06.02.2018 yildagi PQ-3509-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmonini ijro etish, shuningdek, respublikaga turistlar oqimini ko‘paytirish, kirish turizmini milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biriga aylantirish, mamlakatning madaniy-tarixiy merosi va tabiiy boyliklarini keng targ‘ib qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viza rejimini yanada soddalashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kirish turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizmni rivojlantirish masalalarida o‘zaro hamkorlikni faollashtirishni ta’minlash bo‘yicha mas’ullar biriktiriladigan mamlakatlar va hududlar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi PQ-3836-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada Ziyorat turizmini qo‘llab-quvvatlash bo‘limini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin, unga ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, xorijiy ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston to‘g‘risida Islom dini va boshqa jahon dinlarining madaniy-tarixiy va ilmiy-teologik markazi sifatida axborot materiallarini targ‘ib qilish va tarqatish yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Tashqi ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustuvor mamlakatlar va hududlardan O‘zbekiston Respublikasiga turistlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Turizm qo‘mitasi va “Uzbekistan airways” AJ O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini O‘zbekistonning turizm imkoniyatlarini namoyish etadigan zarur axborot materiallari bilan ta’minlasin, shuningdek, zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga joylashgan mamlakatida “O‘zbekiston” turizm brendini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazish uchun Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan mablag‘lar ajratsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moliya vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda xorijiy turistlarni jalb qilish prognozini va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari va xodimlarini joylashgan mamlakatdan turistlar oqimini ko‘paytirganlik uchun budjet mablag‘lari hisobidan mukofotlash, shuningdek, respublikaga turistlar oqimini oshirish bo‘yicha yuklangan vazifalarni lozim darajada bajarmaganligi uchun javobgarlik choralarini qo‘llash tartibini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKga O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda xorijiy turistlarni jalb qilish prognozini tasdiqlash hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning xorijdagi vakolatxonalari rahbarlari va xodimlarini joylashgan mamlakatidan turistlar oqimini ko‘paytirganlik uchun o‘z mablag‘lari hisobidan mukofotlash, yuklangan vazifalarning bajarilishi ta’minlanmagan holatlarda esa, javobgarlik choralarini qo‘llash tizimini joriy etish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKga qatnovlar raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida xalqaro qatnovlar uchun aviachiptalarni tannarxidan past narxlarda sotish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bilan birgalikda ikki oy muddatda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning soliq solinadigan bazasini arzonlashtirilgan narxlar bo‘yicha sotilgan aviachiptalar summasiga kamaytirish mexanizmini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-martgacha turistlarga tezkor yordam ko‘rsatish uchun yagona qisqa umumrespublika telefon raqamiga ega bo‘lgan Call-markazning faoliyati autsorsing shartlarida tashkil etilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Call-markazga murojaat qilgan turistlarga tezkor yordam ko‘rsatish masalalarida idoralararo o‘zaro hamkorlikni ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Turizm qo‘mitasining Sall-markazi faoliyat yuritishi bilan bog‘liq xarajatlar Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistlar uchun yo‘nalishni mo‘ljalga olishni yengillashtirish maqsadida chet tillaridagi (ingliz, rus va boshqa tillarda) ko‘rsatkichlarni o‘rnatish tashabbusi bilan chiqqan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ushbu ko‘rsatkichlarda ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar (xizmatlar va ishlar)ning reklamasini joylashtirish huquqi beriladi, bunda reklama sohasiga oid qonunchilik talablariga rioya qilinishi ta’minlangan holda joylashtirilayotgan reklamaning umumiy maydoni ko‘rsatkich maydonining 40 foizidan ko‘p bo‘lmasligi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistlar