Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 29-martdagi 8/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3003-4, 27.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2023-y., 10/23/3003-4/0227-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 24-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7/14-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/14-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YO‘RIQNOMA

Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 29-martdagi 8/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3003-4, 27.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2023-y., 10/23/3003-4/0227-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hududlarda naqd pullarning zaxirasini shakllantirish hamda muomalaga chiqarilmagan naqd pullarni saqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha Bosh boshqarmalarida (bundan buyon matnda Bosh boshqarmalar deb yuritiladi) zaxira jamg‘armalarini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tijorat banklari va ularning filiallari (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) mijozlarning naqd pullarga bo‘lgan talabini o‘z vaqtida qondirish uchun majburiy tartibda aylanma kassalarini, shuningdek naqd pullar zaxirasini tashkil etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Yo‘riqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd pullar — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan muomalaga kiritilgan banknotlar va tangalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd pul muomalasi — tovar va xizmatlar uchun, shuningdek aholi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va banklar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda banknot va tanga ko‘rinishida naqd pullarning uzluksiz harakati;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 30-martdagi 6/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3003-2, 17.04.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 10/19/3003-2/2955-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maksimal limit — Bosh boshqarmalar Hisob-kitob kassa markazlari (bundan buyon matnda HKKM deb yuritiladi) aylanma kassalarida kun oxirida qolishi mumkin bo‘lgan naqd pul qoldig‘ining eng yuqori chegarasini belgilaydigan me’yor;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3003-3, 15.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd pullarning zaxira jamg‘armasi — tegishli hududdagi banklarni yetarli miqdorda naqd pullar bilan ta’minlash maqsadida Bosh boshqarmalarda tashkil etilgan banknotlar va tangalarning zaxirasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd pul zaxirasi — aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga bo‘lgan talablarini o‘z vaqtida va to‘liq qondirilishini ta’minlash maqsadida banklarda tashkil etilgan banknot va tangalarning zaxirasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd pullar kirimi — bank kassalariga banknot va tanga ko‘rinishidagi naqd pullarning tegishli hujjatlar asosida qabul qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd pullar chiqimi — bank kassalaridan banknot va tanga ko‘rinishidagi naqd pullarning tegishli hujjatlar asosida chiqim qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madad pullari — banklarning aylanma kassalarini Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassalaridagi, zarur hollarda zaxira jamg‘armalaridagi naqd pullar hisobidan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kassa ramzlari — bank kassalari orqali naqd pullarning kirim manbalari va chiqimi maqsadlari bo‘yicha tahlil qilish, shuningdek banklararo naqd pullar harakatini aks ettirishda foydalaniladigan ramzlar to‘plami.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Naqd pul muomalasini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Banklar naqd pul muomalasining holatini muntazam ravishda o‘rganadilar va tahlil qiladilar, shuningdek aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga bo‘lgan talablari o‘z vaqtida qondirilishini ta’minlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Banklar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank kassalarida amalga oshirilgan naqd pullarning kirim va chiqim amaliyotlarini tahlil qilishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadigan kassa ramzlaridan foydalanadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank kassalariga kirim qilingan naqd pullarni filiallar, mijozlar va kirim manbalari bo‘yicha doimiy ravishda monitoring qilib boradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd pullar zaxirasini tashkil etadilar va zarur bo‘lganda ulardan foydalanadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozlarning naqd pulga bo‘lgan talablarini