19.07.2018 yildagi PQ-3873-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga jismoniy shaxslar nomiga xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali kelayotgan tovarlar nazoratini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5414-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga jismoniy shaxslar nomiga xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali kelayotgan tovarlarni bojxona nazoratidan oʻtkazish samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan davlat bojxona xizmati organlariga jismoniy shaxslar nomiga xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali kelayotgan tovarlar haqida majburiy ravishda xabardor etish belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan jismoniy shaxslar nomiga xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali kelayotgan tovarlar haqida davlat bojxona xizmati organlariga oldindan elektron tarzda xabar berish tizimini tatbiq etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar boʻlgan muddatda xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali kelayotgan tovarlarni qabul qiluvchining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami yoki pasport maʼlumoti orqali identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron bazalarni idoralararo integratsiyasini amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi operatori va provayderlari tomonidan xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar toʻgʻrisida oldindan elektron tarzda xabar berishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan maʼlumotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar toʻgʻrisida davlat bojxona xizmati organlarini oldindan elektron tarzda xabardor qilish jarayonlarini amalga oshirish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kirib kelayotgan xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
temir yoʻl va avtomobil transporti orqali yetkazishda — maxsus belgilangan bojxona postlarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo transporti orqali yetkazishda — xalqaro aeroportlar yoki unga yaqin hududlarda joylashgan bojxona postlarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yuridik shaxslar nomiga kelayotgan qiymati 100 (yuz) AQSH dollariga teng boʻlgan tovarlardan bojxona toʻlovlari undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3512-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar 3-ilovaga muvofiq kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 19-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3873-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3873-son qaroriga
1-ILOVA

Pochta aloqasi operatori va provayderlari tomonidan xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar toʻgʻrisida oldindan elektron tarzda xabar berishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan maʼlumotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxati*

1. Qabul qiluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qabul qiluvchining manzili.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qabul qiluvchining pasport seriyasi va raqami yoki soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Pochta aloqasi operatori yoki provayderining nomi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Joʻnatuvchi davlat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Joʻnatmaning tavsifi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Joʻnatmaning qiymati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Yozma xat-xabarlar (mayda paketlardan tashqari), diplomatik pochta va konsullik pochta qoplariga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3873-son qaroriga
2-ILOVA

Xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar toʻgʻrisida davlat bojxona xizmati organlarini oldindan elektron tarzda xabardor qilish jarayonlarini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3873-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3512-son qaroriga kiritilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-bandda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “a” kichik bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun — bir kalendar chorak mobaynida 1 000 (bir ming) AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro pochta joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun — 100 (yuz) AQSH dollari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g) jismoniy shaxslar tomonidan ayrim turdagi tovarlarni respublikadan olib chiqish normalari 2-ilovaga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlari orqali bojxona chegarasidan kesib oʻtish holatlari bundan mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d) mazkur bandning “a” — “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan meʼyorlar doirasida tovarlarni jismoniy shaxs tomonidan bojxona chegarasidan olib kirilishi va olib chiqilishi majburiy yozma deklaratsiyasiz amalga oshiriladi, bundan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari hamda tadbirkorlik faoliyati uchun moʻljallangan tovarlar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarning qanday maqsadga moʻljallanganligini aniqlashda tovarlarning miqdori hisobga olinadi va bunda tovarlarni olib oʻtayotgan jismoniy shaxs va uning oila aʼzolari ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi tovarlarga, agar tovarlarni olib oʻtayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar deb qaraladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur bandning “a” — “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan meʼyorlardan oshganda hamda jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun tovarlar olib oʻtilganda, qonun hujjatlariga binoan olib kirilayotgan tovarlarning barcha summasiga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishgan holda jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali bojxona toʻlovlari undirilmaydigan tovarlar meʼyorlarini va olib oʻtish shartlarini belgilashi mumkin”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 07/18/3873/1578-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son; 19.01.2026-y., 06/26/5/0051-son)