O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(I bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 16-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(II bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ-642-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 21-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(III bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
IV. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 223-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102-modda) 25-moddasining ikkinchi qismidagi “Mehnat vazirligining” degan so‘zlar “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
V. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda):
1) 32-moddasining to‘rtinchi qismidagi “Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga” degan so‘zlar “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 37-moddasi birinchi qismining “a” bandi birinchi va uchinchi xatboshilaridagi, “g” bandidagi, 40-moddasining birinchi qismidagi “Pensiya fondiga” degan so‘zlar “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 43-moddasining to‘qqizinchi qismidagi “Pensiya fondiga” degan so‘zlar “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 52-moddasidagi “ijtimoiy ta’minot organlari” degan so‘zlar “ijtimoiy ta’minot bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
VI. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1993-yil 3-sentabrda qabul qilgan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarorning (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 339-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda) 3-bandidagi “Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga” degan so‘zlar “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
VII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 10, 250-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 153-modda) 17-moddasi birinchi qismidagi 6.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6.1) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi a’zolarini, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlarini tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(VIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi O‘RQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(IX bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
X. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda):
1) 16-moddasining beshinchi qismidagi “ijtimoiy ta’minot” degan so‘zlar “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 17-moddasining uchinchi qismidagi “Mehnat vazirligi va” degan so‘zlar “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 21-moddasining birinchi qismidagi, 22-moddasining ikkinchi qismidagi, 29-moddasining birinchi qismidagi “va ijtimoiy ta’minot”, “ijtimoiy ta’minot”, 21-moddasining uchinchi qismidagi “aholini ijtimoiy himoya qilish” degan so‘zlar “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XI bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 8-yanvardagi O‘RQ-77-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 3-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
XIII. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda) I bo‘limining 5-bandidagi 1-kichik bandning sakkizinchi xatboshisi, 11-bandining 1-kichik bandi, shuningdek 12-bandi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XIV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
XV. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda):
1) 4-moddasining ikkinchi xatboshisi “to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi” degan so‘zlardan oldin “shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 5-moddasi birinchi qismining:
1-bandidagi “va soliqlarni” degan so‘zlar “soliqlar va O‘zbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8-bandidagi “soliqlarni hisoblab chiqarish” degan so‘zlar “soliqlar va O‘zbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 6-moddasi birinchi qismining 1-bandi “to‘g‘ri hisoblab chiqilishi” degan so‘zlardan oldin “shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlarning” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
XVI. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 86-modda; 2001-yil, №1-2, 23-modda) 16-moddasi birinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasiga” degan so‘zlar “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XVII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi O‘RQ-680-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan – Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son)
XVIII. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda):
1) 3-moddasining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“uy-joy fondidan foydalanish va uning asralishini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini yuritadi, uy-joy sohasini rivojlantirishning davlat kompleks dasturlarini qabul qiladi”;
2) 4-moddasi chiqarib tashlansin;
3) 5-moddasi:
ikkinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“uy-joy fondi va boshqa kommunal obyektlarni boshqarish hamda ularga xizmat ko‘rsatish ishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda kommunal xizmatlarga bo‘lgan tarif siyosatini o‘z tasarrufidagi hududda shakllantirish”;
uchinchi—o‘n uchinchi xatboshilari tegishincha beshinchi—o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
XIX. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda):
1) 12-moddasining to‘rtinchi qismidagi “va O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya fondi organlarida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 16-moddasi:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lanishini nazarda tutuvchi soliq solish tizimi qo‘llanilishi mumkin. Aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda aksiz solig‘i to‘laganlari taqdirda, yagona soliq to‘lashga o‘tishlari mumkin. Mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliq solish tizimini tanlash huquqi ushbu modda talablarini inobatga olgan holda beriladi”;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi – oltinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Mikrofirmalar va kichik korxonalar, ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirganlari taqdirda, soliqning qat’iy belgilangan summasini to‘laydilar.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilmagan faoliyatning turlarini amalga oshirganlari taqdirda mikrofirmalar va kichik korxonalar o‘z xohishiga ko‘ra yo yagona soliq, yoki mazkur toifadagi soliq to‘lovchilar uchun nazarda tutilgan barcha soliqlarni jamlagan holda to‘laydilar.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar soliq to‘lash maqsadida ushbu moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan faoliyat turlarining alohida buxgalteriya hisobini yuritishlari shart”;
to‘rtinchi — oltinchi qismlari tegishincha yettinchi — to‘qqizinchi qismlar deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 12-may,
220-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 1-2-son, 3-modda, 52-son, 533-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son, 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son; 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)