24.07.2018 yildagi 571-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand davlat universitetining ilmiy salohiyatini oshirish, zamonaviy infratuzilmasi va moddiy-texnika bazasini yanada takomillashtirish hamda mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar Samarqand davlat universiteti (keyingi oʻrinlarda Universitet deb ataladi) faoliyatini yanada takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash borasidagi xalqaro reytingini oshirish, bitiruvchilarning kasbiy darajasi jahon intellektual bozorida tan olinishi hamda ularning raqobatbardoshligiga erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahondagi yetakchi va nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda (Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston, Belgiya, Germaniya, Fransiya, Singapur kabi davlatlar) oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash va ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni tashkil etish, pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish, stajirovkasini tashkil etish, talabalarning akademik almashinuvini taʼminlash hamda Universitetda xorijiy fuqarolarning taʼlim olishiga sharoit yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayoniga davlat va xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor pedagogik texnologiyalar, oʻquv dasturlari va oʻquv-uslubiy materiallarni keng joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi avlod oʻquv adabiyotlarini yaratish va ularni Universitetning taʼlim jarayoniga keng tatbiq etish, uni zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlash, shu jumladan yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazi fondini muntazam yangilab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini taʼminlovchi fan va texnika sohalari boʻyicha fundamental hamda amaliy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish, ularning samaradorligini oshirish, oliy taʼlim va akademik ilm-fanning ishlab chiqarish bilan integratsiyasini kuchaytirish, ilmiy maktablarni rivojlantirish va ularning salohiyatidan unumli foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy Osiyo hududida faoliyat yuritgan allomalarning islom madaniyatiga qoʻshgan hissasi, ilm-fanga doir qoʻlyozmalari, nodir kitoblari va boshqa qadimiy manbalarni, chet ellik mutaxassislarning fikr-mulohazalarini oʻrganish orqali ularning ilm-fan hamda taʼlim taraqqiyotidagi oʻrni va tarixini keng targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, bino va inshootlarida qurilish-taʼmirlash hamda jihozlash ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilm-fanning ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, ilmiy laboratoriyalarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, shuningdek, axborot-kommunikatsiya vositalari va dasturiy taʼminot darajasini zamon talablariga muvofiqlashtirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalar bilimini xolisona baholash hamda nazorat qilishning shaffof va adolatli tizimini ishlab chiqish, taʼlim jarayoniga tatbiq etish hamda muntazam takomillashtirib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2018 — 2021-yillarda Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Universitet 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar buyurtmachilarining talablaridan kelib chiqqan holda, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari oʻquv rejalarining umumkasbiy fanlari blokidagi mavjud fanlar (soni va oʻquv yuklamasi) hajmi hisobiga ixtisoslik fanlari blokida mavjud fanlar (soni va oʻquv yuklamasi) hajmini 30 foizgacha oshirib, oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqadi hamda amaliyotga joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetda professor-oʻqituvchilar va olimlar tomonidan tayyorlangan darslik, oʻquv qoʻllanma hamda boshqa oʻquv-uslubiy adabiyotlarni Universitet kengashining qaroriga asosan Samarqand davlat universiteti uchun nashrga tavsiya etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Samarqand viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qurilish vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorga ilova bilan tasdiqlangan Dasturdan kelib chiqqan holda, quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va bosqichma-bosqich amalga oshirsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konfutsiy haykali oʻrnatiladigan Universitet hududida joylashgan 9 qavatli oʻquv va maʼmuriy bino hamda unga tegishli hududning meʼmoriy koʻrinishini Oʻzbekiston-Xitoy milliy meʼmorchiligi anʼanalariga muvofiqlashtirish hamda binoning har bir qavatini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy taʼlim muassasalari andozalariga moslashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetda taʼlim olayotgan xorijiy talabalar uchun alohida talabalar turar joyini qurish va jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv binolari va sport inshootlarini qurish maqsadida Universitet bosh binosi hududida joylashgan fuqarolar va yuridik shaxslarning turarjoy va boshqa binolarini belgilangan tartibda buzish hamda shu munosabat bilan fuqarolar hamda yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand shahri, Spitamen shoh koʻchasi, 166-uyda joylashgan Samarqand 1-son pedagogika kolleji va Dahbet koʻchasi, 18-uyda joylashgan Samarqand pedagogika va xizmat koʻrsatish kolleji faoliyati belgilangan tartibda tugaganidan soʻng, ularning bino va inshootlarini tegishli hududlari bilan birga Universitetga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarini rejalashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga bosqichma-bosqich kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Samarqand viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qurilish vazirligi bilan birgalikda Universitet bosh binosi joylashgan hududda Samarqandning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan hissasi, tarixi, madaniyati, Markaziy Osiyoda taʼlim va maʼrifat markazi sifatida shakllangan anʼanalari aks ettirilgan arxitektura ansamblini barpo etishga qaratilgan takliflarni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Universitet bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlariga Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi buyurtmachi etib belgilansin va obyektlarning toʻliq tayyor holda foydalanishga topshirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil va kelgusi yillarda mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan ishlarni Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan bajarish boʻyicha buyurtmachi etib — Universitet belgilansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 09/21/563/0859-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Universitetda fundamental fanlar va muhandislik-texnika fanlari sohalari boʻyicha doktorlik dissertatsiyalari himoyalarini oʻtkazishga moʻljallangan ilmiy kengashlar ochish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda Universitet huzurida fizika, matematika, kimyo va biologiya sohalariga ixtisoslashgan maktab faoliyatini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini uch oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov hamda Samarqand viloyati hokimi zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 24-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
571-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi 571-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018 — 2021-yillarda Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Universitetning bakalavriat bitiruvchilarini xorijiy magistratura dasturlari asosida oʻqitishni va magistrantlarning stajirovkasini hamkor xorijiy ilmiy-oʻquv markazlarida tashkil qilish

