14.05.2010 yildagi 05-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik ishlari boʻyicha vakillikka doir qonunchilikni qoʻllashda sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan hamda ushbu qonunchilik normalari toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.

1. Sudlarga tushuntirilsinki, fuqarolik protsessida vakillik instituti fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29, 55-moddalarida mustahkamlangan sud orqali himoyalanish va malakali yuridik yordam olish kabi konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirilishini taʼminlashga xizmat qiladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudda vakillik taraflar, uchinchi shaxslar, arizachilar subyektiv huquq va erkinliklari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari himoyasining protsessual kafolati vazifasini bajarishga qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qonun mazmuniga koʻra, suddagi vakil — ishonch bildiruvchi shaxs nomidan va uning manfaatlari uchun berilgan vakolat doirasida protsessual harakatlar sodir etadigan hamda huquqlarini amalga oshirishda unga yordam beradigan jismoniy shaxsdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 65-moddasiga muvofiq yuridik shaxslarga tegishli ishlarni har doim ularning rahbarlari yoki vakillari yuritadilar, fuqarolar esa, oʻz ishlarini sudda shaxsan yoki vakil orqali yuritishlari mumkin. Bunda fuqaroning shaxsan ishtiroki uni mazkur ish boʻyicha vakilga ega boʻlish huquqidan mahrum etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qonun fuqarolik ishlari boʻyicha sudda vakillikni ikki turga ajratadi — qonuniy, yaʼni majburiy vakillik (FPK 66-moddasi) va shartnoma boʻyicha, yaʼni ixtiyoriy vakillik (FPK 67-moddasi).
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonuniy vakillik belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan, bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan shaxslar huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga daxldor fuqarolik ishlarini sudda koʻrishda majburiydir. Qonuniy vakillik kelib chiqishi uchun huquq va manfaatlari himoya qilinayotgan shaxs roziligi talab etilmaydi.
(4-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudda vakillik boshqa barcha hollarda shartnomaga asoslangan boʻladi va faqat ishonch bildiruvchining bunga xohishi mavjud boʻlganda yuzaga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sudda qonuniy vakil sifatida ota-onalar, vasiylar, homiylar va FPK 66-moddasida koʻrsatilgan boshqa shaxslar ishtirok etadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudda shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakil sifatida quyidagilar ishtirok etishlari mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) advokatlar, yaʼni qonunda belgilangan tartibda advokatlik maqomini olgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) toʻgʻri va yon shajara boʻyicha qarindoshlar, shuningdek er(xotin) yoki uning qarindoshlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) yuridik shaxslarning xodimlari-mazkur yuridik shaxslar ishlari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) notijorat tashkilotlar vakolatli vakillari-mazkur tashkilotlar aʼzolarining ishlari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlar vakolatli vakillari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) ishtirokchilardan biri boshqa ishtirokchilarning topshirigʻi boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) jismoniy shaxslar vakili sifatida sud tomonidan ishda qatnashishga ruxsat berilgan boshqa shaxslar, basharti ular vakil sifatida sudda kasb tariqasida (haq evaziga yoki haq olmay) faoliyat olib borishmasa.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonuniy vakillar ham, shartnoma boʻyicha vakillar ham voyaga yetgan va muomalaga layoqatli boʻlishlari lozim (FPK 70-moddasi).
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud daʼvogarning yoki javobgarning iltimosiga koʻra, “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning ishtirok etishini taʼminlash choralarini koʻrishi shart (FPKning 67-moddasi).
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ishonch bildiruvchiga qarindosh shaxslar doirasini aniqlashda sud FPK 67-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi va Oila kodeksining 57, 58-moddalariga amal qilishi lozim boʻlib, ularga koʻra quyidagilar qarindoshlar hisoblanadi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-ona, bolalar, nevaralar, bobo, buvi, evaralar, katta bobo, katta buvi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aka-uka, opa-singillar, ularning bolalari, ota-onaning aka-uka, opa-singillari, ularning bolalari, bobo, buvilarning aka-uka, opa-singillari, ularning bolalari va h.k.;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻgay aka-uka, opa-singillar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yuridik shaxs xodimi deganda, mazkur tashkilotda mehnat shartnomasiga asosan ishlayotgan shaxs tushuniladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sudda notijorat tashkilotlar vakolatli vakillari sifatida mazkur notijorat tashkilotlarda mehnat shartnomasiga asosan ishlayotgan va uning shtatida turgan shaxslar boʻlishi mumkin.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudda vakil sifatida, shuningdek, notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari ham ishtirok etishlari mumkin, basharti boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish vazifasi mazkur tashkilotlarga bevosita qonunga binoan berilgan boʻlsa (masalan, “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasi, “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 27, 33, 45-moddalari va boshqalar)
(8-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat va fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish vazifasi yuklatilgan davlat organlari sudda notijorat tashkilot vakili sifatida emas, balki protsessning boshqa ishtirokchisi-davlat boshqaruv organlari sifatida qatnashadilar (FPK 52, 53-moddalari).
