24.07.2018 yildagi 572-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyatida baliq yetishtirish boʻyicha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada baliqchilik sohasini jadal rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, baliqchilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish, intensiv texnologiyalarni joriy etish koʻlamini kengaytirish hisobiga baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va tannarxini pasaytirish boʻyicha tegishli choralar koʻrilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yil boshidan buyon respublikaning barcha hududlarida baliqchilik sohasini rivojlantirish boʻyicha hududiy chora-tadbirlar dasturi qabul qilinib, uning ijrosini taʼminlash yuzasidan tizimli ishlar tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, oʻrganishlar va monitoring natijalariga koʻra, sunʼiy suv havzalaridan samarali foydalanish, havza hosildorligini oshirish, sohaga xorijiy ilgʻor tajribalarni jalb etish borasida ishlar yetarlicha amalga oshirilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, baliq yetishtirish texnologiyasini ilmiy asoslangan holda tashkil etish hamda Namangan viloyati hududidan oʻtuvchi Norin daryosi boʻylarida baliq yetishtirish boʻyicha mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi va Namangan viloyati hokimligining Namangan viloyati hududidan oʻtuvchi Norin daryosi boʻylarida baliqchilik xoʻjaliklarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Namangan viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Norin daryosi boʻylarida baliqchilik xoʻjaliklarini tashkil etish uchun Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon, Norin va Uychi tumanlari hududidan ilovaga muvofiq belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda baliqchilik tarmogʻi boʻyicha yangidan tashkil etiladigan loyihalarga ajratiladigan yer uchastkalari hududida mol-mulklarni baholash ishlarining yakunlanishi va ularning egalari boʻlgan fuqarolar va yuridik shaxslarga belgilangan tartibda pul kompensatsiyalari toʻlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarordan kelib chiqqan holda, hududlarning qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish rejasiga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorga ilovaga muvofiq tashkil etilayotgan baliqchilik xoʻjaliklariga ajratilishi nazarda tutilgan yer uchastkalari hududida faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklari baliqchilik tarmogʻi boʻyicha yangi loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi oʻz murojaatlari boʻyicha tanlovlarda ishtirok etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Kasb-hunar taʼlim markazi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining buyurtmanomalari asosida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab, Namangan davlat universiteti va Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanidagi Yangiyer qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida baliqchilik sohasi uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar taʼlimi tizimini yanada takomillashtirishni muvofiqlashtirish respublika komissiyasi Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanidagi Yangiyer qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejini koʻp tarmoqli kasb-hunar kolleji sifatida faoliyat yuritishi yuzasidan taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Namangan davlat universiteti va Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanidagi Yangiyer qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida baliqchilik sohasi uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha Xitoy Xalq Respublikasi va Turkiya Respublikasi tajribalarini oʻrganish va malakali mutaxassislarini jalb etish masalalariga Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari hamda Namangan davlat universitetining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori masʼul etib biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda baliq yetishtirish boʻyicha intensiv texnologiyalar va ilgʻor tajribalarni oʻrganish maqsadida ikki oy muddatda malakali mutaxassislar va baliqchilik xoʻjaliklari rahbarlarining baliqchilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlarga xizmat safarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat safari yakuni boʻyicha xorijiy davlatlarda oʻrganilgan tajribalar asosida respublikamizdagi daryo va kanal boʻylarida resurs tejaydigan texnologiyalarni qoʻllash hisobiga akvakulturani rivojlantirishga doir takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Norin daryosi boʻylarida yangidan tashkil etiladigan baliqchilik xoʻjaliklarining talabnomasiga koʻra, sunʼiy suv havzalarini barpo etish uchun maxsus texnikalar ajratsin va imtiyozli narxlarda xizmat koʻrsatishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda baliq va baliq mahsulotlari, konserva va yarim tayyor mahsulotlar sotadigan hamda ovqatlanish shoxobchasini oʻz ichiga olgan zamonaviy infratuzilmaga ega savdo majmualarining (keyingi oʻrinlarda savdo majmualari deb ataladi) barpo etish boʻyicha 2018-2019-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur chora-tadbirlar dasturida quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
infratuzilma obyektlari uchun yer ajratish, 2018-2019-yillarda quriladigan savdo majmualarini manzilli joylashtirish va qurish uchun pudrat tashkilotlari hamda tashabbuskorlarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo majmualarini moliyalashtirish manbalari, qurilish-montaj ishlarini boshlash va tugatish muddatlari, foydalanishga qabul qilish davlat komissiyalari tomonidan ishga tushirish (qabul qilish) dalolatnomalarini rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi navbatda, boʻsh turgan binolarni xatlovdan oʻtkazish va ushbu binolarga savdo majmualarni joylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi savdo majmualarini barpo etish loyihasini amalga oshirish doirasida loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilishini hamda bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qurilish vazirligi bilan birgalikda savdo majmualarini qurilishini oʻz muddatlarida va sifatli tugatilishiga shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev va “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi raisi A.Sh. Ergashev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 24-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
572-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi 572-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyati hududidan oʻtuvchi Norin daryosi boʻylarida baliqchilik xoʻjaliklarini tashkil etish uchun ajratiladigan yer uchastkalari maydoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Namangan viloyati tumanlarining nomi

Ajratiladigan yer uchastka maydoni, gektar

Shundan: massivlar boʻyicha

massiv nomi

yer maydoni, gektar

kontur raqami

Uchqoʻrgʻon

139,2

Oltin vodiy
servis

91,4

40, 50, 53, 58, 59, 71, 72, 75, 76, 78, 80, 81, 82 83, 84, 85, 86, 88, 90, 91, 119, 121

Madadkor Hamzaobod

27,8

36, 62, 96

Namangan oʻrmon xoʻjaligi

20,0

5, 7, 8, 11, 20

Norin

62,9

Norinkapa

24,5

4, 24

Paxtakor

38,4

5, 99, 10, 101, 102

Uychi

49,7

Uychi Guliston

49,7

285, 296, 389, 390, 400, 401, 402, 406

Jami:

251,8

x

251,8

x

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 09/18/572/1568-son)