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

I. Kadrlar tayyorlash, oʻquv jarayonini takomillashtirish, taʼlim sifatini tubdan yaxshilash, ilgʻor xorijiy tajriba asosida zamonaviy va innovatsion taʼlim texnologiyalaridan samarali foydalanish, oʻquv rejalar va fan dasturlarini takomillashtirish

1.

Universitet bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali kadrlarni zamonaviy talablar darajasida tayyorlash va ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazishda jahondagi nufuzli universitetlar va ilmiy markazlar bilan har tomonlama manfaatli hamkorlik oʻrnatish va istiqbolli shartnomalarni tuzish.

1. Jahonning yetakchi ilmiy va taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish boʻyicha reja ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Yetakchi xorijiy ilmiy va taʼlim muassasalari bilan stajirovka va hamkorlikda taʼlim dasturlari boʻyicha shartnomalar imzolash.

3. Jahondagi yetakchi, nufuzli (Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston, Germaniya, Fransiya, Belgiya, Singapur kabi) davlatlarning oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash va ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni tashkil qilish.

2018-yil
30-dekabr


reja asosida




reja asosida

Ushbu maqsadlarda ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro fondlar grantlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Samarqand davlat universiteti,

Tashqi ishlar vazirligi

2.

Universitetning bakalavriat bitiruvchilarini xorijiy magistratura dasturlari asosida oʻqitishni va magistrantlarning stajirovkasini hamkor xorijiy ilmiy-oʻquv markazlarida tashkil qilish.

1. Xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-taʼlim muassasalari bilan magistrlar tayyorlash dasturini ishlab chiqish.

2. Belgilangan tartibda yosh oʻqituvchilarning xorijiy taʼlim muassasalarida stajirovkasini va malaka oshirishini tashkil qilish boʻyicha akademik mobil (academic mobility programs) dasturlarni ishlab chiqish.

3. Xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-taʼlim muassasalari bilan talabalar almashish dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash.

2018/2019 oʻquv yili davomida


2018/2019 oʻquv yili davomida




2018/2019 oʻquv yilidan boshlab, doimiy

Xalqaro grantlar, xalqaro tashkilotlar mablagʻlari, Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari

Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Samarqand davlat universiteti

3.

Davlat taʼlim standartlari va kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda, Universitet taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklarning malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish.

1. Xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda, oʻquv yuklamalari hajmini, jumladan, oʻquv rejalarining fan bloklari va soatlari taqsimotini optimallashtirish.

2. Oʻquv rejalaridagi gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar dasturlarini tahlil qilish, mavzular takrorlanishining oldini olish, umumkasbiy va ixtisoslik fanlariga ajratilgan soatlar hajmini oshirish.