tomonidan jamoat joylari, bino va inshootlarni foto va video suratga olish hech qanday cheklovlarsiz amalga oshiriladi, ro‘yxati qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan hamda barcha turdagi suratga olishlar taqiqlanganligi haqidagi tegishli ko‘rsatkichlar o‘rnatilgan obyektlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi va Madaniyat vazirligi har chorakda va yil yakunlariga ko‘ra respublikaning turizm imkoniyatlari va salohiyati, uning tarixiy shaxslari, tarixi, madaniyati, an’analari, sporti to‘g‘risidagi eng yaxshi video, foto va audiomateriallarni aniqlash bo‘yicha tanlovni tashkil qilish va o‘tkazish orqali mahalliy va chet ellik g‘oliblarni aniqlagan holda tegishlicha Ekologiya jamg‘armasi, Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga taqdirlashni ta’minlasin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda 2018-yildan boshlab har yili daromadlar prognozi ortig‘i bilan bajarilgan mablag‘lar va boshqa budjetdan tashqari manbalarning mablag‘lari hisobiga xalqaro turizm ko‘rgazmalari va yarmarkalarida ishtirok etish, keyinchalik chet el jamoatchiligi orasida tarqatish maqsadida tegishli axborot materiallarini tayyorlash hamda xorijiy ommaviy axborot vositalarida reklama kampaniyalarini ishga solish orqali hududlarning turizm salohiyatini targ‘ib qilish uchun mablag‘lar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oltin buyumlar hamda belgilangan tartibda tayyorlangan o‘lchovli yombilar xorijiy turistlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi tartibining soddalashtirilishini nazarda tutadigan Hukumat qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat vazirligi va “O‘zbekkino” milliy agentligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi hamda “O‘zbekkino” milliy agentligining buyurtmanomalariga ko‘ra xorijiy ijodiy guruhlarga respublikaning turizm salohiyati to‘g‘risidagi foto va videomateriallarni tayyorlash uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini, jumladan, dronlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomalarni berish tartibini ko‘zda tutadigan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida “Qarshi” xalqaro aeroportini “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning tarkibidan chiqarib, xalqaro aeroportlarni boshqarish bo‘yicha maxsus kompaniya boshqaruviga berish, aeroport hududida “Ochiq osmon” rejimini, shu jumladan, loukoster aviakompaniyalarini jalb qilgan holda joriy qilishni nazarda tutuvchi “Qarshi” xalqaro aeroportini rivojlantirish konsepsiyasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Xorijlik turistlar, jumladan, ziyorat qilish maqsadida kelayotgan turistlar uchun viza va ro‘yxatdan o‘tish tartibotlarini bosqichma-bosqich soddalashtirishga doir takliflar tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhga har chorakda tegishli ma’lumotlar kiritgan holda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Viza rejimini yanada soddalashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasining amalga oshirilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Turizm qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda:
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Kirish turizmini rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring yakuniga ko‘ra Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga rejalashtirilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda so‘zsiz bajarilishini ta’minlash maqsadida tegishli qarorlarni qabul qilish uchun har chorakda takliflar kiritib borilishini ta’minlasin.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (A. Aripov):
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarning so‘zsiz, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan doimiy va tizimli nazorat tashkil etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari — mas’ul ijrochilarning ushbu qaror bilan tasdiqlangan Kirish turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasining so‘zsiz bajarilishi yuzasidan ular tomonidan ko‘rilayotgan amaliy choralarning har chorakda eshitilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.R. Xolmuradov va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 6-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3509-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3509-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viza rejimini yanada soddalashtirish bo‘yichaamaliy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi va amalga oshirish mexanizmi

