O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“O‘ZAGROMAShSERVIS” UYuShMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 17-noyabrdagi PF–4857-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 16-noyabrdagi PQ–2658-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zqishloqxo‘jalik-ta’minot tuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasini “O‘zagromashservis” uyushmasi etib o‘zgartirish to‘g‘risida” 2000-yil 31-oktabrdagi PF-2741-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zagromashservis” uyushmasi muassislari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq, shuningdek, uyushmaning tashkiliy tuzilmasi va ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2 va 3-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.
“O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasining “O‘zagromashservis” uyushmasi tarkibiga kirmagan 4-ilovaga muvofiq qurilish va boshqa korxonalari mahalliy hokimliklar tasarrufiga berilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari 4-ilovada ko‘rsatilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan bundan buyon amalda foydalanishning maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqsinlar.
2. “O‘zagromashservis” uyushmasi ijro etuvchi apparati xodimlari cheklangan sonining 45 kishidan (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) iborat bo‘lishiga rozilik berilsin. “O‘zagromashservis” uyushmasi raisining bir nafar o‘rinbosari bo‘lishiga ruxsat etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zagromashservis” uyushmasi boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosari muassislarning umumiy majlisida saylanadilar va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadilar.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
“O‘zagromashservis” uyushmasi boshqaruvi raisiga zarurat bo‘lganda uyushma ijro etuvchi apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Uyushma boshqaruvi raisi maqomi, maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtirilsin.
3. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 31-oktabrdagi PF-2741-son Farmoniga muvofiq mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari tashkil etiladi. Shu munosabat bilan “Agromashservis” aksiyadorlik jamiyatlarining Qoraqalpog‘iston respublika va viloyatlar birlashmalari, shuningdek “Maxsusta’mirlashsozlash” respublika ishlab chiqarish birlashmasi belgilangan tartibda tugatiladi;
uyushmaning ijro etuvchi apparati ta’minoti mashina-traktor parklari hududiy birlashmalarining, uyushma muassislari bo‘lgan boshqa korxonalar va tashkilotlarning ajratmalari hisobiga shartnoma asosida, shuningdek o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
4. Quyidagilarga:
“Agrotexta’mir” birlashmasi tarkibiga kiruvchi ixtisoslashgan ta’mirlash korxonalari ro‘yxatiga 5-ilovaga muvofiq;
mashina-traktor parklari hududiy birlashmasi va davlat aksiyadorlik mashina-traktor parki ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmalariga 6 va 7-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
Mashina-traktor parklari Qoraqalpog‘iston respublika va viloyatlar birlashmalari rahbarlari belgilangan tartibda aksiyadorlar majlislarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishgan holda saylanadilar.
5. Belgilansinki, mashina-traktor parklari hududiy birlashmalarining ustav jamg‘armasi ularga:
tugatilayotgan “Agromashservis” aksiyadorlik jamiyatlari Qoraqalpog‘iston respublika va viloyatlar birlashmalari mulkini berish;
Oldingi tahrirga qarang.
mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining ular ustav jamg‘armasining 35 foizigacha miqdordagi davlatga tegishli aksiyalarini, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari qolgan paketlarining joylashtirilmagan qismini berish yo‘li bilan shakllantiriladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
Belgilab qo‘yilsinki, mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari aksiyalarining 51 foizi davlat ixtiyorida qoladi, 10 foizgachasi — mehnat jamoalariga sotiladi, qolgan qismi esa erkin ravishda, shu jumladan xorijiy investorlarga sotiladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi 2000-yil 1-dekabrgacha:
mashina-traktor parklari aksiyalarining davlatga tegishli paketlarini mashina-traktor parklari hududiy birlashmalariga ishonchli boshqaruvga belgilangan tartibda berishni amalga oshirsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “O‘zagromashservis” uyushmasining:
aksiyalarning davlat ulushi bo‘yicha 1998-1999-yillar uchun hisoblab yozilgan va mashina-traktor parklari tomonidan to‘lanmagan 647,7 mln so‘m miqdoridagi dividendlarni;
mashina-traktor parklari va ular hududiy birlashmalari aksiyalarining davlat ulushi bo‘yicha 2000-2004-yillar uchun hisoblab yoziladigan dividendlarni import qishloq xo‘jaligi texnikasi sotib olish uchun jalb etilgan xorijiy kreditlarni to‘lashga maqsadli yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zagromashservis” uyushmasi korxonalari va tashkilotlariga qarashli ijtimoiy infratuzilma obyektlarining 2001-yil 1-yanvardagi holati bo‘yicha tuman (shahar)lar hokimliklari balansiga qabul qilib olinishini 2001-yil 1-iyulgacha ta’minlasinlar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 28-apreldagi 172-son qarorining qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilishga doir qismining amal qilishi mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari tarkibiga kiruvchi ta’mirlash zavodlariga tatbiq etilsin.
