26.06.2018 yildagi 478-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining faol investitsiya siyosatini amalga oshirish yuzasidan masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 21-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida investitsiya siyosati, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda aniq loyihalarni amalga oshirishga doir masalalar kompleksi tanqidiy va har tomonlama koʻrib chiqilib, xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish va oʻzlashtirish samaradorligi tahlil etildi. Xususan, quyidagilar qayd etildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shahar va tumanlarga tashriflar yakunlari boʻyicha ishlab chiqilgan 2018-2019-yillarda hududlarni kompleks rivojlantirish dasturi doirasida hayotga tatbiq etish nazarda tutilgan 6317 ta loyihaning asosiy qismi keng doiradagi tadbirkorlar ishtirokida ularning oʻz mablagʻlari hamda tijorat banklari kreditlari hisobiga amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — joriy yilda namunaviy loyihalar asosida jumladan, ehtiyojmand oilalar va nogironlar uchun 22145 ta uyni qurish va foydalanishga topshirish, shuningdek, 2044 ijtimoiy va infratuzilma obyektini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal taʼmirlash nazarda tutilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi — xorijiy tashriflar va muzokaralar yakunlariga koʻra, qiymati 17 milliard dollarlik 182 ta loyihani amalga oshirish toʻgʻrisida dastlabki kelishuvlarga erishildi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi — 2018-yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 148 ta tarmoq va 377 ta hududiy loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Bosh vazir, Bosh vazir oʻrinbosarlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, bank muassasalari va vakolatli ekspertiza organlari rahbarlarining eʼtibori nafaqat mavjud jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish, muammoli masalalarni aniq hal etish, balki butun investitsiya jarayonini yanada faollashtirish borasida tizimli va samarali ishlar tashkil etilishini taʼminlashga qaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev belgilab bergan ustuvor vazifalar soʻzsiz bajarilishini taʼminlash, investitsiya siyosatini amalga oshirish boʻyicha tarmoq va hududlar kesimida manzillilikni kafolatlaydigan yangi, yanada samarali shakllar, usullar va mexanizmlarni joriy qilish hamda loyihalashtirish, ekspertizadan oʻtkazish, moliyalashtirish va qurilishni boshlash sohasidagi masalalar kompleksini hal etish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish hamda tezkorlikni taʼminlash, monitoring va hisobdorlik boʻyicha elektron axborot tizimini joriy etish, butun investitsiya jarayoni bosqichlarida barcha darajadagi rahbarlar hamda mutaxassislarning shaxsiy masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini jadal hamda barqaror rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan maqsadli islohotlar va dasturlarning bugungi bosqichida faol hamda samarali investitsiya siyosatini yuritish Vazirlar Mahkamasi, uning komplekslari va ijro etuvchi apparatining, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining asosiy hamda ustuvor vazifalariga aylanishi darkor.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bosh vazirning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparatining Axborot-tahlil departamentlari mudirlari, markaziy iqtisodiyot va moliya organlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 21-iyunda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlarni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 20-iyundagi PQ-3794-son qarorida belgilangan vazifalarni soʻzsiz, aniq, oʻz vaqtida va toʻliq hajmda bajarish borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda asosiy eʼtibor quyidagi ustuvor vazifalarning samarali hamda natijali bajarilishiga qaratilishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari S.R. Xolmuradov, J.A. Qoʻchqorov, A.S. Sultonov, N.S. Otajonov, Z.T. Mirzayev, A.A. Abduhakimov investitsiya jarayonining loyiha ishlab chiqilib amalga oshirilishidan boshlab, obyekt ishga tushirilgungacha va Davlat komissiyasi qonunchilik talablariga muvofiq tasdiqlangunicha boʻlgan kompleks masalalarini muvofiqlashtirish, amalda bajarish va ularning elektron monitoringini olib borish boʻyicha tizimli ishlarni taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — Vazirlar Mahkamasining har bir kompleksida tegishli vazirlik va idoralar, markaziy iqtisodiyot va moliya organlari, bank muassasalari, loyiha institutlarining rahbarlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK mutaxassislaridan iborat doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ishchi guruh tashkil etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi — respublikaning har yilgi investitsiya dasturlari, tarmoq va hududiy dasturlarni amalga oshirishga oid davlat siyosatining talablari bajarilishini, elektron monitoring va hisobdorlik axborot tizimining samarali faoliyat koʻrsatishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S.X. Bekenov, L.Sh. Qudratov) va qoʻmita hududiy boʻlinmalari rahbarlarining muvofiqlashtiruvchi roli hamda shaxsiy masʼuliyati oshirilishi taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya loyihalarini xalqaro moliya institutlari va donor-mamlakatlar ishtirokida boshqarish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 21-iyundagi PQ-3796-son qarori talablarining soʻzsiz bajarilishiga alohida eʼtibor qaratilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi — birinchi rahbarlar bilan birgalikda ularning investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalasi funksional vazifa sifatida zimmasiga yuklangan tegishli oʻrinbosarlari — mansabdor shaxslar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, loyiha institutlari, bank muassasalari va boshqa moliya institutlari markaziy apparatlarining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining shaxsiy roli hamda masʼuliyatini oshirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari M.M. Mirzayev, Moliya vazirining oʻrinbosari A.R. Karimov, “Oʻzbekneftgaz” AJ (U.X. Saidov, B.B. Sidiqov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (U.A. Husanov), “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (A.A. Rashidov), “Oʻzkimyosanoat” AJ (Sh.R. Nabiyev), “Oʻzqurilishmateriallari” AJ (T.R. Muhammadjonov), “Oʻzbekenergo” AJ (Sh.G. Sheraliyev), “Oʻzbekgidroenergo” AJ (F.X. Mahmudov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (M.M. Zohidov), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (B.B. Muhammadsaidov), “Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi (A.U. Qambarov) rahbarlarining