04.04.2011 yildagi 101-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“DAFN ETISH VA DAFN ISHI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish joylarini saqlash va obodonlashtirishga yuridik va jismoniy shaxslarning xayr-ehsonlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan dafn etish joylarini saqlash qoidalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 59-son qarori bilan tasdiqlangan Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalariga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 17-modda) 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSRda qabristonlarni yaxshi saqlash, ulardan foydalanish va qabrlar ustiga yodgorlik toshlarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1986-yil 22-oktabrdagi 515-son qarori (OʻzSSR QT, 1986-y., 10-son, 44-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSRda qabristonlarni yaxshi saqlash, ulardan foydalanish va qabrlar ustiga yodgorlik toshlarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 1987-yil 14-iyuldagi 291-son qarori (OʻzSSR QT, 1987-y., 7-son, 41-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-oktabrdagi 505-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 15-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 4-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida dafn etish joylari (keyingi oʻrinlarda qabriston deb ataladi) va qabr usti yodgorliklari inshootlarini saqlash, ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida qabristonlarni saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish mintaqalarning mahalliy aholisi, shuningdek boshqa millatlar va xalqlarning mavjud anʼanalari, urf-odatlari va udumlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Diniy tashkilotlar bilan kelishib har bir diniy konfessiya uchun uchastkalarning chegaralarini qatʼiyan chegaralagan holda kompleks, koʻp konfessiyali qabristonlarni ochishga va ulardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qabristonlarni saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish ekologik meʼyorlar, sanitariya, shaharsozlik hamda boshqa meʼyorlar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Qabristonlarni saqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qabrlar, sagʻanalar, shuningdek dafn etishni amalga oshirishga moʻljallangan boshqa binolar va inshootlarni barpo etish uchun ekologik meʼyorlarga, sanitariya, shaharsozlik va boshqa meʼyorlar hamda qoidalarga muvofiq ajratilgan yer uchastkalari qabristonlar hisoblanadi. Qabristonlar moddiy madaniy meros obyektlari jumlasiga kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qabristonlar tuman, shahar davlat hokimiyati organlarining bevosita tasarrufida boʻladi, ularga qabristonlarni zarur darajada saqlash va obodonlashtirish majburiyati yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabristonlarni obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish, dafn etish xizmatlari koʻrsatish boʻyicha bevosita faoliyat mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari taʼsis etadigan shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari (fuqarolik xizmati koʻrsatish boshqarmalari) tomonidan amalga oshiriladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish joylarini saqlash qoidalari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Har bir qabriston qonunchilikka muvofiq belgilangan meʼyorlar boʻyicha tegishli xodimlarga ega boʻlishi kerak.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qabristonlarni obodonlashtirish, mukammal va joriy taʼmirlash, ularni zarur darajada saqlash mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirilib, xarajatlarning alohida moddasi boʻyicha mablagʻlar ajratiladi. Bunda goʻr qazish va marosim xizmatlari boʻyicha koʻrsatilgan pulli xizmatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan dafn etish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tariflar asosida undiriladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, qabristonlarni saqlash va obodonlashtirishda yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayr-ehsonlaridan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabristonlarni obodonlashtirish fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari koʻmagida hashar yoʻli bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qabristonga asosiy kirish joyida (ichki tomonida) quyidagilar oʻrnatilgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy va boshqa binolar, yoʻllar, xiyobonlar, tarixiy va memorial qabrlar, jamoat hojatxonalari va boshqa obyektlarning joylashishi belgilangan holda qabristonning sxematik tarxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabristonning ish jadvali (ziyorat qilish qoidalari) va boshqa yoʻl-yoʻriq hujjatlari qoʻyilgan taxta;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manzillari va aloqa bogʻlash telefonlari koʻrsatilgan holda tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmasi (fuqarolik xizmati koʻrsatish boshqarmasi), qabriston maʼmuriyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qabristonlar har kuni ziyoratlar va dafnlar uchun ochiq boʻlishi kerak. Qabristonlarni ochish va yopish vaqti, ularning diniy konfessiya va mahalliy anʼanalarga mansubligiga bogʻliq holda, shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmasi (fuqarolik xizmati koʻrsatish boshqarmasi) tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qabriston hududida jamoat tartibi va sokinlikni buzish, mast-alast, giyohvandlik va boshqa xil kayflar holatida boʻlish, qabr usti yodgorliklariga va yashil oʻsimliklarga shikast yetkazish, shuningdek quruq oʻt, barg, shox-shabba va daraxtlarning shoxchalarini yoqish, mol va boshqa uy hayvonlarini boqish, mevali koʻchatlar oʻtqazish, qishloq xoʻjaligi ekinlari oʻstirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qabristonlarda qabriston maʼmuriyati tomonidan qabrlarni roʻyxatdan oʻtkazish va qabr usti yodgorliklarini roʻyxatdan oʻtkazishning raqamlangan va ip bilan tikilgan daftarlari, shuningdek hujjatlar tikib qoʻyiladigan yigʻmajild yuritilishi kerak. Dafn etishni amalga oshirish huquqini beradigan barcha hujjatlar belgilangan tartibda tikilishi va saqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari (fuqarolik xizmati koʻrsatish boshqarmalari) va qabristonlarning maʼmuriyati quyidagilarni taʼminlashi shart:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabriston hududida zarur darajadagi tartibni taʼminlash va mazkur Nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlarining talablarini qatʼiyan bajarish;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh xiyobon, asosiy va ikkinchi darajali yoʻllarda toʻsiqsiz yurish va oʻtish imkoniyatini (qordan tozalash, muzni parchalash, qum sepish va shu kabilarni) taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eskirgan (qurigan) daraxtlarning agʻdarilishi va qabr usti yodgorliklarini shikastlashiga yoʻl qoʻymaslik uchun ularning oʻz vaqtida kesilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalanish joylarini toza saqlash, xiyobonlar boʻylab maishiy chiqindilar uchun maxsus yashik va qutilar oʻrnatish, maishiy chiqindilarning qabriston hududidan oʻz vaqtida olib chiqilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik inshootlarining zarur darajada ishlashini taʼminlash, tashqi toʻsiq, bino va inshootlar, yoʻllar, muhandislik tarmoqlari va inshootlarining joriy va mukammal taʼmirlanishini amalga oshirish hamda koʻkalamzorlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha turdagi yashil oʻsimliklarni sugʻorish va parvarishlashni taʼminlash, ularni yangilash, zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlarga qarshi kurashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga (tashkilotlarga) ularning buyurtmanomalariga koʻra dafn uchun uchastkalarni bepul berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
marhumlarni goʻr qazish meʼyorlari va qoidalariga rioya etgan holda dafn etishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabrning roʻyxat raqamini koʻrsatilgan beton ustunga oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
