03.02.2018 yildagi PF-5326-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning turizm salohiyatini, birinchi navbatda investitsiyalarni faol jalb qilish, sohaga innovatsion gʻoya va texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, mamlakatning boy tabiiy, madaniy va tarixiy merosining mavjud resurslari va imkoniyatlaridan har tomonlama foydalanish hisobiga rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2018-yil 10-fevraldan boshlab Isroil davlati, Indoneziya Respublikasi, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Yaponiya fuqarolari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi xorijiy aviakompaniyalar havo kemalari ekipajining aʼzolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Fuqarolari uchun Tashqi ishlar vazirligiga turistik vaucherni yoki Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsning murojaatnomasini taqdim etishga oid talab bekor qilinishini hamda hujjatlarni qabul qilish kuni hisobga olinmagan holda ikki ish kuni mobaynida vizani rasmiylashtirishni nazarda tutadigan turizm vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadigan mamlakatlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-maydagi PF-5731-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2019-y., 06/19/5731/3200-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2019-y., 06/18/5611/2430-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-iyuldan boshlab elektron kirish vizalarini berish tizimi ishga tushirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Milliy turizm mahsulotini targʻib qilish markazi” DUK Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK etib qayta tashkil etilsin, unga respublikaning turizm salohiyatini targʻib qilishni tashkil etish boʻyicha vazifalar yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-martiga qadar “Milliy PR-markazi” DUK uchun zamonaviy va yuqori texnologik suratga olish uskunalari, avtotransport vositalari, shu jumladan yuqori oʻtish qobiliyatiga ega boʻlgan avtotransport vositalarini sotib olishni oʻz ichiga oluvchi zaruriy moddiy-texnik bazasi yaratilishini, shuningdek, ijara toʻlovisiz zaruriy xonalar ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-apreliga qadar ijodiy va suratga olish guruhlarini, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish yoʻli bilan shakllantirishni, shuningdek, ularni taʼminlash va moddiy ragʻbatlantirish uchun zaruriy mablagʻlar ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shakllantirilgan ijodiy va suratga olish guruhlarining ssenariylar va suratga olish ishlari konsepsiyasini ishlab chiqish, respublika hududlariga ijodiy ekspeditsiyalar va xizmat safarlari, shuningdek, mamlakatning turizm salohiyatini targʻib qilish boʻyicha materiallarni tayyorlaydigan boshqa ijodiy guruhlar faoliyatini doimiy asosda, shu jumladan autsorsing orqali moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining quyidagi aholi qatlamlari uchun respublika hududlari boʻylab turizm-ekskursiya turlari tashkil etilishini koʻzda tutuvchi “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun — taʼtil davri va dam olish kunlarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar xodimlari uchun — dam olish kunlarida, umummilliy bayramlar va taʼtil kunlarida, ayniqsa turizm mavsumi sust davrda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ijtimoiy zaif qatlamlari, pensionerlar, urush va mehnat faxriylari uchun — sanatoriy-kurortlarda dam olishdan faol foydalangan holda yil davomida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keksalar, yosh oilalar, fuqarolar yigʻinlari faollari, xotin-qizlar va boshqa jamoat birlashmalari vakillari uchun — turizm mavsumi sust davrda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Dasturni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda turizm xizmatlari koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining sifat, xavfsizlik va narxlarning raqobatbardoshligi mezonlaridan kelib chiqib Dasturda ishtirok etish hamda ularning Dasturni amalga oshirish doirasida oʻzaro hamkorlik qilish mexanizmlarini belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilning 1-martiga qadar oʻzining rasmiy veb-saytida Dasturda ishtirok etish shartlari, turizm-ekskursiya dasturlarini tashkil etish mexanizmlari haqidagi, hamkor tashkilotchilar va ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatlari hamda boshqa zaruriy maʼlumotlarni joylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining tuzilgan xalqaro shartnomalarini mazkur Farmonning talablariga muvofiq qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) asosiy faoliyat turi tematik xiyobonlar xizmatlarini tashkil qilish boʻlgan yuridik shaxslarni ular tomonidan tematik xiyobonlar 2022-yil 1-iyuldan kechiktirmay foydalanishga topshirilganda foydalanishga topshirilgan sanadan eʼtiboran 3 yil muddatga — yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yer soligʻi va mol-mulk soligʻi, shuningdek, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan;
(8-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son — 2022-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tematik xiyobonlar, mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini 2024-yilning 1-yanvariga qadar — belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlarga koʻra tematik xiyobonlar, mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini qurish, qayta taʼmirlash va jihozlash uchun asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, qurilish va boshqa materiallarni (shu jumladan mebel va inventar) olib kirish uchun bojxona bojini toʻlashdan;
