvensiyasi
nizomlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi xatining raqami
va sanasi
Tashuvchini O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro yo‘llarda tashish kitobchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona Konvensiyasi
nizomlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish asosi
Qonun buzilishi sodir etilgan xalqaro yo‘llarda tashish kitobchasining
raqami
Davlat bojxona qo‘mitasining tashuvchining O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro yo‘llarda tashish kitobchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona Konvensiyasi
nizomlaridan foydalanish huquqini tiklash to‘g‘risidagi xatining
raqami
va sanasi
Tashuvchining O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro yo‘llarda tashish kitobchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona Konvensiyasi
nizomlaridan foydalanish huquqi tiklash asoslari
Izoh
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/673/1774-son)