anjomlarning (belkurak, panshaxa, paqir, xokandoz, supurgi, zambil va hokazolarning) yetarli miqdorda boʻlishini va ularning fuqarolarga qabrlarga qarash uchun bepul (tilxat bilan) berilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabristonda zarur darajadagi tartibni taʼminlash boʻyicha, shu jumladan umumxalq hashari, xotirlash kunlari va boshqa tadbirlarni tashkil etishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan yaqin aloqada boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlar uchun qatʼiyan belgilangan tariflar boʻyicha hisob-kitob qilgan holda fuqarolarning qabristonda koʻrsatiladigan xizmatlarga doir buyurtmalarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish tartibiga, hududni koʻkalamzorlashtirish uchun daraxt va butalarning turlarini toʻgʻri tanlashga rioya etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dafn etilganning qarindoshlariga eskirib ketgan qabr usti yodgorligi toʻgʻrisida yozma xabar qilish va uni tuzatishni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
goʻr qazuvchi ishchilar hamda marhumlarni yuvuvchi va kiyintiruvchi ishchilarga sanitariya qoidalarini hamda diniy va mahalliy anʼanalarni hisobga olib meʼyorlarni qatʼiyan bajargan holda ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini oʻrgatishni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabr usti yodgorliklarining saqlanishini taʼminlash, ular oʻgʻirlangan, buzilgan, vayron qilingan taqdirda huquqni muhofaza qilish organlarini va yodgorliklarning egalarini xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini taʼminlash, yongʻinga qarshi shchitlarni zarur miqdorda yongʻinga qarshi anjomlar bilan butlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabristonning butun hududini har yili kamida ikki marta har tomonlama supurib-sidirishni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qabriston xizmatlaridan foydalanuvchi fuqarolar (tashkilotlar) quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli diniy konfessiya qabristonida vafot etgan yaqinlari va qarindoshlarini dafn etish uchun bepul uchastka olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya qoidalari hamda boshqa qoidalar va meʼyorlarga zid boʻlmagan diniy marosimlar va mahalliy anʼanalarga rioya etgan holda dafn etish udumini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
marosim xizmatlaridan foydalanish va ularga belgilangan tariflar boʻyicha haq toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtirilgan xizmatlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini qabriston maʼmuriyatidan talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabrga va qabr usti yodgorliklariga qarash uchun qabriston anjomlaridan bepul foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmasi (fuqarolik xizmati koʻrsatish boshqarmasi) bilan kelishgan holda yaqinlari va qarindoshlarining qabrlariga qabr usti yodgorliklari oʻrnatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Qabristonlarni barpo etish, yopish, koʻchirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yangi qabristonlarni barpo etish va ishlab turganlarini qayta qurish fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va diniy tashkilotlarning takliflarini hisobga olgan holda, ekologik ekspertiza va sanitariya-gigiyena xulosasi mavjud boʻlsa, mazkur Nizomda va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi qabristonlarni barpo etish tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qabristonni barpo etishga faqat u ekologik meʼyorlar, sanitariya, shaharsozlik meʼyorlari hamda boshqa meʼyorlar va qoidalar bilan muvofiq ravishda jihozlangandan keyingina ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qabristonni ochishga tayyorlik tuman (shahar) hokimining qarori bilan tayinlangan, tarkibida barcha manfaatdor davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalarining vakillari ishtirok etadigan davlat komissiyasining dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qabristonlar buzib tashlanmaydi va doimiy suv bosish, koʻchkilar hamda boshqa tabiiy ofatlar xavf solgan taqdirda, belgilangan tartibda faqat tuman (shahar) davlat hokimiyati organlarining qaroriga binoan koʻchirilishi mumkin. Bunday hollarda qabristonlarni yopish amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Agar muayyan aholi punktida tegishli diniy konfessiyaning ishlab turgan boshqa qabristoni boʻlmasa, qabristonni yopish, belgilangan tartibda yangi qabriston uchun yangi yer uchastkasi ajratilganidan keyin, tuman (shahar) hokimining qarori bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qabriston yopilgandan keyin yer qoplami, qabrlar zonasidagi barcha qabr usti yodgorliklari, obodonlashtirish elementlari, yoʻllar, toʻsiqlar, binolar va inshootlar, qabriston yopilgunga qadar qabristondan foydalanish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni (zarurat boʻlganda) saqlagan holda, toʻliq daxlsiz qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Yopilgan qabristonlarga dafn etish, shu jumladan eski qabrga dafn etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qayta dafn etish sanitariya qoidalari va meʼyorlariga qatʼiyan rioya etgan holda amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ilgari qabristonlar joylashgan hududlardan, ular koʻchirilgan paytdan boshlab yigirma yil oʻtgandan keyin foydalanishga ruxsat beriladi. Ushbu holda mazkur hududlardan faqat manzarali yashil oʻsimliklar oʻtqazish uchun foydalanish mumkin. Ushbu hududlarda bino va inshootlar qurish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Qabristonni yopish toʻgʻrisidagi qaror majburiy tartibda aholi punkti aholisining eʼtiboriga, shu jumladan ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali darhol yetkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Qabrlarni saqlash va qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Dafn etishni amalga oshirgan fuqarolar va tashkilotlar qabrlar hamda qabr usti yodgorliklarini zarur holatda saqlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Alohida dafn etishga ajratilgan uchastka doirasida, tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmasi (fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasi) va qabriston maʼmuriyati bilan kelishgan holda, uzunligi 1,5 metr, eni 1 metr va balandligi 0,5 metr (qabr ustidagi tuproq tepaligi balandligi darajasida), yozuvlar uchun vertikal plitaning balandligi 1 metrgacha boʻlgan oʻlchamda qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish (qurish)ga yoʻl qoʻyiladi (yer osti suvlari sathi yuqori boʻlgan yer yuzasida “sagʻana” koʻrinishida barpo etiladigan musulmon qabrlaridan tashqari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabr atrofida metalldan yasalgan va boshqa toʻsiqlarni oʻrnatish (oʻsimliklardan iborat yashil toʻsiqlardan tashqari), qoʻshni qabrlarning hududlarini va boʻsh yer uchastkalarini egallab oladigan qabr usti yodgorliklarini barpo etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Qabr usti yodgorliklarini dafn etish chogʻida qilingan tuproq koʻtarma choʻkkanidan keyin, qismlarga ajratish — yigʻish mumkinligini nazarda tutadigan zarur poydevorlar barpo etgan holda oʻrnatish tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Byustlar, haykaltaroshlik yodgorliklari yoki alohida arxitektura shakliga ega boʻlgan inshootlarni oʻrnatishga faqat loyiha-smeta hujjatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori mavjud boʻlgandagina ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Qabr usti yodgorliklarining oʻlchamlari va joylashtirilishi, shuningdek daraxt va butalar oʻtqazish oldindan qabriston maʼmuriyati bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Qabr usti yodgorliklarining oʻrnatilishi qabriston maʼmuriyati tomonidan qabr usti yodgorliklarini roʻyxatdan oʻtkazish daftarida roʻyxatdan oʻtkazilib, unda qabrning sektori, uchastkasi, qatori va raqami, dafn etilgan kishining familiyasi, ismi-sharifi, oʻrnatilgan sana, yodgorlikning qisqacha