ILOVA
|
Tadbirlarning nomlanishi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar | |
|
I. Respublikaning yog‘-moy sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish | ||||
|
1. |
Quyidagilar orqali yog‘-moy sanoati korxonalarini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish: tarmoq korxonalari rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etgan holda ularni qonunchilikda belgilangan tartibda malakali xodimlar orasidan qayta saylashni tashkil etish; tarmoq korxonalarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va shtatlar sonini optimallashtirish. |
Tashkiliy-huquqiy tadbirlar |
2018-yil 1-martga kadar |
Iqtisodiyot vazirligi. Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, “O‘zpaxtayog‘” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
II. Yog‘-moy korxonalarining xom ashyo bazasini rivojlantirish va ishlab chiqarish quvvatlari yuklamasini oshirish | ||||
|
2. |
Boshqa muqobil yog‘ olinadigan ekinlar (soya, kungaboqar va boshqalar) ekiladigan maydonlarni ko‘paytirish va yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarish uchun yog‘ olinadigan o‘simlik urug‘ining importi bo‘yicha olib kelinishini tashkil etish asosida, jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda o‘simlik yog‘i va yem mahsulotlari ishlab chiqarishning xom ashyo bazasini kengaytirish: ilmiy asoslantirilgan almashlab ekishni joriy etish; sanoat quvvatini to‘liq ishga solish hamda o‘simlik yog‘i va yemga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qanoatlantirish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining muqobil yog‘ olinadigan ekinlar (soya, kungaboqar va boshqalar) yetishtirishni ko‘paytirish yuzasidan javobgarligini oshirish; paxtachilikda texnik chigitning moydorligini oshirish yuzasidan seleksiya ishlarini kuchaytirish; ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan har bir yog‘-moy korxonasiga muqobil yog‘ olinadigan ekinlar (soya, kungaboqar va boshqalar) seleksiyasi va urug‘chiligini tashkil etish uchun 200 gektardan kam bo‘lmagan unumdor va sug‘oriladigan yer maydoni ajratish; muqobil yog‘ olinadigan ekinlarni (soya, kungaboqar va boshqalar) ekish uchun ajratiladigan unumdor va sug‘oriladigan yerlarning maydonlarini kengaytirish. |
Kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar |
2018-yil 1-martga qadar |
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Fanlar akademiyasi, “O‘zpaxtayog‘” AJ |
|
3. |
Quyidagilarning natijalari asosida omuxta yem ishlab chiqarilishini kengaytirish: omuxta yem ishlab chiqarish bo‘yicha amaldagi quvvatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish; bozordagi ehtiyoj va mamlakatda mavjud resurs bazasini o‘rganish; chorvachilik (sut, go‘sht va boshqalar), parrandachilik va baliqchilik sektorlari bo‘yicha omuxta yem tayyorlashning ilmiy asoslantirilgan retsepturalarini ishlab chiqish. Makkajo‘xori va boshqa boshoqli don ekinlaridan, shuningdek, yog‘-moy, un mahsulotlari, spirt va pivo ishlab chiqarishdagi chiqindilardan omuxta yemning zamonaviy sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish. |
Kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar |
2018-yil 1-sentabrga qadar |
Qishloq xo‘jaligivazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi, “O‘zdonmahsulot” AJ, “O‘zvinosanoatxolding” XK, “O‘zpaxtayog‘” AJ |
|
III. Narxning shakllanishi va yog‘-moy mahsulotlarini sotish tizimini takomillashtirish | ||||
|
4. |
Birja savdolari orqali sotiladigan texnik chigitning oxirgi cheklangan qiymatini aniqlash. |
Tashkiliy-huquqiy tadbirlar |
2018-yil 20-yanvarga qadar |
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zpaxtayog‘” AJ. manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
5. |
Paxta yog‘ini aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari uchun qat’iy belgilangan bahoda sotish tartibini uni ishlab chiqarish va sotishdagi xarajatlarni hisobga olgan holda joriy etish. Aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari va paxta yog‘ini qat’iy belgilangan narxda sotadigan tashkilotlar ro‘yxatini tasdiqlash. |
Tashkiliy-huquqiy tadbirlar |
2018-yil 20-yanvarga qadar |
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, “O‘zpaxtayog‘” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
6. |
Quyidagilar orqali Moliya vazirligining yog‘-moy korxonalaridagi moliya inspektorlari faoliyatining samaradorligini oshirish: yog‘-moy korxonalarining moliya inspektorlarini attestatsiyadan o‘tkazish; yog‘-moy korxonalari moliya inspektorlari lavozimlarini yuqori tayyorgarlikka, qat’iy nuqtai nazarga ega va puxta bilimli xodimlar bilan to‘ldirish; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga ularning hisobotlarini muntazam taqdim etish tizimini joriy qilish. |
Tashkiliy-huquqiy tadbirlar |
2018-yil 1-fevralga qadar |
Moliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Departament, “O‘zpaxtayog‘” AJ |
|
IV. Yog‘-moy korxonalari faoliyatida hisobga olish va nazoratning zamonaviy tizimlarini joriy etish | ||||
|
7. |
Chigitni qayta ishlovchi yog‘-moy korxonalarini xom ashyoni yuklash, qabul qilish, saqlash va qayta ishlash jarayonini real vaqt rejimida kuzatish, jumladan xom ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni o‘lchash va hisobini yuritish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizimlar va uskunalar bilan jihozlash. |
Tashkiliy-huquqiy tadbirlar |
2018-yil davomida |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “O‘zpaxtayog‘” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
8. |
Chigit, paxta yog‘i, shrot va sheluxani tashiydigan yuk avtomashinalarining harakatlanishini real vaqt rejimida monitoring qilib borish uchun ularni zamonaviy GPS trekerlar bilan jihozlash. |
Tashkiliy-huquqiy tadbirlar |
2018-yil davomida |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zpaxtayog‘” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar |