Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5206-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtachilik tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3408-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5206-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtachilik tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3408-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va “Oʻzpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi A.I. Maqsudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-fevral,
121-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-martdagi 153-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 13-son, 153-modda) bilan tasdiqlangan Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomning 6-bandida:
birinchi xatboshidagi “muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish” soʻzlari “sertifikatlashtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Paxta tolasini eksportga yuklab joʻnatish loyihalarda qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari yoki ularning topshirigʻiga koʻra tashqi savdo kompaniyalari tomonidan tegishli tashkilotlar (“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzstandart” agentligi, Tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi, yuk ekspeditorlari va boshqalar) bilan qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Paxta chigiti resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 31-martdagi 93-son qarorining 8-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-son, 46-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. “Oʻzpaxtasanoat” va “Oʻzpaxtayogʻ” aksiyadorlik jamiyatlari oʻz tarkibiga kiradigan tashkilotlar hamda “Oʻzbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash “Sifat” markazi” davlat korxonasi bilan birgalikda har yili paxta xom ashyosi va chigitni qayta ishlash tugallangandan keyin barcha paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalarida paxta chigitini xatlovdan oʻtkazsinlar va omborlarni tozalasinlar. Xatlov natijalari boʻyicha materiallar har yili hisobot yilining 1-avgustigacha Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etilsin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Paxta chigitini yetkazib berish va undan foydalanish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 18-sentabrdagi 199-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 69-modda):
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-apreldagi 221-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2025-y., 09/25/221/0335-son)
b) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “Sifat” markazining Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi bilan” soʻzlari “Oʻzstandart” agentligi bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-bandning uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston “Sifat” markazi va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) ilovada:
5-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Sifat” markazining” soʻzlari “Oʻzstandart” agentligining “Oʻzbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash “Sifat” markazi” davlat korxonasining (keyingi oʻrinlarda “Sifat” markazi deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
32-bandning ikkinchi xatboshidagi “va “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati hududiy filiallarining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
7. Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilayotgan paxta moyi sifatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 04-sentabrdagi 200-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 35-36-son, 349-modda):
a) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Quyidagi tartib belgilansin, unga muvofiq paxta moyi chiqishi normativlari har yili seleksiya navlari boʻyicha paxta xom ashyosi tayyorlashning haqiqiy hajmlari va chigitning “Oʻzstandart” agentligining Oʻzbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash “Sifat” markazi davlat korxonasi (keyingi oʻrinlarda “Sifat” markazi deb ataladi) tomonidan aniqlanadigan moydorligi hisobga olingan holda respublika mintaqalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan “Oʻzpaxtayogʻ” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda belgilanadi”;
b) 5-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. “Oʻzpaxtayogʻ” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi” bilan birgalikda quyidagilarni taʼminlasin.”.
8. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 9-son, 80-modda) 1-ilovada:
a) 28-pozitsiyaning “Masʼullar” ustunidagi “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlashtirish markazi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzstandart” agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 31-pozitsiyaning “Masʼullar” ustunidagi “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzpaxtayogʻ” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
10. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 1-avgustdagi 214-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi ustavining 8-bandi uchinchi xatboshidagi “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son)
12. Vazirlar Mahkamasining “Sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 3-apreldagi 80-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 4-son, 33-modda):
a) 2-banddagi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 4-bandidagi “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 10-fevraldagi 33-son qaroriga 3-ilovada:
a) “Oʻzpaxtasanoateksport” XK” boʻlimining nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzpaxtasanoat” AJ”;
b) 148 va 167-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 8-son, 81-modda) bilan tasdiqlangan Kichik tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan tashkilotlarning tasniflagichi 52.1-guruhi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
“ |
Guruh |
Klass |
Kichik klass |
Nomi |
Xodimlarning oʻrtacha yillik soni |
| |
|
mikrofirmalar |
kichik korxonalar |
| |||||
|
52.1 |
Omborga joylashtirish va saqlash |
||||||
|
52.10 |
52.10.0 |
Omborga joylashtirish va saqlash (“Oʻzpaxtasanoat” AJning mintaqaviy paxta terminallaridan tashqari) |
1 — 20 |
21 — 50 |
|||
|
52.10.0 |
Omborga joylashtirish va saqlash (“Oʻzpaxtasanoat” AJning mintaqaviy paxta terminallarida) |
1 — 20 |
21 — 100 |
”. | |||
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) 1-ilovaning 53-bandidagi “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalari oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun loyihalar tashabbuskorlari boʻlgan tashkilotlarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-maydagi 285-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 20-son, 365-modda) 2-ilovaning 15-bandidagi “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika paxta tozalash sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 12-iyundagi 252-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 29-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2003-yil 29-sentabrdagi 414-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 91-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 20-oktabrdagi 451-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 100-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda) 3-ilovaning 17-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2009-yil 20-maydagi 142-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 5-son, 37-modda) 1-ilovaning 9-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari oʻrtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablagʻlarning bir qismini jamlash va ulardan fermer xoʻjaliklarining foydalanishi tartibi toʻgʻrisida” 2011-yil 4-fevraldagi 30-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 7-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-son qarori)” 2015-yil 25-dekabrdagi 372-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 12-son, 110-modda) 1-ilovaning 3-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 12.04.2025-y., 09/25/221/0335-son)