23.06.2017 yildagi PQ-3080-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PQ-3420-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘z milliy tarixi va madaniyatiga, dunyoda eng katta boylik bo‘lgan intellektual va ma’naviy salohiyatga chuqur hurmat bilan yondashish, uni asrab-avaylash va boyitish, shu asosda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash jahondagi har bir davlat va jamiyatning moddiy va ma’naviy taraqqiyotida, hech shubhasiz, hal qiluvchi o‘rin egallaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu borada dunyo tarixida ilk Sharq Uyg‘onish davri — Musulmon Renessansi deb nom olgan o‘rta asrlar va undan keyingi zamonlarda bugungi O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning jahon ilm-fani va madaniyati, muqaddas islom dini rivojiga qo‘shgan bebaho hissasi dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan. Xususan, IX — XI asrlarda Xorazmda tashkil etilgan Ma’mun akademiyasi va “Bayt ul-hikma”, ya’ni, “Donishmandlik uyi” degan nom bilan shuhrat qozongan Bag‘dod akademiyasida, XV asrda Samarqandda shakllangan Mirzo Ulug‘bekning ilmiy maktabida samarali mehnat qilgan olimlar, o‘tmishda yurtimizda islom dinining mazmun-mohiyatini chuqur tadqiq qilish va targ‘ib etish bo‘yicha betakror asarlar yaratgan ulamolar butun dunyoga dong taratganlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta asrlarning ilk davrida ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan matematika, astronomiya, fizika, kimyo, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq fanlar bilan birga, tarix, geografiya, falsafa, madaniyat va san’at, arxitektura sohalarida yaratilgan buyuk ilmiy g‘oya va kashfiyotlar jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojida keskin burilish yasadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘z davridagi barcha qiyinchilik va og‘ir sinovlarga qaramasdan, bu alloma va mutafakkirlar ilmu fan ravnaqi yo‘lidagi o‘z burchiga, gumanizm va ma’rifat g‘oyalariga hamisha sodiq qolib, haqiqiy ma’naviy jasorat namunasini ko‘rsatdilar va ularning xalqimiz va bashariyat oldidagi buyuk xizmatlari ayniqsa mustaqillik yillarida munosib hurmat va e’tibor topib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bugungi kunda butun ma’rifatli dunyoni hayratga solib kelayotgan ilmiy meros faqat bir millat yoki xalqning emas, balki butun insoniyatning ma’naviy mulki bo‘lib, bu bebaho boylik yangi va yangi avlodlar uchun donishmandlik va bilim manbai, eng muhimi, yangi kashfiyotlar uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilishi shubhasizdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni vaqtda ta’kidlash lozimki, ana shu betakror ilmiy merosning barcha qatlamlari hali to‘liq o‘rganilmagan va o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda. Birgina mamlakatimiz kitob fondlarida saqlanayotgan, asosiy qismi YUNESKOning madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan 100 mingdan ziyod qo‘lyozma asarlar ham shundan dalolat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqimizning yaratuvchilik dahosi bilan bunyod etilgan ana shunday noyob merosni ilmiy asosda har tomonlama chuqur o‘rganish, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yaxlit tasavvur uyg‘otish, ular bilan aholimiz va jahon jamoatchiligini keng tanishtirish, xalqaro miqyosda dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, inson qalbi va ongini egallash uchun turli xavf-xatarlar kuchayib borayotgan bugungi murakkab davrda islom dinining insonparvarlik mohiyatini ochib berish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yosh avlodni gumanistik g‘oyalar, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Respublika Milliy g‘oya va mafkura markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Toshkent islom universiteti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va jamoatchilik vakillari tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PQ-3420-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz asrlar davomida jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi, islom madaniyati markazlaridan biri bo‘lib kelganini aks ettiradigan ilmiy-tarixiy konsepsiyani ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tarkibidagi kutubxona va arxiv, qo‘lyozmalar fondlarini bugungi O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlar, aziz-avliyolar, ular tomonidan asos solingan ilmiy va diniy maktablarga doir yurtimizda va chet ellarda saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, arxeologik topilmalar, osori atiqalar, shu yo‘nalishdagi zamonaviy ilmiy tadqiqot ishlari, kitob va to‘plamlar, video va foto hujjatlar hisobidan shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tarkibidagi muzey ekspozitsiyasining mavzu yo‘nalishlarini chuqur o‘ylangan, ilmiy asoslangan aniq reja bo‘yicha shakllantirish va uni eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida namoyish etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk vatandoshlarimiz — Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Mansur Moturudiy, Abu Muin Nasafiy, Qaffol Shoshiy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Burhoniddin Marg‘inoniy, Bahouddin Naqshband, Xo‘ja Ahror Valiy kabi allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur tadqiq etish, ularning ilmiy-ma’naviy jasorati, ulug‘ insoniy fazilatlarini keng targ‘ib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon ilm-fani tarixida o‘chmas iz qoldirgan Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi kabi olim va mutafakkirlar merosining tarixiy va zamonaviy sivilizatsiya taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib singari mumtoz adabiyot va san’at namoyandalari ijodining insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islom dini odamlarni, barcha millat va xalqlarni hamisha nurli hayotga, ezgulik, o‘zaro do‘stlik va insoniylikka da’vat etishini, uning asl, gumanistik mazmunini teran tahlil etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar jahon ahlini bir maqsad yo‘lida — jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish yo‘lida birlashishga chorlaydigan turli anjumanlar, ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonning qadimiy tarixi va madaniyati, davlatchilik an’analari, xalqimizning turmush tarzi va dunyoqarashi islom sivilizatsiyasi bilan chambarchas bog‘liq holda shakllanib, rivojlanganini Samarqand, Buxoro, Xeva, Toshkent, Kesh, Nasaf, Termiz, Andijon, Marg‘ilon, Karmana, Qo‘qon singari qadimiy shaharlarimiz, ulug‘ allomalar va aziz-avliyolar xotirasiga bag‘ishlab yurtimizda bunyod etilgan yodgorlik majmualari, muqaddas qadamjolar maketlari, ulug‘ siymolar, noyob qo‘lyozma va toshbosma asarlar, moddiy va nomoddiy meros, xususan, “Shashmaqom” namunalari kabi noyob eksponatlar orqali aks ettirish, shu yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borish, ularning natijalari asosida qomuslar, katalog va albomlar, ilmiy-ommabop to‘plamlar, teleko‘rsatuv, film va boshqa materiallar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazda, mahalliy va chet ellik mutaxassislarni keng jalb etgan holda, ilmiy tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish va ularning natijalaridan yurtimiz hamda jahon jamoatchiligini xabardor qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yevropa Renessansining shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan Musulmon Renessansi davrida ilm-fan, madaniyat va san’at, me’morlik rivoji to‘g‘risidagi keng qamrovli ma’lumotlar pavilyonlarini tashkil etish orqali Markazda namoyish etiladigan ekspozitsiyalarni mazkur davrlarga oid eksponat va ko‘rgazmali manbalar bilan boyitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon tarixida “Amir Temur va temuriylar renessansi” degan nom bilan alohida o‘rin egallaydigan davrda yaratilgan ilm-fan, madaniyat va me’morlik durdonalarini islom madaniyatining nafaqat yurtimizdagi, balki butun musulmon olamidagi taraqqiyot va yuksalish davri sifatida ko‘rsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bugungi kunda tobora katta ahamiyat kasb etayotgan dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining jahondagi nufuzi xalqaro ilmiy muassasa va tuzilmalar, jumladan, YUNESKO, AYSESKO kabi xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.
