Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2025 12.04.2018 yildagi PF-5414-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat xizmatlarining shaffofligini va ulardan erkin foydalanish imkoniyatini, mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda, eksport-import operatsiyalarining mutanosibligini taʼminlash tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish, investitsiya va eksport salohiyatini oshirish, aholining turmush sharoiti va sifatini yaxshilashning eng muhim shartlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvining murakkab tartib-taomillari va uzoq muddatlari, bojxona organlari xodimlari oʻrtasidagi korrupsiyaviy huquqbuzarlik va xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilish holatlarining saqlanib qolayotganligi islohotlarning toʻliq amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilish sohasida idoralararo va xalqaro hamkorlikning sust tashkil etilganligi kontrabanda va kontrafakt mahsulotlarni olib kirishning oldini olish vazifalarini samarali bajarish, bojxona toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin tovlash sxemalarini aniqlash imkonini bermayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumeʼtirof etilgan xalqaro norma va standartlar asosida bojxona organlari faoliyatini hamda bojxona maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, tadbirkorlik va turizmni faol va jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Talon-toroj qilish, mansab vakolatini suiisteʼmol qilish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlik uchun bojxona organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilganligi va tergov olib borilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarini isloh qilishning muhim yoʻnalishlari hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, bojxona organlarining barcha darajadagi tuzilmalari vazifa va funksiyalarini aniq belgilash hamda taqsimlash, shuningdek, bojxona organlari markaziy va hududiy mahkamalarining samarali faoliyat koʻrsatishini tashkil qilishda sohaviy tuzilmalarning muvofiqlashtiruvchi roli va uslubiy koʻmagini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, bojxona organlari tizimida korrupsiya koʻrinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish, xalqning ishonchini mustahkamlash va davlat bojxona xizmati obroʻsini oshirish, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, Oliy harbiy bojxona instituti faoliyatini, yuqori professional koʻnikmaga, maʼnaviy-axloqiy sifatlarga va Vatan taqdiriga daxldorlik tuygʻusiga ega boʻlgan kadrlarni tayyorlash, tanlash hamda joy-joyiga qoʻyish tizimini tubdan takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, tovarlarni noqonuniy olib kirishning asosiy shakllari va uslublari hamda bojxona toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin tovlash sxemalari haqidagi maʼlumotlarni aniqlash, oʻrganish va umumlashtirish orqali bojxona toʻlovlarining oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini taʼminlash, budjetning daromad qismini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, “yalpi” bojxona nazoratini oʻtkazishdan har tomonlama tahlil asosida bojxona nazorati obyektlarini aniqlash, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun maʼmuriy toʻsiqlarni kamaytirish imkonini beruvchi xavfni boshqarish tizimiga oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan, bojxona nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllari, uslublari va texnik vositalarini tatbiq etish hisobiga Davlat chegara oʻtkazish punktlarida bojxona tartib-taomillarini amalga oshirishning davomiyligini qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchidan, bojxona organlari barcha tarkibiy tuzilmalarining faoliyati va idoralararo axborot almashinuvi samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchidan, xorijiy davlatlarning bojxona organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, bojxona ishi sohasida ilgʻor tajribani, xalqaro norma va standartlarni tizimli oʻrganish va joriy qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlarining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha institutsional oʻzgarishlar, ularning vazifa va funksiyalarini optimallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona nazorati samaradorligini oshirish va bojxona tartib- taomillarini soddalashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samarali idoralararo hamkorlikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoralar, birinchi navbatda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi rahbarlari Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar ekanligi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2018-yil 1-iyuldan boshlab shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni bojxona rejimlariga (bundan bojxona hududida/tashqarisida qayta ishlash bojxona rejimi mustasno) joylashtirishda, shuningdek, xorijiy avtotashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab harakatlanish marshrutlarini oʻzgartirishga bojxona organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bekor qilinadi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PF-115-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 06/22/115/0344-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida aynan bir xil tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi (jismoniy xususiyati, sifati, ishlab chiqaruvchisi, tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklatura kodi boʻyicha) davriy deklaratsiyalarni taqdim etish orqali amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aynan