LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 22-avgustdagi 19/6-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3385, 09.09.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PQ-3777-son “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga (bundan buyon matnda Qaror deb yuritiladi) asosan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi (bundan buyon matnda dastur deb yuritiladi) doirasida AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB (bundan buyon matnda tijorat banklari deb yuritiladi) tomonidan kreditlar ajratish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
dastur koordinatorlari — Qarorga asosan dastur amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, tizimli monitoring qilish va ro‘yobga chiqarilishiga ko‘maklashish maqsadida belgilangan mas’ul shaxslar;
hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari rahbarligida, viloyat iqtisodiyot va sanoat, bandlik, moliya, investitsiya, soliq, statistika bo‘linmalari, hududiy Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hududiy bo‘linmalari rahbar va xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan markazlar (bundan buyon matnda Hududiy markazlar deb yuritiladi);
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-2, 05.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 10/19/3022-2/3383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3022-2, 05.07.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 10/19/3022-2/3383-son)
tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari — tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari rahbarligida, tuman (shahar) iqtisodiyot va sanoat, bandlik, moliya, investitsiya, soliq, statistika bo‘linmalari, tuman Savdo-sanoat palatasi bo‘limi, tijorat banklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tuman bo‘linmalari rahbar va xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan markazlar (bundan buyon matnda tuman (shahar) markazlari deb yuritiladi);
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-2, 05.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 10/19/3022-2/3383-son)
kredit liniyasi — tijorat banklari bilan dastur doirasida resurs ajratuvchi moliya institutlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga (Bosh kelishuvga) asosan qarz oluvchilarga kredit ajratish uchun ochilgan kredit liniyalari;
qarz oluvchilar — tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlari;
mikrokreditlar — bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha miqdorda — oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun, bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravarigacha miqdorda — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar.
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
3. Dastur doirasida kreditlar qarz oluvchilarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki rivojlantirish maqsadlari uchun ajratiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
4. Kreditlar tijorat banklari orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan esa tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda ajratiladi.
Tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmi qo‘llaniladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
6. Kreditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.
mebel, uyali telefon sotib olish, shuningdek aloqa xizmatlariga to‘lov maqsadlari uchun ajratilmaydi.
9. Kreditlar ushbu kredit hisobiga amalga oshiriladigan loyihaning biznes-rejasiga muvofiq o‘zini o‘zi qoplash jihatlaridan kelib chiqib 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yil muddatgacha ajratilishi mumkin. Bunda berilayotgan imtiyozli davr va kreditni qaytarish muddati batafsil asoslantirilishi kerak.
10. Aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar 18 oy muddatgacha revolver kredit tarzida ajratiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 31-dekabrdagi 28/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3285, 26.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2021-y., 10/21/3285/0073-son)
jismoniy shaxslarga kredit qaytarilishining ta’minoti sifatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlari (bundan buyon matnda sektorlar rahbarlari deb yuritiladi) va mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladigan kreditlash bo‘yicha tavsiyanoma.
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
12. Qarz oluvchi — jismoniy shaxslarga kredit qaytarilishining ta’minoti sifatida sektorlar rahbarlari va mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladigan kreditlash bo‘yicha tavsiyanomasi qabul qilinadi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
13. Qarz oluvchi — kichik tadbirkorlik subyektlari kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno.
14. Qarz oluvchi — kichik tadbirkorlik subyektlari kredit qaytarilishining ta’minoti sifatida bankka quyidagi ta’minot turlaridan birini taqdim etadi:
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining (bundan buyon matnda Jamg‘arma deb yuritiladi) kafilligi;
(14-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 15-fevraldagi 3/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-4, 27.02.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2020-y., 10/20/3022-4/0218-son)
(14-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
15. Tijorat banklari o‘zlarining ichki kredit siyosatiga muvofiq qarz oluvchi — kichik tadbirkorlik subyektlariga mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan ta’minot turlarini talab qilmasdan bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha bo‘lgan miqdorda blankli (ishonchli) mikrokredit berish huquqiga ega.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-2, 05.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 10/19/3022-2/3383-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Bunda bankka qarz oluvchi tomonidan muayyan daromadga egaligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi, bank tomonidan olingan mikrokreditni qaytarmaslik xatari sug‘urta qilinadi.
(4-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
16. Tuman va shaharlarda samaradorligi yuqori va barqaror ish o‘rinlari yaratish imkoniyati mavjud loyihalarga (bundan buyon matnda samarali loyihalar deb yuritiladi) dastur doirasidagi resurslar hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan ortiq miqdorda kredit ajratilishi mumkin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
17. Samarali loyihalar tegishli tuman (shahar) markazlari tomonidan tanlab olinadi va ushbu loyihaning haqiqatda mazkur hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati qayd etilgan holda kreditlashga xulosa tayyorlanadi va xulosa tuman (shahar) markazlarining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
18. Tuman (shahar) markazlarining samarali loyihani amalga oshirish bo‘yicha xulosasi Hududiy markazlarga kredit ajratish uchun qaror qabul qilishga taqdim etiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
19. Hududiy markazlar tuman (shahar) markazlarining xulosasi asosida qaror qabul qilishdan oldin, samarali loyihani joyida tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda batafsil o‘rganishi shart.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-2, 05.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 10/19/3022-2/3383-son)
20. Hududiy markazlar tomonidan samarali loyihani kreditlash bo‘yicha qaror qabul qilishda quyidagilar asoslantirilishi zarur:
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
bank orqali amalga oshirgan pul aylanmasi miqdori, debitor va kreditor qarzdorliklari, kredit tarixi;
samarali loyihani amalga oshirish natijasida ishlab chiqariladigan mahsulot va ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi, yaratiladigan yangi ish o‘rinlari.