tavsifi, tayyorlovchi, uni oʻrnatgan shaxslarning manzil va familiyalari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Barcha qabr usti yodgorliklari ularni oʻrnatgan fuqarolar va tashkilotlarning mulki hisoblanadi. Qabriston maʼmuriyati tashabbusi bilan qabr usti yodgorliklarini buzib tashlashga yoʻl qoʻyilmaydi, qabriston mazkur Nizomning 18-bandiga koʻra yopilayotgan (koʻchirilayotgan), qarindoshlarning eskirib ketgan qabr usti yodgorliklarini tuzatishdan bosh tortgan, ular belgilangan tartibda egasiz deb topilgan hollar bundan mustasno. Qabr usti yodgorliklarini buzib tashlash qabr usti yodgorliklarining elementlari albatta tavsiflangan, buzib tashlash dalolatnomasi rasmiylashtirilgan holda qabriston maʼmuriyati tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga koʻra rahbarlar va taniqli davlat arboblarining qabrlari va qabr usti yodgorliklarini, tarixiy obidalarni namunali tartibda saqlash mahalliy budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Qabriston maʼmuriyati yodgorliklardagi yozuvlarning mazmunini nazorat qilishi, ularda oʻlim toʻgʻrisidagi hujjatlardagi maʼlumotlarga nomuvofiqliklar boʻlishiga yoʻl qoʻymasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Dafn etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Dafn etish marhumning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) uning xohish-irodasini inobatga olgan holda, sanitariyaga oid hamda boshqa meʼyorlar va qoidalarga zid boʻlmagan urf-odatlar va anʼanalarga muvofiq koʻmishga doir marosim hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish marhumning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) yerga (qabr yoki sagʻanaga) koʻmish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish qonunchilikka muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
(34-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabristonlarda dafn etish mazkur mintaqa aholisining anʼanalari, urf-odatlari va udumlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Dafn etish muayyan diniy konfessiya qabristoni hududida bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Marhumni dafn etish er (xotin), ota-ona, farzandlar va boshqa qarindoshlar yoki marhumning qonuniy vakili, bunday shaxslar boʻlmasa — zimmasiga dafnni amalga oshirish majburiyatini olgan boshqa shaxsning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Dafn etishga ruxsatni qabriston mudiri (nazoratchisi) faqat fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari tomonidan berilgan, oʻlim toʻgʻrisida belgilangan shakldagi tegishli hujjatlar taqdim etilganidan keyingina beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish uchun joy (uchastka) ishlab turgan qabristonlarda bepul va qatʼiyan sanitariyaga doir va boshqa qoidalar hamda meʼyorlarga muvofiq ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Har bir dafn etish qabriston maʼmuriyati tomonidan dafn etishlarni roʻyxatdan oʻtkazish daftarida roʻyxatdan oʻtkazilib, unda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dafn etish yili, oyi, kuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabrning sektori, uchastkasi, qatori va raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
familiya, ismi-sharif, manzil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugʻilgan yil, oy va kun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻlim sababi va uning yil, oy va kuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻlim toʻgʻrisidagi hujjatning sanasi va kim tomonidan berilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
marhumning qarindoshlari yoki qonuniy vakilining, agar bunday shaxslar boʻlmasa — zimmasiga dafn etish majburiyatini olgan boshqa shaxsning familiyasi, ismi-sharifi, manzili.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Oʻta xavfli yuqumli kasalliklar sababli oʻlgan shaxslarni dafn etish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Vafot etgan shaxslarning saqlanib qolgan tana qismlarini qayta dafn etishga qumloq va kamtuproqli joylarda dafn etilgandan keyin kamida bir yil oʻtgach, chirish va mineralga aylanish jarayonlari sekin boʻladigan nam tuproqlarda esa — kamida uch yil oʻtgach yoʻl qoʻyiladi. Saqlanib qolgan tana qismlarini qabrdan olishni yilning sovuq vaqtida, kunduzi, tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmasi (fuqarolik xizmati koʻrsatish boshqarmasi) vakillari va manfaatdor shaxslar ishtirokida amalga oshirish tavsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari oʻlim sababi toʻgʻrisida tibbiy muassasaning maʼlumotnomasi taqdim etilgach, mazkur joydagi epidemiologik va epizootik vaziyatni hisobga olgan holda saqlanib qolgan tana qismlarini olish va ularni yangi joyga olib oʻtish mumkinligi toʻgʻrisida xulosa beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Eksgumatsiya (saqlanib qolgan tana qismlarini qabrdan olish) Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta dafn etilgan taqdirda qabr saqlanib qolgan tana qismlari olinganidan keyin darhol tuproq bilan toʻldirilishi, tuproq yuzasi tuproq choʻkishi mumkinligini hisobga olgan holda tekislanishi, soʻngra ustiga chim bostirilishi yoki u yerda maysalar oʻstirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saqlanib qolgan tana qismlarini olish va qabrni tugatish toʻgʻrisida qabristonning dafnlarni roʻyxatdan oʻtkazish daftariga tegishli belgi qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Quyidagi hollarda sud-tibbiy xulosasisiz dafn etishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini oʻzi oʻldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomaʼlum sabablarga koʻra toʻsatdan vafot etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar oʻlim tanaga yetkazilgan jarohatlar natijasida roʻy bergan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻlim jinoyatning oqibati ekanligi xususida shubha paydo boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar marhumning jasadi topilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻlim notoʻgʻri davolash yoki zaharlanish oqibatida roʻy berganligi xususida shubha boʻlsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakili yoxud zimmasiga dafn etish majburiyatini olgan boshqa shaxs boʻlmagan taqdirda yoki ularning dafnni amalga oshirishlari mumkin boʻlmasa, ichki ishlar organlari tomonidan marhumning shaxsi aniqlanganidan keyin uni dafn etish, shuningdek shaxsi ichki ishlar organlari tomonidan aniqlanmagan marhumni dafn etish qonunchilikda belgilangan muddatlarda tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmasi (fuqarolik xizmati koʻrsatish boshqarmasi) tomonidan sud-tibbiy ekspertiza davlat muassasalari bilan tuzilgan shartnoma asosida, mahalliy budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Qabrlarning tuzilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Dafn etishlar faqat ishlab turgan qabristonlarda, navbat tartibida uchastkalar ajratish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabriston sektorlarga boʻlinganda qabrlar uchun joy uchastkalari, dafn etish zonasini rejalashtirish chizmasiga muvofiq, qatorlarda tartibga rioya etgan holda, ushbu sektorlar, uchastkalarning birida ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Har bir marhum alohida qabrga dafn etiladi. Qarindoshlarning xohishiga koʻra uni marhumning qabriston muddati (tuproq xususiyatiga qarab 10 — 20 yil) tugagan yaqin qarindoshlari qabriga, qabrning pastiga koʻmish yoʻli bilan dafn etish mumkin, bunda tegishli hujjatlar taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabrlar oraligʻidagi masofa uzun tomonlari boʻyicha 1 metrdan, qisqa tomonlari boʻyicha esa — 0,5 metrdan koʻp boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Har bir alohida qabr uchun oʻlchami oʻrtacha 2 x 1 m boʻlgan uchastka ajratiladi. Qabrning chuqurligi dafn etish usuli, diniy xususiyatlarga bogʻliq holda va mahalliy tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olib belgilanadi. Vafot etgan bolalarni dafn etishda qabr uchun uchastkaning oʻlchamlari tegishli ravishda kamaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Qabr