amalga oshirish uchun bank kassalarida naqd pullarning yetarli miqdorda bo‘lishini ta’minlash choralarini ko‘radilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumlarini bankka topshirish tartibi va muddatini hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun naqd pullarni bank kassasidan olish muddatini, shuningdek o‘z kassasida kun oxirida qolishi mumkin bo‘lgan naqd pul qoldig‘iga limitni belgilash bo‘yicha har yilning yanvar oyi mobaynida, yangi hisobvaraq ochgan mijozlar keyingi oydan kechikmasdan, mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasidagi hisob-kitob ma’lumotnomasini ikki nusxada to‘ldirgan holda xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank tomonidan ushbu hisob-kitob ma’lumotnomasi xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bilan birgalikda kelishilgan holda to‘ldirilgandan so‘ng ushbu ma’lumotnomaning bir nusxasi xo‘jalik yurituvchi subyektga qaytariladi va ikkinchi nusxasi bankning naqd pul muomalasi bo‘limi (mas’ul xodim)da har yil uchun alohida tarzda yig‘ib boriladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 30-martdagi 6/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3003-3, 17.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 10/19/3003-2/2955-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur hisob-kitob ma’lumotnomasining almashinishi xo‘jalik yurituvchi subyekt va bank o‘rtasida elektron shaklda amalga oshirilishi ham mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Banklar naqd pul muomalasining holatini hamda bu holatni tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish asosida naqd pullarning bank kassalariga kelib tushishi, aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga bo‘lgan talablarini o‘z vaqtida qondirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritishlari mumkin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bosh boshqarmalar zimmasiga tegishli hududda naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish hamda banklarning bu boradagi faoliyatini monitoring qilgan holda muvofiqlashtirish va tartibga solish vazifasi yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bosh boshqarmalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etadilar va uning samarali tarzda amalga oshirilishini ta’minlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda naqd pul muomalasining holatini o‘rganadilar, banklarning kassa aylanmalarini, shuningdek naqd pul muomalasining holatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni jamlaydilar va tahlil qiladilar, naqd pul muomalasini tartibga solishga va banklarning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga doir ko‘rsatmalar beradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda naqd pullarning bank kassalariga kelib tushishi va naqd puldagi to‘lovlarning belgilangan muddatlarda to‘lanishi bo‘yicha asoslangan takliflarni tayyorlab, mahalliy davlat boshqaruvi organlari muhokamasiga kiritadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududdagi aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga bo‘lgan talabi o‘z vaqtida qondirilishini ta’minlash maqsadida banklar o‘rtasida naqd pullarni qayta taqsimlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Bosh boshqarmalar HKKM aylanma kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar belgilash va ularga rioya etilishini nazorat qilish
(3-bob nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3003-3, 15.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi hududida Bosh boshqarmalar HKKM aylanma kassalariga naqd pullar qoldiqlari bo‘yicha limitlar belgilanishi shart.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3003-3, 15.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3003-3, 15.06.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bosh boshqarmalar HKKM aylanma kassalaridagi naqd pullar qoldig‘iga limitlar — Markaziy bank tomonidan, har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda belgilanadi va lozim bo‘lgan taqdirda o‘zgartiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3003-3, 15.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bosh boshqarmalar HKKM aylanma kassalaridagi limitdan ortiqcha pullar naqd pullar zaxira jamg‘armalariga shu kuni o‘tkazilishi shart.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3003-3, 15.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bosh boshqarmalar HKKM aylanma kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar o‘rnatish, ularni o‘zgartirish va unga rioya etilishiga doir barcha yozishma, topshiriq va ko‘rsatmalar faqat “Xizmat doirasida foydalanish uchun” ustxati qo‘yilgan holda va ushbu hujjatlar bilan ishlash qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3003-3, 15.