20.06.2018 yildagi PQ-3794-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya va infratuzilma loyihalarini jadal amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya va infratuzilma loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish, davlat aktivlarini va davlat strategik korxonalarini boshqarish samaradorligini oshirish, shuningdek, milliy iqtisodiyotning muttasil oʻsishini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PQ-332-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 07/22/332/0677-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati ikki hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda Agentlikning davlat organlari va tashkilotlari joriy faoliyatini tartibga soluvchi funksiyalari takrorlanishiga yoʻl quymaslik, ularni chiqarib tashlash, Agentlikning boshqa davlat organlari va tashkilotlari, ayniqsa, joylardagi davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, loyiha boshqaruvi, loyihalarni ekspertiza qilish va akkreditatsiya, koʻrsatiladigan xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taʼminlash sohasidagi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Agentlik oldiga qoʻyilgan vazifalarning bajarilishini uning vakolatlari va funksiyalarini aniqlashtirishni inobatga olgan holda chuqur tahlil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Hisob palatasi va boshqa idoralar bilan birgalikda investitsiya va infratuzilma loyihalarini toʻliq amalga oshirishga hamda toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishga tuskinlik kilayotgan tizimli kamchiliklarni aniklash maksadida mazkur loyixalar shakllantirilishi va amalga oshirilishining borishini oʻrgansin, yakuni boʻyicha mazkur yoʻnalishlardagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan anik takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki xamda boshqa xalqaro moliya institutlari ekspertlarini jalb qilgan xolda ikki hafta muddatda umumqabul qilingan baholash, ekspertiza, tasdiqlash, xarid qilish va loyihalarni amalga oshirish tartib-taomillari asosida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash xamda amalga oshirishning takomillashtirilgan mexanizmini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda investitsiya va infratuzilma loyihalarining loyihaoldi, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlashning yangilangan tartibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 20-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3794-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ-3794-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi toʻgʻrisidagi nizomning 71-bandi, 8-bandi “k”, “l”, “m” kichik bandlari va 101-bandi uz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PQ-332-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 07/22/332/0677-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi “Davlat aktivlarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3720-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) muqaddima, 1 — 4 va 6 — 8-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Loyiha ofisiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 3-ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 07/18/3794/1378-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 07/22/332/0677-son)