Ijro etishmuddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Qisqa muddatli kirish vizalari (72 soat) taqdim etish mexanizmini, bunda uchinchi mamlakatga aviabilet va vizasi mavjud bo‘lgan (zarur hollarda) va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlaydigan miqdorda konsullik yig‘imlarni nazarda tutib, shuningdek, xorijiy fuqarolarni aeroportning chegara zonasidan tashqari chiqishini nazorat qiluvchi tasdiqlangan turistik dasturlar bo‘yicha tanishtirish turi uchun qisqa muddatli (soat 8.00 dan 21.00 gacha) nazorat qiluvchi (kuzatib boruvchi) vizani joriy etish.

2018-yil, may

Tashqi ishlar vazirligi, MXX,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirliklar va idoralar

2.

Xalqaro tajribani o‘rganish asosida barcha tashkiliy va texnik masalalarni hal etgan holda elektron kirish vizalarini berish tizimini loyihalashga texnik topshiriq tayyorlash.

2018-yil, fevral

DPM, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, MXX, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

3.

Elektron kirish vizalarini berish tizimini tatbiq etish bo‘yicha loyihani amalga oshirish va loyiha bosh pudratchisini aniqlash bilan bog‘liq tegishli tashkiliy-texnik tadbirlarni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlashga kiritish.

2018-yil, mart

DPM, Tashqi ishlar vazirligi, IIV, MXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, vazirliklar va idoralar

4.

Elektron kirish vizalar tizimini loyihalashga va amalga oshirishga loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2018-yil, aprel

DPM, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, MXX, vazirliklar va idoralar

5.

Ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olib, elektron kirish vizalarini rasmiylashtirish va berish tartibini aniq belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2018-yil, aprel

DPM, Tashqi ishlar vazirligi, IIV, MXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, vazirliklar va idoralar

6.

Xalqaro “Visa”, “Master card” va boshqa to‘lov tizimlarini joriy etish uchun uchun texnologik yo‘riqnomalar (spetsifikatsiyalar) taqdim etish bilan birga “Elektron viza” O‘zbekiston Respublikasi rasmiy davlat portali negizida yaratilayotgan elektron kirish vizalarini berishga to‘lovni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish.

2018-yil, fevral

Markaziy bank, DPM, Tashqi ishlar vazirligi, IIV, MXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

7.

Elektron kirish vizalarini berish tizimini amalga oshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarning tegishli hisob-kitoblari va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida, uni ro‘yobga chiqarishda moliyalashtirish manbalarini, xorijiy fuqarolarga respublika hududiga kirishida elektron kirish vizasini rasmiylashtirish va berishga davlat boji miqdorini, shuningdek, xalqaro “Visa”, “Master card” va boshqa to‘lov tizimlaridan foydalanishda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bankning foiz stavkalarini aniqlash.

2018-yil, fevral

Moliya vazirligi,

DPM, Tashqi ishlar vazirligi, IIV, MXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirliklar va idoralar

8.

Elektron kirish vizalarini berish tizimida ishtirok etayotgan vazirliklar va idoralarga zarur uskunalarni sotib olish va o‘rnatib berish, maxsus dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish orqali apparat-dasturiy kompleks bilan ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasporti infratuzilmasidan foydalangan holda elektron kirish vizalarini berish tizimini sinov testlaridan o‘tkazish.

2018-yil, iyun

DPM, Tashqi ishlar vazirligi, IIV, MXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, vazirliklar va idoralar

9.

Kirish vizalarini olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida xorijiy fuqarolar tomonidan berilgan yozma arizalariga muvofiq, va rasmiylashtirish jarayoni bo‘layotgan mamlakatda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi bo‘lishidan qat’iy nazar xalqaro aeroportlarda kirish vizalarini berish tizimini o‘rnatilgan tartibda kengaytirish.

doimiy

Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

10.

Davlat personallashtirish markazida Markazning shtat birligini oshirish bilan birga elektron kirish vizalarini olish uchun xorijiy fuqarolardan kelib tushadigan ma’lumotlarni kecha-kunduz ta’minlashga mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tuzilma yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2018-yil, iyul

DPM, Tashqi ishlar vazirligi, IIV, MXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, vazirliklar va idoralar

Respublikaning amaldagi biometrik pasport tizimi infratuzilmasidan foydalangan holdaelektron arizalarni qabul qilishni amalga oshirish, loyiha ishtirokchilariga elektron arizalar to‘g‘risida ma’lumotlarni taqsimlash, javoblarni olish va birlashtirish, shuningdek, arizachiga natijalarni taqdim etish.

doimiy

11.

Xorijiy fuqaroni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida avtomalashtirilgan axborot tizimlari vositasi bilan Ichki ishlar vazirligiga ma’lumot yuborish orqali respublika hududida xorijiy fuqarolarni bo‘lishini hisobga olish va nazorat qilishni ta’minlash.

doimiy

IIV, DPM, MXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, vazirliklar va idoralar

12.

Elektron kirish vizalarini berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida ma’lumot almashish masalalaridaxorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni o‘rnatish.

doimiy

DPM, Tashqi ishlar vazirligi, MXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

13.

