07.05.2018 yildagi 343-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirish boʻyicha bosqichma-bosqich chora-tadbirlar va yagona texnologik yondashuvni tashkil qilish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qaroriga muvofiq, shuningdek, “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirish borasida yagona texnologik yondashuvni ishlab chiqish va amalga oshirishning aniq bosqichlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 23-noyabrdagi 939-son va “Samarqand shahrida “112” yagona raqami orqali shoshilinch operativ xizmatlarni chaqirish tizimini tashkil qilish toʻgʻrisida” 2017-yil 5-dekabrdagi 966-son qarorlariga muvofiq amalga oshirilayotgan “Xavfsiz turizm” hamda “Samarqand shahridagi 112 yagona navbatchilik-dispetcherlik xizmati “ loyihalari hamda Yoʻl harakati qoidalarining buzilishlarini maxsus avtomatlashtirilgan texnik foto va videofiksatsiya vositalari yordamida qayd qilish tizimi “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksini (keyingi oʻrinlarda “Xavfsiz shahar” ADK deb ataladi) yaratish loyihasining ajralmas qismi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xavfsiz turizm” va “Samarqand shahridagi 112 yagona navbatchilik-dispetcherlik xizmati” loyihalarining texnik hujjatlarini ishlab chiqish ishlari “Xavfsiz shahar” ADK bosh texnik topshirigʻiga muvofiq amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xavfsiz shahar” ADK tomonidan isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi uchun jismoniy va yuridik shaxslarning xarajatlari maʼlumotlarni uzatish tizimlari uskunalari va videofiksatsiya vositalarining egalari yoki ularni balansida saqlovchilarning mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, shuningdek, xalqaro konsalting kompaniyasini jalb etgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xavfsiz shahar” tizimini yaratish va yanada rivojlantirish boʻyicha yangi konsepsiyaning kelishilgan loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qarori bilan tashkil qilingan “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksi loyihasini amalga oshirishni muvofiqlashtirish komissiyasiga joriy yil 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda kiritilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xavfsiz shahar” ADKni yaratish va rivojlantirish boʻyicha bosh texnik topshiriqni joriy yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Xavfsiz shahar” ADKni yaratish boʻyicha bosh texnik topshiriq tasdiqlangandan soʻng ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xavfsiz hudud”, “Xavfsiz turizm”, “Xavfsiz dam olish”, “Samarqand shahridagi 112 yagona navbatchilik-dispetcherlik xizmati”, “Xavfsiz transport” loyihalarini amalga oshirish dasturini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatuv vositalarini loyihalashtirish, oʻrnatish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish, shu jumladan videokuzatuv sohasidagi faoliyatni yoʻlga qoʻyish ishlarini tartibga solish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Zarurat boʻlganda, “Xavfsiz shahar” ADKni joriy qilish loyihasini amalga oshirish doirasida istisno tariqasida, maʼlumotlar uzatish tizimlarining uskunalari va videokuzatuv obyektlarida oʻrnatilgan videofiksatsiya vositalari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi uchun toʻlovni ulangan elektr uskunaning quvvati boʻyicha sutkasiga 24 soat ishlashidan kelib chiqqan holda amalga oshirish imkonini beradigan tartibni joriy qilishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A.I. Axmedxadjayev va Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 7-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
343-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 09/18/343/1203-son)