bir xil tovarlarga bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida karantin ruxsatnomalar, oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini, ozon yemiruvchi moddalar va ulardan tashkil topgan mahsulotlarni olib kirish hamda olib chiqish uchun ruxsatnomalar, muvofiqlik sertifikati, veterinar, gigiyenik va ekologik sertifikatlar bir kalendar yilidan oshmagan muddatga bir marotaba taqdim etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bojxona brokerlariga murojaat qilmasdan bojxona yuk deklaratsiyalarini Internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida toʻldirish va bojxona organlariga taqdim etish huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import tovarlari amalda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga yetib kelishidan oldin, jumladan tovarlarni bevosita chegara oʻtkazish punktlarida erkin muomalaga chiqarish orqali insofli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini ragʻbatlantirish maqsadida ushbu tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash amaliyoti joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlari soliq organlari va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti organlari bilan birgalikda ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan davlat korxonalari va tashkilotlari tomonidan import qilinayotgan tovarlarning narxini oshirib koʻrsatish holatlari boʻyicha muntazam ravishda monitoring oʻtkazadi;
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona omborlarida uch yildan ortiq saqlanib kelinayotgan mol-mulklar bojxona organlari tomonidan ushlab qolinadi va ular uch oy davomida talab qilib olinmagan hollarda sud qarori asosida davlat foydasiga undiriladi, keyinchalik belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan sotiladi yoki yoʻq qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlari tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va ularning tashqi savdo faoliyati qonuniyligini tekshirish maqsadida tovarlar va transport vositalari erkin muomalaga chiqarilgandan soʻng ularning bojxona nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlari tomonidan yetakchi xalqaro tashkilotlar uslubiyoti asosida muntazam ravishda tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining oʻrtacha vaqti tizimli oʻrganib boriladi, ularning natijalari eʼlon qilinadi, shuningdek, ushbu sohadagi koʻrsatkichlarni izchil yaxshilash boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Bojxona omborlari, erkin omborlar va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va “Tashkent-AERO” ixtisoslashgan bojxona majmuasi tomonidan amalga oshiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tuzilmasida shtat birliklarining umumiy soni doirasida quyidagilar tashkil etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Strategik rejalashtirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish boshqarmasi, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona qonunchiligini takomillashtirishda bojxona organlarining yagona pozitsiyasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon savdo tashkiloti, Jahon bojxona tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning standartlari hamda tavsiyalarini tahlil qilgan holda bojxona ishini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona qonunchiligi va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish hamda huquqiy normalarni oʻzboshimchalik bilan, subyektiv va tanlov asosida talqin qilish holatlarini istisno etish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona sohasida huquqbuzarliklarni sodir etish sabab va shart-sharoitlarini tizimli tahlil qilishni tashkil etish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona ishi hamda bojxona organlari xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish, ularni Oʻzbekiston Respublikasida joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqarma xodimlariga (boshqa davlat organlari va tashkilotlariga xizmat safariga yuborilganlar bundan mustasno) lavozim maoshining 50 foizi miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama haq belgilansin. Bunda, mazkur ustama qonunchilik hujjatlarida belgilangan ustamalar bilan bir qatorda Davlat bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Xavflarni monitoring qilish va baholash boshqarmasi, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlarida bojxona qonun hujjatlari buzilishi xavfi yuqori boʻlgan tovar va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini nazorat qilish uchun kuch va vositalarni jamlashni nazarda tutuvchi xavfni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfi yuqori boʻlgan, shu jumladan dastlabki maʼlumotlarni tahlil qilish va tasodifiy tanlov asosida tovar partiyalarini bojxona nazorati uchun maqsadli tanlab olish metodologiyasini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vijdonli tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini aniqlash, ularga nisbatan soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillarini qoʻllashning tartib va mezonlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfni boshqarish tizimi samarali qoʻllanilishini doimiy monitoring qilish, uni yanada takomillashtirish va uzluksiz ishlashini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Daromadlar va bojxona statistikasi bosh boshqarmasi, uning qoʻshimcha vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdosini rivojlantirish tendensiyalari, shuningdek, mamlakatning savdo hamkorlari boʻlgan mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalar boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarning tashqi savdosi boʻyicha bojxona statistikasini yuritish, uni shakllantirishning barcha bosqichlarida haqqoniylikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi savdo sohasida statistik maʼlumotlarning toʻgʻriligini taʼminlash va huquqbuzarlikning belgilarini aniqlash maqsadida xorijiy davlatlarning bojxona xizmatlari bilan axborot almashish.