O‘zbekiston Respublikasi hududida viza rejimini buzgan xorijiy fuqarolar javobgarligini yanada liberallashtirish bo‘yicha ilg‘or chet el tajribasini hisboga olib, takliflar tayyorlash.

2018-yil, avgust

IIV, Tashqi ishlar vazirligi, MXX, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

14.

Viza va ro‘yxatga olish tartib-taomillari to‘g‘risida:

xorijiy fuqarolarga axborot va videomateriallar ishlab chiqish;

ma’lumot materiallarini O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik missiyalarida, havo kemalari va poyezdlarda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini kesib o‘tayotgan paytda nazorat-o‘tish punktlarida namoyon qilish orqali xorijiy fuqarolar o‘rtasida ogohlantiruvchi va profilaktika ishlarini o‘tkazish.

doimiy

IIV, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, DBQ, MXX, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Milliy teleradiokompaniyasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3509-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kirish turizmini yanada rivojlantirish bo‘yichaamaliy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi va amalga oshirish mexanizmi

Ijro etish muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Havo kemalarida qo‘shimcha pullik xizmatlarni, shu jumladan, qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, xabarlar jo‘natish va Internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalanishni taqdim etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil, mart

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK

2.

Ekonom-klass yo‘lovchilari uchun O‘zbekiston Respublikasidan uchib ketishda pul to‘lanmasdan olib chiqishga ruxsat etilgan yuk og‘irligi qo‘shimcha 10 kg ga oshirish.

2018-yil, fevral

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK

3.

Jismoniy shaxslarning o‘z ehtiyojlari uchun bojxona to‘lovlari solinmaydigan, olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlar normasini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

2018-yil, fevral

DBQ, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, MXX,

vazirliklar va idoralar

4.

Havo kemalari bortida translyatsiya qilish uchun “yashil/qizil yo‘lak” mavzusida maxsus axborot videoroliklarini yaratish.

2018-yil, fevral

DBQ, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, Milliy teleradiokompaniyasi

5.

Bir-biriga yaqin bo‘lgan xizmatlar xodimlarini (bojxona, chegara va boshqa nazorat turlari) keyinchalik tegishli sertifikat berilishi bilan birga xalqaro aeroportlarda va O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l vokzallarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish.

doimiy

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, DBQ, MXX

6.

“Qarshi” xalqaro aeroportini uni “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tarkibidan chiqarib xalqaro aeroportlarni boshqarish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kompaniya boshqaruviga topshirishni nazarda tutgan holda rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida mashhur loukoster aviakompaniyalarini jalb qilib, aeroport hududida “Ochiq osmon” rejimini joriy etish.

2018-yil, iyun

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, Davavianazorat, Qashqadaryo viloyat hokimligi

7.

Turizm avtobuslarda chegarani kesib o‘tuvchi turizm guruhlar uchun chegaralarda qo‘shni davlatlar bilan chegara nazoratidan tez o‘tish mexanizmini joriy etish (mazkur mexanizmni joriy etishdan avval turizm faoliyati subyektlari buyurtmasiga ko‘ra turizm avtobuslar uchun chegara nazoratidan o‘tishda alohida yo‘lak tashkil etishni ta’minlash).

2018-yil, mart

DBQ, MXX, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

8.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning O‘quv-mashg‘ulot markazi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish Respublika markazi” DUK va va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari negizida xalqaro aeroport va temir yo‘l vokzallarining bojxona va chegara nazorati xodimlari uchun bepul xorijiy tillarni o‘rgatuvchi sirtqi bir yillik (sertifikat olish uchun), uch oylik (malaka oshirish uchun), bir haftalik (malakasini tasdiqlash uchun har besh yilda) kurslarini tashkil etish.

doimiy

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, DBQ, MXX

9.

Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida davlat-hususiy sheriklik asosida xalqaro aeroportlarini temir yo‘l vokzallari va avtovokzallar bilan, shuningdek, yirik mehmonxonalar bilan bog‘lovchimaxsus avtobuslar (shuttle-bus) aviareyslar jadvali bilan bog‘liqligini nazarda tutgan holda qatnashini ta’minlash.

2018-yil, mart

Samarqan, Buxoro, Xorazm va Toshkent shahar hokimliklari, “O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti” agentligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK,“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

10.