oʻrinbosarlari va boshqaruv boshqa organlarining rahbarlari tegishli tarmoqlarda investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida amalga oshirilishi, ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar, avvalambor, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda oʻzlashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi va pirovard natijalari uchun shaxsan masʼul ekanligi haqida qatʼiy ogohlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir investitsiya loyihasining amalga oshirilishini tizimli tahlil qilish, muammoli va idoralararo masalalarni tezkor hal etish, respublika Hukumatiga takliflar tayyorlash boʻyicha doimiy asosda ishchi guruhlar tashkil qilish hamda ularning samarali faoliyat koʻrsatishini amaliyotga tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3407-son qaroriga muvofiq joriy etilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimlarining investitsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosarlarining ishlari samaradorligi hamda natijadorligini oshirishga doir amaliy choralar koʻrsinlar va bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi — shaharlar va tumanlar boʻyicha har yilga va yaqin istiqbolga moʻljallab tasdiqlangan hududiy investitsiya dasturlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va ularning monitoringini olib borish, shuningdek, har bir loyiha boʻyicha aniq muvofiqlashtirilgan ishlarni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — loyihalarni amalga oshirish uchun nafaqat kapital qoʻyilmalarni, balki mahalliy budjetlar, loyihalar tashabbuskorlari boʻlgan tadbirkorlarning mablagʻlari, shuningdek, xorijiy investitsiyalar, shu jumladan toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish hamda ulardan samarali foydalanish, davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini yanada faol joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi — yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni tezkor hal etish uchun respublika vakolatli ekspertiza organlari, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarmoq axborot-tahlil departamentlari, Bosh vazirning oʻrinbosarlari — Komplekslar rahbarlari bilan yaqin hamkorlikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi — tumanlar, shaharlar, viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini tahlil qilish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ishchi guruhlarni tashkil qilish va ularning samarali faoliyat yuritishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari huzurida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ish guruhlar tarkiblari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Investitsiya loyihalarini tarmoq va hududlar boʻyicha amalga oshirish holati uchun obyekt → tuman, shahar → viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi; vazirlik, davlat qoʻmitasi, xoʻjalik birlashmasi → Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamenti → Bosh vazir oʻrinbosari → Bosh vazir → Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti izchilligi boʻyicha doimiy asosda monitoring olib borish va hisobdorlik tizimi 2, 3, 4-ilovalarga muvofiq joriy qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari hayʼatlarining majlislarini oʻtkazish jadvali 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, hayʼatlarning qayd etilgan majlislariga puxta tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir oʻrinbosarlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, barcha darajalardagi hokimliklar, Vazirlar Mahkamasi apparatining Axborot-tahlil departamentlari, vakolatli ekspertiza organlari, bank hamda moliya institutlarining rahbarlari hamda mutasaddilari ishtirok etadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilning I yarim yil yakunlariga koʻra, tarmoq va hududiy investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi har bir investitsiya loyihasi boʻyicha har tomonlama va tanqidiy tahlil etilib, zudlik bilan, shu jumladan, respublika Hukumati darajasida hal etishni talab qiladigan asosiy kamchiliklar va muammoli masalalar aniq koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir investitsiya loyihasining tasdiqlangan parametrlari boʻyicha yoʻl qoʻyilgan qoloqlikda va ularni bajarilmasligida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar hamda mutaxassislarning xatti-harakatlarini alohida baholash taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 21-iyunda boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalarning soʻzsiz, oʻz vaqtida va toʻliq hajmda bajarilishini hamda 2018-yilning II yarim yilida investitsiya loyihalari bajarilishini kafolatlovchi qoʻshimcha kompleks chora-tadbirlar — “yoʻl xaritalari” tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasi apparatining Axborot-tahlil departamentlari mudirlari Sh.A. Abidov, M.B. Jumaniyozov, A.E. Ravshanov, I.R. Mahkamov, K.S. Rizayev, F.A. Qodirov 2018-yil 21-iyunda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi bayonnomasi topshiriqlari va ushbu qaror talablarini bajarish boʻyicha tegishli vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda tizimli ishlarni taʼminlashga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi uchun masʼul ekanligi haqida qatʼiy ogohlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bosh vazir oʻrinbosari S.R. Xolmuradov 2018-yilning 15-iyuligacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi — ushbu qaror talablarini bajarish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — 2018-yil I yarim yilida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini amalga oshirishning asosiy yakunlari va 2018-yil II yarim yili boʻyicha aniq takliflar toʻgʻrisidagi materiallarning umumlashtirilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 26-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
478-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-iyundagi 478-son qaroriga
1-ILOVA

2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va xoʻjalik birlashmalari tizimida investitsiya loyihalarni amalga oshirilishi monitoringi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChIZMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-iyundagi 478-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tizimida investitsiya loyihalarni amalga oshirilishi monitoringi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChIZMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-iyundagi 478-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining kompleksida investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi monitoringi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChIZMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 09/20/478/0841-son)