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bosh boshqarmalar HKKM aylanma kassalaridagi naqd pullar qoldiqlariga belgilangan limitlarga rioya etilishi Markaziy bankning Naqd pul muomalasini tashkil etish departamenti va Bosh boshqarmalar tomonidan balans ma’lumotlari asosida monitoring qilib boriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3003-3, 15.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Bosh boshqarmalar HKKM aylanma kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga o‘rnatilgan limitlarga doir ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va ulardan foydalanish “Xizmat doirasida foydalanish uchun” ustxati qo‘yilgan va ushbu hujjatlar bilan ishlash qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3003-3, 15.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Xo‘jalik yurituvchi subyekt kassasidagi naqd pullar qoldig‘iga limit o‘rnatish va naqd pul tushumlarini bank kassalariga topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z kassalarida kassadagi naqd pul qoldiqlari limiti doirasida naqd pullarga ega bo‘lishlari mumkin. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar kassasidagi naqd pullar qoldig‘iga limit o‘rnatish tartibi faqat banklarda o‘zining alohida depozit hisobvarag‘iga, shuningdek kassasiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar kassasidagi naqd pullar qoldig‘iga limit har yili mijozning bankka taqdim etgan mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasidagi hisob-kitob ma’lumotnomasiga asosan banklar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan kelishilgan holda, naqd pul aylanmasi va ularning ishlash sharoitini hisobga olgan holda o‘rnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar kassasidagi naqd pullar qoldig‘iga limitlar quyidagi tartibda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy naqd pul tushumiga ega va tushum pullarini har ish kuni oxirida bankka topshirishi lozim bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun — keyingi ish kuni ertalab o‘z faoliyatini belgilangan tartibda davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan miqdorda (bank kassasiga kirim qilish uchun topshirilgandan so‘ng kassaga kirim qilingan naqd pullar o‘rnatilgan limitga kiritilmaydi);
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 15-dekabrdagi 39/20-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3003-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/3003-1/2391-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd pul tushumlarini keyingi ish kunida bankka topshirishi lozim bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun — o‘rtacha bir kunlik naqd pul tushumidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd pul tushumlarini bir necha kunda bir marta topshirish huquqiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun — bir kunlik o‘rtacha tushum summasi va uni bankka topshirishi bo‘yicha belgilangan muddatni inobatga olgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy naqd pul tushumiga ega bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun — o‘rtacha kunlik naqd pul xarajatlari doirasida (ish haqi, vaqtinchalik ishga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa, mukofot puli, stipendiya va boshqa ijtimoiy to‘lovlar uchun xarajatlardan tashqari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi va qayta ishlovchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar kassalaridagi naqd pullar qoldig‘iga o‘rnatilgan limitga aholidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish maqsadida bankdan olingan naqd pullar kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mustaqil balansga va bankda alohida depozit hisobvarag‘iga ega bo‘lmagan bo‘linmalarni o‘z ichiga oluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar kassasi qoldig‘iga limit o‘rnatishda ushbu tarkibiy bo‘linmalar kassasidagi qoldiqlar ham inobatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday xo‘jalik yurituvchi subyektlarga o‘rnatilgan kassa qoldig‘i limiti uning tarkibiy bo‘linmalariga ushbu xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining buyrug‘iga asosan yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Xo‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan hududdan tashqarida faoliyat yurituvchi alohida balansga va depozit hisobvarag‘iga ega bo‘lgan vakolatxonalari, filiallari va boshqa alohida bo‘linmalari kassalaridagi naqd pullar qoldiqlariga limit ushbu tarkibiy bo‘linmalarning tegishli depozit hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklar tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektni banklarda bir nechta depozit hisobvaraqlari mavjud bo‘lgan taqdirda, uning kassasidagi naqd pullar