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda tovarlarning bojxona nazoratini tanlov asosida oʻtkazishni nazarda tutuvchi xavfni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi ishlab chiqilishi va joriy etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari normalari bir xilda qoʻllanilishi, bojxona tartib-taomillari samaradorligi, tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasiga muvofiq tovarlarni toʻgʻri tasniflash, ularning bojxona qiymatini toʻgʻri aniqlashni monitoring qilish va baholashni nazarda tutuvchi bojxona postlari faoliyatini nazorat qilishning taʼsirchan tizimini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” va “Toshkent-tovar” bojxona postlarida bojxona tartib-taomillarini maksimal darajada soddalashtirish, bojxona toʻlovlarining toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash, tovarlarning noqonuniy importi va kontrabandani aniqlashga qaratilgan bojxona maʼmuriyatchiligining zamonaviy uslublarini qoʻllash boʻyicha dastlabki loyihalarni amalga oshirish ishlarini tezlashtirish hamda ijobiy tajribani boshqa bojxona postlarida qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini muvozanatli koʻllash imkonini beruvchi bojxona postlari xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori professional mahorat, axloqiy va maʼnaviy sifatlarga ega, har tomonlama yetuk va vatanparvar yoshlarni bojxona organlariga jalb etishga yoʻnaltirilgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishning prinsipial jihatdan yangi tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning xizmatga boʻlgan munosabatini tubdan oʻzgartirish, qonun buzilishining barcha koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabat muhitini yaratish, jamoada sogʻlom muhitni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fidokorona xizmat qilayotgan xodimlarni har tomonlama ragʻbatlantirish, xizmat intizomini hamda qonunchilik talablarini qoʻpol ravishda buzgan xodimlarni intizomiy va boshqa javobgarliklarga tortish boʻyicha choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda quyidagilar boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda “yagona darcha” tamoyili asosida bojxona, bank, logistik, tezkor-laboratoriya, fitosanitar, veterinar, sanitar-epidemiologik, ekologik, sertifikatlashtirish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida boshqa xizmatlar koʻrsatadigan zamonaviy logistik markazlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridagi chegara bojxona postlarini zamonaviy inspeksiyaviy-koʻrik majmualari va boshqa bojxona nazoratining texnik vositalari bilan jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
temir yoʻl chegara bojxona postlarini davlat chegarasida temir yoʻl sostavlari kesishish joylariga koʻchirish hamda ushbu joylarda bojxona va boshqa turdagi davlat nazoratini amalga oshirish uchun zarur infratuzilmani tashkil etish masalasini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uch oy muddatda davlat chegara oʻtkazish punktlarining bino, inshootlar va avtomobil oʻtish punktlarining holatini oʻrganish hamda aniq davlat organini belgilash va unga quyidagi vazifalarni yuklash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy taʼmirlash, kapital qurilish, texnik jihozlashni amalga oshirish, shuningdek, yondosh hududlarini obodonlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi oʻtkazish punktlarini qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarini bosqichma-bosqich balansga qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 26-yanvar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati xodimlarining kuni etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-noyabrga qadar muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini quyidagilarga alohida eʼtibor qaratgan holda ishlab chiqsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona qonunchiligini liberallashtirish, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va shaffofligini taʼminlash, normalarni qabul qilishda barcha uchun tushunarli va turlicha talqin qilish imkoniyatini istisno etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tomonidan bojxona qonunchiligiga rioya etilishining ragʻbatlantirish mexanizmini yaratishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari normalari, umumeʼtirof etilgan xalqaro huquq tamoyillarini, xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari va standartlarini implementatsiya qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona maʼmuriyatchiligi sohasida rivojlangan mamlakatlar tajribasi, shu jumladan tariflarni tartibga solish va bojxona nazoratini tashkil etishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 12-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5414-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Bojxona organlari faoliyatini takomillashtirish, vazifalari va funksiyalarini
optimallashtirish boʻyicha institutsional yangilanishlar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (M. Azimov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Bojxona maʼmuriyatchiligining ilgʻor va innovatsion usullarini joriy etish boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagi asosiy vazifalarni nazarda tutish:

Bojxona ishini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini, shu jumladan Jahon savdo tashkiloti, Jahon bojxona tashkiloti, boshqa xalqaro institutlar standartlari va tavsiyalari tahlili asosida ishlab chiqish;

bojxona qonunchiligi va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish, shuningdek, huquqiy normalarni talqin etishda oʻzboshimchalik, subyektiv, tanlab olish faktlarini bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash;

bojxona sohasida huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va sharoitlarining tizimli tahlilini tashkil etish, ularga chek qoʻyish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini tubdan yaxshilash, bojxona organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan hamkorlik qilishning muloqotsiz shakllarini joriy etish;

bojxona ishi sohasida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish, bojxona organlari xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasida uni joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (M. Azimov)

3.

Quyidagi asosiy vazifalarni yuklagan holda Xavflarni monitoring qilish va baholash boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish:

bojxona qonunchiligini buzish xavfi yuqori darajali boʻlgan tovarlar va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini nazorat qilish uchun kuch va vositalarni jamlashni nazarda tutadigan xavf-xatarlarni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimini bojxona organlarida joriy etish;

yuk tashuvchilar va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan taqdim etiladigan dastlabki axborotni tahlil qilish asosida xavflar baland boʻlgan tovarlar partiyasining bojxona nazorati uchun maqsadli tanlab olish uslubiyatini ishlab chiqish;

tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining insofliligini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish, ularga nisbatdan soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillarini joriy etish;

xavflarni boshqarish tizimini samarali joriy etishni muntazam monitoring qilish, uning yanada takomillashtirilishi hamda uzluksiz faoliyat yuritishini taʼminlash.

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (M. Azimov),
DSQ (B. Musayev),
MB (M. Nurmuratov)

4.

Quyidagi asosiy vazifalarni oʻz ichiga olgan Tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilish va bojxona statistikasi boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish:

tashqi savdo tashkilotlarining monitoringini tashkil etish, import va eksport tuzilmasining tizimli tahlilini amalga oshirish;

bojxona organlariga tegishli qismi boʻyicha tashqi savdo operatsiyalarini olib borishda valyutaga oid qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, qonun buzilishi holatlari boʻyicha choralar koʻrish;

tovarlarni eksport va import qilish boʻyicha bojxona statistikasini yuritish, uni shakllantirishning barcha bosqichlarida ishonchlilikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

tuzilgan xalqaro shartnomalar asosida, olib kiriladigan tovarlarning bojxona narxlarini belgilash maqsadida xorijiy mamlakatlarning bojxona xizmatlari bilan axborot almashishni amalga oshirish, Oʻzbekistondan eksport qilinadigan, tovarlar yetkazilishi kerak boʻlgan mamlakatda bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini soddalashtirish.

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (M. Azimov)

5.

Bojxona ekspertizasi va tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlari nomenklaturasini yuritish boshqarmasi faoliyatini samarali tashkil etish hamda quyidagilarni nazarda tutish:

aniq vakolat, funksiya, vazifa, huquq va majburiyatlarni belgilagan holda Boshqarma toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish;

16 dona laboratoriya uskunalarini Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmalariga topshirish;

Boshqarma xodimlarini ixtisoslashtirilgan mahalliy va xorijiy muassasalardagi uskunalarda ishlashi uchun tizimli ravishda oʻqitib borish.

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (M. Azimov)

6.