3. Oʻquv rejalari va fan dasturlari mazmuni doimiy yangilab borilishini taʼminlash.

2018-yil
25-avgust




2018-yil
25-avgust




doimiy

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Samarqand davlat universiteti

4.

Universitetda talabalar bilimini xolisona baholash hamda nazorat qilishning shaffof va adolatli tizimini ishlab chiqish, taʼlim jarayoniga tatbiq etish.

1. Talabalar bilimini baholash va nazorat qilish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish.

2. Talabalar bilimini baholash monitoringini olib borish, uning natijalarini umumlashtirish va tegishli xulosalar asosida bu tizimni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab


2019/2020 oʻquv yili yakuniga qadar

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Samarqand davlat universiteti

5.

Universitetda masofaviy oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻyish, ilgʻor tajribalarni ommalashtirish va tatbiq etish, oʻqitishning modulli tizimini joriy qilish.

1. Masofaviy oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻyish uchun eng optimal platformani tanlash.

2. Fanlarda oʻquv-uslubiy majmualarning yangilanishi va ularning “Moodle” tizimiga toʻliq kiritilishini taʼminlash.

3. Universitetning nufuzli olim
va akademiklarining mutaxassislik fanlari boʻyicha maʼruza mashgʻulotlarining elektron (video) nusxalari joylashtirilgan taʼlim portalini yaratish.

2019-yil
20-iyun


2019/2020 oʻquv yilidan boshlab


2018-yil
20-dekabr

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Samarqand davlat universiteti

6.

Universitetning ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlar bilan korporativ hamkorligini tizimli ravishda mustahkamlash asosida oʻquv va ishlab chiqarish amaliyoti sifatini oshirish.

1. Talabalar amaliyotini samarali tashkil qilish uchun amaliyot bazalarini tanlash.

2. Amaliyot bazalariga ega boʻlgan taʼlim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash.

2018-yil
avgust

2018-yil
avgust

-

Samarqand davlat universiteti

7.

Universitetni zamonaviy oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlash, jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima qilish negizida axborot-resurs markazi fondini muntazam yangilab borish.

Oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlash, jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima qilish negizida axborot-resurs markazi fondini muntazam yangilab borish.

2019 — 2021-yillar davomida

Ushbu maqsadlarda ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro fondlar grantlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Samarqand davlat universiteti

8.

Universitet professor-oʻqituvchilari va olimlari tomonidan tayyorlangan darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar hamda boshqa oʻquv-uslubiy adabiyotlarni Universitet kengashining qaroriga asosan nashrga tavsiya etish va nashr qilish.

1. Oʻquv rejalaridagi har bir fanni oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlanganlik darajasini aniqlash va tahlil qilish.

2. Mualliflarga darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari tayyorlash uchun sharoit yaratish, ijodiy taʼtillar berish, ularni moddiy ragʻbatlantirish.

3. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari hamda olimlari bilan hamkorlikda ingliz va oʻzbek tillarida darsliklar, oʻquv qoʻllanmalarini yaratish.

4. Universitetda darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini nashr etish tartibini oliy taʼlim muassasasi kengashida tasdiqlash. Bunda, adabiyotlarning xolis ekspertizasi, taqrizi mexanizmlarini, nashr etilgan adabiyot mazmuni va sifatiga oʻquv ishlari boʻyicha prorektor masʼulligi va kafedra mudirlari javobgarligini belgilash.

2018-yil
avgust


doimiy




doimiy





2018/2019 oʻquv yilidan boshlab, doimiy

Ushbu maqsadlarda ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro fondlarning grantlari

Samarqand davlat universiteti

9.

Mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlaridan kelib chiqib, Universitetda zamonaviy mutaxassislar tayyorlashga yoʻnaltirilgan yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish.

1. Bakalavrlar tayyorlash boʻyicha yangi taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish uchun takliflar tayyorlash.

2. Umumtaʼlim maktablaridagi oʻqituvchilarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda qabul kvotalariga takliflar tayyorlash.

2018-yil
dekabr



2018-yil
dekabr

-

Iqtisodiyot vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Samarqand davlat universiteti

II. Professor-oʻqituvchilarning kasbiy malakasi va faolligi hamda ilmiy salohiyatini oshirish, pedagog va ilmiy xodimlarning stajirovkasi va malaka oshirishlari uchun sharoitlar yaratish, ularning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish

10.

Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bazasida universitet professor-oʻqituvchilarining malaka oshirish
va qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etishini taʼminlash, iqtidorli yosh olimlarning magistratura va doktorantura bosqichlarida taʼlim olishlarini tashkil etish.

1. Malaka oshirish va qayta tayyorlash rejasini belgilangan tartibda ishlab chiqish, uning bajarilishini taʼminlash.

2. Professor-oʻqituvchilarga axborot texnologiyalari, chet tilini oʻrganishlari boʻyicha xorijiy oliy va ilmiy taʼlim muassasalarida malaka oshirish kurslarini belgilangan tartibda tashkil etish va natijalari monitoringini olib borish.

2018-yil
avgust


2018/2019 oʻquv yili davomida

Ushbu maqsadlarda ajratilgan budjet mablagʻlari, xalqaro fondlarning grantlari, homiylar mablagʻlari

Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi,

Samarqand davlat universiteti

11.

Ilm-fan va taʼlimning rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqqan holda, Universitetda yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni maqsadli tayyorlashni tashkil etish va amalga oshirish.

1. Universitet va mintaqa miqyosida yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash.

2. Ilmiy salohiyatli oʻqituvchilarga boʻlgan ehtiyojni kelajakda qoplash uchun tayanch doktorantura hamda doktoranturaga maqsadli tayyorlash.

2018-yil
sentabr



2019 — 2021-yillarda

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Samarqand davlat universiteti

12.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ommaviy axborot vositalari yordamida Universitet ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini iqtisodiyotning real sektoriga olib kirishni keng ommaga targʻib qilish.

1. Ilmiy sohadagi yutuqlar, ishlanmalar, amaliyotga samarali tatbiq etilayotgan ishlanmalar haqida muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida telekoʻrsatuvlar tashkil etish.

2. “Universitet axborotnomasi” jurnali tirajini oshirib, baʼzi sonlarining ingliz tilida ham nashr qilinishini tashkil etish.

2018/2019 oʻquv yili davomida




doimiy

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylar mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Iqtisodiyot vazirligi,

Samarqand davlat universiteti

13.

Yoshlar orasida ilmni ommalashtirish, ularning ilmiy-ijodiy faolligini ragʻbatlantirish va ilmiy ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etishlariga keng imkoniyatlar yaratish.

“Yosh olimlar” tanlovini tashkil etish, tanlov gʻoliblarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish, ommaviy axborot vositalarida keng yoritish orqali ularning ilmiy-ijodiy ishlarini ommalashtirish.

2019-yil
25-martdan boshlab,
doimiy

-

Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Samarqand davlat universiteti

14.

Fanlar akademiyasi akademiklari ilmiy salohiyatidan foydalanish hamda yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarida rivojlanayotgan sohalar boʻyicha kadrlar tayyorlash orqali universitetda professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyatini 44,0 % dan 75,0 % ga oshirish.

Ilmiy darajali mutaxassislar sonini 2017 — 2020-yillarda 100 nafarga, 2021 — 2025-yillarda 120 nafarga, 2026 — 2030-yillarda 120 nafarga oshirish orqali ilmiy salohiyatni rejadagi koʻrsatkichga yetkazish uchun talabgorlarga yetarlicha sharoitlar yaratish, ilmiy xodimlar va ularning ilmiy rahbarlarini ragʻbatlantirib borish.

2018/2019 oʻquv yilidan boshlab,
doimiy

-

Fanlar akademiyasi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Samarqand davlat universiteti

III. Iqtidorli yoshlarning yangi avlodini shakllantirish, maʼnaviy-maʼrifiy va axloqiy tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish

15.

Universitet hududida fizika, matematika, kimyo va biologiya sohalariga ixtisoslashgan maxsus maktab faoliyatini tashkil etish.

Universitet hududida fizika, matematika, kimyo va biologiya sohalariga ixtisoslashgan maxsus maktab faoliyatini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlash va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil
oktabr

Asoslangan hisob-kitoblarga koʻra

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi,

Samarqand davlat universiteti

16.

