1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamgʻarmasi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz milliy tarixi va madaniyatiga, dunyoda eng katta boylik boʻlgan intellektual va maʼnaviy salohiyatga chuqur hurmat bilan yondashish, uni asrab-avaylash va boyitish, shu asosda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash jahondagi har bir davlat va jamiyatning moddiy va maʼnaviy taraqqiyotida, hech shubhasiz, hal qiluvchi oʻrin egallaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu borada dunyo tarixida ilk Sharq Uygʻonish davri — Musulmon Renessansi deb nom olgan oʻrta asrlar va undan keyingi zamonlarda bugungi Oʻzbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning jahon ilm-fani va madaniyati, muqaddas islom dini rivojiga qoʻshgan bebaho hissasi dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan. Xususan, IX — XI asrlarda Xorazmda tashkil etilgan Maʼmun akademiyasi va “Bayt ul-hikma”, yaʼni, “Donishmandlik uyi” degan nom bilan shuhrat qozongan Bagʻdod akademiyasida, XV asrda Samarqandda shakllangan Mirzo Ulugʻbekning ilmiy maktabida samarali mehnat qilgan olimlar, oʻtmishda yurtimizda islom dinining mazmun-mohiyatini chuqur tadqiq qilish va targʻib etish boʻyicha betakror asarlar yaratgan ulamolar butun dunyoga dong taratganlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta asrlarning ilk davrida ulugʻ ajdodlarimiz tomonidan matematika, astronomiya, fizika, kimyo, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq fanlar bilan birga, tarix, geografiya, falsafa, madaniyat va sanʼat, arxitektura sohalarida yaratilgan buyuk ilmiy gʻoya va kashfiyotlar jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojida keskin burilish yasadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz davridagi barcha qiyinchilik va ogʻir sinovlarga qaramasdan, bu alloma va mutafakkirlar ilmu fan ravnaqi yoʻlidagi oʻz burchiga, gumanizm va maʼrifat gʻoyalariga hamisha sodiq qolib, haqiqiy maʼnaviy jasorat namunasini koʻrsatdilar va ularning xalqimiz va bashariyat oldidagi buyuk xizmatlari ayniqsa mustaqillik yillarida munosib hurmat va eʼtibor topib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ulugʻ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bugungi kunda butun maʼrifatli dunyoni hayratga solib kelayotgan ilmiy meros faqat bir millat yoki xalqning emas, balki butun insoniyatning maʼnaviy mulki boʻlib, bu bebaho boylik yangi va yangi avlodlar uchun donishmandlik va bilim manbai, eng muhimi, yangi kashfiyotlar uchun mustahkam zamin boʻlib xizmat qilishi shubhasizdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni vaqtda taʼkidlash lozimki, ana shu betakror ilmiy merosning barcha qatlamlari hali toʻliq oʻrganilmagan va oʻz tadqiqotchilarini kutmoqda. Birgina mamlakatimiz kitob fondlarida saqlanayotgan, asosiy qismi YUNESKOning madaniy meros roʻyxatiga kiritilgan 100 mingdan ziyod qoʻlyozma asarlar ham shundan dalolat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqimizning yaratuvchilik dahosi bilan bunyod etilgan ana shunday noyob merosni ilmiy asosda har tomonlama chuqur oʻrganish, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yaxlit tasavvur uygʻotish, ular bilan aholimiz va jahon jamoatchiligini keng tanishtirish, xalqaro miqyosda dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni yoʻlga qoʻyish, inson qalbi va ongini egallash uchun turli xavf-xatarlar kuchayib borayotgan bugungi murakkab davrda islom dinining insonparvarlik mohiyatini ochib berish, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish, yosh avlodni gumanistik gʻoyalar, milliy gʻurur va iftixor ruhida tarbiyalash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Respublika Milliy gʻoya va mafkura markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Toshkent islom universiteti, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va jamoatchilik vakillari tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz asrlar davomida jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi, islom madaniyati markazlaridan biri boʻlib kelganini aks ettiradigan ilmiy-tarixiy konsepsiyani ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tarkibidagi kutubxona va arxiv, qoʻlyozmalar fondlarini bugungi Oʻzbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlar, aziz-avliyolar, ular tomonidan asos solingan ilmiy va diniy maktablarga doir yurtimizda va chet ellarda saqlanayotgan qadimiy qoʻlyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, arxeologik topilmalar, osori atiqalar, shu yoʻnalishdagi zamonaviy ilmiy tadqiqot ishlari, kitob va toʻplamlar, video va foto hujjatlar hisobidan shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tarkibidagi muzey ekspozitsiyasining mavzu yoʻnalishlarini chuqur oʻylangan, ilmiy asoslangan aniq reja boʻyicha shakllantirish va uni eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida namoyish etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islom dini rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk vatandoshlarimiz — Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Mansur Moturudiy, Abu Muin Nasafiy, Qaffol Shoshiy, Abdulxoliq Gʻijduvoniy, Najmiddin Kubro, Burhoniddin Margʻinoniy, Bahouddin Naqshband, Xoʻja Ahror Valiy kabi allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur tadqiq etish, ularning ilmiy-maʼnaviy jasorati, ulugʻ insoniy fazilatlarini keng targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon ilm-fani tarixida oʻchmas iz qoldirgan Muhammad Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulugʻbek, Ali Qushchi kabi olim va mutafakkirlar merosining tarixiy va zamonaviy sivilizatsiya taraqqiyotidagi oʻrni va ahamiyatini, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib singari mumtoz adabiyot va sanʼat namoyandalari ijodining insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islom dini odamlarni, barcha millat va xalqlarni hamisha nurli hayotga, ezgulik, oʻzaro doʻstlik va insoniylikka daʼvat etishini, uning asl, gumanistik mazmunini teran tahlil etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar jahon ahlini bir maqsad yoʻlida — jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish yoʻlida birlashishga chorlaydigan turli anjumanlar, maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning qadimiy tarixi va madaniyati, davlatchilik anʼanalari, xalqimizning turmush tarzi va dunyoqarashi islom sivilizatsiyasi bilan chambarchas bogʻliq holda shakllanib, rivojlanganini Samarqand, Buxoro, Xeva, Toshkent, Kesh, Nasaf, Termiz, Andijon, Margʻilon, Karmana, Qoʻqon singari qadimiy shaharlarimiz, ulugʻ allomalar va aziz-avliyolar xotirasiga bagʻishlab yurtimizda bunyod etilgan yodgorlik majmualari, muqaddas qadamjolar maketlari, ulugʻ siymolar, noyob qoʻlyozma va toshbosma asarlar, moddiy va nomoddiy meros, xususan, “Shashmaqom” namunalari kabi noyob eksponatlar orqali aks ettirish, shu yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borish, ularning natijalari asosida qomuslar, katalog va albomlar, ilmiy-ommabop toʻplamlar, telekoʻrsatuv, film va boshqa materiallar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazda, mahalliy va chet ellik mutaxassislarni keng jalb etgan holda, ilmiy tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyish va ularning natijalaridan yurtimiz hamda jahon jamoatchiligini xabardor qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yevropa Renessansining shakllanishiga kuchli taʼsir koʻrsatgan Musulmon Renessansi davrida ilm-fan, madaniyat va sanʼat, meʼmorlik rivoji toʻgʻrisidagi keng qamrovli maʼlumotlar pavilyonlarini tashkil etish orqali Markazda namoyish etiladigan ekspozitsiyalarni mazkur davrlarga oid eksponat va koʻrgazmali manbalar bilan boyitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon tarixida “Amir Temur va temuriylar renessansi” degan nom bilan alohida oʻrin egallaydigan davrda yaratilgan ilm-fan, madaniyat va meʼmorlik durdonalarini islom madaniyatining nafaqat yurtimizdagi, balki butun musulmon olamidagi taraqqiyot va yuksalish davri sifatida koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bugungi kunda tobora katta ahamiyat kasb etayotgan dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazining jahondagi nufuzi xalqaro ilmiy muassasa va tuzilmalar, jumladan, YUNESKO, AYSESKO kabi xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktoriga, zarur hollarda, Markazning tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaz faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirish boʻyicha vasiylik kengashining tarkibi 2-ilovaga binoan tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirish boʻyicha vasiylik kengashi Markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazining ustavini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning maʼmuriy va asosiy binolarini (keyingi oʻrinlarda — obyekt deb ataladi), uning tarkibidagi kutubxona va muzeyni hisobga olgan holda, Toshkent shahridagi Hazrati Imom (Hastimom) majmuasiga yondosh hududda qurish, uning zarur moddiy-texnik bazasi va infratuzilmalarini barpo etish hamda rivojlantirish loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish, Markaz faoliyatiga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarorini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorda quyidagi vazifalar belgilanishi nazarda tutilsin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.15.00 Qurilish materiallari. Qurilish texnikasi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning qurilish-montaj va jihozlash ishlarida qoʻllanadigan hamda pudrat tashkiloti va buyurtmachi tomonidan olib kelinadigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventar va jihozlarni oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan roʻyxatlar boʻyicha bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizda ishlab chiqariladigan va chet eldan keltiriladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventar va jihozlarni tender oʻtkazmasdan, ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarning eng yaxshi namunalar boʻyicha takliflari asosida sotib olish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.08 Bojxona ombori]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt uchun moʻljallangan, chet eldan keltiriladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventar va jihozlarni bosh pudratchining ombor maydonlarida (IM-74) (bojxona ombori) bojxona rejimida joylashtirishga ruxsat berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning ilmiy-tarixiy konsepsiyasini ishlab chiqish, uning muzey va kutubxonasi faoliyatini va fondlarini shakllantirish, ekspozitsiyalarini tashkil qilish tartiblarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-tarixiy konsepsiyani ishlab chiqishga xorijiy mutaxassislarni jalb etish va bu boradagi ilgʻor chet el tajribasini oʻrganish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent shahar hokimligi:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.07.00 Uy-joy munosabatlarining tugashi. Koʻchirib chiqarish va boshqa joyga koʻchish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt qurilishi uchun tanlangan yer maydonidagi turar-joy binolari va boshqa inshootlarni belgilangan tartibda buzib olish va koʻchirish ishlarini ikki oy muddatda amalga oshirsin;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan birgalikda obyekt qurilishi uchun tegishli yer maydoni ajratilishini ikki hafta muddatda taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini va qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning madaniy-gumanitar sohadagi nufuzli xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy mamlakatlardagi mazkur yoʻnalishda faoliyat koʻrsatayotgan muassasalar bilan ilmiy hamkorlik oʻrnatish va rivojlantirishda amaliy yordam bersin;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning murojaatiga binoan Markazni tashkil etish, uning faoliyatini rivojlantirish hamda kelgusida oʻtkaziladigan tadbirlarda (konferensiya, simpozium, forum va boshqalar) ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga vizalarning konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaz tomonidan beriladigan buyurtmanomalarga binoan Markazni tashkil etish, uning faoliyatini rivojlantirish hamda ushbu muassasa tomonidan kelgusida oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadigan tegishli xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha propiskadan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini davlat boji undirmasdan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda Markazning shtat jadvalini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.01.00.00 Moliyaviy tizimning umumiy qoidalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilar Markazni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlardan tushadigan ixtiyoriy badallar;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar jismoniy va yuridik shaxslarining homiylik xayriya mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan loyiha va grantlardan ajratilgan mablagʻlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Markazning maʼmuriy va asosiy binolarini qurish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi ishlar mashhur vatandoshimiz, rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning homiylik xayriya mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.04 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mahalliy va xorijiy yuridik hamda jismoniy shaxslarning Markazni tashkil etish va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan homiylik xayriya mablagʻlari daromad soligʻidan ozod qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.15.00 Qurilish materiallari. Qurilish texnikasi;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-apreldagi F-4891-sonli farmoyishi asosida tashkil etilgan Tovarlar (ishlar, xizmatlar) importi hajmini va tarkibini tanqidiy tahlil qilish, import oʻrnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish boʻyicha Komissiya bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat asosida bosh pudratchi tomonidan Markaz uchun olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventar va jihozlar 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi mazkur obyekt qurilishi doirasida qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventar va jihozlarni sotib olish boʻyicha shartnomalarni oʻn kun muddatda ekspertizadan oʻtkazsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.01 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK Markaz buyurtmanomalariga binoan Markazni tashkil etish, uning faoliyatini rivojlantirish hamda ushbu muassasa tomonidan kelgusida oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadigan yuqori martabali mehmonlarga Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining VIP zali orqali bepul xizmat koʻrsatilishini, xorijiy mutaxassislarga mazkur aeroportning VIP zali orqali belgilangan tartibda xizmat koʻrsatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligiga Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazini barpo etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq ishlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari X. Sultonov, R. Komilov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 23-iyunya,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3080-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi PQ-3080-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 43 nafar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi PQ-3080-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirish boʻyicha vasiylik kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.
A. Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Vasiylik kengashi raisi
2.
X. Sultonov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi
3.
J. Quchqorov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari
4.
A. Komilov
—
Tashqi ishlar vaziri
5.
M. Murotov
—
Madaniyat vaziri
6.
E. Gʻaniyev
—
Tashqi savdo vaziri
7.
I. Majidov
—
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
8.
B. Xodjayev
—
Moliya vaziri
9.
M. Ikramov
—
Adliya vaziri
10.
G. Saidova
—
Iqtisodiyot vaziri
11.
M. Tohiriy
—
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi
12.
B. Zokirov
—
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi
13.
A. Sharapov
—
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi
14.
R. Usmonov
—
Toshkent shahar hokimi
15.
A. Usmonov
—
Rossiyalik tadbirkor
16.
O. Yusupov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi
17.
U. Alimov
—
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy
18.
B. Yoʻldoshev
—
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti
19.
J. Ismoilova
—
Oʻzbekiston davlat tarixi muzeyi direktori
20.
N. Qosimov
—
Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi direktori v.v.b.
21.
A. Mavrulov
—
Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi direktori
22.
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom madaniyati markazi direktori, Vasiylik kengash kotibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Vasiylik kengash tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.