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi faoliyatini tashkil etishning samarali mexanizmlarini yaratish, unga quyidagi vazifalarni yuklash:

xalqaro-huquqiy hamkorlik sohasidagi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

xalqaro talablarni tayyorlash, yoʻllash va hisobga olish.

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (M. Azimov)

7.

Davlat bojxona qoʻmitasi tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini tartibga soladigan nizomning yangi tahririni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (M. Azimov)

8.

“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisidagi” Qonun loyihasini ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2018-yil

1-iyulga qadar

DBQ (M. Azimov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari bayrogʻi va tanish belgisini, shuningdek ularni tayyorlash, ulardan foydalanish, saqlash va yoʻq qilish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. BOJXONA NAZORATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH

10.

Quyidagilarga yoʻnaltirilgan bojxona organlarida xatarlarni boshqarish tizimini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

bojxona qonunchiligini buzish xavfi darajasi yuqori boʻlgan tovarlar va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini nazorat qilishni nazarda tutuvchi maqsadli tanlab olish asosida xatarlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish;

tashqi iqtisodiy faoliyatning halol ishtirokchilarini belgilash uchun mezonlarni ishlab chiqish, ularga nisbatdan soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillarini qoʻllashni joriy etish;

xatarlarni boshqarish tizimining joriy etilishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil

1-sentabrgacha

DBQ (J. Aripov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)

11.

Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali avtomobil, temir yoʻl va havo transporti orqali, ularning bojxona hududiga kirib kelishidan oldin (shu jumladan tranzit shartlarida) tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisida yuk tashuvchilar tomonidan bojxona organlarini oldindan ogohlantirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil
1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK (V. Xakimov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini nazorat qilish va hisobga olishni taʼminlash, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

soliq toʻlovchining shaxsiy raqami va pasport maʼlumotlari boʻyicha shaxsni aniqlash uchun Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi elektron bazalarini integratsiyalashtirish;

jismoniy shaxslar manziliga xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali mamlakatimiz hududiga kelayotgan tovarlar toʻgʻrisida dastlabki elektron maʼlumotlarni bojxona organlariga majburiy taqdim etish mexanizmini joriy etish;

xorijiy tajribani hisobga olgan holda, pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali bir kalendar oy mobaynida bir nafar jismoniy shaxsga joʻnatiladigan tovarlarning bojxona toʻlovlariga tortilmaydigan olib kirish meʼyorlarini belgilash;

xalqaro aeroportlarda joylashgan bojxona postlarida – havo transporti orqali, maxsus belgilangan bojxona postlarida – temir yoʻl va avtomobil transporti orqali yetkazib beriladigan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini majburiy bojxona rasmiylashtirilishini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

DSQ (B. Musayev)

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK (V. Xakimov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Xalqaro aeroportlarda “yashil” va “qizil” yoʻlaklar tizimining joriy etilishi munosabati bilan yoʻlovchilar, ularning qoʻl yuki va bagajini bojxona nazoratidan oʻtkazish vaqtini qisqartirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutadigan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish:

avia tashuvchilar tomonidan bojxona organlariga Oʻzbekistonning xalqaro aeroportlari orqali kelayotgan va ketayotgan yoʻlovchilar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotni taqdim etish tartibini ishlab chiqish va amalga oshirish;

Oʻzbekistonning xalqaro aeroportlarida tashuvlarni tashkil qiladigan xizmatlar tomonidan yoʻlovchilarning yuklarini joylashtirish vaqtini qisqartirish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;

chegaraga tutash bojxona postlarini zamonaviy texnik bojxona nazorati vositalari bilan jihozlash (shaxslar va boshqalarni bevosita aloqasiz koʻzdan kechirish skanerlari orqali tekshirish);

huquqbuzarlikni aniqlashning psixologik usullari, skaner qiladigan uskunalardan foydalanish boʻyicha bojxona organlari xodimlari uchun oʻquv kurslarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar kompleks dasturi

2018-yil

15-mayga qadar

DBQ (J. Aripov),

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK (V. Xakimov)

14.