qoldig‘iga limit xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan o‘rnatiladi. Shundan so‘ng, xo‘jalik yurituvchi subyekt kassasidagi naqd pullar qoldig‘iga limit belgilanganligi to‘g‘risidagi xabarnomani uning boshqa depozit hisobvaraqlari ochilgan banklarga jo‘natadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasidagi hisob-kitob ma’lumotnomasini bankka taqdim etmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kassa qoldig‘i limiti “nolga teng” va bankka topshirilmagan naqd pullari “limitdan ortiqcha naqd pullar” deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Zarur hollarda xo‘jalik yurituvchi subyekt kassasidagi naqd pullar qoldig‘iga o‘rnatilgan limit summasi yil davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Kassa aylanmalari summasi katta bo‘lmagan, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlari kassasida kun oxirida qoladigan naqd pullar limiti bunday xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining roziligi bilan bank tomonidan 2 yilga tasdiqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z kassalarida naqd pullarni belgilangan limitlardan ortiqcha miqdorda faqat o‘z xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan (nafaqa, pensiya, stipendiya va boshqa ijtimoiy) to‘lovlarni to‘lash uchun bankdan olingan kunni qo‘shib hisoblagan holda, 3 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddat mobaynida saqlash huquqiga ega. Ushbu muddat tugagach, bankdan olingan va belgilangan maqsad uchun ishlatilmagan naqd pullar bank kassalariga qaytarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kutilayotgan kelgusi xarajatlar uchun belgilangan limitdan ortiq naqd pullarni o‘z kassalarida yig‘ib, to‘plab turishga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Kun oxirida xo‘jalik yurituvchi subyektlar kassalaridagi naqd pullar qoldig‘i xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan o‘rnatilgan limitdan oshmasligi lozim. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar kassasidagi naqd pullar qoldig‘ining limitdan ortiqcha qismi, banklardagi o‘z depozit hisobvarag‘iga kirim qilish uchun topshirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumlarini banklardagi depozit hisobvaraqlariga kirim qilish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning aylanma kassasiga va bank xizmatlari ofislari kassalariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda;
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankka topshirish uchun inkassatorlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyinchalik inkassatorlar orqali bankka topshirish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar huzuridagi birlashgan kassalarga topshirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Naqd pul tushumlarini topshirish muddatlari va tartiblari banklar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bilan kelishilgan holda mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasidagi mijozning hisob-kitob ma’lumotnomasi asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Banklar xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan naqd pul tushumlarining o‘z vaqtida topshirilishini doimiy ravishda monitoring qilib boradilar.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 15-dekabrdagi 39/20-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3003-1, 28.12.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/3003-1/2391-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Bankning naqd pul muomalasi bo‘limi (mas’ul xodim) naqd pul tushumiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmatiga yoki topshirishning boshqa usullari orqali bank kassasiga topshirmaganligining sababini o‘rganib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Bank kassalaridan mijozlarga naqd pul berilishini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Aholiga va barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bank kassalaridan naqd pullarni berish, ularning bankdagi depozit hisobvaraqlaridagi mablag‘lari doirasida, kassa hujjatlarida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikda belgilangan hollarda aholiga va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ularning bankdagi ssuda hisobvaraqlaridan naqd pullar berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklar aholiga va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga naqd pullarni ularning birinchi talabi bo‘yicha uzluksiz tarzda chiqim qilib berilishini ta’minlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, bank kassalaridan mijozlarga naqd pullarni chiqim qilish ustuvor ravishda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiya, nafaqa, stipendiya, xizmat safari xarajatlari uchun, shuningdek aholi omonatlarini