12. “O‘zagromashservis” uyushmasi apparati Toshkent shahar, Abay ko‘chasidagi 4 “A”-uyga joylashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligi mazkur binoni belgilangan tartibda “O‘zagromashservis” uyushmasiga sotsinlar.
O‘zbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasida o‘rnatilgan barcha aloqa turlarini “O‘zagromashservis” uyushmasida qoldirsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 9-noyabr,
438-son
“O‘zagromashservis” uyushmasi muassislari
RO‘YXATI
1.Mashina-traktor parklari Qoraqalpog‘iston respublika birlashmasi AJ
2.Mashina-traktor parklari Andijon viloyati birlashmasi AJ
3.Mashina-traktor parklari Buxoro viloyati birlashmasi AJ
4.Mashina-traktor parklari Jizzax viloyati birlashmasi AJ
5.Mashina-traktor parklari Qashqadaryo viloyati birlashmasi AJ
6.Mashina-traktor parklari Navoiy viloyati birlashmasi AJ
7.Mashina-traktor parklari Namangan viloyati birlashmasi AJ
8.Mashina-traktor parklari Samarqand viloyati birlashmasi AJ
9.Mashina-traktor parklari Surxondaryo viloyati birlashmasi AJ
10.Mashina-traktor parklari Sirdaryo viloyati birlashmasi AJ
11.Mashina-traktor parklari Toshkent viloyati birlashmasi AJ
12.Mashina-traktor parklari Farg‘ona viloyati birlashmasi AJ
13.Mashina-traktor parklari Xorazm viloyati birlashmasi AJ
14. “Ta’minotchi-Xizmatchi” AJ
15. “Agrota’minot-B.S” AJ
16. “Ozodlik” AJ
17. “Ta’minotchi-Paxta” AJ
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 23-maydagi PQ-1972-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
19. “Agrotexta’mir” birlashmasi
“O‘zagromashservis” uyushmasining tashkiliy
TUZILMASI
“O‘zagromashservis” uyushmasi ijro etuvchi apparati
TUZILMASI
“O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasining mahalliy hokimliklar ixtiyoriga beriladigan qurilish va boshqa korxonalari
RO‘YXATI
| № p/p |
Korxonalar va tashkilotlarning ro‘yxati |
Manzil |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ||
| 1 | “Agromashservis” jamoa korxonasi | Nukus sh. |
| 2 | “Qorao‘zak “Raytexsharuaservis” jamoa korxonasi | Qorao‘zak tumani |
| 3 | “Tiyoqli” jamoa korxonasi | Xo‘jayli tumani |
| Andijon viloyati | ||
| 1 | “Andijonjivmexservis” OAJ | Buloqboshi tumani |
| 2 | “Madad” mas’uliyati cheklangan jamiyat | Oltinko‘l tumani |
| 3 | “Agrosavdo” ixtisoslashtirilgan do‘konlar uyushmasi | Andijon sh. |
| Buxoro viloyati | ||
| 1 | “Buxoro-quruvchi” AJ | Buxoro tumani |
| 2 | “Chorbakir ishlab chiqarishi” AJ | Buxoro tumani |
| 3 | “Chorbakir” AJ | Buxoro tumani |
| 4 | “Qurilish-montaj sozlash boshqarmasi” jamoa korxonasi | Buxoro sh. |
| Jizzax viloyati | ||
| 1 | “Jizzax xo‘jalik hisobidagi qurilish korxonasi” AJ | Jizzax sh. |
| 2 | “Namangan” jamoa korxonasi | Arnasoy tumani |
| Qashqadaryo viloyati | ||
| 1 | “G‘uzor-Avtomobilchi” AJ | G‘uzor tumani |
| 2 | “G‘uzor-Avtota’mir” AJ | G‘uzor tumani |
| 3 | “G‘uzor-Ta’minotchi” AJ | G‘uzor tumani |
| 4 | “Agregat” jamoa korxonasi | Qarshi sh. |
| 5 | “Qarshi-TChS” AJ | Qarshi sh. |
| 6 | “Agroimpeks” AJ | Shahrisabz tumani |