Tovarlarning bojxona narxini belgilash va nazorat qilish, shuningdek, bojxona xizmatlari oʻrtasida axborot almashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining asosiy savdo sheriklari (MDHga aʼzo mamlakatlar, Turkiya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi va boshqalar) – davlatlarining bojxona xizmatlari bilan hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi bitimni ishlab chiqish va tuzish.

Xalqaro shartnomalar loyihalari

2019-yil
1-yanvarga qadar

DBQ (J. Aripov),

TIV (B. Asadov)

15.

Bevosita chegaradagi oʻtkazish punktlarida import qilinadigan tovarlarni erkin aylanmaga chiqarish orqali tashqi iqtisodiy faoliyatning insofli ishtirokchilarini ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga ularning kirib kelishidan avval tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan import qilinadigan tovarlarni dastlabki deklaratsiya qilinishi tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi loyihasi

2018-yil
1-sentabrga qadar

DBQ (J. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

16.

Bojxona identifikatsiyasi vositalarini qoʻllash (plombalar, plombalaydigan uskunalar va boshqalar), xavfsizlik va ishonchlilik (tashqi taʼsirlarni fiksatsiya qilish, koʻp marotaba ishlatish, soxtalashtirishdan himoya qilish, ochilish holatlarida masofadan turib signal berish va boshqalar) talablariga javob beradigan, jahonning yetakchi plombalar ishlab chiqaruvchilari takliflari boʻyicha xorijiy mamlakatlar bojxona xizmatlarining ilgʻor tajribasini oʻrganish.

Bojxona identifikatsiyasining ishonchli vositalarini bojxona organlari faoliyati uchun buyurtirish, xarid qilish va foydalanish boʻyicha takliflarini ishlab chiqish va kiritish.

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi loyihasi

2018-yil
1-mayga qadar

DBQ (J. Aripov)

17.

Xorijiy avto tashuvchilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida MDP kitobchalarini qoʻllagan holda xalqaro yuklarni tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasi nizomlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish va mazkur huquqni tiklaydigan tartibni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan, ularni xalqaro identifikatsiya unikal kodi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish asosida mobil moslamasi va mobil aloqa modulli moslamalarini nazorat qilish va hisobga olish boʻyicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil
1-sentabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov),
Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
DBQ (J. Aripov),
DSQ (B. Musayev)

19.

Erkin ombor, bojxona ombori va bojsiz savdo doʻkoni faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq litsenziya jarayonlaridan oʻtishni yanada soddalashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
1-sentabrga qadar

DBQ (J. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

III. BOJXONA TARTIB-TAOMILLARINI SODDALASHTIRISH CHORA-TADBIRLARINI AMALGA OSHIRISH

20.

Quyidagilarga:

bojxona qonunchiligini liberallashtirish, bojxona jarayonlarining shaffofligi hamda soddalashtirilishini, normalarning barchaga birdek tushunarli boʻlishini taʼminlash va ularning turlicha talqin qilinishiga barham berish;

tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan bojxona qonunchiligiga rioya etilishini ragʻbatlantirish mexanizmlarini yaratish;

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari normalari, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillari, xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari va standartlarini implementatsiya qilish;

bojxona maʼmuriyatchiligi sohasida, shu jumladan tariflarni tartibga solish va bojxona koʻrigini tashkillashtirishda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning tajribasiga eʼtibor qaratgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi loyihasi

2018-yil
1-noyabrga qadar

DBQ (J. Aripov),

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

Adliya vazirligi (R. Davletov),
DSQ (B. Musayev)

manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Yuk bojxona deklaratsiyalarini davriy taqdim etib borish orqali bittatashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida eksport yoki import qilinadigan bir xil tovarlarni (tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining jismoniy xarakteristikasi, sifati, ishlab chiqaruvchisi, kodi boʻyicha) bojxona rasmiylashtiruvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi loyihasi

2018-yil
1-mayga qadar

DBQ (J. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

22.

