04.02.2011 yildagi 30-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.02.2018
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtiradigan fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi;
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qaroriga muvofiq paxta tolasini sotishning ichki (sotish bo‘yicha xarajatlarni hisobga olgan holda) va amaldagi narxlari o‘rtasidagi ijobiy tafovutning (keyingi o‘rinlarda ijobiy tafovut deb ataladi) 50 foizini jamlash va ulardan paxta xomashyosi yetishtirayotgan fermer xo‘jaliklarining foydalanishi tartibini belgilaydi.
5. “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari hosil olingan yilning 5-dekabrigacha (2010-yil hosili bo‘yicha 2011-yil 5-fevralgacha) ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Jamg‘armaga tayyorlangan paxta xomashyosi hajmining amaldagi qiymati to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
7. Jamg‘arma tomonidan har oyda oyning 5-kunidan kechikmay 23226-maxsus hisob raqamida jamlangan mablag‘lar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ijobiy tafovut summasini “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiali bo‘yicha taqsimlash hisob-kitobiga muvofiq “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filialining 23226-son maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiali bir ish kuni mobaynida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ijobiy tafovut summasini paxta tozalash korxonalari bo‘yicha taqsimlash hisob-kitobiga muvofiq paxta tozalash korxonalarining 23226-son maxsus hisob raqamiga o‘tkazadilar.
Paxta tozalash korxonalari uch ish kuni mobaynida mablag‘larni ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ijobiy tafovutni fermer xo‘jaliklari bo‘yicha taqsimlash hisob-kitobiga muvofiq fermer xo‘jaliklarining 23226-son maxsus hisob raqamiga o‘tkazadilar.
Yangi hosil bo‘yicha ijobiy tafovutning jamlangan mablag‘lari fermer xo‘jaliklariga faqat ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan ma’lumotlar taqdim etilgandan keyin ushbu bandda belgilangan izchillikda yuboriladi.
“O‘zagrolizing” AJ, “O‘zmashlizing” MChJning 23226-maxsus hisob raqamlariga tushadigan mablag‘lar Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qaroriga muvofiq to‘lov topshiriqlari bilan to‘liq hajmda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari fondlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini texnika bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi oldidagi qarzlarni to‘lashga yo‘naltiriladi.