Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Qarori
“Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 15-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1655-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-son “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 12-yanvardagi 2/2 va 3-son “Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1655, 2007-yil 15-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 3-son, 31-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 23-fevral,
2-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 23-fevral,
19-son
Kelishilgan:
Oliy sud raisi K. KAMILOV
2018-yil 23-fevral
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 10/18/1655-1/0899-son)