qaytarish va unga hisoblangan foizlarni to‘lash uchun amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, shu jumladan budjet tashkilotlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan, boshqa ijtimoiy to‘lovlar, stipendiyalar uchun naqd pullarni, ularning jamoa shartnomalari yoki boshqa lokal me’yoriy hujjatlariga asosan hamda xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan kelishilgan muddatlarda, bank kassalaridan olgan holda to‘laydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun bank kassalaridan naqd pullarni berish muddatlarini kelishish vaqtida banklar tomonidan oydagi barcha kunlarga naqd pullarni oluvchi mijozlarni (ular bank kassasidan oladigan naqd pullar summalarini) imkon qadar bir tekisda taqsimlash zarurligi hisobga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Banklar naqd pullar zaxirasini tartibga solish hamda mijozlarning naqd pulga bo‘lgan talablari o‘z vaqtida va to‘liq qondirilishiga erishish uchun har oyda mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasiga muvofiq “Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga bank kassalaridan naqd pullarni berish kalendari”ni tuzadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kalendarda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga naqd pullarni berishning kelishilgan muddatlari va beriladigan naqd pullarning aniq miqdori oyma-oy qo‘yib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, oydagi barcha kunlar, shu jumladan ish kunidan tashqari kunlar (dam olish va bayram kunlari) bo‘yicha ham ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar imkon qadar teng taqsimlab chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga bank kassalaridan naqd pullarni berish kalendari”ga bank kassasidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun beriladigan naqd pullarning barcha summasi kiritiladi. Kalendarga xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlariga pochta aloqa korxonalari orqali, shuningdek banklardagi jismoniy shaxslarning omonat yoki bank plastik karta hisobvaraqlariga pul mablag‘larini naqd pulsiz hisob-kitoblar orqali o‘tkaziladigan to‘lovlarning summalari kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash uchun naqd pullar bank kassasiga naqd pul tushumi holatidan kelib chiqib kalendarda belgilangan muddatdan oldin berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Bosh boshqarmalarning HKKM qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan mijozlariga naqd pullar ular bilan kelishilgan muddatda hamda tegishli to‘lov hujjati asosida beriladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, ijtimoiy to‘lovlar, stipendiyalarni to‘lash muddatlari dam olish yoki bayram kunlariga to‘g‘ri kelib qolganida ushbu to‘lovlarni to‘lash uchun banklar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bir kun oldin naqd pullar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z xodimlari bilan mehnat shartnomasini bekor qilayotganida yoki ularning xodimlari mehnat ta’tiliga chiqayotganida, shtatdan (ro‘yxatdan) tashqari xodimlar bilan hisob-kitoblar amalga oshirilayotganida, shuningdek xizmat safari uchun xarajatlar banklar tomonidan ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektlarga naqd pullar kalendarda belgilab qo‘yilgan muddatlardan qat’i nazar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Bosh boshqarmalar tegishli hududda ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlar to‘lanishi ahvolini doimiy ravishda tahlil qilib, banklar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning depozit hisobvaraqlaridagi ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlar uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar doirasida o‘z vaqtida naqd pul bilan ta’minlanishini monitoring qilib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Amalga oshirilgan monitoring natijasida banklar tomonidan ish haqi va ijtimoiy to‘lovlarni naqd pullar bilan ta’minlashda kechikish yoki uzilishlar mavjudligi aniqlansa, Bosh boshqarmalar belgilangan tartibda tegishli hududdagi banklar bilan birgalikda naqd pullarni qayta taqsimlash, shuningdek Bosh boshqarmalardan banklarga madad pullarini ajratish choralarini ko‘radilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Bosh boshqarmalar tomonidan banklarni naqd pullar bilan ta’minlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Banklar tomonidan naqd pullarni mijozlarga berish, birinchi navbatda banklarning aylanma kassasidagi naqd pullar, shuningdek naqd pullar zaxirasi hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklar mijozlarining naqd pullarga bo‘lgan talablarini o‘z kassalarida mavjud bo‘lgan va barcha manbalardan tushishi kutilayotgan tushumlari hisobidan qondirish