Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar eksport qilinishini ragʻbatlantirish va raqobatbardoshligini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar eksport qilinishini ragʻbatlantirish va raqobatbardoshligini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-son Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Bosh vazir oʻrinbosari — “Oʻzgarotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va tashqi savdo vaziri J.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-fevral,
102-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 102-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qaroriga asosan 2020-yil 16-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 45-46-son, 478-modda) bilan tasdiqlangan “Bir darcha” tamoyili boʻyicha eksportga yetkazib berishlar bilan bogʻliq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini roʻyxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son va “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar eksport qilinishini ragʻbatlantirish va raqobatbardoshligini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-son Farmonlariga 1-ilovalarda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3351-son qaroriga ilovada nazarda tutilgan tovarlar uchun eksport kontraktlari (qonun hujjatlariga muvofiq eksport kontraktlariga tenglashtirilgan kontraktlardan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmatlari organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga qoʻyiladi”.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 102-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarorining 1-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Ulgurji va birja savdosini tashkil etish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 1-maydagi 198-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 5-son, 24-modda) 5-ilovaning 3-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish boʻyicha Bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 20-noyabrdagi 240-son qarorining 8-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Xayraton va Mozori Sharif oʻrtasidagi temir yoʻl liniyasini loyihalashtirish, qurish, oʻrnatish va foydalanishga topshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 20-noyabrdagi 298-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 48-son, 514-modda) 6-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Xayraton-Mozori-Sharif” temir yoʻl liniyalarini qurish va ulardan foydalanish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 22-iyundagi 187-son qarori 3-bandining beshinchi xatboshi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Xayraton-Mozori Sharif” temir yoʻl liniyasidan foydalanish va unga xizmat koʻrsatish” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida” 2015-yil 14-apreldagi 91-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 15-son, 180-modda) 3-bandining toʻrtinchi xatboshi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 7-iyuldagi 477-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 28-son, 654-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/102/0685-son; 15.05.2020-y., 09/20/283/0587; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)