tubidan yer osti suvlari sathigacha masofa 0,5 metrdan kam boʻlmasligi kerak. Qabr chuqurligi dafn etish usuliga bogʻliq holda quyidagicha belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lahad qaziladigan anʼanaviy musulmon qabrlari uchun yer sathidan kamida 1,5 metr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dafn etish yogʻoch tobutlarda amalga oshiriladigan yevropaliklarning qabrlari uchun yer sathidan tobut qopqogʻiga qadar kamida 1,5 metr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti sagʻanalari koʻrinishida qaziladigan yahudiylar qabrlari uchun yer sathidan marhum yotqiziladigan joyga qadar kamida 1,5 metr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer sathida “sagʻana” (dahma) koʻrinishida qaziladigan musulmon qabrlari uchun (yer osti suvlari sathi yuqori boʻlsa) dahma asosining balandligi yer (yer osti suvlari) sathidan boshlab 0,2 — 0,4 metr (biroq 0,5 metrdan koʻp emas) doirasida boʻlib, sagʻana asosi yer osti suvlari kirishidan albatta himoyalanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy anʼanalar va urf-odatlarga bogʻliq holda qabrlarning tuzilishi yuqorida sanalganlardan farq qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Har bir qabr ustidan (“sagʻanalar”dan tashqari) yer sathidan 0,5 metr balandlikda tuproq koʻtarma (tepacha) (koʻtarma qabrni yer usti suvlaridan himoya qilish uchun undan chetga chiqishi kerak) yoki qabr usti plitasi boʻlishi kerak. Yer sathida “sagʻana” koʻrinishida barpo etiladigan musulmon qabrlari (yer osti suvlari sathi yuqori boʻlganda) yer usti suvlari va atmosfera yogʻinlaridan himoyalangan boʻlishi kerak, buning uchun himoya qatlami barpo etilishi kerak va “sagʻana” oʻlchamlarining yer sathida boʻyiga koʻra 2,5 metrgacha, eni boʻyicha 1,5 metrgacha va “sagʻana” asosidan boshlab balandligi 1,5 metrgacha boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi, yozuvlar uchun qabr ustidagi vertikal plita balandligi 1 metrgacha boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Har bir qabr tepachasiga dafndan soʻng majburiy tartibda beton ustuncha oʻrnatilib, unda mazkur qabristonning dafnlarni roʻyxatdan oʻtkazish daftaridagi yozuvga muvofiq dafnning roʻyxatdan oʻtkazish raqami koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Davlat, ilm-fan, texnika va madaniyat rahbarlari hamda taniqli arboblar dafn etilgan qabrlarni alohida sektorda, uchastkada joylashtirish tavsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan davlat rahbarlari va taniqli arboblarini dafn etish uchun qabristonlar hududidan tashqarida alohida dafn etish joyi belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Qabriston uchun yer uchastkasi ajratish va qabristonlarning tuzilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Qabristonlar tashkil etish uchun yer uchastkasini tanlash shaharsozlik hujjatlari, gidrogeologik tavsiflar, joy relyefining xususiyatlari, tuproq tarkibi, atrof tabiiy muhitga eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan ekologik yuklamalarni hisobga olgan holda aholi punktlari va hududlarni qurish qoidalariga, shuningdek sanitariya meʼyorlari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi hamda dafn joyining belgilanmagan uzoq muddat mavjud boʻlishini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabristonlar tashkil etish uchun yer uchastkasi oʻlchami muayyan aholi punkti aholisining sonini hisobga olgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabriston uchastkalarining joylashgan joyi va uning oʻlchamlari aholi punktini mufassal rejalashtirish va qurish loyihalarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi qabristonlarni tashkil etayotganda ularni joylashtirish aholi punkti hududining yanada kengayishiga toʻsiq boʻlmasligi kerakligini hisobga olish lozim. Qabristonlarning hududlari aholi punktining yashil oʻsimliklari umumiy tizimiga kiritilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi qabristonlarni aholi yashaydigan hududlardan tashqarida, asosan aholi punktidan chetda, turar joylar, jamoat binolari va dam olish zonasidan ancha narida joylashtirish kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi punkti uchun qabristonga yer uchastkalari uning hududidan tashqarida, yaʼni qoʻshni tuman (shahar) hududida berilgan hollarda loyihalash, qurish, saqlash va foydalanish boʻyicha barcha xarajatlar qabriston joylashgan joy boʻyicha tuman (shahar)ning mahalliy budjeti hisobiga, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(50-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi barpo etilayotgan, maydoni 20 gektardan 40 gektargacha boʻlgan kompleks, koʻp konfessiyali, aralash va anʼanaviy dafn etiladigan qabristonlar uchun sanitariya-himoyalash zonasi (keyingi oʻrinlarda SʼHZ deb ataladi) 500 metr, maydoni 20 gektardan kam boʻlgan qabristonlar uchun — 300 metr boʻlishi kerak. Qishloq (1000 ta xonadondan kam aholi punktlari) qabristonlarining SʼHZ, kolumbariy (kuydirgandan keyin xokni devordagi tokchalarga dafn etish) 50 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yopiq qabristonlarning va kuydirishdan keyin dafn etiladigan qabristonlarning SʼHZ 100 metrni tashkil etishi kerak. Yopiq qabristonlar uchun qabriston bilan aholi punkti oʻrtasidagi SʼHZ, baʼzi hollarda, sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari bilan kelishgan holda 50 metrgacha kamaytirilishi mumkin. Turar joy va jamoat binolari hamda dam olish zonalari devoridan qabristongacha masofa 100 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik-ichimlik suvi bilan taʼminlash markazlashtirilmagan, suv bilan taʼminlash manbai quduqlar, kaptajlar va boshqa qurilmalardan iborat boʻlgan aholi punktlarida, qabristonlar ushbu manbalarni taʼminlaydigan yer osti suvlari oqimidan yuqorida joylashsa, SʼHZ oʻlchami, sanitariya-gigiyena jihatidan asoslashga koʻra, 500 metrgacha koʻpaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab turgan va loyihalashtirilayotgan qabristonlarning SʼHZ hududida biror-bir turar joy va jamoat binolarini qurish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Qabristonlar tashkil etish uchun yer uchastkasi ajratish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, yer toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Qabriston uchun uchastka ajratishga tekis, baland, botqoqlanmaydigan hududni tanlash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabriston uchun ajratiladigan uchastka quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktidan va xoʻjalik-maishiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan ochiq suv havzalaridan qarama-qarshi tomonga 0,5 — 5% doirasida nishab boʻlishi lozim. Togʻli va togʻoldi tumanlarida nishablikning 30%gacha boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi, bunda 5%gacha nishablik bilan terrasa va yoʻllar barpo etilishi shart. Tabiiy nishablik boʻlmagan hollarda suv ajratilishini taʼminlaydigan va tuproqning haddan tashqari namlanishining oldini oladigan vertikal tekislik mavjud boʻlishi shart. Zarurat boʻlganda novlar, yoʻl chetida ariqlar, quvurlar barpo etish va boshqa muhandislik tadbirlari nazarda tutilishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻpirilish va koʻchkilar xavf solmasligi kerak. Zarurat boʻlsa tayanch devorlar qurilishi, jarlarni mustahkamlash, qiyaliklarni tekislash va koʻkalamzorlashtirish nazarda tutilishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sel-jalalar quygan va qorlar erigan davrda toshqinlar yoki yer usti suvlari bosmasligi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchastkada yer osti suvlarining eng yuqori sathi tuproq sathidan kamida ikki metr pastda boʻlishi kerak. Ushbu talablarga muvofiq uchastkalar boʻlmasa, qabriston uchun ajratiladigan uchastkadagi suv vertikal yoki gorizontal drenaj barpo etish yoʻli bilan zovurga oqizilishi zarur;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetarli havo oʻtishini va tezda qurishni taʼminlaydigan quruq gʻovak (qumli, qumloq, qumoq va hokazo) tuproqli boʻlishi kerak. Toshloq tuproqli uchastkalarni