Buyuk allomalarimizning ilmiy merosi va “Islom madaniyati” anʼanalaridan kelib chiqqan holda universitet ilmiy-amaliy laboratoriya muzeyini tashkil etish.

Oʻzbekiston jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi, islom madaniyati markazlaridan biri boʻlib kelganini aks ettiradigan ilmiy-tarixiy konsepsiyani ishlab chiqish va amalga oshirish.

1. Samarqandda yashab ijod qilgan buyuk allomalar, jumladan, Mirzo Ulugʻbek akademiyasi ilmiy merosi asosida Muzeyni yaratish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Muzeyni qadimgi taʼlim tarixiga oid manbalar, eksponatlar bilan boyitish, uni eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida namoyish etish.

2018-yil
dekabr



2019-yil
may

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Samarqand davlat universiteti

17.

Universitet axborot-resurs markazini va qoʻlyozmalar fondini buyuk allomalar, mutafakkirlar, ular tomonidan asos solingan ilmiy va diniy maktablarga doir yurtimizda va xorijiy davlatlarda saqlanayotgan qadimiy qoʻlyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, arxeologik topilmalar, osori atiqalar, shu yoʻnalishdagi zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, kitob va toʻplamlar, video va foto hujjatlar asosida boyitish.

1. Universitet axborot-resurs markazi va qoʻlyozmalar fondini yurtimizda va chet ellarda saqlanayotgan qadimiy qoʻlyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, arxeologik topilmalar, moddiy va nomoddiy meros namunalarining nusxalarini yigʻish va toʻldirish choralarini koʻrish.

2. Islom dini rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk vatandoshlarimiz — allomalarning merosini ilmiy asosda chuqur tadqiq etish, ilmiy-maʼnaviy jasorati, ulugʻ insoniy fazilatlarini keng targʻib etish.

2018 — 2021-yillar davomida






doimiy

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Samarqand davlat universiteti

IV. Universitetda oʻquv va ilmiy-laboratoriya binolari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash orqali moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

18.

Konfutsiy haykali oʻrnatiladigan universitet hududida joylashgan 9 qavatli oʻquv va maʼmuriy bino va unga tutash hududning meʼmoriy koʻrinishini Oʻzbekiston-Xitoy milliy meʼmorchiligi anʼanalariga muvofiqlashtirish hamda binoning har bir qavatini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy taʼlim muassasalari andozalariga moslash.

1. Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida universitetning 9 qavatli bino va unga tegishli hududning meʼmoriy koʻrinishini Oʻzbekiston-Xitoy milliy meʼmorchiligi anʼanalariga muvofiqlashtirishning manzilli dasturga kiritilishini taʼminlash va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Konfutsiy haykali oʻrnatiladigan universitet hududida joylashgan 9 qavatli oʻquv va maʼmuriy bino va unga tegishli hududning meʼmoriy koʻrinishini Oʻzbekiston-Xitoy milliy meʼmorchiligi anʼanalariga muvofiqlashtirish.

3. Binoning har bir qavatini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy taʼlim muassasalari andozalariga moslashtirish.

2018-yil
sentabr









2018/2019 oʻquv yili davomida





2018/2019 oʻquv yili davomida

Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Samarqand viloyati hokimligi, Oliy
va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qurilish vazirligi, Samarqand davlat universiteti

19.

Universitet bosh binosi joylashgan hududda Samarqandning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan hissasi, tarixi, madaniyati, Markaziy Osiyoda taʼlim va maʼrifat markazi sifatida shakllangan anʼanalari aks ettirilgan arxitektura ansamblini barpo etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. Universitetda amalga oshiriladigan qurilish-tiklash ishlarining bosh rejasini, bosh binosi maydoni va bino arxitekturasi koʻrinishi loyihasi hamda eskizini ishlab chiqish.

2. Samarqand viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish
va Oʻzbekiston respublikasining rivojlanish davlat dasturiga kiritilishini taʼminlash.

2018-yil
sentabr




2018-yil dekabr

Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Samarqand viloyat hokimligi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy
va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Samarqand davlat universiteti

20.

Xorijiy mamlakatlardan kelib, universitetda taʼlim olayotgan talabalar uchun alohida talabalar turar joyini qurish va jihozlash.

1. Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida xorijiy talabalar turar joyi qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurish.