(2-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PQ-3420-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalariga ilmiy-tadqiqot va o‘quv-uslubiy masalalarda xamda o‘qituvchi va diniy xodimlarning malakasini oshirib borishda amaliy yordam ko‘rsatish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PQ-3420-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PQ-3420-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktoriga, zarur hollarda, Markazning tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaz faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish bo‘yicha vasiylik kengashining tarkibi 2-ilovaga binoan tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-avgustdan boshlab Markaz direktori, uning ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, ilmiy maslahatchisi va ilmiy xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 233-sonli qarorida nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari 2,3 baravar oshirilgan holda tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416-son Farmonida nazarda tutilgan oshirilgan koeffitsiyentlar Markaz direktori, uning ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, ilmiy maslahatchisi va ilmiy xodimlariga tatbiq etilmaydi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi PQ-5186-sonli qaroriga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2021-y., 07/21/5186/0683-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish bo‘yicha vasiylik kengashi Markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda ko‘maklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazining ustavini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning ma’muriy va asosiy binolarini (keyingi o‘rinlarda — obyekt deb ataladi), uning tarkibidagi kutubxona va muzeyni hisobga olgan holda, Toshkent shahridagi Hazrati Imom (Hastimom) majmuasiga yondosh hududda qurish, uning zarur moddiy-texnik bazasi va infratuzilmalarini barpo etish hamda rivojlantirish loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish, Markaz faoliyatiga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarorini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorda quyidagi vazifalar belgilanishi nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning qurilish-montaj va jihozlash ishlarida qo‘llanadigan hamda pudrat tashkiloti va buyurtmachi tomonidan olib kelinadigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventar va jihozlarni o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatlar bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizda ishlab chiqariladigan va chet eldan keltiriladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventar va jihozlarni tender o‘tkazmasdan, ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarning eng yaxshi namunalar bo‘yicha takliflari asosida sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt uchun mo‘ljallangan, chet eldan keltiriladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventar va jihozlarni bosh pudratchining ombor maydonlarida (IM-74) (bojxona ombori) bojxona rejimida joylashtirishga ruxsat berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning ilmiy-tarixiy konsepsiyasini ishlab chiqish, uning muzey va kutubxonasi faoliyatini va fondlarini shakllantirish, ekspozitsiyalarini tashkil qilish tartiblarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-tarixiy konsepsiyani ishlab chiqishga xorijiy mutaxassislarni jalb etish va bu boradagi ilg‘or chet el tajribasini o‘rganish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent shahar hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt qurilishi uchun tanlangan yer maydonidagi turar-joy binolari va boshqa inshootlarni belgilangan tartibda buzib olish va ko‘chirish ishlarini ikki oy muddatda amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda obyekt qurilishi uchun tegishli yer maydoni ajratilishini ikki hafta muddatda ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini va qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning madaniy-gumanitar sohadagi nufuzli xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy mamlakatlardagi mazkur yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar bilan ilmiy hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirishda amaliy yordam bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning murojaatiga binoan Markazni tashkil etish, uning faoliyatini rivojlantirish hamda kelgusida o‘tkaziladigan tadbirlarda (konferensiya, simpozium, forum va boshqalar) ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga vizalarning konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaz tomonidan beriladigan buyurtmanomalarga binoan Markazni tashkil etish, uning faoliyatini rivojlantirish hamda ushbu muassasa tomonidan kelgusida o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadigan tegishli xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasida turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilishi va uning muddati uzaytirilishini davlat boji undirmasdan ta’minlasin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda Markazning shtat jadvalini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilar Markazni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlardan tushadigan ixtiyoriy badallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar jismoniy va yuridik shaxslarining homiylik xayriya mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan loyiha va grantlardan ajratilgan mablag‘lar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Markazning ma’muriy va asosiy binolarini qurish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi ishlar mashhur vatandoshimiz, rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning homiylik xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mahalliy va xorijiy yuridik hamda jismoniy shaxslarning Markazni tashkil etish va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan homiylik xayriya mablag‘lari daromad solig‘idan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-apreldagi F-4891-sonli farmoyishi asosida tashkil etilgan Tovarlar (ishlar, xizmatlar) importi hajmini va tarkibini tanqidiy tahlil qilish, import o‘rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish bo‘yicha Komissiya bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat asosida bosh pudratchi tomonidan Markaz uchun olib kelinadigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventar va jihozlar 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘zbekiston Respublikasining Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi mazkur obyekt qurilishi doirasida qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventar va jihozlarni sotib olish bo‘yicha shartnomalarni o‘n kun muddatda ekspertizadan o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Markaz buyurtmanomalariga binoan Markazni tashkil etish, uning faoliyatini rivojlantirish hamda ushbu muassasa tomonidan kelgusida o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadigan yuqori martabali mehmonlarga Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining VIP zali orqali bepul xizmat ko‘rsatilishini, xorijiy mutaxassislarga mazkur aeroportning VIP zali orqali belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligiga O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini barpo etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq ishlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etilsin.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PQ-3420-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari X. Sultonov, R. Komilov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 23-iyunya,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3080-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi PQ-3080-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vasiylik kengashi