Amaldagi qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona narxini belgilash va deklaratsiya qilish tartibini bekor qilishni nazarda tutadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil
1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodi boʻyicha tovarlarni identifikatsiya va klassifikatsiya qilish boʻyicha ekspert muassasalari xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydigan nizomni ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil
1-iyunga qadar

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
DBQ (J. Aripov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Amaldagi qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish boʻyicha takliflarni tayyorlash:

bevosita Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan real vaqt rejimida, ular tomonidan oʻqish va malaka attestatini olish boʻyicha majburiyatlarga rioya etmagan holda tovarlarni rasmiylashtirishda yuk bojxona deklaratsiyasini toʻldirish imkoniyatini yaratish;

bojxona brokeri sifatida faoliyat yuritish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni bekor qilish;

Davlat bojxona qoʻmitasining bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash (oʻqitish) funksiyalarini boshqa tashkilotlarga oʻtkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalari

2018-yil
1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

25.

Bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida bir xil turdagi tovarlarga karantin ruxsatnomasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish ruxsatnomasi, ozon qatlamlarini yemiruvchi moddalar va ularning tarkibida ular mavjud boʻlgan moddalar, muvofiqlik sertifikati, veterinar, gigiyenik va ekologik sertifikatlari bir marotaba, biroq bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga berilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil
1-iyunga qadar

Oʻzstandart agentligi (A. Karimov),

SSV (A. Shodmonov),
Davlat geologiya qoʻmitasi (B. Qoʻchqorov), Oʻzdavkarantin (I. Ergashev),
Davlat veterinariya qoʻmitasi (I. Norqobilov)

26.

Import qilinadigan isteʼmol tovarlariga nisbatdan bojxona boji va aksiz soligʻining (bojxona narxidan foiz hisobidan, biroq boj yoki aksizga tortiladigan tovarning donasi uchun belgilangan miqdordagi stavkasidan kam boʻlmagan holda) aralash stavkalarini bekor qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil
1-iyunga qadar

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

DBQ (J. Aripov)

27.

Bojxona organlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga koʻrsatiladigan yuk bojxona deklaratsiyalarini toʻldirish, shu jumladan amaldagi bojxona yigʻimlari stavkalarini optimizatsiya qilish va pullik xizmatlar turlarini kengaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil
1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

28.

Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllashni nazarda tutadigan, ularning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ularni optimizatsiya qilish boʻyicha takliflar kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil
1-iyulga qadar

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

DBQ (J. Aripov),

DSQ (B. Musayev)

29.

Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining ortiqcha vaqti va moliyaviy xarajatlari ortishiga olib keladigan eksport-import tovarlarining bojxona rasmiylashtiruvi muddatlarining ijrosini sezilarli choʻzilib ketishiga olib keladigan, ularga xos boʻlmagan vazifalar va funksiyalarni bojxona organlaridan olib tashlashga yoʻnaltirilgan amaldagi qonun hujjatlarini inventarizatsiya qilish va unga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihasi

2018-yil
1-iyulga qadar

DBQ (J. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. IDORALARARO SAMARALI HAMKORLIKNI TAʼMINLASH

31.

Ish reglamenti, tartibi, takliflarni ishlab chiqish va qarorlar qabul qilish mexanizmlarini nazarda tutgan holda Idoralararo bojxona-tarif kengashi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

DBQ (J. Aripov),

DSQ (B. Musayev)

32.

Xoʻjalik subyektining faoliyatiga ortiqcha aralashmagan holda taqdim etilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral oʻrganish va nazorat qilishni amalga oshirish boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi hamkorligi mexanizmini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

DSQ (B. Musayev),

DBQ (J. Aripov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

33.

Oʻzbekistondan eksport qilinadigan tovarlarning kontrakt narxlarining toʻgʻriligini monitoring va nazorat qilish boʻyicha idoralararo mexanizmni ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

Idoralararo qaror loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

DBQ (J. Aripov),

DSQ (B. Musayev)

V. BOJXONA ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TAʼMINLASH

34.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasida murojaatlarni qabul qilish boʻyicha kechayu-kunduz ishlaydigan yagona qisqa raqamli “ishonch telefoni”ni tashkil etishni nazarda tutadigan, bojxona organlarida murojaatlar, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish boʻyicha sifat jihatidan yangi tartibni joriy etish.

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (M. Azimov)

35.