O‘zbekiston tibbiyot turizmini yuksaltirish va xorijdan qo‘shimcha oqimni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi davolash, sanatoriya-kurort muassasalarining yagona reyestri va ular tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxatini yaratish.

2018-yil, mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi

11.

Shaxarlarda va turistlarga xizmat ko‘rsatiladigan obyektlarda vaqti-vaqti bilan mavsumiy chegirmalar o‘tkazish va turli diskont tizimlarni tatbiq qilish bilan birga mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport qilinadigan tovarlarga ixtisoslashtirilgan savdo maydonlarini tashkil etish.

doimiy

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

12.

Mamlakatda imkoniyatlar va turistlarga sharoitlar to‘g‘risida axborot materiallari tayyorlashlari maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ijodiy suratga olish guruhlari, jurnalistlar, blogerlar va OAV vakillarining kelishini tashkil etish ishlarini faollashtirish.

doimiy

Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport davlat qo‘mitasi (Goskomsport), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Milliy teleradiokompaniyasi, Badiiy akademiyasi

13.

O‘zbekiston Respublikasida hududida turizm salohiyati, tabiati, o‘zbek halqining madaniyati, urf-odatlari va yashash tarzi to‘g‘risida materiallarni suratga olish niyatidagi xorijiy televizion kompaniyalar, jurnalistlar, hujjatli kinochilar va boshqa ijodiy guruhlarga O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining yozma iltimosnomasiga binoan ikki kun muddatda vaqtincha akkreditatsiya qilishni nazarda tutuvchi vaqtinchalik akkreditatsiya qilishning yangilangan tartibini yo‘lga qo‘yish.

2018-yil, fevral

Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

14.

Mahalliy mahsulotlarni eksport qiluvchilar uchun qadoqlarda, texnik pasportlarda, eksport qilinadigan mahsulotdan foydalanishdagi qo‘llanmalarda “Welcome to Uzbekistan” savdo belgisi “Uzbekistan.travel” portalini ko‘rsatgan holda va tegishli QR-kodidan majburiy foydalanish, shu jumladan o‘zi yopishtiriladigan etiketkalarni qo‘llashni joriy etish.

2018-yil,

mart

“O‘zstandart” agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK

15.

Xorijiy OAV va turizm sohasining mutaxassislariga O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining yozma iltimosnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-sentabrdagi “Xorijiy ommaviy axborot vositalari va turizm sohasi tashkilotlari vakillari uchun O‘zbekistonda axborot turlarini tashkil etish to‘g‘risida” 747-son qarorida nazarda tutilgan 200 aviabiletga qo‘shimcha ravishda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK xalqaro reyslariga har yili 200 aviabiletlarni bepul taqdim etish.

doimiy

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

16.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining yozma iltimosnomasiga ko‘ra“O‘zbekiston” milliy turizm brendini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan tadbirlarni o‘tkazish uchun mahalliy ijodiy guruhlar va estrada artistlarini O‘zbekiston Respublikasi diplomatik missiyalariga yuborish.

doimiy

Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

17.

Madaniy meros obyektlarida, temir yo‘l vokzallarida, aeroportlarda va mehmonxonalarda ijrochilarning o‘z mablag‘lari hisobiga turizm-ma’lumot markazlarini tashkil etish, shu bilan birga mazkur markazlarni jihozlash, xizmat ko‘rsatishning firma uslubini qo‘llash, xizmatlar turlari, sim-kartalar, turli madaniy-ommaviy tadbirlarga biletlar, mamlakatning turizm markazlariga qisqa muddatli turlar, shuningdek, temir yo‘l va aviabiletlar sotishbo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqishni nazarda tutish.

2018-yil, aprel

Madaniyat vazirligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

18.

Wi-Fi ochiq tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini, shu bilan birga, unda Wi-Fi ochiq tarmoqlaridan foydalanuvchilar uchun talablarni kiritgan holda, shuningdek, mobil operatorlarning sim-kartalarini sotib olish, bunda shartnomada xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatilgan ma’lumot haqidagi talabni chiqarib tashlashni nazarda tutuvchi qoidalarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil, mart

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirliklar va idoralar

19.