tanlamaslik zarur;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qulay, obodonlashtirilgan va koʻkalamzorlashtirilgan kirish yoʻllari mavjud boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Quyidagi hududlarda qabriston uchun yer uchastkasi ajratish taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv taʼminoti, mineral suv manbalarining sanitariya muhofaza boʻyicha birinchi va ikkinchi mintaqalari, kurortlar, qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarning birinchi va ikkinchi zonalari, dam olish zonalari va boshqalarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻllar, daryolar va xoʻjalik-maishiy ehtiyojlari, choʻmilish va boshqa madaniy-sogʻlomlashtirish maqsadlari uchun foydalaniladigan boshqa ochiq suv havzalari sohillarida, koʻllar, daryolar va boshqa suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari va sohil polosalarida, chuchuk yer osti suvlari hosil boʻladigan zonalarda. Qabriston uchun daryo yaqinida uchastka tanlanganda uni daryoning oqimi boʻylab aholi punktidan quyida joylashtirish kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektlari (arxeologik obidalar) va ularning muhofaza zonalari hududida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Qabristonning tuzilishi belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha boʻyicha amalga oshirilishi kerak, unda quyidagilar nazarda tutilishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish tamoyili boʻyicha hududiy boʻlinishini — mahallalarni hisobga olgan holda dafn etish zonasi va ulardan foydalanish navbatliligi uchun sektorlar, uchastkalar ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy va ikkinchi darajali kirish yoʻllarini joylashtirish, yoʻlaklar va piyodalar yoʻlkalarining yoʻnalishi, oʻlchamlari va obodonlashtirilishini nazarda tutish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabristonni koʻkalamzorlashtirish — yetarlicha shamollatish va insolyatsiya bilan taʼminlashni hisobga olgan holda qabriston (sektorlar, uchastkalar) perimetri boʻylab ihota koʻchatlari hamda asosiy yoʻllar (xiyobonlar) va dafn etish zonalari boʻylab manzarali koʻchatlar ekish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududni yer usti suvlari tezda yoʻqolishini taʼminlaydigan holda tekislash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur bino va inshootlar qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabristonga kirish yoʻlagi oldida avtotransportlar toʻxtab turishi uchun maydonchalar barpo etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Qabriston hududini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Qabriston uchun ajratiladigan yer uchastkasi maydoni mazkur qabriston xizmat koʻrsatiladigan har 1000 kishi hisobiga 0,24 gektarli meʼyordan kelib chiqib, shaharsozlik meʼyorlari va qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabristonlarni barpo etish uchun maydon hisob-kitobi quyidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabriston aholi punktining ularga xizmat koʻrsatish uchun barpo etilayotgan diniy konfessiya aholisining soni va uning koʻpayishi istiqbollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabristonning xizmat koʻrsatish davri muddatlari. Qabristondan foydalanish uchun hisob-kitob davri kamida 20 yil boʻlishi va sanitariya-epidemiologiya xizmati hududiy organlari tomonidan qabriston uchastkasidagi tuproq sharoitiga bogʻliq holda belgilanishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir dafn etish uchun toʻgʻri keladigan maydon meʼyori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻkalamzorlashtirish, qabriston hududida joylashtiriladigan yoʻllar, maydonchalar, xiyobonlar, binolar va inshootlar uchun zarur maydon.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Koʻkalamzorlashtirish hududiga ajratilgan yer uchastkasining relyefi va boshqa tabiiy shart-sharoitlarga bogʻliq holda quyidagi turdagi qabristonlar loyihalashtiriladi va quriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muntazam turdagi qabristonlar — sokin relyefli uchastkalarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
landshaftli qabristonlar — murakkab relyefli va landshaft arxitekturasining turli usullaridan foydalanishga imkon beradigan tabiiy oʻsimliklarga ega boʻlgan uchastkalarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aralash turdagi qabristonlar — hududning bir qismini landshaft qurilmalari uchun ajratish va faxriy dafnlarni joylashtirish hamda uning boshqa qismida muntazam chizma boʻyicha dafn etishlar uchun sektorlar, uchastkalar tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Qabriston dafn etishlar zonasining butun hududi oʻzaro yoʻllar yoki xiyobonlarga ajratilgan muayyan miqdordagi sektorlar, uchastkalarga boʻlinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
200 tadan 500 tagacha qabr joylashtiriladigan sektorlarning taxminiy oʻlchamlari 30 x 30, 30 x 40, 40 x 40, 40 x 60 metrni tashkil etishi mumkin. Sektorlar maydonini koʻpaytirish maqsadga muvofiq emas, chunki bu hol tobutlarni qoʻlda avtotransport (katafalk)dan dafn etish joyigacha koʻtarib borish yoʻlini uzaytiradi. Qabristonni rejalashtirish chizmasiga koʻra, qabristonga asosiy eshik tomonidan yoʻl yonidagi sektor burchagiga oʻrnatilgan, yerga qoqilgan ustunchalar bilan belgilangan sektorlarning umumiy raqamlanishi aniqlanadi. Relyefga bogʻliq holda sektorlarning shakli toʻgʻri burchakli yoki notoʻgʻri shaklli boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sektorni oʻragan yoʻllar perimetri boʻylab daraxtlar va oʻsimliklarning daraxt yoki buta xillaridan yashil toʻsiqlar barpo etilishi kerak. Bunday toʻsiqlar oraligʻida aeratsiya sharoitini yaxshilash, tobutni dafn etish joyigacha qoʻlda koʻtarib olib borish, shuningdek oʻtish, qabr usti yodgorliklarini bunyod etish, hududni tozalash va qabrlarga qarash uchun ochiq joylar boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Qabristonlarni rejalashtirish loyihalarida mahalliy va diniy anʼanalarni hisobga olgan holda meʼmoriy hamda obodonlashtirish elementlarini uygʻunlashtirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabristonlar hududlari elementlarining quyidagi nisbatlarda boʻlishiga amal qilish zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dafn etish joylari — 75 — 80%;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashil oʻsimliklar — 15 — 12%;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xiyobonlar, yoʻllar va yoʻlkalar — 8 — 5%;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik hovlilari, maʼmuriy binolar, yordamchi qurilmalar — 2-3%.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Dafn etish boʻyicha diniy udumlarni bajarishda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida qabristonlarni diniy vazifasiga muvofiq diniy ibodat inshootlari (masjid, cherkov, sinagoga va boshqalar) boʻyicha qoʻshish tavsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Qabristonlarning har bir sektoriga olib boradigan qabriston ichki yoʻllarini loyihalashtirishda tobutlarni qoʻlda koʻtarib borish masofasini imkoni boricha qisqartirish hisobga olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faxriy dafn etishlar amalga oshiriladigan qabrlar joylashtirilishi mumkin boʻlgan bosh yoʻllar yoki xiyobonlarning odam yuradigan qismi enini 6,5 metrgacha qilib loyihalashtirish kerak. Asosiy yoʻllarning eni, ozgina transport harakatini hisobga olib, bir yoʻlli harakatlanish nazarda tutilishi, yaʼni koʻpi bilan 3,5 metr boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transportning qatnashi va aylanishi uchun joylar yoʻllar kesishgan joyda boʻlishi kerak. Boshi berk yoʻllarda transportning aylanishi uchun maydonchalar boʻlishi zarur. Dafn ishtirokchilarining qabr tomonga borishi uchun eni 2,0 — 2,5 metr boʻlgan piyodalar yoʻlkalari nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Trotuarlarning eni bosh yoʻlkalarda 1,5 — 2,0 metr, asosiy yoʻllarda esa 1,0 — 1,5 metr boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha yoʻllar va xiyobonlar atmosfera suvlari va erigan suvlarning