choralarini ko‘rishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklar mijozlarining naqd pullarga bo‘lgan talabini qondirish uchun har kuni naqd pullar aylanmasini, jumladan kassadagi naqd pullar, shuningdek naqd pullar zaxirasining kun davomida tushishi kutilayotgan naqd pul tushumlari naqd puldagi xarajatlarni amalga oshirish uchun yetarliligini tahlil qilib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Agarda, bank kassasidagi naqd pullar qoldig‘i va o‘zining kunlik naqd pul tushumlari kun davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan naqd puldagi chiqimlarni qoplashga yetarli emasligi aniqlansa, u holda bank o‘z aylanma kassasiga madad pullarini olish uchun oldindan Bosh boshqarmalarga mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasiga muvofiq buyurtma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Bosh boshqarmalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududdagi banklardan madad puli olish bo‘yicha kelib tushgan buyurtmalarni o‘rganib, tahlil qilib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank aylanma kassasiga talab qilinayotgan madad pullari summasi va aylanma kassalarni naqd pullar bilan ta’minlashga ruxsat berishni hisobga olish uchun 4-ilovada keltirilgan qaydnomadan foydalaniladi (ushbu qaydnoma asosida banklarga madad pullarini yetkazish uchun tegishli farmoyish tayyorlanadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududdagi banklar o‘rtasida naqd pullarni qayta taqsimlash yoki Bosh boshqarmalar HKKM aylanma kassasidagi naqd pullar hisobidan tijorat banklarining naqd pulga bo‘lgan talablarini qondirish bo‘yicha tezkor choralarni ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Banklar aylanma kassalarini naqd pullar bilan ta’minlash banklarning vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lar doirasida, zarur hollarda Bosh boshqarmalarning HKKM zaxira jamg‘armalaridagi naqd pullardan foydalangan holda, cheklanmagan miqdorda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Bosh boshqarmalar o‘zining HKKMdagi aylanma kassasini zarur hollarda Markaziy bankning zaxira jamg‘armasidagi naqd pullar bilan to‘ldirishga ruxsat so‘rab, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga maxsus dastur orqali telegramma bilan buyurtma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur telegramma Bosh boshqarma boshlig‘i tomonidan imzolanib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Naqd pul muomalasini tashkil etish departamentiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassasini Markaziy bankning zaxira jamg‘armasidagi naqd pullar bilan ta’minlashga ruxsat berilishini so‘rab jo‘natilgan telegrammada quyidagilar ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki uchta belgi Bosh boshqarmaning aylanma kassasiga naqd pul berish haqida oxirgi marta olingan ruxsatnoma raqamining oxirgi uchta raqamiga, oxirgi ikkita raqami esa telegrammaning tartib raqamiga muvofiq beshta belgidan iborat nazorat raqami (telegrammalarga har yili yangilanadigan tartib raqamlari qo‘yiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aylanma kassani zaxira jamg‘armasidagi naqd pullar bilan ta’minlashga ruxsat so‘rab berilgan buyurtma (kodli so‘z bilan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aylanma kassani ta’minlash uchun zarur bo‘lgan naqd pul summasi (kodli so‘z bilan).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassasini naqd pullar bilan ta’minlashga ruxsat so‘rash tegishli hududdagi tijorat banklaridan kelib tushgan buyurtmalar ham hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassasini Markaziy bankning zaxira jamg‘armasidagi naqd pul bilan ta’minlash bo‘yicha ruxsatnoma buyruq asosida Markaziy bankning zaxira jamg‘armalarini tasarruf etish vakolati berilgan Markaziy bank Raisining o‘rinbosari tomonidan imzolanadi va maxsus dastur orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassasidan banklarning aylanma kassalariga madad pullarini yetkazib berish, Bosh boshqarmalar farmoyishiga asosan, inkassatsiya xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Naqd pul muomalasini tashkil etish departamenti Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassasini madad pullari bilan ta’minlash bo‘yicha olingan buyurtmalar va berilgan ruxsatnomalar hisob-kitoblarini yuritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassasini naqd pullar bilan ta’minlash uchun so‘ralayotgan buyurtmalar va berilayotgan ruxsatnomalar hisobini yuritish uchun mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq qaydnomadan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Bosh boshqarmalar tomonidan tegishli hududdagi banklar o‘rtasida naqd pullarni qayta taqsimlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Tegishli hududdagi banklarning naqd pulga bo‘lgan talablarini o‘z vaqtida qondirish maqsadida naqd pullarning banklar o‘rtasida qayta taqsimlanishi Bosh boshqarmalar tomonidan amalga oshiriladi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3003-3, 15.06.