Xorijiy va mahalliy turistlarni O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Call-markaziga qisqa telefon raqamiga murojaat qilish imkoni to‘g‘risida, shuningdek, qisqa matnli bepul xabarlar yuborish orqali Xavfsiz turizm dasturining aksiya va faoliyati to‘g‘risida hamda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturiaxborot mexanizmini joriy qilish.

2018-yil, fevral

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, IIV, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, mobil aloqalar operatorlari, vazirliklar va idoralar

20.

O‘zbekistonga eng ko‘p turistlar oqimini ta’minlovchi, xorijiy mamlakatlarda keyinchalik translyatsiya qilish maqsadida xorijiy hamkorlarga O‘zbekiston tarixini, madaniyatini va urf-odatlarini, shu jumladan, turizm salohiyatni namoyon etuvchi materiallar (qisqa metrajli videoroliklar, kinofilmlar va boshqa audiovizual mahsulotlar)ni bepul taqdim etish amaliyotini ishlab chiqish va joriy etish.

2018-yil, mart

Milliy teleradiokompaniya, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

21.

O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy jamoat arboblari, mashhur sporchilar, ilm-fan, madaniyat va san’at vakillari, musiqachilarini ularga respublikaning turizm markazlari bilan tanishtiruv safarlarini o‘tkazgan holda, ularning tashrifini xorijiy OAVlarida, shu jumladan, mashhur ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini ta’minlagan holda ularning tashrifini muntazam tashkillashtirishni amaliyotga joriy etish.

doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Sport davlat qo‘mitasi, Badiiy akademiya

22.

Xorijiy delegatsiyalarni har jihatdan qulay kelishi va opertiv o‘tishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi buyurtmalari bo‘yicha respublikaning rasmiy delegatsiyalar va “Business Lounge” xalqaro aeroportlar zallarida oyiga 10 tagacha xorijiy delegatsiyalarini, yirik xorijiy OAV, investitsiya va turizm kompaniyalar vakillarining uchrashuvlari va kuzatuvlarini beg‘araz tashkillashtirish.

doimiy

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

23.

Xorijiy kinokompaniyalar O‘zbekiston Respublikasi hududida sruatga olish ishlarini o‘tkazishlari uchun kerakli hujjatlarni olish tartib-taomillarini tubdan soddalashtirishni nazarda tutuvchi, shuningdek, tele- va kino suratga olish uskunalarini, rekviziti va materiallarni suratga olish uchun boshqa zarur uskunalarni taqdim etishda ularni “O‘zbekkino” Milliy agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi saytida e’lon qilish qilgan holda ijara pulining maqbul qat’iy stavkalarini belgilovchi hukumat qarorining loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil, aprel

“O‘zbekkino” Milliy agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirliklar va idoralar

24.

Mahsulotlar va xizmatlarni, shu jumladan, “Halal”, “Kosher” va “Vegan”ni ixtiyoriy sertifikatlash tizimini ishlab chiqish va tatbiq etish chora-tadbirlari rejasi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2018-yil, aprel

“O‘zstandart” agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi

25.

Respublikaning tarixiy shaharlarida bojsiz savdo do‘konlar (Duty Free) faoliyatini tashkil etish hamda xalqaro aeroportlarda sotib olingan “Tax Free” tizimi iste’mol tovarlariga qo‘shilgan qiymatsolig‘i summasi qaytarish mexanizmini (zarur hollarda ixtisoslashtirilgan xorijiy kompaniyalarni jalb qilish bilan birga) joriy etish.

2018-yil, aprel

Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

26.

Xorijiy mamlakatlarning siyosiy, madaniy, sport, ishbilarmonlar doirasidan ko‘zga ko‘ringan salohiyatli nomzodlar ro‘yxatini aniqlashni nazarda tutuvchi xorijiy mamlakatlarda O‘zbekiston turizm brendi elchisi institutini tashkil etish;

Xorijda O‘zbekiston turizm brendi elchilarining funksional vazifalari va hamkorlik qilish mexanizmlarini, shu jumladan, O‘zbekistonga yiliga ikki marotaba kelishlarini belgilash;

O‘zbekiston turizm brendi elchilari ishtirokida reklama aksiyalarini, shu jumladan shartnoma tuzish asosida o‘tkazishni ishlab chiqish.