| 7 | “Shahrisabz-TChS” AJ | Shahrisabz tumani |
| 8 | “Avtomobilchi” AJ | Shahrisabz tumani |
| 9 | “Chiroqchi-2 TChS” AJ | Chiroqchi tumani |
| 10 | “Yakkabog‘ TChS” | Yakkabog‘ tumani |
| Navoiy viloyati | ||
| 1 | “Qiziltepa-Navro‘z” OTAJ | Qiziltepa tumani |
| 2 | “Sayxun” AJ | Konimex tumani |
| Namangan viloyati | ||
| 1 | “Avtotransport korxona” OTAJ | To‘raqo‘rg‘on tumani |
| 2 | “Ixtisoslashgan ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonna” OTAJ | Uychi tumani |
| 3 | “Namangan KMK” AJ | Namangan sh. |
| Samarqand viloyati | ||
| 1 | “Narpay KMK” jamoa korxonasi | Narpay tumani |
| 2 | “Bulung‘ur KMK” jamoa korxonasi | Bulungur tumani |
| 3 | “Kattaqo‘�g‘on KMK” jamoa korxonasi | Kattaqo‘rg‘on tumani |
| 4 | “Ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonna” AJ | Urgut tumani |
| 5 | “Agromashservis” ixtisoslashtirilgan qurilish boshqarmasi OTAJ |
Samarqand tumani |
|
Surxondaryo viloyati | ||
|
1 |
“Sho‘rchi ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonnasi” AJ | Sho‘rchi tumani |
| 2 | “Agromashta’mirqurilish” AJ | Jarqo‘rg‘on tumani |
| 3 | “Termez” ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonnasi jamoa korxonasi |
Termez shahri |
| 4 | “Sherobod ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonnasi” jamoa korxonasi |
Sherabod tumani |
|
Sirdaryo viloyati | ||
| 1 | “Guliston ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonnasi” OTAJ | Guliston shahri |
| 2 | “Madadkor” xususiy korxonasi | Sh.Rashidov tumani |
| 3 | “Mustaqillik 5 yilligi tajriba tayanch xo‘jaligi” jamoa korxonasi |
Mirzaobod tumani |
| 4 | “Bunyodkor” AJ | Yangiyer shahri |
| Toshkent viloyati | ||
| 1 | “Bo‘ka ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonnasi” OTAJ | Bo‘ka tumani |
| 2 | “Shavkat-qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyat | Toshkent shahri |
| Farg‘ona viloyati | ||
| 1 | “Agromashservis” Farg‘ona viloyati OAJ ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonnasi” AJ |
Qo‘qon shahri |
| 2 | “Marg‘ilon ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonnasi” OAJ | Marg‘ilon shahri |
| Xorazm viloyati | ||
| 1 | “Urganch chorva mexanizatsiyasi” OAJ | Urganch shahri |
| | | |
“Agrotexta’mir” birlashmasi tarkibiga kiruvchi ixtisoslashtirilgan ta’mirlash korxonalarining
RO‘YXATI
|
Korxonaning nomlanishi |
Manzil | |
|
1. |
“Gidravlika” AJ | Toshkent viloyati, O‘rtaovul qo‘rg‘oni |
|
2. |
“Akkummashservis” mas’uliyati cheklangan jamiyat |
Toshkent viloyati, Bo‘ka shahri |
|
3. |
“Tashtajribata’mir” AJ | Toshkent shahri |
|
4. |
“Novator” ishlab chiqarish korxonasi | Toshkent shahri |
|
5. |
“Shino ta’mirlash zavodi” AJ | Urganch shahri |
|
6. |
“Agromashta’mir” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi |
Toshkent shahri |
| | | |
Mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari ijro etuvchi apparatining
NAMUNAVIY TUZILMASI
“Mashina-traktor parki” davlat-aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi apparatining
NAMUNAVIY TUZILMASI