21. Hududiy markazlarning samarali loyihani kreditlash bo‘yicha qarori dastur koordinatorlariga yakuniy xulosa berish uchun taqdim etiladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
22. Dastur koordinatorlari samarali loyihani kreditlashga ruxsat berish bo‘yicha Hududiy markazlarning qarori asosida yakuniy xulosa chiqaradi va ijobiy xulosa berilgandan so‘ng ushbu xulosa tegishli xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga taqdim etiladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
23. Tijorat banki dastur koordinatorlarining samarali loyihani kreditlashga bergan xulosasiga muvofiq bankning ichki kredit siyosati asosida kredit ajratish masalasini ko‘rib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
24. Dastur doirasida tijorat banklari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan beriladigan kreditlar Jamg‘armaning xizmatlaridan keng foydalanilgan holda ajratilishi mumkin.
25. Tijorat banklari filiallari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini moliyalashtirishga kreditlar ajratilganda Jamg‘armaning foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyasi qabul qilinadi.
Bunda, Hududiy markazlar Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengashga tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya beriladigan yo‘nalishlarni kengaytirish yuzasidan takliflar kiritib boradi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-2, 05.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 10/19/3022-2/3383-son)
26. Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash Hududiy markazlarning takliflarini ko‘rib chiqib, bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga va stavkalarga muvofiq beriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-2, 05.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 10/19/3022-2/3383-son)
27. Qarz oluvchining arizasi kelib tushgan kundan boshlab, tijorat banki tomonidan uch ish kunidan oshmagan muddatda ushbu ariza bo‘yicha asoslantirilgan qaror qabul qilinadi.
28. Kredit berish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilinganda, qarz oluvchi va tijorat banki o‘rtasida kredit shartnomasi tuziladi.
30. Tijorat banki kredit berishni rad etgan taqdirda, bank qarz oluvchiga hamda tavsifnoma bergan tegishli sektorlar rahbarlariga va mahalla fuqarolar yig‘iniga bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda yozma shaklda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etadi.
31. Dastur doirasidagi resurslar hisobidan kredit ajratishda tijorat bankining ma’lum bir filialida mablag‘lar yetishmagan taqdirda boshqa bir filialida mavjud mablag‘lar tijorat bankining viloyat bo‘linmasi tomonidan tuman va shahar filiallariga qayta taqsimlanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
32. Kreditlar qarz oluvchiga alohida kredit hisobvarag‘i ochish va uning to‘lov topshiriqnomalariga muvofiq, ushbu hisobvaraqdan naqd pulsiz shaklda pul o‘tkazish yo‘li bilan beriladi.
Bunda, kreditlar tovarlar (xizmatlar) shartnoma asosida kelishilgan narxda yetkazib berilgandan (xizmatlar ko‘rsatilgandan) va loyiha egasi undan qanoatlanish hosil qilganidan so‘ng ajratiladi va mahsulot yetkazib beruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi)ning hisobraqamiga o‘tkazib beriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3022-2, 05.07.2019-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 10/19/3022-2/3383-son)
Import shartnomalari asosida kredit mablag‘lari hisobidan xorijdan keltiriladigan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘lovlar mazkur shartnomalarda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
33. Qarz oluvchi — jismoniy shaxslarga mikrokreditlar ajratilayotgan loyihaning o‘ziga xos jihatlari, kredit hisobiga olinadigan tovarni pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olish imkoniyati bo‘lmagan holda tuman (shahar) markazlarining bu haqidagi xulosasiga asosan mikrokreditning bir qismi naqd pulda berilishi mumkin.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
34. Qarz oluvchi kredit hamda unga hisoblangan foizlarni naqd pulda, bank plastik kartochkalari orqali yoki qarz oluvchining hisobvarag‘idan pul o‘tkazib berish yo‘li bilan to‘lashi mumkin.
35. Olingan kreditdan boshqa maqsadda foydalanilganlik aniqlangan taqdirda, bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismini qarz oluvchidan muddatidan ilgari undirib olish huquqiga ega.
36. Qarz oluvchi — jismoniy shaxslar tomonidan kredit bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlar to‘lanmagan taqdirda, bank filiali tavsiyanoma bergan tegishli sektor rahbarlariga va mahalla fuqarolar yig‘iniga amaliy yordam so‘rab murojaat qilishi zarur.
37. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)