2. Talabalar turar joyini jihozlash rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2019/2020 oʻquv yili boshlanguniga qadar



2019-yil
iyun

Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Samarqand viloyat hokimligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy
va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Samarqand davlat universiteti

21.

Universitet observatoriyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini jadallashtirish, kuzatuv natijalarini qayta ishlashni
va modellashtirishni yoʻlga qoʻyish orqali astronomiya sohasida malakali mutaxassislar, oliy malakali kadrlar tayyorlashni yangi sifat darajasiga koʻtarish.

1. Universitet observatoriyasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2. Universitet observatoriyasidagi koʻzgusining diametri 0,48 metr boʻlgan optik teleskopni takomillashtirish (kuzatuv natijalarini qayta ishlash
va matematik modellashtirish boʻyicha zamonaviy asboblar bilan taʼminlash).

2018-yil
sentabr


2019-yil
may

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro fondlar mablagʻlari

Samarqand viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi, Samarqand davlat universiteti

22.

Fizika fakultetining “Yadro fizikasi laboratoriyasi” binosini rekonstruksiya qilish.

Rekonstruksiya ishlari uchun texnik topshiriqlar ishlab chiqish va mutasaddi vazirliklar bilan kelishish, Oʻzbekiston respublikasining rivojlanish davlat dasturiga kiritilishini taʼminlash.

2019-yil
sentabr

Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Samarqand viloyati hokimligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Samarqand davlat universiteti

23.

Universitet “Botanika” ilmiy-tajriba bogʻi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Bogʻ hududida zamonaviy issiqxona barpo etish, noyob daraxt koʻchatlari va oʻsimliklar turlarini koʻpaytirish hamda zamonaviy dizayn asosida landshaftini yaratish, qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash.

2020-yil
iyul

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Samarqand viloyati hokimligi, Oliy
va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Samarqand davlat universiteti

24.

Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan “Yettiuyli soy” dala oʻquv-amaliyot bazasini moddiy-texnik jihatdan mustahkamlash.

1. Dala oʻquv amaliyoti bazasidagi turar joylarni tiklash uchun loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash.

2. Dala oʻquv amaliyoti uchun zarur oʻquv auditoriyalari, zamonaviy qurilma
va jihozlar, shu jumladan avtobus bilan taʼminlash.

2018-yil
dekabr


2018-yil
dekabr

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Samarqand viloyati hokimligi, Oliy
va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Samarqand davlat universiteti

V. Zamonaviy oʻquv-ilmiy laboratoriyani asbob-uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalari bilan taʼminlash

25.

Universitetda ilm-fanning eng ustuvor yoʻnalishlarida (fizika, kimyo, biologiya, ekologiya, biotexnologiya, mexanika) ilgʻor texnologiyalarga asoslangan, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan oliy taʼlim muassasalararo ilmiy laboratoriya tashkil qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

1. Ilm-fanning eng ustuvor yoʻnalishlarida (fizika, kimyo, biologiya, ekologiya, biotexnologiya, mexanika) ilgʻor texnologiyalarga asoslangan, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan oliy taʼlim muassasalararo ilmiy laboratoriya tashkil qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda zarur asbob-uskunalar roʻyxatini shakllantirish.

2. Oliy taʼlim muassasalararo ilmiy laboratoriya faoliyatini tashkil etish.

2018-yil
avgust









2019-yil
sentabr

Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi, Samarqand davlat universiteti

26.

Oʻquv binolari va axborot-resurs markazini zamonaviy kompyuterlar, serverlar, proyektorlar va boshqa texnik jihozlar bilan taʼminlash hamda ichki kompyuter tarmogʻini yanada takomillashtirish.

1. Universitet uchun zarur boʻlgan kompyuterlar, serverlar, proyektorlar boshqa texnik jihozlar roʻyxatini hamda texnik tafsilotlarini tuzish, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli tashkilotlarga taqdim etish va xarid qilish.

2. Axborot-resurs markazini zamonaviy kompyuterlar va boshqa asbob-uskunalar bilan taʼminlash.

2018 — 2021-yillar davomida

Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Samarqand davlat universiteti

(ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 511-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 09/18/571/1567-son, 18.12.2018-y., 09/18/1026/2339-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son, 10.09.2021-y., 09/21/563/0859-son)