Ilmiy maslahatchi

Direktor

Ilmiy kotib

Direktorning ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

Direktorning axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Direktorning ekspluatatsiya va xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

3

Ilmiy-tadqiqotlar bo‘limi

4

Kadrlar bo‘limi

2

Kompyuter va axborot-texnologiyalari bo‘limi

5

 

Xo‘jalik bo‘limi

8

Islom dini merosini saqlash bo‘limi

3

Yuridik bo‘lim

2

Axborot-multimedia bo‘limi

15

 

Qadimiy yozma manbalar davlat reyestrini yuritish bo‘limi

10

Xalqaro aloqalar va protokol bo‘limi

3

Kutubxona va arxiv hujjatlari bo‘limi

8

 

Ijro nazorati va devonxona bo‘limi

3

Ziyorat turizmi ilmiy-tadqiqot bo‘limi

2

Samarqand qog‘ozi, muqovasozlik va xattotlikning qadimiy an’analarini tiklash bo‘yicha ustaxona-laboratoriya

Malaka oshirish va o‘quv kurslari

Moliya-hisob bo‘limi

3

Muzey va eksponatlar ilmiy bo‘limi

19

Birinchi bo‘lim

1

Nashrlar bo‘limi

3

Qadimiy yozma manbalarni konservatsiya va restavratsiya qilish laboratoriyasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Xodimlarining cheklangan umumiy soni — 100 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 79 nafar.
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi PQ-3080-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish bo‘yicha vasiylik kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A. Aripov

Bosh vazir, Vasiylik kengashi raisi

2.

Sh. Minovarov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

3.

X. Sultonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi-Spichrayteri

4.

B. Musayev

Bosh vazir o‘rinbosari

5.

J. Qo‘chqorov

Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri

6.

S. Umurzakov

Bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdovaziri

7.

A. Abduhakimov

Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri

8.

A. Komilov

tashqi ishlar vaziri

9.

O. Nazarbekov

madaniyat vaziri

10.

A. Toshqulov

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

11.

T. Ishmetov

moliya vaziri

13.

R. Davletov

adliya vaziri

12.

B. Zokirov

qurilish vaziri

13.

M. Azimov

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi

14.

J. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi

15.

A. Usmonov

Rossiyalik tadbirkor

16.

S. Toshboyev

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi

17.

U. Alimov

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy

18.

B. Yo‘ldoshev

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti

19.

J. Ismoilova

O‘zbekiston davlat tarixi muzeyi direktori

20.

M. Xodjimatov

Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

21.

Lavozimi bo‘yicha

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktoriningilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Vasiylik kengashi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi PQ-5186-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2021-y., 07/21/5186/0683-son)