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Banklarning 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” va 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar” hisobvarag‘idagi qoldiqlardan kelib chiqqan holda Bosh boshqarmalarning tegishli farmoyishlariga asosan ehtiyojidan ortiqcha naqd pullar HKKMga yoki naqd pul so‘rab buyurtma bergan banklarga jo‘natiladi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3003-3, 15.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Banklardan naqd pullarni Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassasiga olib kelish yoki qayta taqsimlash hisobiga boshqa banklarga yetkazib berish Bosh boshqarmalar farmoyishiga asosan, inkassatsiya xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, banklar o‘rtasida Markaziy bankning “Naqd pullarning elektron maydoni” dasturiy majmuasi orqali naqd pullarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuv amalga oshirilgan hollarda naqd pullarni tashish uchun Bosh boshqarmalar tomonidan farmoyish chiqarilishi talab etilmaydi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 29-martdagi 8/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3003-4, 27.04.2023-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2023-y., 10/23/3003-4/0227-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Mazkur Yo‘riqnoma talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
II. Naqd pullarni topshirish tartibi va muddatlari
1. Naqd puldagi tushumlarni topshirish tartibi
2. Naqd puldagi tushumlarni topshirish muddatlari
III. Naqd pulda to‘lanadigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar
1. Naqd pulda to‘lanadigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirish sanasi
Shu jumladan:
1.1. Avans
1.2. Oylik
1.3. Boshqalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* banklar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan kelishilgan holda kassaga naqd pullar qoldig‘i limiti, naqd pul tushumini topshirish tartibi, muddati va naqd pulda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirish sanasi qatori to‘ldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari
(imzo)
F.I.O.
Bosh (katta) buxgalter yoki uning
majburiyatlarini bajaruvchi shaxs
(imzo)
F.I.O.
Bank rahbari
(imzo)
F.I.O.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 30-martdagi 6/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3003-3, 17.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 10/19/3003-2/2955-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga bank kassalaridan naqd pullarni berish kalendari
viloyati bo‘yicha Bosh boshqarmasi boshlig‘i _________________(imzo)
________________ viloyati (respublikasi, shahri) bo‘yicha bank aylanma kassalarini naqd pul bilan ta’minlash QAYDNOMASI 20__ yil “___” ___________ uchun
mln so‘m
t/r
Banklar nomi
Naqd pul so‘rab berilgan buyurtmaning sanasi
So‘ralayotgan naqd pul summasi
Naqd pul olishga ruxsat berildi
Hisob-kitob kassa markazining aylanma kassalaridagi naqd pullar hisobidan
Hududda naqd pullarni qayta taqsimlash hisobidan
Markaziy bankning Zaxira fondidan
Summa
Summa
Summa
1
2
3
4
5
6
7
Naqd pul muomalasini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i
(imzo)
F.I.O.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 30-martdagi 6/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3003-3, 17.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 10/19/3003-2/2955-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsat berilgan madad pulining umumiy summasi _______________________________ (mln. so‘m) Markaziy bank Raisi o‘rinbosari ______________________________ imzo
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazi aylanma kassasini naqd pul bilan ta’minlash QAYDNOMASI 20 ____ yil “____”___________uchun
(mln. so‘m)
N t/r
Bosh Boshqarma nomi
Naqd pul so‘rab berilgan telegrammalar sanasi
So‘ralayotgan naqd pul summasi
Bosh boshqarma tomonidan jo‘natilgan telegrammalar- ning raqami
Naqd pul olishga ruxsat berildi
kalit
summasi
Ruxsatnoma raqami
1
2
3
4
5
6
7
8
Naqd pul muomalasini tashkil etish departamenti direktori
(imzo)
F.I.O.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2018-y., 10/18/3003/1140-son, 28.12.2018-y., 10/18/3003-1/2391-son, 17.04.2019-y., 10/19/3003-2/2955-son; 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son; 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 28.04.2023-y., 10/23/3003-4/0227-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)