oqishini taʼminlaydigan koʻndalang va boʻylama yoʻnalishda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Yoʻl va trotuarlar qoplamlarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asfalt-beton, beton plitalar yoki chorqirra toshlardan iborat boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dafn etish zonasida qabrlar oʻrtasidagi yoʻlkalarning qoplamalarsiz, tuproqli boʻlishi tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Qabriston hududi mavjud oʻsimliklarni eng koʻp saqlagan holda koʻkalamzorlashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabristonlardagi yashil oʻsimliklar bogʻ-park xoʻjaligi uchun belgilanadigan talablarga muvofiq oʻtqazilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabristonlar ishlab chiqilgan loyiha boʻyicha koʻkalamzorlashtirilishi lozim, bunda qabriston hududidagi oʻsimliklarning ahamiyatiga eʼtibor berish, hududdan foydalanishning oʻziga xos jihatlarini, joylashtiriladigan inshootlarning arxitekturasini va shahar xoʻjaligining ushbu elementi bilan bogʻliq kompozitsion vazifalarni (xotirlashdagi ahamiyatini, qaygʻurish joyi va shu kabilarni) hisobga olish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabristonlar hududi uchun yashil oʻsimliklarning turlari tumanning iqlim sharoitlari, muayyan uchastkaning tuproq sharoitlariga muvofiq holda tanlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabristonlarni koʻkalamzorlashtirishda quyuq va sersoya oʻsimliklar dafn etish uchastkalaridagi aeratsiya va insolyatsiya sharoitlarini yomonlashtirishini, tuproqdagi namlikni va zararsizlanish hamda minerallashish jarayoniga toʻsqinlik qilishini hisobga olish kerak. Shu sababli butalarni, ayniqsa shox-shabbalari katta hamda sersoya daraxtlarni zich qilib ekmaslik lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer osti suvlari sathi yuqori boʻlganda daraxtlarning namsevar turlarini (tol, chinor, terak, kashtan va shu kabilarni) ekish tuproqni ancha namsizlantirishi va yer osti suvlari sathini pasaytirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Qabristonlarni koʻkalamzorlashtirish — qabriston hududi atrofida yashil zona barpo etish, xiyobonlar, yoʻllar, maydonchalar boʻylab daraxtlar, butalar va yashil ihota oʻsimliklari ekish mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Qabristonlarni koʻkalamzorlashtirishda, ularning oʻlchami va turiga bogʻliq holda, quyidagi usullar qoʻllanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabristonning butun perimetri boʻylab eni 5 — 10 metr boʻlgan yalpi yashil polosalar barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosan ignabargli turlardan foydalangan holda xiyobonlar, yoʻllar va qabristonning boshqa joylari boʻylab daraxt va butalar oʻtqazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurgʻoq choʻl iqlimi sharoitida gledichiya, uch yaproqli zarang, qayragʻoch va boshqa qurgʻoqchilikka chidamli daraxt turlarini ekish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keluvchilar manzilni qiynalmay topishlari uchun va sektorlarni koʻkalamzorlashtirishda birxillikka yoʻl qoʻymaslik maqsadida daraxtlar va butalarning turli xillarini oʻtqazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim maydonchalar va sektorlarda kompozitsion markaz hosil qiladigan, faxriy dafnlar guruhini koʻrsatib turadigan daraxtlar va butalarni guruh-guruh qilib ekishda tol, lipa, archa, sarv kabilardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sektorlarning boʻyi 1,2 metrgacha boʻlgan yashil ihotalar, ayrim qabrlar atrofidagilarning boʻyi esa 0,7 metrdan baland boʻlmasligi lozim. Yashil ihota uchun butalarning biryuchina, skireya, amorfa, yulgʻun kabi turlarini bir yoki ikki qator qilib ekish kerak. Manzara shuningdek butalarning yogʻoch reykalar boʻylab oʻsishini taʼminlash, sim tortish, shpalerlar oʻrnatish yoʻli bilan, oʻralib oʻsadigan oʻsimliklar yordamida hosil qilinishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayanch devorlar, terrasalar, toʻsiqlar, binolar, ayrim yodgorliklar yonida va xiyobonlar boʻylab oʻtqazish uchun chirmoviq, oddiy pechak, oʻralib oʻsadigan atirgul kabi oʻsimliklardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dafn joyigacha sektorlar maydonida maysazorlar barpo etish. Zarurat boʻlganda tuproq maxsus tayyorlanadi va maysalarning tegishli turlari oʻstiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Dafn etish sektorlarida daraxt va butalar boʻlgʻusi qabrlarni joylashtirishni hisobga olib, yaʼni tuproq chuqur qazilganda (goʻr qazilganda) oʻsimliklarning ildizlari shikastlanmaydigan qilib oʻtqazilishi zarur. Yashil oʻsimliklarni zararkunanda va hasharotlardan muhofaza qilish uchun daraxtlarga qush inlari osish va maysazorlarda qushlar uchun ovqat idishlari va suvdonlar joylashtirilishi kerak. Zarur hollarda yashil oʻsimliklarni muhofaza qilish boʻyicha biologik va kimyoviy tadbirlar amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Gulxonalar, maysazorlarga hamda ayrim qabrlar atrofiga gul ekishda ularning gullash vaqti va u qancha davom etishini hisobga olish zarur. Qabr tepasining yuqori qismi gullayotgan oʻsimliklar bilan bezatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Qabristonga kirish eshigi uchastkaning oʻlchamlari, uning aholi punktidan kelish koʻchalariga yoki aholi punktidan oʻtgan yoʻllarga nisbatan holatini, qabriston ichidagi yoʻllar tarmoqlarini rejalashtirishning qabul qilingan usulini hisobga olgan holda oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kirish eshigini oʻrnatishda qabristonning barcha sektorlariga boriladigan yoʻlni qisqartirish nazarda tutilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Katta qabristonlarda bir nechta — asosiy va ikkinchi darajali kirish yoʻllari boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Xizmatga doir maʼmuriy-xoʻjalik binolari uchastkasi uchun kirish yoʻlining alohida boʻlishi tavsiya qilinadi. Qabriston hududining ushbu qismi dafn etish uchun foydalaniladigan uchastkalardan zich yashil oʻsimliklar chirmashib oʻsayotgan yengil toʻsiq bilan ajratilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Dafn marosimiga keluvchilarning bemalol oʻta olishlarini taʼminlash uchun qabriston darvozasining eni 4-5 metr boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabristonga kirish eshigi oldida kutish va qarindoshlarning hamda qatnashuvchilarning yigʻilish, aza maydonchasi va avtotransport toʻxtash joyi boʻlishini nazarda tutish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Qabristonning butun hududi oʻralgan boʻlishi kerak. Qabristonlar, odatda, serob mahalliy materiallardan (yigʻma temir-beton, gʻisht, shlakoblok, arralangan va boʻlaklangan toshlar, paxsa va boshqalardan) tiklangan, balandligi 2 metrdan past boʻlmagan, mustahkam toʻsiqqa (devorga) ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Qabristonning oʻlchamiga bogʻliq holda uning hududida quyidagi bino va inshootlar boʻlishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy bino;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik imoratlari (omborxonalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat hojatxonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchilar uchun xona;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchilar uchun yuvinish xonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
marosim udumlari uchun bostirma va maydonchalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tobut va anjomlar saqlanadigan xonalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrindiqlar, axlat qutilari va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Qabristonlarda marosim udumlarini (janoza, xristiancha motam majlisi va boshqalarni) oʻtkazish uchun aza maydonchalari yoki bostirmalar barpo etilishi kerak. Maydoncha va bostirmalar qabristonga kirish eshigi yaqinida, katta qabristonlarda esa dafn etish sektorlari yaqinida boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish joylarida qonunchilikda belgilangan tartibda marosim va duoyi fotiha udumlari uchun inshootlar barpo etilishi mumkin.
