Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh VA AYRIM QARORLARi OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasini Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga aylantirish toʻgʻrisida” 2000-yil 7-fevraldagi PF-2535-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika xalq xoʻjaligida yadro materiallaridan foydalanishda xavfsizlikni taʼminlash ustidan davlat nazoratini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 23-apreldagi 223-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 30-avgust,
338-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-avgustdagi 338-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA KIRITILAYOTGAN OʻZGARTIRIShLAR
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-dekabrdagi 332-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish toʻgʻrisida” 1994-yil 7-noyabrdagi 538-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-yil, 11-son, 50-modda)ning 1-bandi beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 11-apreldagi 143-son qarorida:
qarorning 13-bandi birinchi xatboshidagi “Oʻzsanoatkontexnazorat” davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Sanoatkontexnazorat” agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
qarorga 1-ilovaning 5-bandi yigirma toʻqqizinchi xatboshidagi “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasiga” soʻzlari “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-iyuldagi 220-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 30-son, 316-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 09/18/983/2271-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geologiya va marksheyderlik xizmatlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 1-apreldagi 168-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi beshinchi xatboshidagi va 2-ilovaning 8-bandi beshinchi xatboshidagi “Oʻzsanoatkontexnazorat” davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Sanoatkontexnazorat” agentligi soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-yil, 6-son, 21-modda)ga ilovaning matnidagi “Oʻzsanoatkontexnazorat” davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Sanoatkontexnazorat” agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarining ishini takomillashtirish va respublika isteʼmolchilarini neft mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 18-sentabrdagi 397-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-yil, 9-son, 35-modda)ga 1-ilovaning II-boʻlimi 4-bandidagi “Oʻzsanoatkontexnazorat” davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Sanoatkontexnazorat agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarogʻlarni ishlab chiqish, tayyorlash va toʻplashni man etish hamda ularni tugatish toʻgʻrisidagi konvensiyani amalga oshirish komissiyasini tashkil etish haqida” 1998-yil 22-sentabrdagi 405-son qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshidagi va 2-ilovaning V boʻlimi yettinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasiga” soʻzlari “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.