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. FPK 45-moddasiga koʻra, protsessda bir necha daʼvogar yoki javobgar, shuningdek uchinchi shaxslar qatnashganda, vakillik boshqa ishtirokchilar topshirigʻiga binoan sherik ishtirokchilardan biri tomonidan, basharti ulardan hech birining manfaatlari bir-biriga zid boʻlmasa, amalga oshirilishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vakillarning ishga kirishishi masalasi sudya tomonidan ishni sudda koʻrishga tayyorlash paytida hal etilib, bu haqda FPK 204-moddasiga muvofiq chiqarilgan ajrimda koʻrsatiladi. Agar vakilni ishga kiritish toʻgʻrisidagi iltimosnoma sud majlisida bildirilgan boʻlsa, masala ishda qatnashuvchi boshqa shaxslar fikri eshitilgandan soʻng bayonnomada qayd etiladigan ajrim chiqarish yoʻli bilan hal etiladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni sudda vakil sifatida qatnashishiga ijozat berish (qatnashishini rad etish) toʻgʻrisidagi ajrim ustidan, u ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qilmaganligi sababli shikoyat qilish mumkin emas.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qonuniy vakillar ishga kirishishi uchun huquq beruvchi hujjatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaning tugʻilganligi haqidagi guvohnomasi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vasiy yoki homiyni, merosni boshqaruvchini tayinlash toʻgʻrisida qarorlar.
(12-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakillar ishga kirishishi uchun huquq beruvchi hujjatlar boʻlib FPK 68-moddasiga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomalar hisoblanadi, advokatlar, yuridik shaxs rahbari bundan mustasno.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma boʻyicha ayrim vakillar ishga kirishishiga ijozat berilishi uchun qonun sudga, ishonchnomadan tashqari, yana boshqa hujjatlar taqdim etilishini talab qiladi, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishonch bildiruvchining qarindoshlari uchun — ishonch bildiruvchi va vakil orasida qarindoshlik aloqalarini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning rahbari uchun — uning mansab mavqeyini tasdiqlovchi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarning xodimlari va notijorat tashkilotlar vakolatli vakillari uchun — ularning ushbu tashkilotda ishlashini tasdiqlovchi hujjat (buyruq, mehnat daftarchasidan koʻchirma va h.k.).
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokat ishga kirishishi uchun advokatlik guvohnomasi va advokatlar tuzilmasi tomonidan berilgan order taqdim etilishi kifoya boʻlib, u advokatga yuridik yordam soʻrab murojaat etgan shaxs manfaatlarini sudda himoya qilish huquqini (FPK 69-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqlardan tashqari) beradi.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sudlarga tushuntirilsinki, ishga kirishish uchun huquq beruvchi hujjatlar shartnoma boʻyicha vakillarga protsess ishtirokchisining faqat FPK 40-moddasining birinchi qismida belgilangan umumiy huquqlarini berib, ular: ish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar olish, nusxalar koʻchirish, raddiya berish toʻgʻrisida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashayotgan shaxslarga savollar berish, arizalar berish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni sudda koʻrish davomida tugʻiladigan hamma masalalar boʻyicha oʻzlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi eʼtiroz bildirishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar FPKda nazarda tutilgan boshqa protsessual huquqlardan ham foydalanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, ayrim protsessual harakatlarni sodir etish uchun qonun maxsus vakolatlar mavjud boʻlishini talab etib, shartnoma boʻyicha vakil, shu jumladan advokat bu harakatlarni faqat ulardan har biri qonunga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnomada qayd etilgan holdagina sodir etishga haqlidir. FPK 69-moddasiga koʻra, bunday huquqlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daʼvo talablaridan butunlay yoki qisman voz kechish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daʼvo asosi yoki predmetini oʻzgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daʼvo miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daʼvogar talablarini tan olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelishuv bitimi tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish (boshqa shaxsga ishonib topshirish);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hujjati ustidan shikoyat berish;
(15-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro varaqasini undiruvga qaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuv yoki mediativ kelishuv tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizalarni imzolash;
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
undirilgan mol-mulk yoki pulni olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyati ustav bilan tartibga solinadigan yuridik shaxslar rahbarlari uchun ham maxsus vakolatlari borligi toʻgʻrisida hujjat taqdim etishi talab etiladi, basharti ustavda tegishli huquqlarni amalga oshirish korporativ boshqaruv organlari (umumiy yigʻilish yoki boshqaruv) vakolatiga tegishli boʻlsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni nazarda tutish lozimki, qonuniy vakillar, shartnoma boʻyicha vakillardan farqli ravishda, FPK 69-moddasida koʻrsatilgan barcha protsessual harakatlarni maxsus vakolat olmagan holda mustaqil sodir etishga haqlidirlar.
(15-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari fuqarolik ishlari boʻyicha vakillik haqidagi protsessual qonun normalarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishi va mazkur huquqiy institutning toʻgʻri qoʻllanilishi yuzasidan choralar koʻrishi lozim.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sud raisi B. MUSTAFAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi V. NAZAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 14-may,

05-son