(72-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Marosim va duoyi fotiha inshootlari, aza maydonchalari va bostirmalarida marhumlarning yaqinlariga dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish uchun dori-darmonlar albatta boʻlishi kerak boʻlgan joy nazarda tutilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Qabristonning maʼmuriy binosi uning hududida, asosiy kirish joyi yaqinida boʻlishi kerak. Maʼmuriy binoni qabristonning asosiy kirish eshigi bilan meʼmoriy jihatdan birlashtirish tavsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Qabriston maʼmuriyati asosiy xonalarining ichki koʻrinishi ularning vazifasiga muvofiq boʻlishi kerak. Ulardagi holat azali marhumlarga nisbatan hurmat-ehtiromni ifodalashi kerak, pardoz va jihozlar rangi oddiy boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Dafn etish uchun va qabrni ziyorat qilishga moʻljallangan narsalar (gullar va boshqalar)ni sotish, odatda, qabristonga kiriladigan asosiy eshik yonida tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Qabriston hududida sanitariya qoidalari va meʼyorlariga muvofiq, har biri 2-3 oʻrinli, kanalizatsiyali (shaharlar uchun) va obodonlashtirilgan jamoat hojatxonalari boʻlishi kerak. Hojatxonalar hududini koʻkalamzorlashtirish va atrofini yashil oʻsimliklar bilan toʻsish tavsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kanalizatsiya boʻlmagan taqdirda chuqur oʻrali hojatxonalar barpo etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrali hojatxonalar barpo etilganda ularning devori va tubiga suv oʻtmasligi hamda ular yoniga assenizatsiya mashinalarining erkin kela olishi taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Qabriston hududidagi maʼmuriy bino yaqinida (yonma-yon) xoʻjalik hovlisi nazarda tutilishi kerak, unda quyidagi yordamchi binolar va inshootlar boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dafn etish uchun zarur materiallar, anjomlar va asbob-uskunalar omborlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gulxonalar, issiqxonalar, ochiq gulzorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabr usti yodgorliklarini tayyorlash va taʼmirlash ustaxonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik xizmatlari xodimlari uchun xonalar va hokazo.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik hovlisi mustaqil kirish-chiqish yoʻlagiga ega boʻlishi va dafn etish zonalaridan ajratilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Barcha qabristonlar telefon aloqasiga ega boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Qabriston hududining suv taʼminoti keluvchilar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning ichimlik suvga, shuningdek yashil oʻsimliklarni sugʻorish uchun sugʻorish suviga boʻlgan maishiy ehtiyojlarini toʻliq taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv taʼminoti suv quvuri tarmogʻiga ulanish, qabriston hududi yaqinida maxsus quduqlar qazish va yashil oʻsimliklarni sugʻorish uchun sugʻorish suv quvuri yoki irrigatsiya tizimlarini barpo etish yoʻli bilan, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib hal qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quduqlarning joyi tuproqning filtrlovchi xossalarini va yer osti suvlari oqimlari harakatining yoʻnalishini hisobga oladigan loyihaga muvofiq tanlanadi. Quduqdan qabristonlarning dafn etish zonasigacha boʻlgan masofa suv manbaining sanitariya muhofaza zonasi II mintaqasi uchun belgilangandan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda hollarda xoʻjalik-ichimlik suv ehtiyojlari va sugʻorish uchun suv taʼminoti suv tashish usuli bilan hal etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahar (shaharcha) xoʻjalik-ichimlik suv quvuri va suv tarmoqlari magistral liniyalarini qabristonlar hududi boʻylab oʻrnatish qatʼiyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Katta qabristonlar hududida suvni ochiq manbalardan (daryolar, koʻllardan) va yopiq suv manbalaridan (artezian quduqlardan) suv oladigan sugʻorish suv quvuri tarmogʻini oʻrnatish tavsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu holda suv chiqarish kolonkalari yoki sugʻorish uchun joʻmraklar qabristonning har bir sektorida oʻrnatilishi kerak. Kichik ichimlik suv favvoralari va joʻmraklarining markaziy eshik oldida boʻlishi maqsadga muvofiqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda sugʻorish maqsadlari uchun ochiq ehtiyot rezervuarlari (havzalar) barpo etish tavsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Qabriston hududi majburiy tartibda elektr bilan taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabristonlarda kirish joyi (eshigi), bosh xiyobonlar va asosiy yoʻllar yoritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoritish fonarlari ustunlari xiyobon yoki yoʻlning bir tomonida, uning chetidan boshlab 1,0 — 1,5 metr masofada oʻrnatilishi kerak. Havo elektr liniyasi ustunlari yoki fonarlar oʻrtasidagi masofa 40 — 50 metr boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Qabriston hududida tuproqni ortiqcha namlanishdan saqlash uchun yer usti suvlari chiqarib yuborilishini taʼminlaydigan muhandislik tadbirlari va yer osti suvlarining drenaji amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sel-jala suvlari va erigan qor suvlari qabriston hududidan irrigatsiya novlari, ariqlar tarmogʻini barpo etish yoʻli bilan chiqarib yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Nazorat va javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Ushbu Nizomning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklari va boshqa davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish joylarini saqlash va obodonlashtirishga yuridik va jismoniy shaxslarning xayr-ehsonlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida” va “Homiylik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida dafn etish joylarini (keyingi oʻrinlarda qabristonlar deb ataladi) saqlash va obodonlashtirishga yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayr-ehsonlaridan (keyingi oʻrinlarda xayr-ehsonlar deb ataladi) foydalanish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xayr-ehsonlarni yigʻish, hisobga olish va ulardan maqsadli foydalanishni tashkil etish funksiyalari tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari va fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda Boshqarma deb ataladi) yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yuridik va jismoniy shaxslarning xayr-ehsonlaridan qabristonlar hududini saqlash va obodonlashtirish (supurib-sidirish, koʻkalamzorlashtirish, qurigan daraxtlarni kesish, axlatni olib chiqib ketish), tashqi toʻsiq (devor), bino va inshootlar, oʻtish yoʻllari, xiyobonlar, yoʻlkalar, muhandislik tarmoqlari, shu jumladan suv quvuri tarmoqlari hamda umumiy foydalanish joylarini joriy va mukammal taʼmirlash maqsadlarida foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabristonlar hududida obodonlashtirish elementlariga dafn etish joylari, yashil oʻsimliklar, xoʻjalik hovlisi va yordamchi imoratlar ham kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qabristonlarni saqlash va obodonlashtirish maqsadidagi xayr-ehsonlar pul mablagʻlari, tovar-moddiy boyliklar berish, shuningdek ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Naqd pul mablagʻlari tarzidagi xayr-ehsonlar jismoniy shaxs tomonidan mazkur Nizomning 9-bandiga muvofiq ismini oshkor etmasdan yoki (jismoniy shaxsning xohishiga koʻra) ushbu jismoniy shaxs bilan Boshqarma oʻrtasida tuziladigan ixtiyoriy xayr-ehson qilish toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naqd pulsiz oʻtkaziladigan pul mablagʻlari tarzidagi, shuningdek tovar-moddiy boyliklarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish tarzidagi xayr-ehsonlar faqat xayr-ehson qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs bilan Boshqarma oʻrtasida tuziladigan ixtiyoriy xayr-ehson qilish toʻgʻrisidagi shartnoma asosidagina amalga oshiriladi, QR-kod orqali ixtiyoriy toʻlanadigan xayr-ehsonlar bundan mustasno.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 267-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ixtiyoriy xayr-ehson qilish toʻgʻrisidagi shartnomada taraflarning nomi (jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan joyi (yashash joyi), STIR, xayr-ehson amalga oshirilayotgan shakl, xayr-ehson qilinayotgan pul mablagʻlari summasi, tovar-moddiy boyliklarning nomi, miqdori, qiymati, xayr-ehson tarzida bajarilayotgan ishlarning (koʻrsatilayotgan xizmatlarning) turlari, hajmi, qiymati, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shartlar albatta koʻrsatiladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar yuridik yoki jismoniy shaxs uni qabristonni saqlash va obodonlashtirish bilan bogʻliq xarajatlarning aniq turlarida foydalanish sharti bilan xayr-ehson qilsa, ushbu shart ixtiyoriy xayr-ehson qilish toʻgʻrisidagi shartnomada aniq aks ettirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtiyoriy xayr-ehson qilish toʻgʻrisidagi shartnomani boshqarma nomidan Boshqarma rahbari yoki bunga Boshqarma rahbarining buyrugʻi bilan vakolat berilgan boshqa shaxs (masalan, qabriston nazoratchisi) imzolaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xayr-ehsonlarni amalga oshirish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish uchun tuman (shahar) hokimligining qarori bilan Boshqarma vakili (buxgalter), qabriston nazoratchisi, hududida qabriston joylashgan masjid imom xatibidan iborat tarkibdagi komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tashkil etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 772-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Xayr-ehsonlarni jamgʻarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Pul mablagʻlari tarzidagi xayr-ehsonlarni jamgʻarish va ulardan maqsadli foydalanish maqsadida moliya organlari tomonidan Boshqarma uchun Gʻaznachilikning tegishli boʻlinmalarida kelib tushgan budjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga olish va sarflash boʻyicha shaxsiy hisob raqami ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Naqd pul mablagʻlari tarzida ismini oshkor etmasdan beriladigan xayr-ehsonlarni yigʻish uchun qabriston hududida maxsus ajratilgan joylarda plombalangan turgʻun metall yashiklar (qutilar) oʻrnatiladi, ularni qoʻriqlash qabristonning xizmat koʻrsatuvchi xodimi zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yashiklar (qutilar)dan naqd pul mablagʻlarini olish har oʻn kunda, komissiya barcha aʼzolarining ishtirokida amalga oshiriladi, olingan pul mablagʻlari summasi koʻrsatilgan dalolatnoma majburiy tartibda tuziladi, uni komissiya aʼzolari imzolaydi. Yashiklar (qutilar) komissiya barcha aʼzolarining ishtirokida plombalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yashiklar (qutilar)dan olingan pul mablagʻlari har oʻn kunda komissiya tarkibiga kirgan Boshqarma vakili tomonidan kelib tushgan mablagʻlarni hududiy gʻaznachilik hisob raqamiga oʻtkazish hamda mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq budjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga olish va sarflash boʻyicha tegishli shaxsiy hisob raqamida aks ettirish uchun bankka topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtiyoriy xayr-ehson qilish toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan amalga oshiriladigan naqd pul mablagʻlari tarzidagi xayr-ehsonlar, ushbu shartnomaga muvofiq jismoniy shaxs tomonidan, belgilangan tartibda kelib tushgan mablagʻlarni hududiy gʻaznachilik hisob raqamiga oʻtkazish hamda mazkur Nizomning 8-bandiga binoan budjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga olish va sarflash boʻyicha tegishli shaxsiy hisob raqamida aks ettirish uchun bank orqali oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naqd pulsiz pul mablagʻlari tarzidagi xayr-ehsonlar ixtiyoriy xayr-ehson qilish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaga muvofiq yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan kelib tushgan mablagʻlarni bank orqali hududiy gʻaznachilik hisob raqamiga oʻtkazish va mazkur Nizomning 8-bandiga binoan budjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga olish va sarflash boʻyicha tegishli shaxsiy hisob raqamida aks ettirish uchun oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Xayr-ehsonlarni hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Barcha xayr-ehsonlar majburiy tartibda nazoratchi tomonidan ixtiyoriy xayr-ehsonlarni roʻyxatdan oʻtkazish daftarida roʻyxatdan oʻtkaziladi, mazkur daftar ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shakl boʻyicha yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ixtiyoriy xayr-ehsonlarni roʻyxatdan oʻtkazish daftari ip bilan tikilishi, raqamlanishi, Boshqarma rahbari tomonidan imzolanishi, Boshqarmaning tegishli muhri bilan tasdiqlanishi va temir javonda (seyfda) saqlanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Yashiklar (qutilar)dan olingan naqd pul mablagʻlarini qabriston nazoratchisi komissiya aʼzolari ishtirokida ixtiyoriy xayr-ehsonlarni roʻyxatdan oʻtkazish daftarida roʻyxatdan oʻtkazadi. Naqd pul mablagʻlarini kirim qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xayr-ehsonlar hisobini toʻgʻri yuritish va ixtiyoriy xayr-ehsonlarni roʻyxatdan oʻtkazish daftarining but saqlanishi uchun javobgarlik qabriston nazoratchisi va komissiyaning masʼul aʼzosi — Boshqarma xodimi zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xayr-ehsonlar hisobiga yoki xayr-ehsonlar tarzida bajarilgan ishlar (koʻrsatilgan xizmatlar)ning natijalari, shuningdek tovar-moddiy boyliklar tarzida olingan xayr-ehsonlar qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi, uni komissiyaning barcha aʼzolari, shuningdek ixtiyoriy xayr-ehson qilish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar-moddiy boyliklar va bajarilgan ishlar (koʻrsatilgan xizmatlar)ning turlari, miqdori, hajmi, qiymati qabul qilish dalolatnomasida koʻrsatilishi va ixtiyoriy xayr-ehsonlarni roʻyxatdan oʻtkazish daftarida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Boshqarma budjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga olish va sarflash boʻyicha shaxsiy hisob raqamida jamgʻarilgan xayr-ehsonlarning alohida-alohida hisobini har bir qabriston boʻyicha alohida shaxsiy hisob raqami (kartochka) ochish yoʻli bilan taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Pul tarzida kelib tushgan xayr-ehsonlar mablagʻlarining hisobi qonunchilikka muvofiq maqsadli moliyalash mablagʻlari sifatida amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xayr-ehsonlardan aynan uning foydasiga xayr-ehson qilingan qabristonni saqlash va obodonlashtirishda foydalanilishi kerak. Xayr-ehsonlarni qabristonlar oʻrtasida qayta taqsimlash qatʼiyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Xayr-ehson qiluvchi oʻz nomini oshkor etmagan holda yoki jismoniy va yuridik shaxslardan shartnoma boʻyicha olingan pul mablagʻlari jamgʻarib borilishiga qarab, komissiya qabriston hududida obodonlashtirish boʻyicha ishlar turlarining, shu jumladan obodonlashtirish obyektlarini (tashqi toʻsiq, bino va inshootlar, oʻtish yoʻllari, xiyobonlar, yoʻlkalar, muhandislik tarmoqlari, qurigan daraxtlarni kesish) joriy va mukammal taʼmirlash, axlatni olib chiqib ketish, koʻkalamzorlashtirish, umumiy foydalaniladigan joylarni supurib-sidirish ishlari roʻyxatini tuzadi va Boshqarmaga tasdiqlash uchun kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Komissiya har oyda xayr-ehsonlarning kelib tushishi hamda ulardan turlari boʻyicha maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisida hisobot tuzadi va uni Boshqarmaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqarma xayr-ehsonlarning kelib tushishi va ulardan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisida har chorakda tegishli moliya organlariga hisobot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Xayr-ehsonlar hisobining toʻgʻri yuritilishini va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Boshqarmaga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish joylarini saqlash va obodonlashtirishga yuridik va jismoniy shaxslarning xayr-ehsonlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayr-ehsonlarini roʻyxatdan oʻtkazish daftari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r‎ Jismoniy shaxsning F.I.O. (tashkilotning nomi) pul mablagʻlarini yashik (quti)lardan olish dalolatnomasining tartib raqami va sanasi Xayr-ehson turi‎ Oʻlchov birligi‎ Miqdori (hajmi) summasi‎ Shartnomaning tartib raqami va sanasi (mavjud boʻlganda)‎ Shartnoma boʻyicha tovar-moddiy boyliklarni va pul mablagʻlarini qabul qilib olish dalolatnomasining tartib raqami va sanasi
1.‎
2.‎
3.‎
4.‎
5.‎
6.‎
7.‎
8.‎
9.‎
10.‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 59-son qarori bilan tasdiqlangan Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalari VI boʻlimining 7-paragrafi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“§ 7. Dafn etish joylari (qabristonlar)ni saqlash va ulardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Qabristonlar bevosita tuman, shahar davlat hokimiyati organlari tasarrufida boʻladi, ularni zarur holatda saqlash va obodonlashtirish vazifasi ularga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabristonlarni obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanishga, dafn etish xizmatlari koʻrsatishga doir bevosita faoliyat mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan taʼsis etiladigan tumanlar (shaharlar) obodonlashtirish boshqarmalari (fuqarolik xizmati koʻrsatish boshqarmalari) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Qabristonlarni obodonlashtirish, mukammal va joriy taʼmirlash, ularni zarur holatda saqlash, mablagʻlarni xarajatlarning alohida moddasi boʻyicha ajratgan holda, mahalliy budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Bunda goʻrkovlar va marosim xizmatlari koʻrsatuvchi xodimlar taʼminoti mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan tariflar boʻyicha koʻrsatiladigan pulli xizmatlar uchun aholidan tushadigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabristonlarni saqlash va obodonlashtirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning xayr-ehsonlaridan ham foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabristonlarni obodonlashtirish fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari koʻmagida hashar yoʻli bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabristonlar hududini obodonlashtirish elementlariga qabristonlar hududini toʻsiq bilan oʻrash, dafn joylari, yashil oʻsimliklar, oʻtish joylari, xiyobonlar, yoʻllar va yoʻlkalar, xoʻjalik hovlilari, maʼmuriy binolar va yordamchi imoratlar, muhandislik inshootlari va boshqalar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabristonlar hududi toʻsiqlar bilan oʻraladi hamda oʻzaro yoʻllar va xiyobonlar bilan boʻlingan, tartib raqamlari qoʻyilgan sektorlarga, uchastkalarga boʻlinadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 14-son, 138-modda; 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)