2018-yil, mart

doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirliklar va idoralar

27.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi buyurtmanomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi vakillariga xalqaro turizm ko‘rgazmalarida qatnashish va “O‘zbekiston” yagona milliy brendini taqdim etish maqsadida xalqaro aviareyslarga aviabiletlar va normadan ortiq yukni bepul olib o‘tishni ta’minlashda:

beshtadan ko‘p bo‘lmagan, chegirma miqdori 75 foizdagi aviabiletlar va 500 kg gacha normadan ortiq yukni (reklama va boshqa materiallar) — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bo‘linmalari va tashkilotlari vakillariga, shuningdek, uchta aviabiletdan ko‘p bo‘lmagan va 50 kg gacha normadan ortiq yukni (reklama materiallari va suvenirlar) — barcha turizm kompaniya-ishtirokchilarga;

ikkitadan ko‘p bo‘lmagan, chegirma miqdori 25 foizdagi aviabiletlar va 20 kg gacha normadan ortiq yukni (reklama materiallari va suvenirlar) — barcha turizm kompaniya-tashrif qiluvchiga;

o‘ntadan ko‘p bo‘lmagan, chegirma miqdori 90 foizdagi aviabiletlar va 500 kg gacha normadan ortiq yukni (musiqa asboblari va apparaturalari) — folklor va raqs guruhlari a’zolariga;

5 tadan ko‘p bo‘lmagan, chegirma miqdori 75 foizdagi aviabiletlar va 100 kg gacha normadan ortiq yukni (suratga olish uskunalari) — ommaviy axborot ositalari vakaillariga.

2018-2019-yillar

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

28.

Xalqaro to‘lov tizimi bilan ishlovchi bankomatlar va terminallar o‘rnatilishi zarur bo‘lgan turistlar tomosha qiladigan va turistik obyektlar infratuzilmasi (mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, savdo va ko‘ngilochar komplekslar, aero- va temir yo‘l vokzallari, tarixiy komplekslar va boshqa turistlar borib ko‘radigan joylar) ro‘yxatini shakllantirish.

Xalqaro to‘lov tizimlari bilan ishlovchi bankomatlar va terminallar shakllantiriladigan ro‘yxatga muvofiq o‘rnatish.

2018-yil, fevral keyinchalik har chorakda

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirliklar va idoralar, turizm nmoyishi obyektlari va turizm infratuzilmalari egalari, Markaziy bank, tijorat banklari

29.

O‘zbekiston yagona brendini tashqi bozorlarda foydalanish mexanizmini joriy etish, bunda quyidagilar nazarda tutish:

Tashqi savdo vazirligi, Madjaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va boshqa davlat yirik kompaniyalari hamda xo‘jalik birlashmalari va boshqa reklama mahsulotlarini chet elda yuksaltirishda manfaatdor bo‘lgan tashkilotlarning reklama byujetini konsolidatsiya qilish;

O‘zbekiston yagona turizm brendini yaratishga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish uchun konsalting kompaniyalarini belgilangan tartibda jalb qilish va respublikaning yagona turizm brendini ishlab chiqishga xalqaro tanlov (tender) o‘tkazish;

O‘zbekiston yagona turizm brendini tasdiqlash va uni xorijda yuksaltirishda konsolidar reklama budjetidan foydalanish;

O‘zbekiston yagona turizm brendini jahonning yetakchi telekanallarida va Internet tarmoqlarida yuksaltirish, shuningdek, bosma va boshqa audiovizual mahsulotlar, shu jumladan, mamlakatning davlat va nodavlat telekanallarini jalb qilgan holda tayyorlash uchun har yili zarur budjet mablag‘larini ajratish.

2018-yil

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, vazirliklar va idoralar

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga)

Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashi

Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK

30.

Xorijda do‘stlik jamiyatlari va o‘zbek diasporasi, shu jumladan tarixi, madaniyati, milliy urf-odatlarini targ‘ib qilish ishlarini faollashtirish, chora-tadbirlari rejasi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil, mart

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona aloqalar qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

31.