Aholi, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini axborot bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish:

jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish uchun ularning huquqlarini amalga oshirishda koʻmaklashishga yoʻnaltirilgan stend, broshyura, buklet va boshqa vositalar bilan xonalarni jihozlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyati toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa maʼlumotlar, shuningdek, elektron shaklda rasmiy veb-saytda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan turli hujjatlar blanklarini joylashtirish yoʻli orqali keng foydalana olish imkoniyatlarini taʼminlash.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (J. Aripov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

36.

Televideniyeda va radioda muntazam koʻrsatuvlar tashkil etish, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan rasmiy veb-saytda axborotlarni chop etish orqali bojxona organlarining faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobotlar va sharhlarni eʼlon qilib borish.

Chora-tadbirlar
dasturi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (J. Aripov),

manfaatdor vazirlikva idoralar

37.

Davlat bojxona xizmati organlari boʻlinmalari faoliyati samaradorligi, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan ish natijalari, shuningdek, ular bilan hamkorlik, faoliyatning ochiqligi va hammabopligi, jamoatchilik fikrini hisobga olish va fuqarolarning qanoatlanganligini nazarda tutuvchi baholashning yangi mezonlarini joriy etish.

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (J. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

38.

Qonun hujjatlari va aholiga interaktiv xizmatlar koʻrsatish talablariga muvofiq Davlat bojxona qoʻmitasining boʻlinmalari boʻyicha boʻlimlarni yaratgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining (www.customs.uz) veb-saytini modernizatsiya qilish.

Veb-saytni ishlab chiqish va foydalanishga topshirish

2018-yil

1-iyulga qadar

DBQ (J. Aripov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Umirov)

VI. KADRLARNI TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH

39.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda Oliy harbiy bojxona instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish:

ixtisoslashtirilgan fanlar boʻyicha oʻquv dasturlarida yangilangan taʼlim standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar bilan toʻldirish;

oʻquv jarayoniga jalb etilayotgan ilmiy-pedagog kadrlar, tajribali mutaxassis-amaliyotchilari uchun mehnatga haq toʻlashning soatbay ragʻbatlantiruvchi tizimini joriy etish;

xalqaro va xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan keng hamkorlikni tashkil etish;

davlat bojxona xizmati organlarining safdagi xodimlari uchun oʻqishning sirtqi taʼlim olish shaklini joriy etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

40.

Quyidagilarni hisobga olgan holda Milliy kinologiya markazi faoliyatini tubdan takomillashtirish, maqsadli vazifalarini aniqlashtirish:

qoʻshni davlatlarda giyohvand moddalarni ishlab chiqarish va noqonuniy aylanmasi hajmlarining ortib borayotganligi;

chegaradosh davlatlar bilan chegarada oʻtish punktlarining qayta tiklanganligi;

rivojlangan mamlakatlarning kinologiya xizmatlari tajribasi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

41.

Bojxona ishi sohasida yanada ilgʻor ishlash tizimiga ega xorijiy mamlakatlarning malakali mutaxassislarini jalb qilish orqali davlat bojxona xizmatlari organlari faoliyatining eng dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha tajriba almashishni tashkil etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (J. Aripov),

TIV (B. Asadov)

VII. BOJXONA ORGANLARI XODIMLARINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

42.

Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari uchun yashash xonalarini ijaraga olish (yollash) tartibi va pul kompensatsiyalari miqdorini tasdiqlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil

10-iyunga qadar

DBQ (M. Azimov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

43.

Davlat bojxona xizmati xodimlariga uy-joy sotib olish uchun uzoq muddatli ipoteka kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

Markaziy bank (M. Nurmuratov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

44.

Davlat bojxona xizmati organlarining xizmat uy-joy fondini shakllantirish, uy-joy va yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb, topilgan xodimlarga xizmat uy-joylarini berish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar
kompleksi

2018 ― 2021-yillar

mobaynida

DBQ (J. Aripov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Qurilish vazirligi (lavozimi boʻyicha),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2018-y., 06/18/5414/1070-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son; 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son; 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son, 26.04.2022-y., 06/22/115/0344-son, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)