(8-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-sentabrdagi PF-6318-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 06/21/6318/0927-son) — 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tadbirkorlik faoliyati subyektlarini 2024-yilning 1-yanvariga qadar — Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilganiga 5 yildan ortiq boʻlmagan, yoʻlovchilarni tashishda foydalaniladigan va haydovchidan tashqari sakkiz va sakkiztadan ortiq oʻrindiqlarga ega boʻlgan transport vositalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dor (osma) yoʻllarni, togʻ-changʻi koʻtargichlar, funikulyorlar va boshqa oʻxshash obyektlar va inshootlarni qurish, qayta taʼmirlash va jihozlash uchun asbob-uskunalar, mexanizmlar va ehtiyot qismlar, shuningdek, aerostatlar (havo sharlari), elektromotorli qayiq, qorda harakatlanishga moʻljallangan maxsus transport vositalari (TIF TN kodi 8703 10) va kvadrotsikllar uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlarga koʻra bojxona bojini toʻlashdan ozod etilsin.
(8-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilning 1-yanvaridan eʼtiboran turizm mahsulotlarini sotish va/yoki turizm xizmatlarini onlayn bron (band) qilish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliqqa solinadigan bazasi elektron xizmatlarni, jumladan, elektron toʻlovlar, bron (band) qilish, ekvayring va boshqa xizmatlarni, shuningdek, turizm xizmatlarining zamonaviy turlarini taklif qiluvchi ixtisoslashtirilgan internet-saytlar va portallarni yoʻlga qoʻyishga yoʻnaltirilgan xarajatlar miqdoriga kamaytiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat joylarida Internet tarmogʻiga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) barpo etgan operatorlar, provayderlar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar foydalanuvchilarning shaxsini majburiy tartibda aniqlagan holda tegishli sifatdagi ulanishni taʼminlashlari lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz hududida Internet tarmogʻiga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) oʻrnatgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasi, shu jumladan yagona soliq toʻlovi boʻyicha bazasi tegishli sifatdagi simsiz ulanish hududini kengaytirish uchun asbob-uskunalarni xarid qilish va internet-trafikni sotib olishga yoʻnaltirilgan xarajatlar miqdoriga kamaytiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat joylarida Internet tarmogʻiga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) barpo etgan operatorlar, provayderlar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bunday hududlarni tashkil etgan joylarda 18 kv.m.dan ortiq boʻlmagan oʻlchamdagi reklama banneri yoki romlarini oʻrnatish huquqi begʻaraz asosda va mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli ruxsatlarini olmasdan taqdim etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻiga simsiz bepul ulanish hududlarida (Wi-Fi) taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya tomonidan amalga oshiriladi.
(10-bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5420-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining mehmonxonalarni, tutash yoʻl, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmalarini qurish boʻyicha investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 200 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasini ochish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ikki oy muddatda tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi shartlarda kreditlar ajratilishi uchun ularga kredit liniyalarini ochsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehmonxonalar va tutash yoʻl, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmalari obyektlari uchun import uskunalar va texnologiyalarni xarid qilish uchun kredit muddati 15 yilni (imtiyozli davr — 5 yil) tashkil qiladi. Maqsadli kredit liniyasining mablagʻlari hisobiga bitta mijoz uchun ajratiladigan kredit hajmi loyiha qiymatining 50 foizidan oshmasligi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlar vakolatli tijorat banklarining investitsiya loyihasini amalga oshirishning iqtisodiy va moliyaviy maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi ijobiy qarorlari asosida beriladi. Bunda, bir qarz oluvchiga beriladigan kredit miqdori bitta investitsiya loyihasi uchun 10 mln. AQSh dollaridan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Dunyo Boʼylab” telekanali Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining ichki turizm, dam olishning faol turlari va sport turizmini rivojlantirish, madaniy meros obyektlari va tabiiy boyliklar, shu jumladan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlash va ulardan foydalanish boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlarni yoritish masalalari boʻyicha bosh axborot hamkori sifatida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda oʻn kunlik muddatda mazkur Farmonni hisobga olgan holda kirish turizmini rivojlantirish, ichki turizmning jadal rivojlanishini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining vakolatlari va tuzilmasini qayta koʻrib chiqish boʻyicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarining loyihalarini ishlab chiqsin va kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoralar bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmon bilan muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri — Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash raisi A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmuradov va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 3-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5326-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolari uchun turizm vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadigan mamlakatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1. Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi

2. Antigua va Barbuda

3. Misr Arab Respublikasi

4. Barbados

5. Beliz

6. Venesuela Bolivar Respublikasi

7. Urugvay Sharqiy Respublikasi

8. Gabon Respublikasi

10. Quvayt Davlati

11. Grenada

12. Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi

13. Dominikana Respublikasi

14. Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi

15. Eron Islom Respublikasi

16. Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong va Makao maxsus maʼmuriy hududlari

17. Koreya Xalq Demokratik Respublikasi

18. Gayana Kooperativ Respublikasi

19. Bahrayn Qirolligi

20. Butan Qirolligi

21. Kambodja Qirolligi

22. Marokash Qirolligi

24. Tonga Qirolligi

25. Laos Xalq Demokratik Respublikasi

26. Livan Respublikasi

27. Maldiv Respublikasi

28. Meksika Qoʻshma Shtatlari

29. Koʻp millatli Boliviya Davlati

30. Samoa Mustaqil Davlati

31. Bangladesh Xalq Respublikasi

32. Albaniya Respublikasi

33. Angola Respublikasi

34. Vanuatu Respublikasi

35. Gana Respublikasi

36. Gvatemala Respublikasi

37. Gonduras Respublikasi

38. Hindiston Respublikasi

39. Kabo-Verde Respublikasi

40. Kamerun Respublikasi

41. Kiribati Respublikasi

42. Kolumbiya Respublikasi

43. Kosta-Rika Respublikasi

44. Kot-dʼIvuar Respublikasi

45. Kuba Respublikasi

46. Mavrikiy Respublikasi

47. Shimoliy Makedoniya Respublikasi

48. Marshall Orollari Respublikasi

49. Nauru Respublikasi

50. Nikaragua Respublikasi

51. Palau Respublikasi

52. Panama Respublikasi

53. Paragvay Respublikasi

54. Peru Respublikasi

55. Seyshel Orollari Respublikasi

56. Senegal Respublikasi

57. Surinam Respublikasi

58. Trinidad va Tobago Respublikasi

59. Fiji Respublikasi

60. Filippin Respublikasi

61. Ekvador Respublikasi

62. El-Salvador Respublikasi

63. Sent-Vinsent va Grenadin

64. Sent-Lyusiya

65. Amerika Qoʻshma Shtatlari

66. Solomon Orollari

67. Bagama Orollari Hamdoʻstligi

68. Dominikana Hamdoʻstligi

69. Vyetnam Sotsialistik Respublikasi

70. Ummon Sultonligi

71. Tunis Respublikasi

72. Nepal Federativ Demokratik Respublikasi

73. Mikroneziya Federativ Shtatlari

74. Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi

75. Janubiy Afrika Respublikasi

76. Yamayka

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyundagi PF-86-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2023-y., 06/23/86/0329-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son Farmonidagi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“koʻrsatib oʻtilgan korxonalarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqari respublikaning barcha shaharlari va aholi yashash joylarida joylashtirish. Bunday hududiy cheklov turizm sohasida faoliyat koʻrsatuvchi korxonalarga tatbiq etilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ilovadagi 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“21. Turizm:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehmonxona xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tematik xiyobonlarni tashkil qilish (turli yoshdagi tashrif buyuruvchilarning ehtiyojini qondirishga qaratilgan xizmatlarni koʻrsatuvchi bitta yoki bir nechta mavzu boʻyicha tashkil qilingan koʻngilochar xiyobon, xiyobonlar ansambli)”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “2018-yil 1-yanvardan boshlab”, “majburiy” soʻzlari tegishlicha “2018-yil 1-apreldan boshlab”, “ixtiyoriy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlarga koʻra mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, qurilish va boshqa materiallarni olib kirish uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari)”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2018-y., 06/18/5326/0657-son; 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son, 12.10.2018-y., 06/18/5552/2038-son; 06.01.2019-y., 06/18/5611/2430-son, 29.05.2019-y., 06/19/5731/3200-son, 15.08.2019-y., 06/19/5781/3567-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 06/21/6318/0927-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 17.08.2022-y., 06/22/190/0742-son; 05.06.2023-y., 06/23/86/0329-son)