Geostansionar sputniklar orqali chet tillarida namoyish etiladigan xalqaro televizion kanallarni yaratish va yo‘lga qo‘yishda davlat va nodavlat O‘zbekiston teleradiokompaniyalariga ko‘maklashish.

Xalqaro teleradiokompaniyalar mablag‘lari, investor va donorlar mablag‘lari, shuningdek, qonunchilikda ta’qiqlanmagan manbalar hisobiga boshqachet el xalqaro telekanallarini taklif qilgan holda O‘zbekistonning noyob tarixi, o‘tmishning buyuk arboblari va olimlari, diqqatga sazovor joylari, milliy oshxonasi, madaniy urf-odatlari to‘g‘risida hujjatli filmlar va teleeshittirishlar filmlar ishlab chiqarish.

2018-yil davomida

O‘z Matbuot va Axborot agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, teleradiokompaniyalar

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3509-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizmni rivojlantirish masalalarida o‘zaro hamkorlikni faollashtirishni ta’minlash bo‘yicha mas’ullar biriktiriladigan mamlakatlar va hududlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Mamlakat

Mas’ul ijrochilar

Lavozimi

1.

Amerika Qo‘shma shtatlari, Kanada

S.S. Safoyev

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari

2.

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, Irlandiya

A.A. Kurmanov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati qo‘mita raisi

3.

Saudiya Arabistoni Qirolligi va Fors ko‘rfazi mamlakatlari

R.S. Qosimov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori

4.

Xitoy Xalq Respublikasi

A.J. Ramatov

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi

5.

Turkiya Respublikasi

J.A. Qo‘chqorov

Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri

6.

Indoneziya Respublikasi

Z.T. Mirzayev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari

7.

Fransiya Respublikasi

R.T. Mamatov

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri

8.

Rossiya Federatsiyasi, Eron Islom Respublikasi

A.S. Sultonov

Bosh vazir o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi

9.

Latviya Respublikasi, Litva Respublikasi, Estoniya Respublikasi, Germaniya Federativ Respublikasi, Avstriya Respublikasi, Shveysariya Konfederatsiyasi

S.U. Umurzakov

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri

10.

Isroil davlati

R.K. Davletov

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri

11.

Skandinaviya mamlakatlari va Daniya Qirolligi

Sh.X. Shermatov

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b.

12.

Yaponiya, Singapur Respublikasi, Avstraliya Ittifoqi

A.A. Abduxakimov

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi

13.

Belarusiya Respublikasi, Moldova Respublikasi, Ukraina

B.T. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi

15.

Tojikiston Respublikasi

R.D. Qurbonov

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi

16.

Qozog‘iston Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Turkmaniston

S.X. Bekenov

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari

17.

Polsha Respublikasi, Bolgariya Respublikasi va Sharqiy Yevropaning boshqa mamlakatlari

E.M. Muxitdinov

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari

18.

Ispaniya Qirolligi, Italiya Respublikasi, Portugaliya Respublikasi

R.A. Usmanov

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

19.

Gruziya, Armaniston Respublikasi

S.P. Niyazxodjayev

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari

20.

Hindiston Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi

Sh.Sh. Sharaxmetov

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

21.

Malayziya

O.O. Yusupov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasi raisi

22.

Tailand Qirolligi, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi va Janubiy-Sharqiy Osiyoningboshqa mamlakatlari

B.I. Xakimov

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bosh direktori

23.

Koreya Respublikasi

U.Z. Salimov

“O‘zavtosanoat” AJ raisi

24.

Qirg‘iziston Respublikasi

A.I. Ikramov

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

25.

Afg‘oniston Islom Respublikasi

I.R. Irgashev

Afg‘oniston bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus vakili

26.

Belgiya Qirolligi, Niderladiya Qirolligi, Lyuksemburg Buyuk Gersogligi

V.I. Norov

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: turizmni rivojlantirish masalalarida mamlakatlar va mintaqalar bilan o‘zaro hamkorlikni faollashtirishni ta’minlash uchun mas’ullar boshqa ishga o‘tganda Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashi tomonidanmazkur masalalarr ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2018-y., 07/18/3509/0658-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)