Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.07.2004 07.02.2000 yildagi PF-2535-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.07.2004
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SANOATDA VA KONChILIKDA IShLARNING BEXATAR OLIB BORILIShINI NAZORAT QILISh DAVLAT QO‘MITASINI SANOATDA VA KONChILIKDA IShLARNING BEXATAR OLIB BORILIShINI NAZORAT QILISh AGENTLIGIGA AYLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 9-iyuldagi PF-3454-sonli “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Agentligini O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga aylantirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini boshqarishni yanada takomillashtirish va nazorat qilish samaradorligini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qo‘mitasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga aylantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, Agentlik qayta tashkil etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qo‘mitasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanoatda ishlarning bexatar olib borilishi bo‘yicha qonunchilik hamda me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral xomashyoni qayta ishlash va metallurgiya jihatidan saralash, shuningdek, kon ishlarining geologiya-marksheyder ta’minoti talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ta xavfli ishlab chiqarish bilan bog‘liq korxonalarning (mulkchiligining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar) texnika xavfsizligi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining kon-qutqaruv xizmatlariga tezkor va uslubiy rahbarlik qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 7-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-2535-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 2-3-son, 79-modda)